Remain
β"Senga talpinishim β o'z halokatim tomon tashlagan eng so'nggi va eng jozibali qadamim edi."
Yomg'ir tomchilari qahvaxona oynasini ayovsiz savalardi. Havoning avzoyi uch kundan beri negadir buzuq. Ichkaridagi dim havo, fonda asabga teguvchi sokin jazz musiqasi.. hammasi shunchaki bo'g'uvchi edi. Oldimdagi sovuq amerikano allaqachon o'z ta'mini yo'qotgan. Men hamma narsaga chidashim mumkin, lekin hozirgi shu yoqimsiz sukunatga emas.
Qarshimda o'tirgan Kang Minjae ko'zlarimga qaramaslik uchun butun dunyosini berishga tayyor edi. Goh soatini to'g'rilardi, goh deraza ortidagi ko'chaga tikilardi.. uning qaltirayotgan asabiy barmoqlariyu qochirilgan nigohlari hamma narsani aytib turardi.
β Demak.. β sukunatni buzdim. O'z ovozim o'zimga shunchalar zaif, shunchalar yot eshitildiki gapirishimdan oldin tomoq qirishga majbur bo'ldim . β Hammasi tugadi. Shundaymi ?!
Minjae harakatdan to'xtab, og'ir xo'rsinish barobarida nihoyat menga qaradi. Uning ko'zlaridagi qandaydir rahm-shafqat.. jin ursin, men aynan shu narsadan nafratlanaman.
β Kechir, Aera. β uning ovozi anchagina past va albatta bo'g'iq chiqdi. β Haqiqatan ham bunday bo'lishini xohlamagandim. Lekin tuyg'ular.. o'zimni majburlay olmayman. Bizda yaxshi xotiralar bor.
Lablarimda achchiq tabassum yugurdi. Tomog'imga tiqilib kelayotgan tikanakli toshni yutishga urinib, ko'zimni pirpiratdim.
β Tuyg'ularni boshqarib bo'lmaydi ?! β lablarim orasida shivirladim. β Shuncha yillik munosabatimizni shunday arzimas bahona bilan yakunlayapsanmi ? O'sha ayol.. Ismi nima edi la'nati?!. Ha Han Sohee uchun-a ?!
Qizning ismini ovozim balandligi tufayli qaxvaxonadagi deyarli barcha eshitdi.
Minjaening yuzi o'zgarib, peshonasi tirishdi. Zudlik bilan himoya pozitsiyasiga o'tdi.
β Unda hech qanday ayb yo'q . β o'zini oqlashga urindi u. β Muammo menda. Sen doim hamma narsani hattoki kundalik ishlarni ham reja qilib yashaysan, men esa erkinlikni xohlayman. Biz turli xil odamlarmiz. Buni kech tushunib yetganimdan afsustaman.
Ich-ichimdan nimadir sinib ketganini his qildim. Ko'ksim uzra og'riqni xis qildim. Kechagina "sensiz yashay olmayman" degan odam.. bugun butunlay yot insonga aylanib turgandi. Qattiq tishlangan lablarim ortida g'azab va quyilib kelayotgan ko'z yoshlarimni ushlab qoldim. Hech qachon uning oldida yig'lamayman. Sekin, bamaylixotir o'rnimdan turdim.
β Buni uch yil vaqtimni o'g'irlamasdan oldin aytishing mumkin edi, Minjae. Aqalli meni ahmoq qilish o'rniga. β unga so'nggi marta sovuq nigoh tashladim. β Baxtli bo'l. Anavi alvasti bilan bir umr hayotingni oxirigacha chirib yasha.
Ortga qaramay qahvaxonani tark etdim. Eshik ochilishi bilan yuzimga urilgan sovuq shamol meni biroz hushimga keltirgandek bo'ldi. Odamlar oqimiga qo'shilishim bilan.. issiq koz' yoshlarim yomg'ir tomchilari bilan qorishib yuzimdan oqib tusha boshladi.
-----
β O'sha iflosning yuziga qahvani sochib yubormadingmi ?! β Reina asabiylashganidan xonaning u burchagidan bu burchagiga borib kelardi. Qo'llari musht tugilgan. β Kim o'zi u? O'zini kim deb o'ylayapti ?!
Men esa batareyasi tugagan qo'g'irchoqdek divanning bir burchagida qotib o'tirardim. Kichkina xonani tutgan Reinaning baqir-chaqiri.. qulog'imga shunchaki uzoqdagi g'ala-g'ovurdek eshitilardi.
β Buning nima keragi bor, Rei ? β hissiyotsiz nigohimni devordan uzmay gap ochdim. β Qahva sochganim bilan.. uning tuyg'ulari menga qaytib kelmaydi-ku. Barchasi foydasiz.
β Tuyg'ulari ?! β Rei yalt etib menga qaradi va yonimga cho'kkalandi. β Uning tuyg'ulari zanglab yotgan temirdan ham arzon ekan !! Bir tiynag ham qimmat tuyg'ular uchun ko'z yosh to'kasanmi? Yo'q sen u to'nka uchun bir tomchi ham ko'z yosh to'kmaysan. Ular o'zlari pishirgan oshni o'zlari bamaylixotir butun umri davomida yeyishlari mumkin . Biz esa hozir eng chiroyli ko'ylagingni kiyamizda, bu kunni hayotingdagi eng zo'r kunga aylantiramiz !!
Jilmayishga urindim. Ammo lablarim faqatgina og'riqli qiyshayib qo'ydi holos. Nafas olishga ham qiynalardim.
β Men hech qayerga borgim yo'q, Rei. β dedim sekin o'rnimdan turib. β Menga faqat.. biroz havo kerak. Va yana.. biroz spirtli ichimlik.
β Aera, yo'q !! β Rei yo'limni to'sdi. β Yolg'iz ichish senga to'g'ri kelmaydi. Men sen bilan boraman. Axir o'tkan gal sendan juda xavotir olganman.
β Iltimos, Rei. β eshik oldida to'xtab unga qaradim. Qizarib ketgan, shishgan ko'zlarimni ko'rib u harakatdan to'xtadi. β Hozir hech kimni ko'rgim kelmayapti. Yolg'iz qolishim kerak.. shunchaki hamma narsani unutishni xohlayman.
Reina og'ir xo'rsinib, yo'l bo'shatishga majbur bo'ldi. Men xonani tark etishim bilan, u darhol telefonini qo'liga olganini sezdim.
-----
Yarim tun. Qizil soyabonli ko'cha oshxonasi atrof qovurilgan go'sht va achchiq ttokbokki hidiga to'lgan. Tashqarida yomg'ir shiddat bilan chelaklab quyardi. Chiroqlarning xira nuri nam asfaltda jilvalanardi.
Burchakdagi kichkina plastik stulda qisilibgina o'tirgancha, oldimdagi beshinchi yashil soju shishasiga ko'zlarimni qisib qarab turdim. Yuzlarim cho'g'dek qizargan. Atrofdagi shovqin qulog'im ostida faqat g'uvullardi. Tomog'imdan o'tayotgan achchiq ta'm.. lekin xotiralar baribir ongimga yirtqichdek bostirib kelaverardi.
β Ajumma !! β tilim aylanmay bo'sh stakanni havoga silkitdim. β Yana bitta.. yana bitta soju !!
β Qizim, yetar endi. β deya gap boshladi oshxona egasi men uchun qayg'urib. β Allaqachon me'yordan ortiq ichib yubording. Uyga ketadigan vaqting bo'ldi.
β Uy ?! β hiqichoq tutgancha kulib yubordim. Lekin bu jinnilarcha kulgi ortida faqat yig'i yashiringandi. β Mening uyim yo'q, ajumma !! Uysiz qoldim.. Yuragimdagi uyni buzib tashlashdi.
Shu payt chodirning shaffof plastik eshigi shiddat bilan orqaga surildi. Kirib kelgan gavda eshikni butunlay to'sib qo'ygandek bo'ldi. Uzun qora palto.. shalabbo bo'lgan sochlar. Va qop-qora ko'zlarida anglab bo'lmas kuchli xavotir va g'azab alangasi.
Kim Taehyung.
U jag' tomirlari bo'rtib chiqqan holda atrofga tezda ko'z yugurtirdi. Burchakda boshini stolga tirab o'tirgan meni ko'rishi bilan, shiddat bilan shu tomon yo'naldi. O'n yillik eng yaqin do'stim. U Minjaeni hech qachon yoqtirmagan edi. Hattoki munosbatlarimiz boshida bizni ajratishga ham uringandi.Va bugun.. barcha qo'rquvlari haqiqatga aylanganini tushunib turardi.
β Yiye Aera ! β uning dag'al ovozi atrofdagi barcha shovqinni kesib o'tdi.
Tanish ovozni eshitib, boshimni bazo'r ko'tardim. Xira nigohlarim bilan minoradek qad rostlab turgan yigitga qarab.. birdaniga keng, ammo ma'nosiz tarzda kulimsiradim.
β O-o-o.. qaranglar-a, kimlar keldi ?! β qo'llarimni havoda pala-partish silkitdim. β Qutqaruvchi farishtamiz.. Shahzoda Kim Taehyung o'zi tashrif buyurdilar !! β o'zimcha qarsak chalishga urindim-u, muvozanatimni yo'qotib stuldan yiqilib tushishimga oz qoldi.
Taehyungning yuzidagi jiddiylik zarracha o'zgarmadi. Og'ir xo'rsindi-yu, stoldagi qolgan yarimta soju shishasini asabiylashib chetga surib qo'ydi.
β Reina menga qo'ng'iroq qildi. Jin ursin, Aera, nima qilyapsan o'zi ?! Men senga o'sha ablah uchun asablaringni buzma demaganmidim ?! - u meni yosh bolarni urushgandek tergashnu boshlagandi.
β Tae-Tae.. β pichirladim. Birdaniga tomog'imga yig'i tiqilib, uning ho'l palto yengidan ushlab o'zimga tortdim. β U meni tashlab ketdi, bilasanmi ? Uning aytishicha, men.. men zerikarli ekanman. Tasavvur qilyapsanmi ?! O'sha Han Sohee degani esa qiziqarli emish.. Nahotki men shunchalik zerikarli va mijg'ov bo'lsam?
Shu soniyada barcha himoya devorlarim, qolgan-qutgan g'ururim butunlay qulab tushgandi. Men hozir yovuz qahramon emas, shunchaki yaralangan, ojiz qizaloqqa aylangandim.
U pastga egilib, sovuq yegan qo'llarimdan mahka. ushladi. Taehyungning issiq barmoqlari.. bu haroratdan biroz sergak tortgandek bo'ldim.
β U ahmoq. β dedi u qat'iy ohangda, yoshlangan ko'zlarimga to'g'ri qarab. β Sen zerikarli emassan, Aera. Sen umuman unday emassan. U xaromidan ming marta yaxshiroqsan. Endi esa tur, seni uyga olib ketaman.
Taehyung meni o'rnimdan turg'azish uchun bilagimdan ohista, lekin buyruq ohangida tortdi. Ammo oyoqlarim o'zimga bo'ysunmasdi. Tizzalarim qaltirab, oldinga qarab qulab tusha boshladim.
β Aera !! β u chaqqonlik bilan belimdan ushlab, o'ziga qarab kuch bilan tortdi.
Butun vujudim bilan Taehyungning keng ko'ksiga urildim. O'rtamizdagi masofa bir soniya ichida butunlay yo'qoldi.
Muvozanatni ushlab qolish uchun ikki qo'lim bilan uning belidan mahkam quchoqlab oldim. Qimirlamay qoldim. Uning palto matosi yomg'ir va uning o'ziga xos.. sadr daraxti aralash atir hidini taratardi. Bu hid aylanib ketayotgan boshimni sokinlashtirgandek bo'ldi, yuzimni uning ko'ksiga yanada chuqurroq yashirdim.
Taehyungning nafas olishi to'xtab qolgandek edi. Qo'llari bellarim uzra harakatlanmay qoldi. O'n yil davomidagi yuzlab quchoqlashuvlar.. ammo bu safargisi.. butkul boshqacha, o'ta xavfli va nazoratdan tashqarida edi. Ojiz vujudim unga shunchalar yaqin, shunchalar chambarchas yopishib turardiki, uning vahimali urayotgan yurak zarbalarini bemalol eshitib turardim.
β Taehyung-ah.. β xirqiroq ovozim o'zimga ham begona eshitildi. Hamon uni quchoqlab turardim.
β N-nima ? β u tanasini egallagan qaltiroroqni yashirish uchun qattiq yutindi. β Tura olasanmi o'zing ?
Javob bermadim. Uning o'rniga sekin boshimni ko'tarib, uning yuziga qaradim. O'rtamizda bor-yo'g'i bir qarich masofa qolgandi xolos. Ko'zlarim xira yaltirar, lablarim nimadir demoqchidek yengil ochilib-yopilardi.
Atrofdagi hamma narsa.. yomg'ir vahimasi-yu, chodirdagi shovqin mutlaqo to'xtab qolgandek, butun dunyo faqat shu ikki inson atrofidagina aylanayotgandek edi. Taehyung o'z g'ururi va do'stlik chegaralarini yo'qotib qo'yayotganini shunchaki uning ko'zlaridan o'qish mumkin edi.
β Taehyung.. β nozik barmoqlarimni uning ho'l paltosi yoqasiga olib bordim. Qonimda qandaydir noma'lum o't chaqnadi. β Sen.. nega bunchalar kelishkansan?
Uning ko'zlari birdan katta-katta ochildi. Nafas olish ritmi o'z iznidan chiqib ketdi.
β Aera, sen juda ko'p ichib.. aqlingni yo'qotyapsan.. β u orqaga tislanmoqchi bo'ldi.. O'zi ham buni xohlamayotgandi.
Kutilmaganda oyoq uchida ko'tarildim. Zaif qo'llarimni uning bo'yniga orqasidan mahkam bog'lab, uni o'zimga qarab qattiq tortdim.
Va shu soniyada lablarimni Taehyungning lablariga olin borib yengil bo'sa oldim. Yigitning butun vujudi karaxt bo'lib, toshdek qotib qoldi. Uni shunchalik qattiq quchoqlagandimki.. lablarimdagi soju va achchiq ko'z yoshlar ta'mi uning sovuq lablariga qorishib ketdi. Men bu kutilmagan bo'sada barcha og'riqlarimni, barcha yaralarimni unga to'kib solayotgandek edim.
Taehyung nima qilishni bilmay qotib qolgandi. Aqli unga tinimsiz "u mast" deb qichqirardi. Ammo yuragi.. o'n yil davomida qalbining eng tubiga yashirib kelgan o'sha sirli tuyg'ulari to'g'onni yorib chiqqan suvdek toshib ketdi. Ko'zlari o'z-o'zidan yumildi. Irodasi butunlay sindi. Titrayotgan qo'llari beixtiyor belimdan mahkamroq qisib, meni ehtiros bilan o'ziga tortdi. Uning uzun barmoqlari sochlarim orasiga sanchildi. U menga javob qaytara boshladi.
Vaqt butunlay to'xtagandek edi. Oddiy do'stlikning o'n yillik mustahkam devori shu bir soniyalik.. extirosli bo'sa ichida abadiy parchalanib, kulga aylangandi. Endi ortga yo'l yo'q ekanligi ikkimizga ham ayon edi.
-----
Qora "Genesis" rusumdagi mashina motori o'chirilmagan holda turar, uning qizil orqa chiroqlari yoniq holatda o't oldirilgan holatda turardi. Mashinaga suyangancha, katta qora soyabon ostida Jeon Jungkook xotirjam sigareta chekib turardi. Uning ustidagi to'q kulrang paltosi qorong'ulik bilan singishib ketgan, o'tkir, burgutnikidek sovuq nigohlari esa to'g'ridagi qizil chodirli oshxonaga qadalgan edi. Jungkook Taehyungning eng yaqin do'sti, uning o'ng qo'li va ehtimol, bu dunyoda uni so'zsiz tushunadigan yagona inson edi. Taehyung mashinadan qanday jinnilarcha otilib chiqqanini va u yerga yugurib kirib ketganini u o'z ko'zlari bilan ko'rgandi. Shuning uchun u indamay, sabr bilan kutib turardi.
Biroq, uning xotirjamligi uzoqqa cho'zilmadi.
Ko'cha boshidan shiddat bilan kelib to'xtagan sariq taksining eshigi asabiylik bilan ochildi-yu, undan bir qiz otilib chiqdi. Uning egnidagi yupqa, och rangli kurtkasi yomg'irda bir zumdayoq ivib ketdi, baland poshnali tuflisida ko'lmaklarni kechib kelayotganini xavotir tufayli o'zi ham sezmasdi. Uning ko'zlarida qandaydir yovvoyi xavotir va jahl porlardi. Rei chodir tomonga yugurayotganida, yo'lini to'sib chiqqan baland bo'yli, qora soyabonli gavdaga deyarli urilib ketishiga bir baxya qoldi.
β Hoy! Ko'zingga qarab yursang bo'lmaydimi?! β deya baqirib yubordi Rei, yomg'ir aralash yuziga tushgan sochlarini asabiylashib orqaga surib.
Jungkook qilt etmadi. U hatto soyabonini ham qimirlatmadi. Barmoqlari orasidagi sigaretadan ko'tarilayotgan tutun sovuq havoda asta tarqaldi. U qizga tepadan, o'ta sovuqqon va piching aralash nigoh bilan qarab turardi.
β Qayerga ketyapsan, buzg'unchi ? β uning ovozi yomg'ir shovqini ostida ham shunchalar aniq eshitildiki, Rei taqqa to'xtashga majbur bo'ldi.
β Sening ishing nima? Yo'limdan qoch! β Rei uni aylanib o'tmoqchi bo'ldi, lekin Jungkook soyabonni biroz oldinga engashtirib, uning yo'lini ataylab to'sdi.
β Men sening o'rningda bo'lganimda, u yerga kirmagan bo'lardim.
Rei boshini ko'tarib, uning yuziga tikildi. Ko'cha chirog'ining xira nurida yigitning o'tkir jag' chiziqlari, qora sochlari ortidagi beparvo ko'zlari namoyon bo'ldi. Rei uni tanidi. Taehyungning doim soyadek ergashib yuradigan, takabbur, odamovi do'sti β Jeon Jungkook. Ular bir necha marta umumiy yig'ilishlarda ko'rishishgan, lekin hech qachon to'g'ridan-to'g'ri gaplashishmagan edi. Ularning aurasi boshidanoq bir-biriga teskari magnitdek ta'sir qilardi.
β Nima deding? β Rei g'azabdan labini tishladi, uning yomg'irda ivigan vujudi titray boshlagandi. β Dugonam u yerda o'zini yo'qotadigan darajada mast holatda o'tiribdi. Uning ahvoli yomon! Men uni olib ketishim kerak. Shuning uchun, janob takabbur, yo'limdan qochmasang, shu soyaboningni boshingga urib parchalab tashlayman.Jungkookning labi burchagida deyarli sezilmas, istehzoli tabassum paydo bo'ldi. U sigaretasini yerga tashladi va qora tuflisining uchi bilan beparvo eza turib, qizga bir qadam yaqinlashdi. Endi ular shunchalik yaqin ediki, Jungkookning qora soyaboni Reini ham yomg'irdan to'sib qolgandi. Yigitning o'tkir atiri β tamaki va qora murch aralashmasi isli ifori qizning dimog'iga urildi.β Dugonangni hozirgina mendan qochib ketgan do'stim qutqaryapti, β dedi Jungkook, Reining g'azabdan yiatirab turgan ko'zlariga to'g'ridan-to'g'ri qarab. β Agar hozir u yerga bostirib kirsang, yillar davomida kutilgan daqiqani rasvo qilasan. Tushundingmi? Ular hozir bir-biriga muhtoj. Senga emas.Reining ko'zlari katta-katta ochildi. Uning aqli Jungkookning gapini endi hazm qilayotgandi. Taehyungβ¦ Aera. Uning o'zi Taehyungga qo'ng'iroq qilib chaqirgandi, axir. Lekin u shunchaki do'st sifatida keladi deb o'ylagandi. Jungkookning nigohlarida esa shunday sirli va aniq ishonch bor ediki, Rei bir zumda hammasini tushundi.β Senβ¦ nima demoqchisan? β pichirladi Rei, ammo o'zini o'nglab olishga urinib, darhol qaddini tik tutdi. β Sening do'sting dugonamdan foydalanib qolmoqchimi? Aera hozir nima qilayotganini bilmaydi! U azob chekayapti. Jungkook chuqur xo'rsindi, xuddi kichkina, tushunmas bolaga qandaydir murakkab masalani tushuntirishdan charchagandek. U bo'sh qo'lini paltosining cho'ntagiga soldi.β Taehyung undan foydalanmaydi. Buni o'zing ham bilasan, β dedi u keskin ohangda. β U sening o'sha kaltafahm dugonangni qanday avaylashini bilish uchun ko'r bo'lish kerak. Shunday ekan, xalaqit berma. Jin ursin, sen hatto o'z-o'zingni yomg'irdan himoya qila olmaysan-u, birovni qutqarmoqchimisan?U shunday deb, qo'lidagi qora soyabon tutqichini keskin harakat bilan Reining qo'liga tutqazdi. Qiz kutilmagan harakatdan esankirab, soyabonni beixtiyor ushlab qoldi. Jungkook esa unga teskari o'girilib, yomg'ir ostida mashinasiga qarab yurdi.β Haydovchim seni uyingga tashlab qo'yadi, β dedi u mashina eshigini ocharkan, ortiga qaramay. β Kasal bo'lib qolib, bizga muammo orttirma. .Rei o'zining ustidan kulgandek qilib tashlab ketilgan soyabonni siqib ushlagancha, uning ortidan jahl bilan qarab qoldi. Tishlari g'ijirlardi, lekin yuragining qayerdadir g'alati, notanish bir his g'alayon ko'tara boshlagandi. Bu takabbur, sovuqqon iblis hozirgina nima qildi? Unga g'amxo'rlik qildimi yoki ustidan kuldimi?Ko'cha oshxonasi ichida esa, ikki yurak yomg'ir va ko'z yoshlar aralash ilk marta bir-biriga butunlay ochilayotgan bir paytda, tashqaridagi sovuq tunda butunlay boshqa, ziddiyat va chaqmoqlarga to'la yana bir hikoyaning tamali qo'yilgan edi.