January 29

Delirium

- -

1-Bob.
Yonsei Ruhiy kasallar shifoxonasi.
Tonggi 6:45 .
Osmon moʻralab chiqqan quyosh hamma uchun ham quvonch olib kelmaydi.
Ogʻir nafas. Qisqa boʻlsada soatlar mobaynida davom etayotkan bu harakat allaqachon yigitni holdan toydirgandi. Peshonasini ter qoplaganicha koʻzini devor oʻrtasidagi soat millariga yugurtirdi.
- Hali yetarlicha vaqt bor. - toʻshak oʻrtasidan biroz siljigandek oʻrniga qulayroq joylashgan boʻldi.

- xona -

Yigitning tik va tim qora rang olgan qoshlari uni yanada koʻrkamroq koʻrsatardi. Uzoq vaqt mobaynida ruhiy zoʻriqish oqibatida koʻzlari ostida biroz xira rang paydo boʻlgan boʻlsada , bu koʻrinish ham yigitning xusnini toʻsa olmayotkandi.Faqatgina yigitning koʻzlari nimadirni yoʻqotkandek rangsiz koʻrinardi.
- Janob Park. - qiya eshik ortidan kichik qadam bilan kirgan oʻrta yoshlardagi ayol koʻzini yigitning koʻzlari tomon tikkanicha davom etdi - Sizni kutishayapti.
- Tushunarli. - qisqa javob bilan kifoyalangan yigit oʻrnidan turishi bilanoq hech qanday savollarsiz ayolning ortidan ergashdi.
Qisqa muddat ichida ular manzilga yetib kelishdi. Yigitning jiddiyligini hech qaysi soʻz bilan tariflab boʻlmasdi. Koʻzlar , qoshlar , burun va lablar barchasi bir biriga hamohang tarzda hech qanday ifoda bildirmasdi.
Xona eshigi ochilgach , yigit gavdasini biroz egib xotirjamlik bilan xonaga kirdi .
- Janob Park. Sizni yana oramizda koʻrayotkanimizdan xursandmiz. - xonaning bir chetida tizilib oʻtirgan shifokorlardan biri gap ochdi.
- Oxirgi kuzatuvlar natijasida holatingizda ijobiy oʻzgarishlarni sezdik va sizga yana bir bor imkon berishga qaror qildik. Agar hoxlasangiz hoziroq boshlaymiz..- yigitning oʻrniga joylashishi bilan soʻz boshlagan yoshi elliklarni qarshilagan erkak soʻz oxirida tomoq qirdi.
- Boshlashingiz mumkin.- yigit kichik yutinib e'tiborini toʻliq professorlarga qaratdi.
- Bu yerda davolanishni boshlaganingizga deyarli uch oy boʻldi. Va bu vaqt davomida sizni delirium , annotatsiya , gallyutsinatsiya va PTSD tashxisi orqali davolashga harakat qildik. Buni oʻzingiz ham bizdan yaxshiroq bilasiz..
- Vaqtimizni zoye ketqazmaganimiz ikkimiz uchun foydaliroq boʻladi menimcha Professor Kim. - soʻz oʻrtasidan chiqgan yigitning gaplari deyarli hech kimga manzur kelmadi.
- Yaxshi , - soʻzlash mobaynida qoʻlidagi bir necha enli varoqlarni koʻzdan yugirtirar ekan davom etdi - Shin Haebin haqidagi fikringizni eshitmoqchiman. U hali ham sizni oldingizdami ?
- Yoʻq. Yani..bu imkonsiz nazarimda. - yigitning qoshlari biroz uyildi , gʻazab aralash qandaydir noinsoniy xissiyot uning yuzini egallagandek boʻldi.
- Axir siz u vafot etmaganini va doim yoningizda ekanligini ta'kidlayotkan..- shifokor soʻzlarini yakunlashga ulgurmadi.
- Ruxiy zoʻriqish doktor .. Hayotimning mazmuni birdaniga gʻoyib boʻldi va men oʻzligimni yoʻqotdim. Unga boʻlgan sevgimni hisobga olsak bunday holat menda yuz berishi hayratlanarli hodisa emas. - yigit tik tutgan qaddini biroz bukib koʻzlarini yer uzra shifokorning koʻzlariga yoʻnaltirdi - Men oʻzimning hayotimga qaytmoqchiman.

**
Erta tongdan buyon charros quyayotkan kuz yomgʻiri kechga borib biroz tingandek boʻldi. Ammo yengil shamol odamning etini junjiktiradigan darajada esayotkandi. Kutish zaliga deyarli shalabbo holatda kirib kelgan qiz , kelganidan buyon yoʻlakning u chetidan bu chetiga hayajon , qoʻruv balki asab bilan borib kelayotkandi.
- U buni uddalaydi. - oʻziga ishonch bergandek qiz har eshik tutqichlariga qaraganida ushbu soʻzlarni takror aytardi.
Vaqt oʻtkani sari barchasi yanada chigallashayotkandek koʻrinardi. Bu muhit , odamlar va ularning oʻrtasidagi munosabat bir necha oy oldingisidan tubdan farq qiladi. Dunyo rangsiz , koʻrimsiz , vaxshiy bir hayvondek koʻrinadi. Goʻyoki uning yagona maqsadi ularni yanchib tashlash va hech qachon tinch qoʻymaslik.
Zanjirli eshikning baland ovozi qizning hayollarini buzib yubordi. Qiz koʻzlarini zumda eshik tomon tutdi , kutilgan va kutilmagan narsalarga butun vujudini haftalar davomida tayyorlagan koʻngli dosh bera olmadi.

Bolaligidan u uchun qaxramon boʻlgan akasining bu holatga kelib qolishi Astrid uchun qattiq zarba boʻlgandi. Yaqin dugonasidek boʻlib qolgan insonning oʻlimi esa uni butunlay tushkunlikka solib qoʻydi.
- A.. aka - lablarida titroq bilan chiqqan soʻz va u oʻzini hech qanday oʻylovlarsiz akasining bagʻriga otdi.
- Bu yerga kelmasligingni aytgandim. - Sunghoon qizni oʻzidan itarib biroz ortga siljidi.
- Axir...- koʻz yoshlari xiralatib qoʻygan nigohini akasiga tikkan Astrid javobsiz qolib ketdi. Sunghoon allaqachon chiqish eshigi tomon qadam boshlagan edi.

**
Ular shifoxonadan chiqishlari bilan kuzning namli havosi yigitning yuziga urildi. Sunghoon chuqur nafas oldi, ammo bu nafas unga yengillik bermadi. Sababi, u mashina oynasining aksida, Astridning ortida turgan uni ko‘rdi.
Haebin. Uning oppoq ko‘ylagi qonga belangan, yuzlari esa oʻsha mashʼum kechadagidek rangpar edi. Qiz hech narsa demas, faqat mungli ko‘zlari bilan Sunghoonning vujudini teshib yuborgudek tikilardi.
“Hali tugamadi, Sunghoon... Ular hali ham tirik,” – qizning pichirlashi yigitning miyasida aks-sado berdi.
Sunghoon tishlarini bir-biriga bosdi. U o‘zini qo‘lga olishi, bu hayoliy ko‘rinishni Astridga sezdirmasligi kerak edi. Hozir uning yagona maqsadi — singlisini bu iflos o‘yindan uzoqroq tutish. Qasos yo‘li qonli bo‘ladi va u bu yo‘lda yolg‘iz yurishi shart.
— Astrid, — dedi Sunghoon mashinaga o‘tirgach, ovozi kutilmagan dagʻallikda.
— Ha ? — qiz akasining birdan o‘zgargan ohangidan cho‘chib tushdi.
— Men uyga bormayman. Shifokorlar tavsiya qilgan shahar chetidagi shifoxonaga yo‘l olaman. U yerda yolg‘iz qolib, muolajalarni yakunlashim kerak.
— Nima? Lekin men... men sizga g‘amxo‘rlik qila olaman-ku! Uch oy kutdim, axir. — Astridning ko‘zlariga yosh qalqdi.
Sunghoon singlisining yuziga qaramaslik uchun nigohini derazaga burdi. U yerda esa Haebin barmog‘i bilan deraza oynasiga nimadir chizayotgandek edi. Yigitning yuragi qinidan chiqqudek urar, lekin tashqi qiyofasida buni sezdirmaslikka harakat qilardi .
— Gapimni bo‘lma, — dedi u keskin. — Hozircha menga yaqinlashish sening uchun ham, mening uchun ham xavfli. Meni qidirma, qo‘ng‘iroq ham qilma. O‘zim tayyor bo‘lganimda seni topaman.
— Aka, siz o‘zgargansiz...Haebinning oʻlimidan soʻng... Ko‘zlaringiz yani ulardagi nigohlar meni qoʻrqitayapti.— Astrid akasining bilagidan tutmoqchi bo‘ldi, ammo Sunghoon qo‘lini siltab tortib oldi.
— Ketdik, — buyurdi u haydovchiga.
Mashina joyidan qo‘zgʻalarkan, Sunghoon orqa oynadan qarab qolgan Astridning kichik jussasini koʻrdi xolos.

**

Xona tartibli bo‘lsa-da, ancha vaqtdan beri odam qadami yetmagani sababli chang bosishga ulgurgan edi. Yigit ostona hatlab ichkariga kirishi bilanoq, xotiralar birdan jumbushga keldi. Yoqimli, qadrli va unutilmas tuyg‘ular...
Yigit yuzida tabassum bilan odimlab, kichik javon tortmasidan hayotining ajralmas qismiga aylangan suratlarni ola boshladi. Suratlar go‘yo jonli insondek unga huzur baxsh etdi. Ayni damda qasos o'ti bilan yonayotgan qalbiga bir muddat tasalli berilgandek bo‘ldi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, yigitni ortidan quchgan qo‘llar barchasiga yakun yasadi.
— Seni sog‘inishga ulgurgandim, — yigit belidan quchib turgan qo‘llar ustidan o‘z qo‘llarini yurgazib.
— Shunchalik tezmi? Yarim soat oldin ham yoningizda edim-ku... — qiz qo‘llarini sekin bo‘shatarkan, so‘zida davom etdi — Bugun o‘zingizni yaxshi tutdingiz. Deyarli hech kim sezib qolmadi.
— Deyarli? — shubhalanganicha qoshini chimirdi yigit.
— Astrid nimadandir xavotirdadek tuyuldi. Sizga sezilmadimi? — qiz yigitning yuzini kaftlari orasiga olarkan, pichirladi: — Hayot davom etyapti, shunday emasmi?
Sunghoon ko‘z yoshlariga erk bermaslik uchun uch oy kurashdi. Kecha-yu kunduz o‘zini aynan shu kunga tayyorladi. Ammo unga Haebinni eslatuvchi har bir xotira, har bir buyum faqatgina azob berardi. Hozir ham ko‘zlarini chirt yumganicha, o‘zini tutishga urinardi.

— Men qasos olaman ! — dedi Sunghoon ko‘zlarini ochmagan ko‘yi, mushtlarini tugib.
— Tayyorgarlikni boshlashimiz kerak, — yigit birdan ortiga o‘girilib, qizning ko‘zlariga tik qaradi. — Birinchi bo‘lib kimdan boshlashimizni bilasan-a?
Qizning yuzida g‘alati, hatto qo‘rqinchli bir mamnuniyat paydo bo‘ldi. U Sunghoonning qulog‘iga yaqinlashib, bir ismni pichirladi. Bu ism yangrashi bilan yigitning mushtlari tugildi, ko‘zlaridagi rangsizlik o‘rnini qonli qasos alangasi egalladi.
— U ertaga kechki ziyofatda bo‘ladi, — davom etdi qiz. — Astrid ham o‘sha yerda bo‘lishi mumkin.
Sunghoonning qoshlari asabiylikdan chimirildi. Singlisini bu iflosliklardan uzoq tutish niyatida boʻlsa-da , taqdir uni yana o‘yin markaziga tortayotgandek.
— Astridni men hal qilaman. Sen esa... — yigit qizning sovuq tanasini oʻzinikiga suyaganicha davom etdi — Sen esa doim yonimda bo‘l. Toki oxirgi nafasigacha ularning ko‘zlaridagi qo‘rquvni birga tomosha qilaylik.

***
Yarim yil muqaddam.

Quyosh ufqqa botish arafasida , osmon to‘q sariq va pushti ranglarga bo‘yalgan, ulkan ko‘lning sathi esa oynadek yarqirab, bu ranglarni o‘zida aks ettirardi. Ko‘l bo‘yidagi yaproqlari endigina chiqqan novdalar mayin shaboda esganda shivirlab, atrofga o‘zgacha bir tarovat bag‘ishlardi. Sunghoon bu manzarani sinchiklab tanlagandi. Haebin bilan aynan shu yerda, ularning ilk uchrashuvlari bo‘lgan joyda hayotining eng muhim qadamini tashlashni istagandi.
U Haebinning kelishini kutayotib tanasidan chiqib ketay deb urayotkan yuragini tinchlantirishga urinardi.Oradan ko‘p o‘tmay, uzoqdan uning qiyofasi ko‘rindi. Haebin oq, yengil ammo oʻziga juda ham yarashgan koʻylakda , yelkasiga tushgan uzun sochlari bahor shamolida mayin hilpirardi. Uning har bir qadami Sunghoonning yuragida yangi bir ritm uyg‘otardi. Qiz yigitga yaqinlashgani sari yuzidagi tabassum yanada yorqinlashib, ufqning so‘nggi shu’lalari bilan bellashardi.
— Kechikmadimmi? — Haebin Sunghoonga yaqin keliboq uning qo‘llaridan tutdi.
— Aslo, — Sunghoon uning qo‘llarini lablari tomon olib borib boʻsa oldi — Sen doim o‘z vaqtida kelgansan , Haebin. Ayniqsa, mening hayotimga.

Ular biroz jim turishdi, borliqni faqatgina tabiatning sokinligi va yuraklarning bir maromdagi urishi to‘ldirardi. Keyin Sunghoon chuqur nafas oldi. Qoʻllarida turgan kichik qizil , baxmal qutichani qizga namoyon qildi. Haebinning ko‘zlari katta-katta ochilib, unga savol nazari bilan boqdi. Sunghoon bir tizzasini sohil qumlariga qoʻyib tiz choʻkdi.
— Hae ,— uning ovozi hayajondan hali ham titroq bilan chiqayotkandi.— Biz birga kuldik, birga yig‘ladik, har qanday qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tdik. Sen mening hayotimning ma’nosi, olayotkan nafasimning sababchisisan. Sensiz men hech kimman. Shu sababli...
U qutichani ochdi. Ichida yorqin toshli, nafis uzuk yaltirab turardi.
— Shin Haebin, sen Park Sunghoonga yani menga turmushga chiqishga rozi boʻlasanmi? Meni o‘zingning abadiy yo‘ldoshing sifatida qabul qilasanmi?
Haebinning ko‘zlariga yosh qalqdi. U yig‘lab yubormaslikka intilib, lablarini tishladi.
— Ha ! Albatta ha . Ming martalab ha! — u Sunghoonni o‘rnidan turg‘azib, mahkam quchoqladi. Bu va’da, bu muhabbat abadiy tuyulgandi. Ularni hech narsa ajrata olmaydigandek edi...

***
Oradan uch oy oʻtib.

O'sha kuni havo g'alati darajada dim edi. Sunghoon ishlarini tezroq bitirib, Haebin bilan kelishilgan oq liboslar do'koniga shoshilardi. Bugun ular to'y libosini tanlashlari kerak edi.
Sunghoon tirbandlikda qolib ketdi. Soatiga qaradi: allaqachon 40 daqiqa kechikdi. Telefon qildi, ammo Haebin go'shakni ko'tarmadi. "Ehtimol, kiyim kiyib ko'rayotgandir", deb o'yladi yigit, yuragidagi g'alati g'ashlikni haydashga urinib.
Do'kon eshigi oldiga yetib kelganida, chiroqlar o'chiq, atrof sukunatga ko'milgan edi. Faqatgina ichkaridan kelayotgan sovuq shaboda eshikning qiya ochiqligidan dalolat berardi. Sunghoonning ichida nimadir "shart" etib uzilgandek bo'ldi.
— Hae ? Eshitayapsanmi ?— dedi yigit biroz xavotir bilan.
Ichkariga kirdi. Ko'rgazma zali o'rtasida, eng qimmatbaho kelinlik liboslari turadigan podiumda nimadir yotardi. Sunghoon qadamlarini zo'rg'a bosib yaqinlashdi. Har bir soniya uning hayotini ostin-ustun qilayotgandek edi.
Yaqinroq kelganida esa... uning butun dunyosi ustidan qulagandek boʻldi.
O'sha oppoq, nafis kelinlik libosi o'rnida Haebin yotardi. Ammo u kiyimda emas, shaffof, sovuq polietilen plyonkaga mahkam o'rab tashlangan edi. Qizning o'sha go'zal tanasi plyonka ostida ko'karib, jonsiz holatda ko'rinardi. Eng daxshatlisi qotil uni xuddi bir sovg'adek qadoqlagan va beliga kichik, qip-qizil lenta bog'lab qo'ygandi.
— Yo'q... Haebin!
U tizzalab yiqildi. Plyonkani yirtishga, Haebinni bu sovuq tutqundan qutqarishga urindi. Barmoqlari qonadi, ammo u hech narsani his qilmasdi. Qizning yuziga teginganida, ufqdagi quyoshdek issiq chehra endi muz bo'lagiga aylanganini angladi. Haebinning ko'zlari yarim ochiq, go'yo so'nggi lahzada yordam so'rab Sunghoonni qidirgandek edi.
Shu soniyada Sunghoonning ongi bu daxshatni qabul qila olmadi. Atrof qorong'ulashib, ranglar g'oyib bo'ldi. Uning ichidagi mehr, orzu va hayotga bo'lgan muhabbat o'rnini o'sha lahzaning o'zidayoq qop-qora nafrat va qasos o'ti egalladi.
Sunghoonning qaltirayotgan barmoqlari Haebinning yuzini o‘rab turgan sovuq plyonkani yirtdi. Nihoyat uning muzdek chehrasiga qo'llari tegdi. Yigit qizning jonsiz tanasini mahkam bag‘riga bosar ekan, uning dardi butun do'kon bo'ylab aks sado berdi.
— Hae... Uyg‘on, iltimos, uyg‘on! — Sunghoon uning sovuq bo‘yniga yuzini bosib, xo‘ngrab yig‘lardi. — Men keldim... Men kechikdim, meni kechir! Faqat ko‘zingni och, bir marta ismimni ayt!

U Haebinni shunchalik qattiq quchoqlardiki, go‘yo o‘z tanasidagi issiqlikni qizga berib, uni hayotga qaytarmoqchi bo‘layotgandek edi. Uning ko‘z yoshlari qizning rangpar yonoqlariga tomchilardi.
— Biz libos tanlashimiz kerak edi-ku... — yigitning tomogʻi boʻgʻila boshladi ammo u soʻzlashda davom etdi . — Sen dunyodagi eng go‘zal oq libosni kiyishing kerak edi... Nega? Nega aynan sen? Kim seni bu holga soldi?!
Yigitning nigohi Haebinning belidagi o‘sha mash’um qizil lentaga tushdi. Bu "sovg‘a" simvoli uning nafratini yanada alangalatdi. U qizning boshini ko‘ksiga qo‘yib, sochlarni silarkan, qasam ichdi:
— Qasam ichaman, Hae... — uning ovozi birdan dagʻal va qo‘rqinchli tus oldi. — Buni qilganlarning har biri sendan ming marta og‘riqliroq o‘lim topadi. Men ularning hayotini do‘zaxga aylantirmagunimcha to‘xtamayman. Sen esa... sen doim men bilan bo‘lasan. Meni tark etishingga yo‘l qo‘ymayman.
Sunghoon qizning peshonasidan so‘nggi bor o‘pdi. Aynan shu lahzada uning ongi haqiqatni rad etdi. U Haebin o‘lganiga emas, shunchaki "uхlab qolganiga" va doim uning yonida boʻlishiga o‘zini ishontirdi. Shifoxonadagi gallyutsinatsiyalar aynan shu lahzadan, bu og‘riqning haddan tashqari kuchliligidan boshlangan edi.

. -1-