His Fragile Possession
Yotoqxonadagi ulkan oynaning qarshisida o‘tirgancha, yangi olib kelingan qimmatbaho kremlarimni tartibga solayotgan edim. Shu payt eshik ohista ochilib, ostonada kostyum-shimi o‘ziga quyib qo‘ygandek yarashgan Taehyung ko‘rindi. U charchagan bo‘lsa-da, nigohi darrov meni izlab topdi.
- Ella? Haliyam tayyor emasmisan, malikam? - u soatiga qarab qo‘yarkan, yonimga yaqinlashdi.
- Taehyung, qarang ! Bu pomada rangi menga mos tushmadi, yana talaygina muammolar bor - lablarimni burishtirib, qo'limdagi tilla rangli idishni stolga otib yubordim. - Kayfiyatim yo‘q, hech qayerga bormayman!
Taehyung ortimdan kelib, qo‘llarini yelkamga qo‘ydi. Uning kaftlari qaynoq, teginishi esa meni darrov tinchlantiradigan darajada edi.
- Yana o‘sha odatingni boshladingmi ? Hammasi mukammal bo‘lishini xohlaysan, bilaman, - u egilib, qulog‘im ostida mayin oʻpich qoldirdi - Lekin mehmonlar bizni kutishyapti. Bu kecha sening sharafingga uyushtirilgan, Ellam.
- Menga baribir! Agar menga yoqmayotgan bo‘lsa, nima keragi bor bu bazmni ? - o‘pkalagandek ortimga o‘girildim. - Siz meni tushunmaysiz, doim o‘z aytganingizni oʻtkazishga harakat qilasiz.
Taehyung bosiqlik bilan qarshimga tiz cho‘kdi. Uning nigohlarida cheksiz sabr va qandaydir sirli mehr bor edi. U qo‘llarimni kaftlari orasiga oldi.
- Senga yoqmaydigan narsani qilishga hech kim seni majburlamaydi. Agar xohlamasang, hoziroq hamma narsani bekor qilaman. Shuni xohlaysanmi? - u jiddiy ohangda so‘radi.
Men biroz dovdirab qoldim. Uning bu qadar yon berishi doim meni qurolsizlantirib qo‘yardi.
- Yo‘q... shunchaki... libosimga mos tuflini topolmayapman. Boshqa muammo yoʻq - ovozimni pasaytirib, yerga qaradim.
- Shumi muammo? - Taehyung kulimsirab, o‘rnidan turdi-da, javonning pastki qismidan men hali ko‘rmagan, yaltiroq toshlar bilan bezatilgan tuflini olib chiqdi. - Men buni sening kiyimingga moslab buyurtma qilgandim. Hali ko‘rmaganmiding ?
Ko‘zlarim quvonchdan porlab ketdi. Haqiqatan ham u mening har bir xohishimni oldindan bilar edi.
- Taehyung! Bu ajoyib! - men uning bo‘yniga osilib oldim.
- Bilaman, - u meni belimdan mahkam quchib, o‘ziga tortdi. - Endi esa tayyorlan. Besh daqiqadan keyin pastda kutaman. Agar kechiksang, jazo sifatida anchadan beri hoxlayotkan taqinchogʻingni olib bermayman.
U hazillashayotganini bilsam-da, uning bu soʻzlaridan havotirlangandek boʻlib harakatni boshladim.
*
Bazm zaliga kirib borganimizda, barcha nigohlar bizga qaratildi. Taehyungning qo‘lidan mahkam tutib, g‘urur bilan qadam tashlardim. Uning yonida o‘zimni dunyodagi eng qadrli insondek xis qilardim.
- O‘zingni erkin tut, lekin ko‘z oldimdan uzoqlashma, - Taehyung qulog‘imga pichirlab, belimdan biroz qattiqroq quchdi. Uning bu nazorati menga yoqardi.
Zal markazida bir guruh ishbilarmonlar bilan gaplashib turganimizda, Taehyungning e’tibori bir zumga boshqa tomonga chalg‘idi. Shu fursatdan foydalanib, ichimlik olish uchun chetga chiqdim.U odatda ichimlik ichishimni yoqtirmasdi. Kutilmaganda qarshimda universitet davridagi tanishim, doim menga xushomad qilib , asabimni buzadigan yigit paydo bo‘ldi.
- Ella? Yo xudoyim ? O‘zgarib ketibsan, yanada go‘zallashibsan, seni bazor tanidim - u menga yaqinroq kelib, qo‘limdan tutmoqchi bo‘ldi. - Bu libos senga juda yarashibdi.
Men uning gaplaridan biroz noqulay bo‘lib, ortga tisarildim.
- Rahmat, lekin men hozir...
- Nima? Taehyungning ruxsatisiz gaplashish ham mumkin emasmi? - u piching bilan kuldi. - Bunchalik itoatkor bo‘lib qolganingga ishonmayman.
Gapimni tugatishga ulgurmasimdan, yelkamda Taehyungning qaynoq taftini xis qildim. Uning kuchi va shiddati havoda darrov sezildi. Atrofdagi shovqin go‘yo to‘xtab qolgandek edi.
- Muammo bormi? - Taehyungning dagʻal ovozida tasirida titrab ketdim. U o‘sha yigitga shunday tikildiki, haligi yigit ko‘zlarini olib qochishga majbur bo‘ldi.
- Yo‘q, janob Kim... shunchaki salomlashayotgan edik, - u dovdirab, tezda u yerdan uzoqlashdi.
Taehyung menga o‘girildi. Uning ko‘zlarida boyagi bosiqlikdan asar ham qolmagan, faqatgina rashk olovi yonardi.
- Senga nima degandim? - u jag‘lari taranglashgancha so‘radi.
- Taehyung, u shunchaki salom berdi, xolos... - lablarimni tishlab, unga erkalik bilan qaradim. - Jahl qilmang, iltimos.
U javob o‘rniga bilagimdan tutib, hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan tarzda meni zalning chekkasidagi xoli xonaga boshladi. Ichkariga kirishimiz bilan u eshikni qulfladi va meni devorga qisdi.
- Men senga "mening ko‘z oldimda bo‘l" degandim, Ella. Sening har bir tabassuming, har bir so‘zing faqat men uchun bo‘lishi kerakligini unutdingmi? - u menga juda yaqin kelib, nafasini yuzimda his qilishimga majbur qildi. - Sen mening "malikam" san, boshqa hech kim senga egalik qila olmaydi.
Men qaltirab ketdim, lekin bu qo‘rquv emas, balki uning bu qadar kuchli egalik hissi uyg‘otgan hayajon edi.
- Kechiring.. men shunchaki...
- Senga jazo kerak, shekilli, - u lablarimga yaqinlashib, to‘xtadi. - Bugun uyga qaytganimizda, sen bilan boshqa uslubda gaplashishga toʻgʻri keladi , nazarimda.
Uyga qaytganimizda, yo‘l bo‘yi Taehyung bir og‘iz ham gapirmadi. Uning mashinani boshqarishidagi qat’iyati va jag‘larining taranglashgani ichidagi vulqon hali so‘nmaganidan dalolat berardi. Men esa mashina o‘rindig‘iga singib, uning keyingi harakati nima bo‘lishini kutardim.
Eshik ochilishi bilan u meni yashindek tezlikda ichkariga boshladi. Yotoqxonaning chiroqlarini ham yoqmasdan, meni qorong‘ulikda o‘ziga qaratdi.
- Xo‘sh, mening erkatoyim hali ham o‘zini erkin his qilyaptimi?
Taehyung qo‘llarimni ushlab, boshim uzra devorga mahkamlab qo‘ydi. Uning tanasi mening tanamga shunchalik yaqin ediki, yuragining har bir urishi mening ko‘ksimda aks sado berayotkan tuyulardi.Men nafas olishni ham unutib qo‘ygandek edim.
- Taehyung... bilagimni og‘rityapsiz, - aslida unchalik orgʻiq sezmasamda uni asabiylashtirish bazida menga yoqardi
- Og‘riyaptimi? - u lablarini bo‘ynimga yaqinlashtirdi, issiq nafasi terimni kuydirib o‘tdi. - Balki, bu senga har bir olayotkan nafasing ham menga tegishli ekanligini eslatib turar?
U bo‘sh qo‘li bilan iyagimdan tutib, yuzimni o‘ziga qaratdi. Uning barmoqlari yuzim bo‘ylab mayin, ammo qat’iyat bilan harakatlanardi. Uning har bir teginishi vujudimda elektr toki kabi tarqalib, qarshilik ko‘rsatishga bo‘lgan irodamni so‘ndirardi.
- Sen mening qoidalarim bilan o‘ynashishni yaxshi ko‘rasan, Ella, - u burnini burnimga tekkizib, ko‘zlarimga chuqur tikildi. - Lekin bilib qo‘y, qoidalar buzilganda doim jazo beriladi.
U bo‘ynimdagi nozik nuqtani ohista tishlagan vaqti beihtiyor gʻalati tovush chiqarib yubordim. Bu harakat meni butunlay bo‘shashtirib yubordi. Men uning ko‘ksiga suyanib qoldim. Taehyung esa g‘olibona kulimsirab, qo‘llarimni qo‘yib yubordi va belimdan mahkam quchoqladi.
- Endi ayt-chi , hali ham jazolanishni istaysanmi ? - uning qo‘llari belimdan pastga qarab sirg‘aldi.
- Albatta ... - dedim bazor kulgidan tiyilib.
- Unda meni ko‘ndirishingga to‘g‘ri keladi, malikam. Lekin bugun shartlarni men qo‘yaman, - u meni ko‘tarib oldi-da, yuvinish xonasi tomon yo‘l oldi.