December 24, 2025

After marriage

Story for Dohee

Quloqlarim ostida jaranglagan tovush birdan uyg‘onishimga sabab bo‘ldi. Soat tonggi 06:00 ni ko‘rsatardi. Doimgidek, o‘rnimni biroz yig‘ishtirib, darhol yuvinish xonasiga shoshildim. So‘ng esa nonushta tayyorlash uchun oshxonaga yo‘l oldim.
— Kim Dohee, sen buni uddalaysan! — o‘zimga o‘zim dalda bergancha qo‘limdan keladigan barcha taomlarni tayyorlashga kirishdim.
Yangi hayot. O‘zgacha turmush tarzi. Yana yetti yot, begona inson bilan bir tom ostida yashash. Bu yosh, erka va eng muhimi — erkin qiz uchun oson sinov emasdi. Ya’ni… men uchun.
*

- Dohee -

— Hayrli tong.
Zina bo‘ylab pastlayotgan erkakni ko‘rishim bilan badanimdan qandaydir jimirlash o‘tdi. Nafasim bir lahzaga ichimda tiqilib qolgandek bo‘ldi.
“U to‘yimiz kechasi ham shunday kelishkanmidi?”
Qayoqdan ham bilay… O‘sha kuni qo‘rqqanimdan hatto uning ko‘zlariga qarashga jur’at topolmagan edim.
— Hayrli tong, — dedim qisqa jilmayish bilan.
Nonushta tayyor bo‘lgach, menga qarama-qarshi o‘tirgan turmush o‘rtog‘im uchun qahva uzatdim.
— Dohee?
Uning dag‘al, ammo quloqqa yoqimli ovozi yana meni o‘sha tim qora ko‘zlariga qarashga majbur qildi.
— Eshitaman, janob Kim?
Yuragim tanamdan chiqib ketgudek tez urardi. Nima deyayotganimni o‘zim ham anglamayotgandim.
— Janob Kim? — u bir qoshini biroz yuqoriga ko‘tarib qaradi. — Dohee, ofis bilan uyning farqi nimada ekanini bilasanmi?
— Tushunmadim…
Uning keskin yaqinlashuvidan ko‘zlarim beixtiyor kattarib ketdi.
— Ofisda menga hurmat bilan “janob” deb murojaat qilishadi. Uyda esa… — u gapini tugatmadi.
Oramizdagi masofa shu qadar qisqardiki, uning nafasi yuzimga urildi. Yuragim qovurg‘alarimni sindirib chiqib ketadigandek urardi. Orqaga bir qadam chekinmoqchi bo‘ldim, ammo yelkam stolga taqaldi.
— Bu yerda sen menga rasmiy emas, — uning lablarida juda kichik tabassum paydo bo‘ldi, — oddiy insonning rafiqasiday murojaat qilishing kerak.
Nigohim beixtiyor uning lablariga tushib, darhol yana ko‘zlariga ko‘tarildi.
- Men… - so‘zlarim o‘zim ham tushunmagan qaltiroq bilan chiqdi. — Bunday munosabatga oʻrganmaganman.
U bir zum jim qoldi. So‘ng mendan uzoqlashdi. Nafasimni endigina rostlay boshlagandim.
- Shoshilma, Dohee, - u orqasini menga o‘girgancha qahvasidan bir ho‘plam oldi. - Bu uyda hamma narsa sekinlik bilan o‘rganiladi. Ismimni talaffuz qilishni ham hali oʻrganib olasan degan umiddaman.

- Taehyung -

U xonadan chiqib ketdi. Qadam tovushlari zinada yo‘qolgachgina chuqur nafas oldim. Qo‘llarim hanuz titrardi. Bu titroq qo‘rquvdanmi yoki hayajondan — o‘zim ham aniq bilmasdim.
“Sekinlik bilan o‘rganiladi…” Go‘yo bu oddiy ishdek. Har qalay, bir kunlik turmush uchun yetarlicha “dars” oldim.
Idishlarni yuvarkanman, ko‘zgudagi aksimga ko‘zim tushdi. Yonoqlarim qizarib ketgan, ko‘zlarimda esa ilgari bo‘lmagan qandaydir porloq nur paydo bo‘lgandek edi. Bu uy, bu erkak, bu nikoh — hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Va bularning barchasi menga begona edi.
Ammo nega hayolim uning tartibsiz sochlari, biroz quruq, ammo nim pushti tus olgan lablari va tim qora ko‘zlariga qayta-qayta yetaklardi?
Kunning qolgan qismi juda tez o‘tdi. U ofisga ketdi, men esa uyni tartibga keltirish bilan band bo‘ldim. Ammo har bir xonada uning izi bordek tuyulardi: ochiq qolgan kitob, stol ustidagi soat, uning iforiga singib ketgan kiyimlar…

- Dohee

Kechga yaqin u qaytdi. Biroz horgʻin , charchagan koʻrinishda. Rahbarlik ham oson ish emas chamamda. Ayniqsa butun boshli bir kompaniya boshqarish lavozimi boʻlsa...
— Yaxshi keldingizmi?.. — dedim o‘zim ham sezmagan holda, u ostonadan kirar chogʻi.
U mening oyoqlarim uchidan to koʻzlarimgacha tikilib qaradi. Bu safar har doimgidan uzoqroq davom etdi bu nigohlar . Xuddi nimanidir tekshirayotgandek.
- Ha - dedi qisqa qilib.
Jimlik. O‘sha tanish sukunat. Ammo bu safar u avvalgidek sovuqqon boʻlmadi.
U paltosini ilgichga ilib, yonimdan o‘tdi. Yelkamga qo‘li tasodifan tegib ketdi. Juda qisqa. Juda oddiy. Ammo tanamdan elektr o‘tgandek bo‘ldi.Axir 22 yoshimgacha hattoki birorta yigit bilan qoʻl ushlashib ham koʻrmaganman.
- Kechki ovqatga yordam kerakmi? - dedi ortiga qaramay.
Hayratdan qotib qoldim. Bu savolni undan kutmagandim.
- Yo‘q… - dedim, keyin oshxonadagi anchadan beri tartibga sololmayotgan joyga qarab, — ya’ni… bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.
U sekin burildi. Labida bilinmas, juda bilinmas tabassum paydo bo‘ldi.
Birgalikda ishni tezda yakunladik. Meni eng hayratga solgani , uning taom pishirishdagi mahorati edi. Negadir turmushga chiqqanimdan beri ichimda paydo bo‘layotgan pushaymonlik hissi asta-sekin yo‘qolayotgandek bo‘ldi.
Tabiatdan qo‘rs, odobning ko‘chasiga ham kirib ko‘rmagan mendek qiz ikki kun ichida yetarlicha “tarbiyalanadi” deb o‘ylamagan edim.
Kechlikdan so‘ng Taehyung meni o‘z xonasiga chaqirdi. Ammo kirganimda u allaqachon dush qabul qilish uchun yuvinish xonasiga kirib ketgan ekan.
Vaziyatdan foydalanib, xonani tomosha qila boshladim. Devorga ilingan sanoqli suratlar, kitob javonidagi mening boshimdan ham enliroq kitoblar… Bir narsani tan olishim kerak edi: u juda tartibli inson.
Shu payt telefon jiringladi. Cho‘chib ketdim. Keyingina ko‘zim to‘shak ustida turgan Taehyungning telefoniga tushdi. Raqam saqlanmagan edi. Bir zum ikkilanib turdim. Ammo muhim qo‘ng‘iroq bo‘lsachi?
- Taehyung… nihoyat javob berding. Seni sog‘indim. Menga bunday ayriliqni ravo ko‘rma…
Ayolning noz-karashmaga boy ovozi qulog‘imga yetishi bilan butun tanam bo‘ylab qonim qaynab ketdi.
- Kechirasiz… - dedim chuqur xo‘rsinib. - U hozir dush qabul qilayapti. Va… hozir u men bilan.
Bir zum to‘xtab, davom etdim:
- Agar buni ayriliq deb hisoblasangiz, u hali uzoq davom etadi. Balki… abadiy davom etar balkim undan ham uzoqroq.
- Hoy! - uning jahli so‘zlaridan ham sezilib turardi. - Sen hozir kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi? Taehyung bundan xabar topsa, seni sog‘ qoldirmaydi. U sevgan qiziga bunday gaplar aytilishini kechirmaydi!
- Shundaymi? - lablarim titrardi, ammo oʻzimni jiddiy tutishga harakat qildim.- Agar bu gaplarni uning rafiqasi aytayotgan bo‘lsa-chi? O‘rningni bil. Sen kabilar uning oyog‘i ostida bo‘lishga arziysiz.
Go‘shakni qo‘ydim va telefonni g‘azab bilan to‘shak tomon uloqtirdim. Yuragim quloqlarimda urardi.
Voqealar birin-ketin sodir bo‘layotgandi. Hali holatimni anglab yetishga ham ulgurmasimdan, belim uzra qandaydir qaynoqlikni his qildim…

- Taehyung

Boʻynimni burib ortimga qarashga urindim, ammo yalang yelkam atrofida qaynoq lablarni sezishim bilan harakatlana olmay qoldim.
- Tae… Taehyung?
- Yovvoyi… Vanihoyat ismimni aytishni boshlading, – quloqlarim ostida eshitilgan uning dagʻal ovozi butun tanamga titroq berdi.
Bor kuchimni qoʻllarimga yigʻib, undan uzoqlashdim.
- Men… men atayin qilmadim, – telefonga bir koʻz tashlab davom etdim. – Sizning qoʻngʻiroqlaringizga javob bermasligim kerak edi, bilaman… lekin uning gaplaridan keyin…
Soʻzlarimni bir jumlaga tuza olmay, koʻzlarimni har yoqqa olib qocha boshladim. U esa bu holatimni koʻrib, zavqlanish bilan kulib yubordi.
- Hoy, senga har kuni eslatishim kerakmi? – u bir qadam yaqinlashib, qoʻllarimdan tutdi. – Biz turmush qurganimizni? Mening yoki sening degan tushuncha yoʻq. Barchasi bizniki…
U meni bagʻriga bosganicha, sochlarimni mayin barmoqlari orasiga olib silay boshladi.
- Boyagi voqeaga kelsak, agar u qoʻngʻiroqni qabul qilmaganingda, rafiqam qanchalar xavfli ekanligini bilmagan boʻlardim.
"U shunchaki mening ustimdan kulishda davom etayotgandi."
- Ammo bizning turmushimiz hech qanday xissiyotlarsiz, reja asosida tuzilgan. Menimcha, bunday qilishga haqqim yoʻq edi. – undan oʻzimni olib qochdim. Holatimiz menga noqulaylik tugʻdirayotgandi.
- Men sen bilan ajrashish uchun turmush qurganim yoʻq, shunday ekan qolgan butun umrimni sen bilan oʻtkazishga majburman, Kim xonim. – u men tomon keskin qadamlar tashlay boshladi. Bora-bora men devorga qisilib qoldim. – Qolaversa, oʻzimning yoqimtoy va yovvoyi rafiqam turganida qanday qilib boshqa inson bilan munosabat oʻrnatish uchun anchagina axmoq boʻlishim kerak … Istagan ishimni axir sen bilan ham qila olamanku. Axir biz qonuniy juftlik boʻlsak…
Uning yuzidagi tabassum kengaya boshladi. Shu bilan birga, tanamga kirgan qoʻrquv ham oshib borayotkandi. Hayolimga kelgan fikrdan oʻzim qoʻrqib, ikki qoʻlim bilan tanamni toʻsdim.
- Bu ishni qilishimiz shartmi? Axir menda umuman tajriba yoʻq. – ikki yuzim uyatdan yonayotgandi. Uning koʻzlariga boqishga ham jur'at qila olmadim.

- Taehyung

- Hayoli buzuq. – peshonamga tekkan kichik chertishdan yuzim burishdi. – Nima gʻamxoʻrlik qilish uchun tajriba kerakmi? Yoki sevishga harakat qilish uchunmi? Sen… nimani nazarda tutayotkanding..?
Uning soʻzlaridan soʻng, nima deyishimni ham bilmay qoldim.
- Hech nima… hech nimani nazarda tutmadim, – uni chetga surib oʻzimni eshik tomon urdim. – Iltimos, bugungi kunni unuting…
Oʻz xonamga yugurib shoshar ekanman, ortimdan uning baland ohangdagi kulgusi yangrab turardi.
Vaziyat tugʻilishi bilan undan oʻchimni olaman.

Bir qismli hikoya " Dohee " uchun Kim Yein tomonidan yozildi.