March 24, 2025

Ruined Secrets

- Fosh boʻlgan sirlar - [ Neva Altaj ]

3-bob

Bir kunning o‘zi ham hayotimdagi eng baxtli, ham eng qayg‘uli kun bo‘lishi mumkinmi?
Kichik supada turib, o‘zimni oynadan kuzatdim. Ikkita tikuvchi polga tiz cho‘kkancha to‘y libosimning uzunligini sozlamoqda. Maxsus tikilgan ko‘ylak buyurtma qilishga vaqt yetmagani sababli onam meni shahrimizdagi eng nufuzli to‘y saloniga olib bordi va u yerdagi eng qimmat libosni tanladi. Faqatgina uni belimdan pastki qismimga moslash kerak bo‘ldi.
Men va Andrea yoshligimizda deyarli bir xil gavdaga ega edik, lekin o‘smirlik davri kelganda, u nozik qomatini saqlab qoldi, men emas. Go‘yo tanamning ikki qismi bir-biriga mos tushmaydi. Nozik belim va tekis qornimni yaxshi ko‘raman. Ko‘kraklarim o‘rtacha kattalikda, lekin tarang. Kichik gavdam tufayli eng kichik o‘lchamdagi futbolkalar va ustki kiyimlarni bemalol tanlay olaman. Ammo pastki qismim – butunlay boshqa hikoya. Sonlarim va dumg‘azam tanamning yuqori qismiga nisbatan kamida ikki o‘lcham katta. Parhezlar ham foyda bermaydi – ular faqat ko‘kraklarim va allaqachon ingichka qo‘llarimni kichraytiradi, dumg‘azam esa go‘yo bunday o‘zgarishlardan bexabar qolaveradi.
Andrea doim meni tentaklikda ayblaydi va shunday gavdaga ega bo‘lish uchun hamma narsaga tayyor ekanini aytadi, lekin men buni tushunmayman. O‘zimni hech qachon past baholamagan bo‘lsam-da, kichikroq dumg‘aza va ingichkaroq sonlarga qarshi bo‘lmasdim. Oynadagi aksimga yana bir bor termulib, chuqur nafas olaman.
"Sochingizni qanday turmaklashni xohlaysiz, Aveline xonim ?" so‘radi sartarosh.
°

- Aveline -

"Ertakdagiday bo‘lishi uchun yoyilgan holda qoldiring," dedi onam xonaning burchagidagi stulda o‘tirgancha. U tayyorgarlik jarayonlarini erta tongdan beri nazorat qilib kelmoqda.
"Yoyilgan holda bo‘lsa ham mayli," dedim yelka qisib.
Vante meni ko‘rgani kelmadi. Na bobom bizning nikohlanishimizni e’lon qilgan kuni, na keyingi haftalar davomida. Ehtimol, u buni ortiqcha deb hisoblagandir – axir, biz allaqachon bir-birimizni bilardik.
Yana bir bor o‘zimni oynadan kuzatdim. Uzoq, oppoq, dantelli ko‘ylak va boshimdagi qimmatbaho tojga nazar tashladim. Orzum nihoyat ushalmoqda. Ammo bu shunchalar achchiq bo‘lishini hech qachon tasavvur qilmagandim. Ertalab bobomning kabineti oldida yashirincha eshitib qolgan gaplarimdan keyin buni kutishim kerak edi.
"Men o‘n to‘qqiz yoshli qiz bilan nima qilaman?" degandi Vante. Xuddi men ko‘chadan olib kelingan yetim itdek gapirdi. Haydab yuborolmasdi, lekin bu yerda meni istamasdi ham.
Yaxshiyamki, suhbatning faqat oxirini eshitib qolganman. Xudo biladi, u avvalroq yana nimalar degan ekan…
Eshik taqilladi, so‘ng otam boshi ichkariga mo‘raladi.
"Juda chiroyli ko‘rinyapsan, Ave," u tabassum qildi-da, onamga qaradi. "Emma, shoshilishimiz kerak, kech qolamiz."
"Birozdan keyin pastga tushamiz," dedi onam, ortimda nimadir bilan band bo‘lib.
Xona xizmatkorlardan bo‘shab, onam chiqib ketdi. So‘ng Andrea va men oxirgi bo‘lib yo‘lga tushdik.
"Tabassum qil, Ave! Nihoyat Vantega turmushga chiqyapsan," deb shivirlaydi Andrea. "Hali ham tushga o‘xshaydi."
"Ha..."
"Oh, qo‘y-e! Axir bugun sening to‘ying! Sen baxtdan o‘zini yo‘qotgan bo‘lishing kerak edi. Hamma ham shunday deb o‘ylaydi."
"Shunchaki hayajonlanyapman," yolg‘on gapirdim. Vante bobomning kabinetida aytgan gaplarini singlimga hali aytganim yo‘q. "Mana, yaxshiroqmi?" Sevimli soxta tabassumlarimdan birini taqdim etdim.
"Men hech qachon shunday tabassumni chiroyli qilib qila olmagandim – quvonch va ozgina tortinishni mukammal uyg‘unlashtirish qiyin. Onamning eng yaxshi o‘quvchisi har doim sen bo‘lgansan." U kulib yubordi.
Ha, bizning olamimizda hammasi tashqi ko‘rinish haqida.


Kecha tushdan keyin ajrimim rasman tasdiqlandi. Endi esa, oradan hattoki yigirma to‘rt soat ham o‘tmay, yangi rafiqamni kutib turibman. Ishonish qiyin.
Cherkovning ulkan eshiklari ochildi. Aveline otasi bilan ichkariga qadam qo‘ydi. Kelajakdagi rafiqamni sinchiklab kuzatish uchun fursatdan foydalandim. Ehtimol, yorug‘lik ta’siridandir, lekin uning yuzi oxirgi marta uzoqroq vaqt ko‘rganimdagidan boshqacharoq tuyuldi.
°

- Vante -

U hanuz hayratomuz darajada go‘zal – uzun sochlari, katta ko‘zlari va o‘tkir yanoq suyaklari o‘zgarishsiz. Ammo nimadir noto‘g‘ri.
U baxtli ko‘rinishga harakat qilmoqda. Labida yengil tabassum, boshi baland – haqiqiy kelinchak timsoli. Nigohimni yana ko‘zlariga qaratdim va aynan o‘shanda sezdim. Yuzida tabassum va quvonch aks etsa ham, ko‘zlari... bo‘sh.
U yonimga kelib, butun e’tiborini ruhoniyga qaratadi. Tabiiyki, u ham bu nikohni xohlamaydi. Qaysi o‘n to‘qqiz yoshli qiz deyarli ikki baravar katta erkakka bog‘lanishni istaydi? U hozir bo‘layotgan narsalardan qo‘rqayotgan bo‘lishi kerak. To‘y oldidan u bilan gaplashishim, hech bo‘lmasa, munosib tarzda uchrashishimiz kerak edi. Axir, bu nikoh qog‘ozdagi majburiyat bo‘lishini rejalashtirayotgan bo‘lsam ham...
Ruhoniy so‘z boshlaganida, qo‘lini ushlash uchun qo‘limni uzatdim. Uning nafas olishi keskin to‘xtab qoladi. Aveline qo‘llarimizga qaradi, so‘ng menga tikildi. Endi uning ko‘zlari bo‘sh emas. Ularda nimadir yonmoqda. O‘sha o‘t o‘lik nigohdan ko‘ra ancha yoqimli.
Ruhoniy so‘zlarini yakunlaganidan soʻng uzuklar almashamiz. Keyin men unga yengil o‘pich hadya etaman. Boshimni ko‘targanimda, u yana menga o‘sha bo‘sh nigoh bilan boqayotgan bo‘ladi...
Men stakanimni ko‘tarib, ko‘zlarimni xonaning burchagidan uzmagan holda selzer ichdim. U yerda yosh singlisi va onasi bilan turibdi.
Toʻy bazmiga kelganimizdan, ya’ni to‘y bazmi o‘tkazilayotgan joyga qadam qo‘yganimizdan boshlab, Aveline mendan uzoqlashib, xonaning narigi tomoniga o‘tib ketdi. U biror marta ham menga qaragani yo‘q. Bu meni yengil torttirishi kerak edi. Lekin aksincha, soatlab uni kuzatyapman, har bir erkakning unga tashlagan nazarini payqayapman. Bu esa meni g‘azablantiryapti. Faqat boshqa erkaklarning unga qarayotgani emas, balki bu holat meni qanchalik bezovta qilayotgani ham asabimni buzmoqda.
— Qanday kutilmagan burilish! — deya yonimga kelib to‘xtadi Lorenzo Barbini.
°

- Lorenzo Barbini -

" Ha? " ichimdagini bildirmay, yana bir qultum ichimlikdan ho‘pladim. " To‘yni nazarda tutyapsanmi yoki Giuseppe meni o‘zining vorisi qilib tayinlaganini?"
" Ikkalasini ham, ochig‘i. Axir, rejaga ko‘ra, Angelo Skardoni uning nabirasiga uylanishi kerak edi."
" Rejalar o‘zgarib turadi, " dedim loqayd ohangda.
Lorenzo Giuseppe bilan qariyb o‘n besh yil ishlagan, bu esa mening oʻrinbosar bo‘lgan davrimdan ham uzoqroq. Donning qaroridan hayratga tushgani tabiiy. Hammani hayratda qoldirgan bu tanlov meni ham o‘ylantirdi. Oddiy holatda, don vafot etsa yoki iste’foga chiqsa, uning o‘rniga odatda o‘g‘li yoki kuyovi keladi. Agar shunday bo‘lmasa, unda hokimiyat odatda uning o‘rinbosariga o‘tadi. Lekin endi mening yangi qaynotam butunlay boshqa yo‘ldan ketishga qaror qildi.
— Bu yangi lavoziming talab qiladigan hamma narsani uddalay olishingga ishonching komilmi? — so‘radi Lorenzo.
Men hech qachon oilani boshqarishni orzu qilmaganman. Qurol-savdosi bilan shug‘ullanish, kelishuvlarni nazorat qilish va daromad keltirish mening asosiy maqsadim bo‘lgan. Hozir men nazorat qilayotgan operatsiyalar umumiy daromadning ellik foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
" Sen o‘zingni mendan yaxshiroq don deb o‘ylaysanmi? so‘radim unga tik qarab."
" Rostini aytaylik, Vante. Sen ishbilarmonsan va o‘z vazifangni a’lo darajada bajarasan. Lekin oilaviy tadbirlarga deyarli kelmaysan, ichki ishlarni boshqarishni esa bilmasliging aniq."
U haq edi. Men bu oilaning dabdabali kechalari, kimning kimga xiyonat qilgani yoki qarz mojarolari bilan umuman qiziqmayman. Biroq, oilaning boshlig‘i bo‘lish degani hammasi xuddi shunday ishlar bilan shug‘ullanish, mojarolarni hal qilish, ichki tartibni saqlash degani. Bu esa meni qiziqtirmaydi. Lekin bu bilan mening qobiliyatlarimni kimdir shubha ostiga qo‘yishiga yo‘l qo‘ya olmayman.
" Ha, sen bu borada mendan tajribaliroq bo‘lishing mumkin. Chunki oxirgi paytlarda senga faqat ziyofatlarda o‘tirish yoqib qoldi. Lekin, ayt-chi, Lorenzo, oilani ham sen hozir boshqarayotgan kazinolar kabi boshqararmiding? Chunki eshitishimcha, u yerda so‘nggi oylarda anchagina zarar ko‘rilmoqda. "

Tabassum qilib, uning yuziga tarqalgan hayrat ifodasidan zavqlandim.
" Eslatib o‘tishim joizki, bu yo‘qotishlar men olib kelgan qurol-savdo daromadi bilan qoplandi. Balki sen avval o‘zingning ishing bilan shug‘ullansang, keyin kattaroq javobgarlikni bo‘yningga olish haqida o‘ylarsan?"
" Baland parvoz qilgan inson, chuqur qulaydi, "deya pichirladi Lorenzo.
Men kulimsirab, uning bo‘yinbog‘ini ushlab, biroz tortdim.
" Seni yaxshi eshitmadim. Qaytarib ayt, iltimos, " deya yuziga yaqinlashdim.
Lorenzo lablarini tishlab, menga g‘azab bilan tikildi.
" Ma’lumoting noto‘g‘ri, " g‘ijinib javob berdi u. Kazino ishlarida hech qanday muammo yo‘q.
" Ha, unda men adashgan bo‘lsam kerak.
Uni qo‘yib yubordim va boshim bilan xonaning narigi burchagiga imo qildim."
" Rafiqang seni izlayotganga o‘xshaydi."
Lorenzo menga yana bir nafrat to‘la qarash tashlab, keyin ortiga burilib ketdi. Men esa yana yosh rafiqam tomonga qaradim. Franco Conti — kazinolardagi pul yuvish ishlariga javobgar oʻrinbosar Avelinening onasi Emma bilan suhbatlashmoqda edi. Men Franco bilan ko‘p ishlamaganman, chunki u faqat kazinolarimizdan keladigan pul bilan shug‘ullanadi. Men nazorat qilayotgan operatsiyalarning daromadini esa Damian yuvadi, va men bu tartibni o‘zgartirish niyatida emasman.
Franco yonida esa Dario D’Angelo — oʻrinbosar Santino D’Angelo’ning to‘ng‘ich o‘g‘li turibdi va hozir Aveline bilan suhbatlashmoqda. Aveline Dario aytgan gapga kulib qo‘ydi, keyin esa singlisi tomonga burildi. Shu payt Dario uning tanasiga boshdan-oyoq razm soldi. Aveline esa bundan bexabar.
Tishlarimni g‘ijirlatib, barga qarab yo‘l oldim. Uning kim bilan gaplashayotgani menga ahamiyatsiz bo‘lishi kerak. Yarim yo‘lda edimki, ortimdan kulgi eshitildi. Orqamga o‘girilib qaradim. Aveline va singlisi Dario aytgan nimagadir xandon otib kulishardi.
Bu meni bezovta qilmasligi kerak edi – boshqa bir erkak uni kuldirgani. Lekin bezovta qildi. Xuddi yonimda qitiqlanib turgan jarohat kabi.
Santino o‘g‘lini Avelinedan uzoqlashtirish istagimni yengishga harakat qildim. O‘rniga, oilaning qimor biznesini yurituvchi oʻrinbosar– Orlando Lombardi yoniga borib, bar peshtaxtasiga suyandim.
" O‘tgan haftada Nyu-Yorkda bo‘lgan falokat haqida eshitdingmi? " deya so‘radi u, yoniga joylashganimda.
" G‘iybatga qiziqmayman, " dedim qo‘lim bilan barmenga yana bir selzer ichimligini buyurib. — Bu yerda ham yetarlicha muammo bor.
" Ajello bir kechada Camorra guruhiga tegishli ikki klanni yo‘q qilgan. Qirq yetti kishi. Ular uning ishiga burnini suqqan ko‘rinadi. " Orlando menga yaqinlashib, past ovozda davom etdi. " Jiyanim Ajelloning askarlaridan biriga turmushga chiqqan. U eshitibdi, Anjello otishmada yaralanibdi."
Ichimligimdan ho‘pladim. Nyu-York donining nima qilayotgani men uchun ahamiyatsiz, u bilan hech qanday aloqam yo‘q. Ammo bu odam har doim sirli bo‘lgan.
" O‘ldi-mi? "deb so‘radim.
" Yo‘q. Lekin bilganim shu, " dedi Orlando. " Uning tizimi juda mahkam bog‘langan, odamlarining sadoqati esa aqldan ozgan darajada. Jiyanim faqat erining telefon orqali kim bilandir gaplashayotganini tasodifan eshitgan, xolos.
Ko‘zimni ichimligimdan uzmaslikka harakat qildim, lekin Avelinega yana bir bor qarash istagimni yenga olmadim. Qarasam, u menga tikilib turibdi. Ammo nigohlarimiz to‘qnashgan zahoti, u yana Dario tomonga o‘girildi.
" Ba’zan o‘ylab qolaman, u odam aslida yo‘q bo‘lsa kerak, " dedi Orlando davom etib. Axir, hech kim uni uchratmagan.
Giuseppe uchratgan, dedim men va yana rafiqamga qaradim. U hanuz o‘sha ahmoq bilan gaplashib turibdi. " O‘tgan yili."
" Yo‘q! Nega bu haqda hech kimga aytmagan?"
" Giuseppe hech kimga ortiqcha gap aytishga majbur emas."
" Ammo senga aytgan, " dedi Orlando hasad aralash ohangda. " Uchrashuv nimaga oid edi? "
" Bizning askarlardan biri Nyu-Yorkka ish yuzasidan borgan qiz do‘stini ko‘rishga ketgan. Ammo Ajelloning hududiga kirishga ruxsat so‘ramagan."
°

- Taehyung -

" Keyin nima bo‘ldi?"
" Giuseppe masalani hal qilish uchun Ajello bilan uchrashdi."
" Va ular hal qilishdimi?"
" Ha, " bosh irg‘adim, lekin nigohim hanuz Avelineda edi.
— Ajello yigitni qo‘yib yubordimi?
" Bir tomondan ha, " dedim, ichimlikdan yana bir ho‘plab. " Uning boshini FedEx orqali jo‘natib yuborgan."
" Jinni ."
Santino o‘g‘li hanuz Aveline bilan turibdi. Ichimligimni stolga qo‘yib, o‘rnimdan turdim.
" Ketayapsanmi? O‘z to‘ying ziyofatining o‘rtasida?"
" Kunning ikkinchi yarmida Sergei Belov bilan uchrashuvim bor."
U ko‘zlarini katta ochdi.
" Bratva bilan ish olib borayotganingni bilmagandim."
" Biz allaqachon muhokama qilib olganmizku, sen ko‘p narsani bilmaydigan odamsan, Orlando."
Orlandoning orqamdan tikilayotgan darg‘azab nigohlarini his qilib, rafiqamni yonimga olish uchun yurdim.

Limuzin oynasidan tashqariga termulib, shahar binolarini kuzatarkanman, Vantega qarash istagini bosishga harakat qildim. U o‘zini mendan iloji boricha uzoqlashtirishga harakat qilgan – limuzinning orqa o‘rindig‘ining narigi tomoniga joylashib oldi. Bir soatdan beri yo‘l yurayapmiz, u esa menga bir og‘iz ham gapirmadi. Buning o‘rniga, telefonida nimanidir yozish bilan band.
Fikrlarim ertalab cherkovdagi to‘y marosimiga qaytdi. Ruhoniy “Rafiqangizdan boʻsa olishingi mumkin” deganida yuragim qattiq ura boshlagan edi. Hammadan oldin meni mahkam bag‘riga bosishini kutmagan bo‘lsam ham, hech bo‘lmasa, chin dildan boʻsa olishini xohlagan edim. Ammo men olgan narsa nima bo‘ldi? Yonoqlarimga yengilgina tegib o‘tgan o‘pich.
Xuddi shirinlik olib, cho‘ntagidan menga uzatganidek…
Bu holat meni qattiq ranjitdi.
Men chuqur nafas olib, tashqariga tikilarkanman, endi nima qilishim kerakligi haqida bosh qotirardim. Barchasiga koʻnikaymi va taqdir meni qayergacha olib borishini ko‘rishim kerakmi? Yoki umr yo‘ldoshim bo‘lgan odam bilan begona kabi yashaymizmi, chunki biz bir-birimizni butunlay e’tiborsiz qoldiramiz? Yo‘q, men bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. O‘zimga achinishni bas qilaman. Nihoyat, yillar davomida yashirincha sevgan odamimga turmushga chiqdim, va men unga befarqlik bilan qarashiga aslo yo‘l qo‘ymayman. Vante hozir menga qiziqmasligi mumkin, lekin men uni o‘zimga bog‘layman. Yo bo‘lmasa, shu yo‘lda halok bo‘laman.
U yoshimiz orasidagi farqdan norozi. Buni aniq eshitdim. Lekin yoshimni o‘zgartira olmayman, shuning uchun bu faqat yengib o‘tishim kerak bo‘lgan to‘siqlardan biri, xolos. Demak, unga bir saboq berishim kerak bo‘ladi. Men yosh bo‘lishim mumkin, lekin nimani xohlashimni aniq bilaman. Uni. U menga mehr qo‘yishini. Va men bu yo‘lda kurashishga tayyorman.
Limuzin oppoq, ulkan qasr oldida to‘xtadi. Vante mashinadan tushib, eshikni ochish uchun mashinaning chetidan aylanib keldi. Ko‘ylagimning etagini ushlab, uning uzatilgan qo‘lidan tutib tushdim va yangi uyimni sinchkovlik bilan kuzatdim. Bu mening bobomning uyidan kichikroq, lekin baribir juda hashamatli.
"Rossi xonimning chamadonini yuqoriga olib chiqing," – dedi u haydovchiga, so‘ng menga ichkariga ergashishimni ishora qildi. "O‘zgartirishlar kiritib, biroz dam olishni xohlaysan deb o‘ylayman. Seni xonangga olib boraman. Kechki ovqatdan oldin Damian uyni ko‘rsatadi."
"Ukangizmi?" – deb so‘radim biz katta dahlizga kirganimizda.
"Ha. Mening ishlarim bor."
"Shundaymi?" Men uni sevishim mumkin, lekin bu unga meni oyoqosti qilishiga imkon berishimni anglatmaydi. "Men sizning ukangizga turmushga chiqqanimni eslolmayapman, Vante."
U bir joyda to‘xtab, menga o‘girilib qaradi. "Bu nimani anglatadi?"
"Bu degani, uyni menga siz oʻzingiz ko‘rsatishingiz va xizmatkorlaringiz bilan tanishtirishingiz kerak," – dedim sovuq ohangda va uning hayratdan keng ochilgan ko‘zlaridan zavq olib. Meni himoyasiz, itoatkor deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Kutilmagan hodisa, shunday emasmi?
"Qizingiz qayerda?"
"Rosa do‘stining uyida. Kechki ovqatga keladi."

- Aveline -

"Yaxshi. Endi meni xonamga olib boring , iltimos."
Vante boshini bir chetga egib, qiziqish bilan menga tikildi, keyin esa oldinga yurdi. Men esa orqada bir necha qadam orqada qoldim.
Men uning yurishini doimo qoyil qolib kuzatganman. U bo‘riday og‘ir qadamlar bilan, o‘ziga ishonch bilan harakat qiladi. Nigohim asta-sekin uning uzun oyoqlari, keng yelkalarini kuzatib borarkan, so‘ng boshi ustida mahkam yig‘ilgan sochlariga yetib keladi.
Ko‘p bora shu bog‘ichni yechib, barmoqlarimni uning qalin qora sochlari orasiga suqishni orzu qilganman. Sochi hozir qanchalik uzun ekan? Uni ochilgan holatda faqat bir marta – yillar oldin meni hovuzdan qutqarganida ko‘rganman. O‘sha paytda tasmasi yechilib ketib, sochlari yuziga tushgan edi. O‘shanda yelkasiga yetadigan uzunlikda edi.
Men uning har bir tafsilotini yod olganman. Chunki men faqat kuzata olardim. Yoshligimdan beri u haqida bilgan hamma narsani onggimda maxsus joyga – "Vante" nomli bo‘limga joylab kelganman. Uning qanday o‘zgarganini, qanday baquvvat, kuchli erkakka aylanganini sezganman. O‘n olti yoshimdan beri uning ulkan gavdasi meni mahkam quchoqlab, asrab-avaylashini tasavvur qilganman.
O‘shandan beri, har kecha yotishimdan oldin, aynan shu hayol bilan uxlaganman. Ba’zan kun davomida ham. O‘zimni yolg‘iz yoki xafa his qilganimda, xonamga kirib, ko‘rpa ostida uni yonimda tasavvur qilib, tinchlanar edim. Boshqalar buni ahmoqlik deb o‘ylashlari mumkin, lekin menga baribir.
Uchinchi qavatga chiqqanimizda, Vante chap tomondagi eshikni ochdi. "Bu mening xonam," – dedi u.
Ichkariga ko‘z tashladim. Deraza tagida ulkan to‘shak turibdi. Ko‘p mebellar qoramtir yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, ochiq oq devorlar va shu rangdagi pardalar bilan uyg‘unlik hosil qilgan.
"Bu xona ishlatilmaydi," – dedi u keyingi eshikni ochib. U ham deyarli shu kattalikda, lekin undagi mebel oq rangda, pardalar va gilam esa yumshoq shaftoli tusida. Chap tomondagi devorda Vantening yotoqxonasiga eltuvchi eshik borligini ilg‘adim. U esa bu eshikni shoshilinch yopib, yo‘lak bo‘ylab davom etadi.
Oxirgi ikkita eshik oldiga yetib kelgach, u chap tomondagisini ko‘rsatib: "Bu Rosa’ning xonasi," – dedi. Eshikda katta qilib "Bezovta qilmang" degan yozuv bor. So‘ng o‘ng tomondagisini ochdi. "Bu esa seniki."
Bu joy yoqimli. Katta, bir nechta baland derazalar va och yog‘och mebellar bilan jihozlangan. Mening chamadonim katta, yumshoq divan yonida gilamning o‘rtasida turibdi.
"Men soat oltida kelib, seni kechki ovqatga olib tushaman," dedi u va chiqib ketdi.
Yana bir bor atrofga qaradim. Demak, u meni bu qavatda iloji boricha o‘zidan uzoqroq joylashtirdi. Bu to‘g‘ri kelmaydi. Chamadonimning dastasidan ushlab, ro‘paramga surdim va ko‘ylagim g‘ildiraklar orasiga kirib qolmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan xonadan chiqdim. Vante boshqa tomonga ketayotganimni eshitib, xonasiga kirayotgan joyida to‘xtadi va menga qaradi.
"Xonangda nimadir muammo bormi?" deb so‘radi u.
Men uning xonasi yonidagi xonaning oldida to‘xtab, iyagimni ko‘tardil.U menga qadalgan ko‘zlari bilan qahr bilan qaraydi, lekin bu nigohda qandaydir anglab bo‘lmaydigan tuyg‘u bor edi.
"Yo‘q, hammasi joyida," dedim va chamadonimni xonaga olib kirib, eshikni yopdim.
Men o‘z xonam bilan Aveline egallagan xona orasidagi eshikka qaradim va uning ichkaridagi harakatlarini tinglashga urindim. Bu qiz bu qadar menga yaqin bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. Hozircha bunga chidab turaman, lekin ertalab uni Rosa xonasining ro‘parasidagi xonasiga qaytaraman.
U bir necha harakat qildi, keyin hammomida suv ovozi eshitildi. Mening yosh rafiqam faqat bir necha qadam narida dush qabul qilmoqda, va xayolimda uning mukammal badanini suv tomchilari ostida tasavvur qila boshladim.
Boshimni chayqab qo‘ydim. Nima bo‘lyapti o‘zi? Men hali hech qanday erkak bilan bo‘lmagan qiz haqda bunday fikrlarga borayapmanmi? La'nati! Xonadan tezda chiqib, eshikni qattiq yopdim. Go‘yo bu tasavvurlarni yodimdan o‘chirib tashlay oladigandek. Yoki uni hammom devoriga qisib, bilaklarini yuqoriga ko‘tarib ushlab turish vasvasasidan qutula oladigandek.
°

- Taehyung -

***
Soat oltiga chorak qolganda Sergei Belov bilan uchrashuvdan qaytdim.Mening qurol yetkazib beruvchilarimdan biri harbiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bir necha quti arbalet topibdi, lekin hech kim ularni qanday ishlatishni bilmaydi. Bu narsalarni tushunadigan yagona odam sifatida xayolimga Belov keldi. Unga namunani ko‘rsatganimda, yuzida paydo bo‘lgan mamnun tabassumiga qarab, u bu narsalar bilan ancha tajribali ekanini tushundim. Bu meni unchalik hayratlantirmadi. Lekin u mendan tank olib bera olasanmi, deb so‘raganida, biroz lol bo‘ldim. Keyin u yelka qisib: "Do‘stim uchun so‘rayapman," dedi. Bratvada undan ham aqldan ozganlar bor ekan.
Men uchinchi qavatga chiqib, Avelinening vaqtinchalik xonasi eshigini taqillatdil.U eshikni ochadi va ustimdagi qora ko‘ylak hamda jinsi shimlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Ko‘zlarida ajablanish nurlari porladi.
"Kechki ovqat uchun maxsus kiyinish shart emasmi?" deb so‘radi biz zinapoyaga yo‘l olganimizda.
"Men kostyumlarni yomon ko‘raman."
Avelinening qoshlari yengil ko‘tarildi. U so‘zsiz zinadan oldimda tushdi, bu esa menga uning orqa qismiga bemalol qarash imkoniyatini berdi. Bo‘yin orqasidan bog‘lanadigan pushti yengsiz top uning belini chiroyli qamrab olgan, qora tor shim esa mukammal shaklini yanada ta'kidlagan. Nigohimni boshqa tomonga burish uchun mendan juda katta iroda talab qilindi.
Pastga tushganimizda, u foyeda tizilgan xizmatkorlar oldida to‘xtadi.
"Bu Aveline. Mening rafiqam," dedim va birin-ketin ularni tanishtira boshladim – uy bekasi, xizmatkorlar, ikki haydovchi, bog‘bon va oshpazlar.
Shundan so‘ng, xavfsizlik xodimlariga o‘girildim va ularni ham tanishtirdim. Uning hammasini yodda saqlashini kutmayman, chunki bu uyda ishlaydigan odamlar soni o'ttizdan ortiq.
"Bu ikkinchi smena," dedim unga. "Ertalab birinchi smena bilan ham tanishtiraman."
"Rahmat." U bosh irg‘ab, men bilan birga sharqiy qanotdagi ulkan ovqat xonasiga yo‘l oldi.
Men Simona bilan shahar hokimiyatida nikohdan o‘tganimizdan keyin uni ilk bor bu yerga olib kelganimni eslayman. U uyimizning kattaligidan va atrofda harakatlanayotgan qo‘riqchilarning ko‘pligidan hayratga tushgan edi. Yonidan qurol ko‘targan odam o‘tib ketsa, sakrab ketar va beixtiyor qichqirib yuborardi.
Aveline esa, aksincha, bularning barchasiga mutlaqo befarq qaradi. Balki bu uning uchun yangi narsa emasdir. Axir, u mendan ikki baravar katta uyda, ikki hissa ko‘proq qo‘riqchilar orasida ulg‘aygan.
Damian allaqachon ovqat xonasida, bosh joyning chap tomonidagi stolda o‘tiribdi. Bizni ko‘rib, o‘rnidan turdi va qo‘lini cho‘zdi.
"Nihoyat, " deya kuldi u. " Vante seni butunlay xonangga yashirib qo‘ymoqchi bo‘ldi, deb o‘ylay boshlagandim."
" Aveline, bu mening ukam, " dedim va uning reaksiyasini kuzatdim.
Damian mendan o‘n ikki yosh kichik va, ayollar aytganidek, “o‘ta jozibali”. Odamlar odatda uning moviy ko‘zlari, did bilan turmaklangan sochlari va bejirim kiyimlariga qarab, uni shunchaki yengiltak deb o‘ylashadi. U ham bu taassurotni mustahkamlash uchun bor kuchini sarflaydi. Lekin, aslida, ko‘pchilik uning qimmatbaho soch turmagi ostida qanday zakovat yashirin ekanligini bilmaydi. Damian raqamlar va ko‘chmas mulk bozorida ajoyib iste’dod sohibi. Shu sabab, mening barcha moliyaviy ishlarimni u yuritadi. Har oy millionlab dollarlarni qonuniylashtiradi.
°

- Damian -

" Shunchaki Ave deyishingiz mumkin, " dedi rafiqam.
" Ayta olaman, senga yaxshi mos keladigan ism bo‘lishi kerak, Ave" deya jilmayadi u. "Masalan Bella kabi "
Boshimni chayqadim. U allaqachon o‘ziga xos maftunkorligini ishga soldi.
" Damian, hech qanday noz-karashma yo‘q. Rosa qani?"
" U xonasida ovqatlanishini aytdi."
Xizmatkorga o‘girildim.
" Qizimni bu yerga olib keling. Hoziroq."
Biz Rosa kelishini kutib, stolda o‘tirganimizda, orqama-orqa suyangancha, Aveline bilan Damianning uy haqida gaplashayotganini kuzatdim.Ular darrov umumiy til topishganiga shubham yo‘q edi axir, yosh jihatdan yaqin. Qiziq, u ham Simona kabi Damianni o‘z domiga tortishga harakat qilarmikan?

" To‘yda ko‘rinmadingiz, " dedi Aveline.
Damian kulimsiradi.
" Ha, men odatda oila yig‘ilishlaridan qochaman."
" Ya’ni, u sobiq sevgililariga duch kelishni istamaydi, " deya aralashdim. " Ayniqsa, ularning yarmi turmushga chiqqan paytda ham birga boʻlgan bo‘lsa."
"Tushunarli, " deya kulimsiradi Aveline. " Franco’nun qizi Reviere bilan hamon uchrashib turibsizmi? "
Damian vino qadahini aylantirib, unga tikiladi.
" Buni qayerdan bilding?"
Aveline shunchaki jilmaydi va sharbat karafasiga qo‘l uzatdi.
" Men bu ayol bilan bir stol atrofida ovqat yemayman! " eshik ortidan qizimning baland ovozi eshitildi.
Orqamga burilib, kursimdan unga tikilib qaradim.Uning nigohimdan nimani anglab yetishini ta’minlashim kerak edi.
" Bu yoqqa kel, " dedim jiddiy.
" Yo‘q! Men aytdim..."
" Hozirning o‘zida, kichkintoy."
U oyoqlari bilan yerga urib, iyagini baland ko‘taradi va jahd bilan stolga kelib, Damianning narigi tomoniga o‘tirdi.
" Endi Avelinedan kechirim so‘ra, " dedim.
" Yo‘q."
Xudo haqqi! Odatda qizlar o‘n ikki yoshga borganda o‘smirlik injiqliklari boshlanardi. Rosa atigi yetti yoshda, lekin go‘yo u bunga erta kirgan. Men unga o‘tgan hafta Simona bilan ajrashishimizni tushuntirdim. U esa shunchaki "Ajoyib ish " dedi. Ular hech qachon yaqin munosabatda bo‘lishmagan, Rosa oshpazimiz bilan onasiga qaraganda ko‘proq vaqt o‘tkazgan. Men o‘shanda ham unga Abeline haqidagi holatni tushuntirgandim, u tushungandek tuyulgan edi. Lekin demak, bu mavzuni yana bir bor ko‘rib chiqishimiz kerak.
Qanday yo‘l bilan Aveline bu yerda paydo bo‘lganidan qat’i nazar, hech kim uni hurmatsizlashi mumkin emas. Qizim ham bundan mustasno emas. Bundan tashqari, uyimda baqir-chaqirga ham yo‘l qo‘ymayman.
" Ishonching komilmi? " so‘radim.
" Ha."
" Mayli. Unda xonangga qaytishing mumkin."
" Nima?! " Rosa ko‘zlarini katta ochdi. " Ovqat-chi? "
" Kechirim yo‘q - ovqat ham " yo‘q.
"Dada!"
"Ketishing mumkin." Men eshik tomon ishora qildim va qo‘lim bilan xizmatkorga ovqat tortishni buyurdim
"Mayli," Rosa qattiq gapirib, stuldan sakrab turadi va jahldor yurib ketdi.
Rosa ketayotganda, unga qarab qoldim va shu payt Aveline meni kuzatayotganini sezdim. Uning lablari ingichka chiziqqa aylangandi. U biror narsa deydimi deb kutdim, lekin u sukut saqladi, yuzini burib, likopchasiga qaraydi. U, ehtimol, qizimni kechki ovqatsiz uxlatib qo‘yishimni o‘ylayapti, lekin men uni tinchlantirish niyatida emasman.

- Rosa -

**
Oshxonani topish qiyin bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim, lekin birinchi qavatga tushganimda, yetib kelganimda uchratgan xizmatkorlardan biri burchakdagi chiroqni changdan tozalayotganini ko‘rdim.
"Anna, menga oshxonani ko‘rsatib yuborasanmi?" – unga yaqinlashib so‘radim.
U menga biroz hayron bo‘lib qaradi, keyin tezda bosh irg‘adi. "Albatta, Rossi xonim Bu yoqqa."
Men Annaning ortidan o‘ng tomonga burilib, uyning orqa tomoniga yetgunimizcha yurdim. U oq eshik oldida to‘xtadi. "Mana shu yer."
"Rahmat," dedim va ichkariga kirdim.
Oshxona juda keng. Chap tomonda peshtaxtalar va oshxona javoni joylashgan. O‘ng tomonda esa, kamida o‘n kishilik uzun yog‘och stol bor. Ehtimol, xizmatkorlar shu yerda ovqatlanishadi. Javonlar tomon yurdim. U yerda ellik yoshlar atrofidagi oriqroq ayol idish-tovoqni artayotganini ko‘rdim.
"Sizga yordam bera olamanmi, Rossi xonim ? "
"Menga sendvich tayyorlab bera olasizmi? O‘zim qilsam ham bo‘lardi, lekin mahsulotlaringiz qayerda turishini bilmayman."
"Albatta " Ayol bosh irg‘adi va tezda harakatga tushib, likopcha va non olib keldi. Keyin so‘radi: " Yana biror narsa xohlaysizmi ?"
"Rosa uchun. Uni qanday yoqtirsa, shunday qiling. Rahmat."
Xizmatkor sendvich tayyorlash bilan band bo‘ldi, lekin har ikki soniyada menga qaramaslikka harakat qilayotganini payqadim.Ishini tugatgach, u menga likopchada ikkita sendvich va salfetka uzatdi.
"Vetçina. Ko‘proq pishloq bilan."
"Rahmat, Greys. Hayrli tun tilayman."

U men uning ismini aytganimni eshitib ko‘zlarini katta ochdi, lekin tezda o‘zini qo‘lga oldi. "Xayrli tun, Rossi xonim ."
Sendvichlarni uchinchi qavatga olib chiqib, Rosa xonasining eshigi oldida to‘xtab, taqillatdim.
"Men bu yerda emasman!" – ichkaridan kelgan ovoz eshitildi.
Ko‘zlarimni devorga qadadim. Xuddi singlimga o‘xshaydi. Andrea ham o‘ziga yoqmagan narsaga shunaqa injiqlik qilardi. Bitta qo‘lim bilan eshik tutqichidan ushladim va eshikni ochdim. Rosa qorni bilan karavotda yotibdi va oldidagi telefonga sho‘ng‘igan.
Meni eshik oldida ko‘rib, sapchib tushdi va menga tikildi. "Bu mening xonam! Nima qilayapsiz bu yerda?! Chiqib keting yoki..." Uning nigohi qo‘limdagi likopchaga tushdi. "Mayonezsizmi?"
"Mayonezsiz." Karavotga yaqinlashib, likopchani yoniga qo‘ydim va ortga burildim.
"Dadam bilan qanday tanishgansiz?"
To‘xtab qoldim. "U basseynga sakrab , hayotimni saqlab qolgan."
"Yolg‘on."
"Yo‘q," – ortga qarab javob qildim. "Agar ishonmasang , o‘zidan so‘ra."
"U haqiqatan ham sizni qutqarganmi?"
Ich-ichimda kulib qo‘ydim va orqaga burildim. "Eshitishni xohlaysanmon?"
"Ha!" – Rosa hayrat bilan baqirib yubordi. "Ayting!"
Men xona burchagidagi kichik divanga o‘tirib, orqamni suyab oldim. "Men sendan sal kichikroq edim. Oltinchi tug‘ilgan kunim edi. Biz bolalar bog‘da yugurib o‘ynayotgan edik. Krossovkamning bog‘ichi yechilib ketgandi. Basseyn chetida tiz cho‘kib, uni bog‘lamoqchi bo‘ldim, lekin do‘stimning amakivachchasi orqdan yugurib kelib, meni basseynga itarib yubordi..."
"Siz hovuzga tushib ketdingizmi?"
"Ha."
"Va Dadam sizni qutqardimi?"
"Ust-boshini ham o‘ylamay, suvga sakrado. Hovuz unchalik chuqur emas edi, lekin men juda kichkina edim va cho‘kib ketishim mumkin edi."
"Vaa" — dedi u, so‘ngra menga sinchkovlik bilan tikildi. "Shuning uchun unga turmushga chiqqan ekansizmi? Chunki u hayotingizni saqlab qolgan?"
Men kulib yubordim. "Yo‘q. Men unga turmushga chiqdim, chunki bobom va otang bu eng yaxshi qaror deb o‘ylashdi. Ba’zan ishlar shunday kechadi."
"Demak, siz uni sevmaysiz?"
Sevamanmi? Kimnidir chin dildan sevish uchun men uni butun borlig‘i bilan—yaxshisi va yomon tomoni bilan ham—qabul qilishi kerak edi. Men bolaligimdan beri Vante haqidagi tasavvurga oshiq bo‘lib kelganman, so‘nggi yillarda esa uni aqldan ozgandek kuzatganman. Bu sevgi bo‘lishi mumkinmi? Yoki shunchaki muhabbatga o‘xshash hissiyotmi? Hech qachon biror boshqa erkakga nisbatan shunga o‘xshash his qilmaganman, bu aniq.
"Men uni yoqtiraman." Boshimni qimirlatdim.
°

- Aveline -

"Tiyana opasining aytishicha, dadam juda chiroyli ekan. Bu nimani anglatadi?"
Men ko‘zimni pirpiratdigʻ, bu tushunchani qanday tushuntirishimni bilmay, bir zum ikkilandim. Rosa atigi yetti yoshda, lekin ba’zan u o‘smirga o‘xshab gapiradi. "Bu shunchaki u yaxshi ko‘rinishini anglatadi."
"Ha, tushunarli." U sendvichidan bir tishlab, menga tikildi. Chaynab turganida, nigohi torayib, meni sinovdan o‘tkazayotgandek tuyuldi. "Siz menga urushasizmi?"
"Yo‘q. Hech qachon.Nega unday deb o‘ylayapsam?"
"Simona doim menga baqirardi." U beparvo yelkasini qisdi. "Dadam uyda bo‘lmaganida, albatta. Boʻlmasa u baqirishga ruxsat bermaydi."
U onasini ism-sharifi bilan chaqiradimi? Bu menga g‘alati tuyuldi. Men buni hazm qilib ulgurmasimdan eshik ochildi. Vante ichkariga kirdi, qo‘lida likopcha va sutli stakandan iborat patnisni ko‘tarib turardi. U eshik oldida to‘xtab, Rosaning qo‘lidagi sendvichga tikildi.
"Aveline sizdan oldin harakat qildi," — dedi Rosa og‘zidagi luqmani chaynab, barmoqlari bilan meni ko‘rsatarkan.
"Mayli, men ketdim." O‘rnimdan turib eshik tomon yurdim. "Xayr, Rosa."
°

- Vante -

Vante eshik oldida to‘siq bo‘lib turib olgan, nigohi qahrli. Men nigohimni ko‘tarib qarayman, u bilan ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Bir necha soniya davomida sukut saqladik. Nihoyat, u yon tomonga siljidi. Harakatlarimni sekinlik bilan bajarayotganimga ishonch hosil qilib, yo‘lak bo‘ylab yurib ketdim. Ichki sezgim shuni aytyaptiki, men xonamga kirib ketganimdan keyin ham u ortimdan qarab turibdi.

Eshik ortimdan yopilishi bilan chuqur nafas chiqardim va unga suyandim.O‘zimni befarq tutish oson bo‘ladi, deb o‘ylagandim, lekin yuragim sezib turibdi: birgina mehribonlik ishorasi ham uni mendan yanada uzoqlashtirishi mumkin. Hozir bunday xavfga yo‘l qo‘ya olmayman.
Yillar o‘tib, Vanteni shunchalik yaqin ko‘rish, lekin uning meni istamasligini bilish... azob beradi. Oldin hech qanday umidim yo‘q edi, shuning uchun hayajon ham yo‘q edi. Endi esa u shu qadar yaqin bo‘lsa-da, mendan ilgari hech qachon bo‘lmagandek uzoqda his qilayapman.
Ko‘zlarimni yumdim va o‘sha unutilmas kunni esladim - o‘n sakkiz yoshga to‘lgan kunimda u meni shirinim deb atagandi. Bu so‘z ichida men tasavvur qilgan mehr-muhabbat bo‘lmagan ekan. Shunchaki og‘izdan chiqqan so‘z edi. Lekin men o‘sha lahzani va sochlarimga yengil tegishini kunlab xayolimda saqlab yurgandim.
Yo‘q, men taslim bo‘lmayman. U urushga tayyorlansin, chunki men unga urush e’lon qilaman. Men uni ham, uning befarqligini ham yengaman.
"Tayyor turing, Vante," pichirladim bo‘sh xonaga, "chunki sevgi urushida barchasi halol."

- 3 -

Muallif : Neva Altaj
Tarjima qilindi : Kim Yein
Kitobning voqealari va suhbatlari toʻla toʻkis tarjima qilindi . Faqatgina ismlarda
Isabelle : Aveline
Luca : Vante
Katalina : Serin
Arianna : Reviere
oʻzgarishlar boʻldi . Qilingan mehnatni notogʻri tanqid qilmaysiz degan umiddaman.