Guardian
Bazm binosidan otilib chiqqan Hyerin sovuq havoni chuqur ichiga tortdi. Lekin havo uning qalbini yondirayotgan xo'rlik hissini o‘chira olmadi. Ko‘z yoshlari yuziga yengil qilingan pardozni yuvib, yonoqlari bo‘ylab tinmay oqardi. Egnidagi nafis ipak libos endi unga xuddi qafasdek tuyular, bo'ynidagi marjon esa tomog'idan bo'g'ayotgandek og'ir zanjirga o'xshardi.
U qayerga borishni bilmay, shahar chiroqlari yoritib turgan kimsasiz yo'lak bo'ylab qadamlarini tezlatdi. Hozir u faqatgina qochishni, bu soxta nigohlar va kamsitishlardan uzoqroqqa ketishni xohlardi.
Orqadan eshitilgan og'ir qadam ovozlari uni cho'chitdi.
— Hyerin! To‘xta! — Jiminning ovozi sukunatni buzib yubordi.
Hyerin to‘xtamadi. Aksincha, qadamlarini yanada tezlatdi, ammo ko'z yoshlari ko'zini to'sib qo'ygani uchun muvozanatini yo'qotib, tosh yo'lakka yiqilib tushishiga oz qoldi. Katta va issiq qo'llar uning bilagidan tutib qoldi.
— Qo‘yib yuboring! — Hyerin butun kuchi bilan uning qo'llaridan chiqishga urindi. Uning ovozi yig'i aralash titrab chiqardi. — Menga tegmang, Jimin amaki!
Jimin uni qo'yib yubormadi, aksincha, o'ziga qaratdi. Qizning yoshga to'lgan ko'zlari, titrayotgan lablari va azobdan burishgan yuzini ko'rib, Jiminning ichida nimadir uzilib ketgandek bo'ldi.
— Meni eshit, Hyerin. Iltimos... — Jiminning ovozi ilk bor shunchalar ojiz eshitildi.
— Nimani eshitay?! — qi yig'idan qizarib ketgan ko'zlarini Jiminga tikdi. — Menga qilingan bu tuhmatni eshitaymi? Yoki o'sha makkor ayolingizning kamsitishlarinimi? Nega meni bu darajada jazolayapsiz?! Sizga bo'lgan tuyg'ularimni tan olganim uchunmi? Men o'sha tunda qilgan xatoim uchun shunchalar og'ir tovon to'lashim kerakmidi?!
Jimin chuqur xo'rsindi. U Hyerinning yelkalaridan tutgancha, uning ko'zlariga boqdi.
— Heyon senga bunday qilishini bilmagandim... Men uni shunchaki...
— Shunchaki nima?! — Hyerin uning so'zini bo'ldi. — Shunchaki meni o'rnimni ko'rsatib qo'yish uchun olib keldingiz! O'zingizdan uzoqlashtirish uchun, vujudimni azobga tashlash uchun! Siz buni uddaladingiz. Tabriklayman! Endi qo'yib yuboring, men Germaniyaga ketaman. Bu yerdan, sizdan... butunlay ketaman!
"Ketaman" so'zi Jiminning miyasida aks-sado berdi. 12 yil davomida uning bir parchasi, hayotining mazmuniga aylangan bu qizning "ketaman" deyishi uning qalbini larzaga keltirdi. Jimin endi o'zini tuta olmadi. U qizni kutilmaganda bag'riga bosdi. Shunchalar qattiq quchdiki, Hyerin nafas olishga ham qiynaldi.
— Hech qayerga ketmaysan, — pichirladi Jimin uning sochlari orasiga yuzini yashirib. — Hech qayerga.
Hyerin avvaliga karaxt bo'lib qoldi, keyin uning ko'ksiga mushtlab ura boshladi.
— Qo'yib yuboring! Nega mening tuyg'ularim bilan o'ynashyapsiz? Nega?!
Ammo qizning zarbalari sekin-asta zaiflashib, oxiri uning yig'isi Jiminning yelkasida sokinlashdi. U yigitning egnidagi kostyumni siqimlagancha unsiz yig'lardi.
— Men Heyonni seni kamsitish uchun olib kelmagandim, Hyerin, — U ilk marta yillar davomida yashirgan haqiqatini aytishga qaror qildi. — Uni senga emas, o'zimning tuyg'ularimga qqrshi chiqish uchun olib kelgandim.
Hyerin yosh xira qilib qo'ygan ko'zlarini ko'tarib, tushunarsiz tarzda Jiminga qaradi. Jimin uning yuziga tushib turgan sochlarini sekin quloqlari orasiga yashirdi.
— O'sha tunda, sen menga hislaringni aytganingda... men qochib ketdim. Lekin senga nafratim bo'lgani uchun emas. O'zimdan, o'z hislarimdan qo'rqqanim uchun qochdim. Chunki sening xislariga javob berib xato qilishimga bir baxya qoldi. Men sening ota-onang oldida qasamyod qilganman. Seni himoya qilishim kerak edi... Lekin men... men o'zim boyaga yetkazgan qizga ko'ngil qo'ydim.
Hyerinning yuragi to'xtab qolgandek bo'ldi. U eshitayotgan so'zlariga ishonolmasdi.
— Men o'zimni chalg'itish uchun AQSHga ketdim. Ammo qayerga bormay, faqat seni o'ylardim.Shuning uchun Heyonni o'rtamizdagi devor bo'lishi uchun olib keldim. U senga bunday azob berishini bilganimda, uni uying ostonasiga ham yaqinlashtirmagan bo'lardim.
Jimin qo'llarini qizning sovuqdan muzlagan yonoqlariga qo'ydi. Uning bosh barmoqlari Hyerinning ko'z yoshlarini artdi.
— Bugun seni o'sha yigit bilan ko'rganimda... seni kimdir mendan tortib olishi mumkinligini his qilganimda, butun dunyoyim vayron bo'ldi. Men seni hech kimga berolmayman, Hyerin. Axir seni hattoki o'zimdan ham qizg'onaman.
Hyerin yutinib, uning ko'zlariga tikildi. 12 yil davomida izlagan mehri, himoyasi, muhabbati hozir shu nigohlarda aks etib turardi. O'rtadagi barcha sovuqchilik, "amaki va jiyan" maqomi o'z kuchini yo'qotayotkan edi.
— Men endi sizning mitti malikangiz emasman... — pichirladi Hyerin, ovozidagi titroq hamon bosilmagan bo'lsa-da.
— Bilaman, — Jiminning lablarida mahzun tabassum paydo bo'ldi. U qizning peshonasidan ohista o'pdi. — Lekin mening nigohimda sen mening malikamsan. Iltimos, meni kechir. Seni azoblaganim uchun... g'ururingni toptashlariga yo'l qo'yib berganim uchun.
Shu damda g'ira-shira osmondan mayda yomg'ir tomchilari tusha boshladi. Lekin ularning hech biriga bu sovuq yomg'ir ta'sir qilmasdi. Ular xuddi o'zlarining alohida dunyosida, faqat ikkisi qolgan hududda edilar.
Jimin egnidagi paltosini yechib, Hyerinning yalang yelkalariga yopdi va uni yana bir bor mahkam bag'riga bosdi. Bu safargi quchoq qandaydir aybdorlik hissi bilan emas, balki to'laqonli xotirjamlik va yo'qotishdan qo'rqish hissi bilan yo'g'rilgan edi.
— Uyga ketamiz, — dedi Jimin qat'iy ohangda. — Heyon u yerni allaqachon tark etgan. Ertadan hammasini boshidan boshlaymiz.
Hyerin indamadi. U shunchaki boshini qimirlatib tasdiqladi. Yo'l bo'yi mashinada hech kim gapirmadi, ammo bu sukunat qayg'uli emas, aksincha, uzoq kutilgan xotirjamlik sukunati edi. Hyerin paltoga o'rangancha derazadan qarab borar, uning yuragidagi muz qatlami sekin-asta erib, o'rnini yillar davomida kutgan iliqlik egallayotgan edi. Ertaga nima bo'lishini bilmasdi, lekin hozir Jimin uning yonida edi. Va bu gal u qochib ketmasligiga aniq ishonardi.