Painted Scars
1-BOB
Prolog.
Yoongi.
Beep.Beep.
Kasalxona hidi o‘tkir. Demak, hali ham tirikman.
Ko‘zlarimni ochishga harakat qildim. Ammo bo‘lmadi. Ehtimol, narkoz hali to‘liq ketmagan. Yaxshiyamki, endi og‘riq yo‘q. Chap tomondan past ovozda suhbat eshitilayapti, ovozlar tanish tuyuldi, lekin baribir kimligini aniqlay olmadim.
Beep. Beep.
— Eshitayaptimi u?
— Yo‘q. Og‘ir tinchlantiruvchi vosita ta’sirida.
Beep.
— U tirik qoladimi?
— Ha. Afsuski. Ko‘ksidagi jarohatlar unchalik jiddiy emas edi. Tikishdi.
— Yana urinib ko‘rishimiz mumkin. Yana hammasini italiyaliklarga to‘nkab qo‘yamiz.
— Juda xavfli. Odamlar Pakhan’ga sodiq. Kimdir mendan shubhalansa, jarlikka uloqtirishadi.
Beep.
— Xo‘p, balki bu voqeada biror ijobiy tomon bordir. O‘sha portlash bo‘laklari uning tizzasini chil-parchin qilgan.
— Bundan nima foyda?
— Shifokor, u endi yurmaydi, dedi. Agar undan kuchliroq kishi markazga chiqsa... odamlar,unga qanchalik sodiq bo‘lishmasin, nogiron aravachasidagi Pakhan’ni tashlab, yaxshiroq nomzod ortidan ergashadi.
— Demak, ishimizni yomon qilmapmiz.
Ikki qadam uzoqlashdi, so‘ng eshik yopildi.
**
Uch oy o‘tibYoongi.
Giyohvand moddalar hech qachon yetarli bo‘lmagan.
Qog‘ozlar to‘la boʻlgan stol ustiga yozuvlarga to‘la varaqani qo‘ydim va noutbuk ekranidagi raqamlarga diqqatimni jamladim.
— Sergeyni chaqir. — Nogironlik aravachasida orqamga suyanib, stolimning narigi tomonida o‘tirgan Maksimga qaradim. — Bu oy yana ikki partiya yuk tashkil qilsin.
— U allaqachon Mendosay bilan shu chorak uchun miqdorlarni kelishib qo‘ygan. Meksikaliklar qisqa muddatda bu miqdorni ikki baravar qilishga qodirmi — bilmayman.
— Qila olishadi. Endi ayt, nima balo bo‘ldi, chunki men bu qarashni yaxshi bilaman va javobi yoqmasligini ham bilaman.
— Samuel Grey uch million dollar o‘g‘irladi. Bizning pullarimizni.
Chuqqur xo‘rsinib, boshimni chayqadim.— Samuel Grey kim? U qanday qilib bizning pullarimizga kirish huquqiga ega bo‘ldi? Va bu ishni qanday amalga oshirdi?
— Ko‘chmas mulk bo‘yicha vositachimiz. Pul shimoliy ombor yonidan yana ikki yer maydonini sotib olishga ajratilgan edi. Grey bizning pullarimizni haftalikka qarzga olib, qandaydir investitsiyaga — aslida esa firibgarlik piramidasiga — tikmoqchi bo‘lgan.
Bratva’dan o‘g‘irlashga kimning jur’ati yetadi? Ba’zan odamlarning aqlsizlik darajasi meni hayratga soladi.
— Pulni qaytara oladimi? — deb so‘rayman.
— Yo‘q.
— O‘ldir. Va uni barchaga namuna qilib koʻrsat.
— Men boshqacha reja o‘ylagandim. Odamlar... odamlar gapira boshlayapti, Suga. Bizga tezlikda e’tiborni chalg‘itadigan biror narsa kerak. Menimcha, Grey bunga xizmat qila oladi.
— Ha-a? Ular nima haqida gapiryapti? — Men Maksimni otamning qo‘l ostida oddiy askar sifatida ish boshlaganidan beri taniyman, yigirma yil bo‘ldi.
Eski Pakhan hech qachon insonning salohiyatini aniqlay olmasdi. Maksimdek qobiliyatli odamni oddiy dala ishlariga tayinlab, uni isrof qilish — men Pakhan bo‘lganimdan so‘ng tuzatgan xatolardan biri edi. O‘sha la'natini o‘ldirgan kunimdayoq buni amalga oshirganman.
— Sen. Hali ham uylanmagansan.
Bu yangilik emas.
— Lekin gap faqat shunda emas, to‘g‘rimi? Yana nima bor? — Ko‘zlarimni toraytirib, Maksimga qaradim.
U menga emas, devordagi qandaydir nuqtaga tikilgancha, ko‘zini olib qochdi.
— Gaplar yuribdi. Go‘yoki sen Bratva’ni uzoq yurita olmaysan, yaqin orada sening o‘rningga boshqasi keladi. Jismonan sog‘roq biror kishi.
— Sen ham shunday o‘ylaysanmi?
— Meni haqorat qilma, Yoongi. Bilasan, men har doim sening yoningda bo‘lganman va keyin ham shunday boʻladi. Hatto seni Bratva tarixidagi eng qobiliyatli Pakhan deb hisoblamasam ham. Lekin so‘nggi uch oy ichida bu yerga qamalib olding. Portlashdan avval har oyda kamida bir marta klublarimizni tekshirib borarding, endi esa yo‘q. Va hech bir ayol bilan ko‘rinmading.
— Demak, mening jinsiy hayotim Bratva’ni boshqarish qobiliyatimdan muhimroq ko‘rsatkich bo‘lyaptimi? O‘tgan ikki oyda foydamiz ikki baravar oshganini hisobga olmasdan?
— Odamlar barqarorlikni his qilishga muhtoj, Yoongi . Ular hanuz eslashadi: otang oldingi Pakhan o‘rnini egallagach, qanday tartibsizliklar yuz berganini. Bratva ichki to‘qnashuvlarda ellikdan ortiq odamini yo‘qotgan, biznes esa xarob bo‘lgan. Ular bu yana takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishni istaydi. Ayol — demak, voris. Voris esa ichki urushlarsiz, qon to‘kilmasdan o‘rin almashinish kafolati.
— Men oddiygina Bratva’ni tinchlantirish uchun hayotimni notanish bir ayol bilan bog‘lamayman.
— Men senga bir narsani ko‘rsatmoqchiman. — Maksim telefonini chiqarib, varaqlay boshladi. — Qizim Samuelning qizi bilan bir maktabda o‘qigan. Ular juda yaqin do‘st bo‘lmagan, lekin tez-tez birga bo‘lishgan, va men eslayman, qizim menga ularning videolarini ko‘rsatgan. Kecha Samuel Grey nima qilganini eshitganimda, undan o‘sha videolardan birini yuborishini so‘radim.
— O‘smirlar videosining Bratva’ni boshqarish qobiliyatimga nima aloqasi bor?
— Chunki u endi o‘smir emas. Melana Grey Chikagodagi San’at institutida to‘rt yil o‘qilishi kerak bo‘lgan kursni ikki yilda tugatdi, va u hozirda mamlakatdagi eng qidiruvdagi yosh rassom. Uning rasmlarining har biri to‘rt raqamli narxda sotilmoqda."
— Nima, endi biz uni oilaviy portret chizishga yollaymizmi? — Burnimni biroz jiyirib gapimni davom ettirdim . — Yana ellikka bormagan yoshingda aqlingdan ayrilyapsanmi?
— Biz uni portret chizishga yollamaymiz. Biz uni… shantaj qilamiz.
Otasi hayoti evaziga — uning xizmatlari.
— Qanday xizmatlar uchun?
— Senga turmushga chiqishi uchun, Yoongi . Albatta, vaqtinchalik.
Men ikkinchi komandirimga bir necha soniya tikilib qaradim , keyin esa qahqaha otib kulib yubordim.
— Sen mutlaqo aqldan ozgansan.
— Shundaymanmi? — U qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, ortga suyandi. — Terapevt nima dedi? Oyog‘ing haqida.
— Uningcha, oyog‘imning funksiyasi sakkiz yuz foizgacha tiklanishi mumkin.
— Bu nimani anglatadi?
— Eng yomon holatda — qo‘ltiqtayoq. Eng yaxshisida esa — tayoq.
— Bu yaxshi. Qancha vaqt kerak bo‘ladi, taxminan? Bir oy?
Ko‘zlariga tik qarab, tishlarimni g‘ijirlatdim.
— Kamida yana olti oy fizioterapiya.
— Quloq qilsin, Yoongi.. — U boshini ushlab, chakkalarini siqdi. — Biz bu qadar koʻp kutolmaymiz. Hozir nimadir qilishimiz kerak, aks holda qo‘zg‘olon ko‘tariladi.
Derazaga qarab, chuqur nafas oldim. Maksim odatda har doim haq bo‘ladi.
— Demak, sen aytyapsan: yoki men ikki oyoqda yura olaman, yoki men — uylanaman? Yaqin orada yura olmayman, Maksim.
— Demak, yurishga qodir bo‘lmaguningcha — senga rafiqa topamiz.
— Bu tentaklik. Men tanimagan, bizning dunyomiz bilan aloqasi bo‘lmagan ayolni olti oy davomida rafiqam rolini o‘ynashga majburlay olmayman. U ehtimol dahshatga tushadi. Hech kim bunga ishonmaydi.
— Mana, buni ko‘r, — dedi Maksim va telefonini qo‘limga tutqazdi.
°
*
Video sifatsizroq, ehtimol yillar avval olingan. Ammo yorug‘lik yetarli, xonada yarim doira bo‘lib o‘tirgan o‘smirlarni ko‘rish mumkin. Ularning orqalari kameraga qaratilgan. Yagona ko‘rinib turgan yuz — oyoqlarini chalkashtirib, auditoriya qarshisida o‘tirgan qoramtir sochli qizga tegishli.
Kamera yaqinlashtirilganida, uning noodatiy chiroyli chehrasi yaqqol ko‘rina boshladi. Ehtimol oilasida kimdir osiyolikdir — ko‘zlarining yengil qiyaligi ularni mushuknikiga o‘xshaydi. Qiziq, hozir qanday bo‘lib ulg‘aygan ekan?
"Mrs. Nolanni oʻxshatib olasanmi?" — dedi kimdir yarim doira ichidan. "U mushuklari haqida gapirgandagi ohangida?"
"Yana o‘sha odammi?" — deya zorlanadi yosh Melana Grey. — "Yangi biror odamni qilib ko‘rsam bo‘ladimi? Masalan, siyosatchini?"
Buning ortidan norozilik tovushlari eshitildi va bir necha o‘smir baravariga “Mrs. Nolan!” deb baqirishdi. Melana boshini chayqab kuldi, so‘ng ko‘zlarini yumdi. Bir necha soniyadan so‘ng ko‘zlarini ochib, gapira boshladi — men esa ekranga yanada yaqinroqdan qaray boshladim, hayratimdan ko‘zimni uzolmadim.
U gapiryapti, lekin men so‘zlariga emas, yuzidagi mimikaga, o‘ng ko‘zi gapirganda qanday titrashi, ohanglarni qanday urg‘u bilan aytishiga mahliyo bo‘lib qolgandim. U birdan mutlaqo boshqa odamga aylangandek tuyuladi.
“U bu videoda necha yoshda?” — dedim ko‘zimni ekranidan uzmasdan.
“To‘rt yoshda. Ajoyib, to‘g‘rimi?”
Videoda kimdir boshqa bir ismni aytdi va yarim doiraning chetida o‘tirgan qizga imo qildi.Melana kuldi, diqqat bilan ko‘zlarini yumdi, so‘ng yangi bir obrazga kirdi. U yana butunlay boshqa odamga aylandi — gavdasi, qo‘llarini harakatlantirish uslubi — barchasi o‘zgargan. Chetda o‘tirgan qiz kulib, yuzini qo‘li bilan berkitdi. Melana esa bu harakatni ham aynan o‘xshatadi — hatto kulganda yelkalari qanday ko‘tarilishini ham.
Bunday narsani men ilgari hech qachon ko‘rmaganman.
Yuqoriga qarasam, Maksim mamnunlik bilan jilmaymoqda.
“Ko‘rib turibsan, u o‘zini istalgan odamga aylantira oladi. Bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi.”
“Sen bu gapingda jiddiysanmi?” Men hanuzgacha bu rejasini mutlaqo tentaklik deb hisoblayman.
“Og‘ir paytlarda — og‘ir choralar. Mish-mishlarga barham berishimiz kerak, hoziroq.”
“Unday bo‘lsa, rafiqa boʻladi.” Noutbukni qattiq urib yopdim.
— "Lanatilarni yanchib tashlaymiz.”
Sumkamni kresloga qo‘yib, mehmonxonada orqaga o‘girildim. Bu yerga kelmaganimgа bir necha oy bo‘lgan bo‘lsa-da, hammasi o‘sha-o‘sha: oppoq pardalar, oq gilam, oq va bej mebellar, bo‘m-bo‘sh oq devorlar. Shunchalik oqki, xuddi shifoxonadek, jon yo‘q. Men bu ko‘rinishni har doim yomon ko‘rganman. Shu bois, birinchi bor ancha-muncha pul topganimda, shu yerdan qochib, o‘zimga kvartira ijaraga olgan edim.
"Uyga keldim!" — deb baqirdim.
Bir necha soniyadan so‘ng, poshna tovushi yaqinlashayotganini eshitdim. Onam oshxonadan chiqib, qo‘llarini beliga qo‘ygancha men tomon shoshildi. Zara Grey — metall aksessuarlardan yiroq, sochi silliq saralangan, yuzida to‘liq bo‘yanish, ustida esa mukammal dazmollangan oq ipak ko‘ylak. Ichimda oh urdim.
"Uch soat kechikding! Men senga aniq aytgan edimki—" U gapni yarim yo‘lda to‘xtatdi. "Ey Xudo, o‘zingni nima ahvolga solgansan?"
"Qaysi bir jihatni nazarda tutyapsan?"
"Burundagi temir narsa!"
"Bu piercing, ona."
"Shular orqali odamlar turli kasalliklarga chalinadi, Melana. Otang ko‘rsa, yuragi to‘xtab qoladi."
"Men yigirma to‘rt yoshdaman. Tanamda nima qilishimni o‘zim hal qilaman. Bu piercing meniki bir necha yildan beri bor, faqat bu yerga kelganimda sizni bezovta qilmaslik uchun olib qo‘yaman. Bugun esdan chiqibdi."
"Qora kiyim nega kiygansan? Kimdir o‘lganmi?"
Albatta, bir necha miya hujayram o‘lib ketgandir.
"Bu oyda men 'qorong‘i fazadaman'." Yelkamni qisdim.
Onam klişelarni yaxshi ko‘radi. Ular unga, ayniqsa men bilan bo‘lganda, o‘zini xotirjam his qilishiga yordam beradigandek tuyuladi. U hali ham mening tanlagan kasbimni tushunib yetolmaydi. Ehtimol, agar men gulchambarlar yoki chaqaloq kiyiklar chizganimda, unga osonroq bo‘lardi. So‘nggi asarim haqida nima derkin? U hali yakunlanmagan, lekin unda gul ham yo‘q, kiyik ham yo‘q.
"Nega har doim bunaqa g‘alati bo‘lishga harakat qilasan?"
"Yigitlarga yoqadi." Kulib qo‘ydim. "Erkaklar g‘alati ayollarni yaxshi ko‘radi."
"Bunaqa ekaniga men unchalik ishonmayman, jonim."
Xudo, bu ayol hatto kinoyani ham tushunmaydi.
"Otam telefon qilganda, muhim deyilgan edi. U qayerda?"
"Kabinetda. So‘nggi kunlarda o‘zgargandek. Ish bilan bog‘liq shekilli, lekin menga hech nima demadi."
"U... nimadandir qo‘rqayotgandek," dedi onam, ohangida xavotir bilan."
Otam ko‘chmas mulk sohasida ishlaydi. Qo‘rqishga sabab bo‘ladigan narsa unchalik ko‘p emas. Chapdagi yo‘lakdan o‘tib, otamning kabineti eshigini taqillatdim.Ichkariga kirishim bilan hayotim bu tarzda o‘zgarib ketishini o‘shanda tasavvur ham qilmagandim.
Yarim soatdan keyin, ofis burchagidagi kresloda og‘zim ochiq holatda otamga tikilib o‘tirardim. "Bu hazilmi?"
"Bu hazil emas," dedi u, yelkalarini tushirib, sochlariga qo‘l solganicha.
"Yaxshi, keling, to‘g‘ri tushunib olay. Siz ruslardan pul o‘g‘irladingiz, uni yo‘qotdingiz, endi esa menga rus mafiyasi boshlig‘iga turmushga chiqishni taklif qilyapsiz?"
"Men hech narsa o‘g‘irlaganim yo‘q, Melana." U qo‘llarini havoga ko‘tardi-da, stol orqasida tomon yurib ketdi. "Men pulni faqat bir necha kunlik qarz sifatida oldim, bitta shartnoma uchun kerak edi. O‘sha odam firibgar chiqadi, pulni olib g‘oyib bo‘ladi, deb o‘ylamagandim."
"Demak, siz pulni oldingiz, lekin qaytara olmaysiz. Rus mafiyasi bilan qanday qilib aloqaga kirgansiz? Nima o‘yladingiz o‘zi, ota?"
"Menga bunaqa gapirma!" U menga qo‘l siltadi, ko‘zlari chaqnab ketdi. "Men — otangman!"
"Siz meni jinoyatchiga turmushga berish haqida gapiryapsiz! O‘zingizni qutqarish uchun! Shu holatda, men siz bilan xohlagancha gaplashishim mumkin, deb o‘ylayman."
"Melana..."
"Ular meni o‘z boshlig‘lariga turmushga chiqishimni xohlashyapti? Bu chinakamiga boʻlayapti shundaymi?"
"Bu faqat vaqtincha." U qo‘l siltadi, go‘yoki bu hech qanday muammo emasdek.
"Lekin nima uchun aynan men? Mafiyaning qizlari orasida bunga rozi bo‘ladiganlar bor-ku? Bu ular uchun orzudek bo‘lardi, to‘g‘rimi? Nima uchun men?"
"Ular aytishmadi. Bu odamlar o‘zlarini izohlab o‘tirmaydi. Ular buyruq beradi, agar bajarmasang — o‘lasan."
"Siz rostdan ham ular meni yoki o‘zingizni o‘ldirishadi, deb o‘ylayapsizmi?"
"Ha. Hatto hanuzgacha tirik bo‘lganimga hayronman." U yurishni to‘xtatdi, menga jiddiy qaradi. "Agar sen ularning aytganini qilmasang, men o‘laman."
Chuqur nafas oldim-da, boshimni ikki qo‘lim bilan quchib, sochlarim orasiga ko‘mdim. Go‘yoki shu yo‘l bilan bu barbod bo‘layotgan vaziyatga yechim topa oladigandek. Chunki men hech kimga turmushga chiqishni hoxlamayman — soxtasiga ham.
— Yaxshi, o‘ylab ko‘raylik. Buni tuzatishning qandaydir yo‘li bo‘lishi kerak. Men biroz jamg‘armam bor — taxminan ellik mingcha. Bir oydan keyin ko‘rgazmam bor, agar barcha o‘n besh asarni tugatishga ulgursam va barchasi sotilsa, yana yigirma ming topa olsam kerak. Uydan qancha olishimiz mumkin?
— Balki sakson ming. Yoki to‘qson, agar mebellarni ham sotsak. Mashinadan o‘n mingcha chiqaraman.
— Yaxshi. Demak, jami — taxminan bir yuz yetmish ming bo‘lyapti. Bu yetadimi? Ular oldida qancha qarzingiz bor ?
— Uch million.
Men yurak urishi to‘xtagan yoki yengil insult o‘tkazgandek holatga tushdim. Chunki u hozir aytgan gapni eshitganimga ishonmayapman.
— Iltimos, aytganingizni yana bir bor takrorlang?
— Ular oldida uch million dollar qarzdorman.
Og‘zim ochilib, otamga tik qaradim.
— Ey Xudo, Dada…
Egilib, peshonamni tizzamga qo‘ydim, nafas olishimni bosishga harakat qildim.. Men turmush qurish uchun yaratilmaganman. Hech kim hushyor holatda oltita oy davom etadigan soxta nikoh uchun uch million dollar bermaydi. Bunda qandaydir hiyla bo‘lishi kerak.
— U to‘qson yoshdami? — deyman tizzamga boshimni qo‘ygancha.
— Ularning paxani nechi yoshda — bilmayman, lekin to‘qson emas, shekilli.
— Sakkson bo‘lsa kerak. Juda xursand bo‘ldim. — Ko‘nglim ayniyapti.
— Ular nikoh faqat hujjat yuzasidan bo‘ladi, dedi. Senga hech narsa qilish… kerak bo‘lmaydi.
— U bilan birga boʻlishim shart emas, demoqchisizmi? Yaxshi. Agar sakkson yoshda bo‘lsa, unda ehtimol bunga kuchi ham yetmaydi. Bu yaxshi. Sakkson yosh — yaxshi.
— Melana, men... kechir meni. Agar buni qilishni istamasang, men boshqa biror yo‘lini topaman.
Qaddimni rostladim va , otamga qaradim. U stulga cho‘kkan, sochlari to‘zg‘igan, ko‘zlari qonga to‘lib ketgan. U birdan shunchalik qari va charchagan ko‘rindi.
— Agar politsiyaga borishni rejalashtirmayotgan bo‘lsang,iz boshqa yo‘l qolmagan, to‘g‘rimi? — dedim.
— Bilasan-ku, rus mafiyasini politsiyaga sotib bo‘lmaydi. Ular bizni baribir o‘ldiradi.
Albatta, ular o‘ldiradi. Ko‘zlarimni yumdim va oh tortdim.
— Yaxshi. Qabul qilaman.
Bu gapni eshitganimda, yuragim bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi. Men unga tikildim — bir vaqtlar dunyoni zabt etadigan odamga o‘xshab ko‘ringan otamga. Endi esa ko‘zlarida yalvarish, qo‘rquv va chorasizlik bor edi. Bu men bilgan odam emasdi.
"Bu... bu aqldan ozgan fikr," dedim, ovozim past, ammo titragan holatda "Men sahnada aktrisalik qilaman, ota. Kinoda. Seriallarda. Men rollarni o‘ynayman, haqiqatda yashamayman. Bu – haqiqiy jinoyatchilar. Bu – nikoh. Bu – hayot."
"Sen o‘ynay olasan , to‘g‘rimi?" dedi u asta, tovushida umid billan. "Sen har qanday odamni ishontira olasan, sen — Melana Grey, eng yaxshi rollarni ko‘rsata olasan. Bu ham shunchaki bir rol."
"Rol," takrorladim men. "Nega endi bu rol uchun menga shartnoma ham, ssenariy ham berilmayapti?"
U jim qoldi. So‘ng ohangda bir oz mehr bilan shunday dedi: "Men sening qanday hayot kechirishingni xohlagan edim. Men... men hammasini buzdim. Agar bor-yo‘qimni sotish kerak bo‘lsa ham... lekin vaqt yo‘q. Ular ertaga seni ko‘rishni xohlashdi."
"Er...taga?"
"Ha. Kechikish – o‘lim bilan barobar."
Men boshimni ushlab kresloga cho‘kdim. Bu tush ko‘rinadi. Yo‘q, bu kabus. Lekin ko‘zlarimni ochganimda, hali ham shu joyda o‘tirgan bo‘laman. Hali ham o‘sha odamning qizi bo‘lib, jinoyatchilar oldiga yuborilayotgan bo‘laman.
"Tanishuv, to‘y, oila qurish..." Men kulgudek bir ohangda gapirdim. "Bu romantik komediyami?"
Otam javob bermadi. Faqat ko‘zlari bilan mendan iltijo qildi.
Mening esa... ichimda bir narsa sindi. Yillar davomida mendan kutgan qiz bola bo‘lishni istamagan bo‘lsam-da, bu safar... otamni o‘limdan qutqarish uchun, o‘zimni unutishim kerak edi.
"Yaxshi," dedim oxiri. "Men rozi."
U ko‘zlarini yumdi, go‘yo og‘ir yuk yelkasidan tushganday.
Lekin men bilardim – bu endi boshlanishi edi.
Otam bir necha soniya menga tikilib turdi, so‘ng qo‘llarini yuziga qo‘yib yig‘lay boshladi. Men ham yig‘lamoqchiman, lekin bunga hojat yo‘qdek tuyuldi.
— O‘ylaymanki, ular biron bir uchrashuv tayinlashadi, biz tafsilotlarni muhokama qilamiz, — dedi u.
— Ular allaqachon tayinlashdi. Bir soatdan so‘ng Paxan bilan uchrashamiz.
Otamga qaradim-da, qo‘llarimni sochimga botirdim.
— Ajoyib. Endi hojatxonaga borib, tushlikni qayt qilaman, so‘ng besh daqiqada old eshikda boʻlaman.
Bir qiz ichimligimni olib keldi, uni stol ustiga qo‘ydi va menga bir qarashsiz darrov oshxonaga yugurib ketdi. Atrofga qaradim— xira stol yopqichlari, bir-biriga mos kelmaydigan stullar. Bu joy — xarobaga aylangan. O‘tgan oy yopilgan edi, aynan shu sababli bu uchrashuv uchun shu yerni tanlagan edim. Sukutni telefon jiringlashi buzib yubordi.
— Ular keldi, — dedi Maksim, — U otasi bilan birga kelgan.
— Qizni ichkariga kiriting. Otasi tashqarida qolsin.
Men viskidan bir ho‘plam ichdim va xonaning narigi tomonidagi shisha eshikka tikildim. Kimdir eshikni taqillatdi va eshik yonida turgan odamim uni ochib, qizni ichkariga kiritdi.
Nimadir sababli uni balandroq bo‘ladi deb o‘ylagandim. U juda kichkina — besh futdan biroz uzun, xolos. Sochlari — yarim tunda qoraygan singari qop-qora, ikki yoqqa qalin o‘rilgan holda osilib turibdi. Uni hech ikkilanmay o‘smirga o‘xshatsa boʻladi.Hattoki kiyingani ham o‘xshash: yirtilgan qora jinsilar, qora hudik, va emo bolalarda boʻladigan qora etiklar.
Ko‘zlarimni bir zumga yumib, boshimni chayqadim.Bu ish hech qachon ishlamaydi. Men hozir Maksimga uni qaytarib yuborishni aytmoqchi edim, lekin u boshini menga burdi-yu, so‘zlar tilimda muzlab qoldi. Videoda ko‘rganimdagi o‘sha tanish qiyofalar — ammo endi u bolalikdagi yumaloq yonoqlardan ayrilgan. Qarshimda bir o‘smir qiz emas, hayratomuz darajada chiroyli bir ayol turibdi. U menga jahl aralash bir nigoh bilan tikilgandi. Ko‘zlari meniki bilan tutashdi va uning mukammal qop-qora qoshlaridan biri savolona ko‘tarildi.
°
— Miss Grey, — dedim va stolning narigi tomonidagi bo‘sh stulga ishora qilib. — Marhamat, bizga qo‘shiling.
U cho‘chib tushdi, yoki bir oz ortga tisarilar deb kutdim, ammo u holatdan mutlaqo ta’sirlangandek ko‘rinmadi. Menga tik qaragancha yaqinlashdi — nigohi bir zum ham uzilmadi.
Men uning yuziga diqqat qildim— nogironlar aravachasini ko‘rib qanday reaksiya bildirarkin, deb kutdim. Ammo u hech qanday reaksiya bildirmadi.
— Siz kutganimdek odam emassiz, janob Petrov, — dedi u. Tan olish kerak, bu qizda yurak bor ekan.
— Qanday ma’noda, Miss Grey?
— Men sizni sakson yoshlik odam deb o‘ylagandim, — dedi u lablarini chimirib.
Bu qiz chinakamiga shunchalik xotirjammi yoki yana bir spektakl ko‘rsatyaptimi, hayronman. Agar bu ro‘l bo‘lsa, u buni juda mohirona bajaryapti.
— Men o‘ttiz besh yoshdaman, — dedim va ichimlikdan bir ho‘plam ichdim. — Endi bu masalani aniqlashtirgan bo‘lsak, ish haqida gaplashamiz. Otangiz sizdan nima kutilayotganini tushuntirdimi?
— Tushuntirdi. Lekin menda ba’zi savollar bor. — U soch o‘rimlaridan birining uchini olib, barmog‘iga o‘rashni boshladi. Ko‘rinishidan, u o‘zini juda bo‘sh tutganday ko‘rsatmoqchi, ammo aslida unday emas shekilli. — Va biz buni «biznes bitimi» deb atayotgan ekanmiz, men bir shart qo‘yaman.
— Shart? Siz bu shartlarni belgilash maqomida emassiz, Miss Grey, lekin eshitaylik.
— Otamni qo‘yib yuborasiz. Bu... bitim faqat ikkimizning oramizda bo‘ladi. U bu voqeadan butunlay chiqariladi.
— O‘ylab ko‘raman. Endi savollarni eshitaylik.
— Sizga nima uchun soxta rafiqa kerak?
— Bu sizni qiziqtirmasligi kerak. Va to‘y soxta bo‘lmaydi. Keyingi savol.
U ko‘zlarini toraytirib menga tikildi.
— Olti oydan keyin nima bo‘ladi?
— Sizga ajrashish hujjatlari beriladi va siz o‘zingizga kerakli yo‘lga ketasiz.
— To‘y masalasini qanday hal qilamiz? Shunchaki borib hujjatlarga imzo chekamizmi?
Men orqama cho‘zilib, unga tikildim.
— Ba’zi narsalarni aniq qilib olamiz, Miss Grey. Menga faqat qog‘ozda turmush o‘rtoq kerak emas. Agar kimdir bizning bir-birimizga oshiq emasligimizdan, bu nikoh soxtaligidan gumon qilsa — otangiz o‘ladi. Va siz ham u bilan birga ketasiz.
U ko‘z qirini pirillatib menga qaradi, yuzida tushunmovchilik ochiq ko‘rinib turibdi.
— Biz olti oy davomida birga yashaymiz, deb o‘ylayapsizmi?
— Albatta. Odamlar bu nikohga ishonishi uchun yana qanday yo‘l bo‘lishi mumkin?
Nihoyat, nimadir Melana Grey’ni larzaga soldi, shekilli. U shunchaki keng ochilgan ko‘zlari bilan menga qarab turardi, og‘zidan biror so‘z chiqmadi. Aftidan, bu dunyoda uni so‘zsiz qoldiradigan holatlar ko‘p emas.
— Shanba kuni ziyofat bo‘ladi, — dedim men davom etib. — Siz otangiz bilan birga unda qatnashasiz. O‘sha yerda tanishamiz va bir-birimizga devonadek oshiq bo‘lib qolamiz.
— Men seni shu oqshom uyimga olib ketaman, — dedim, — va biz ikki kun xonamdan chiqmaymiz.
— Men siz bilan birga bo‘lishim kerakmi? — dedi u xuddi ob-havo haqida so‘rayotgandek, sokin ohangda. Ammo ko‘zlarida yashirin qo‘rquv bor edi. Tashqi tomondan u o‘zini mutlaqo xotirjam tutardi, lekin men odamlarning qo‘rquvini tan olishga odatlanganman — va bu yerda u aniq ko‘rinib turardi. U qo‘rqayotgan edi.
— Yo‘q, — dedim men. So‘ng bir oz uni chalg‘itib qo‘yish uchun qo‘shib qo‘ydim: — Agar o‘zing xohlasang, albatta.
— Taklifingiz uchun rahmat, janob Petrov, ammo men rad etishga majburman, — dedi u, o‘zining o‘rimidan qo‘lini yechib, jinsi shimining orqa cho‘ntaklariga qo‘llarini solgancha.
Men uning yo‘q deb aytishini kutgan edim, ammo nega bilmasam, bu javob baribir ichimni achitdi.
— Unda, janob Petrov, o‘sha ikki kun davomida xonangizda nima qilamiz?
— Boshqalar uchun biz telbalarcha muhabbatga to‘lib, birga boʻlamiz . Aslida esa, sen xohlaganingni qilaverasan, — dedim men qo‘lim bilan havoda imo qilib. — Netflix ko‘r, jumboq yech, menga baribir. Men bu vaqtlarda ishlayman.
°
— Ajoyib. Undan keyin-chi, o‘sha ikki kunlik “marafon”dan keyin nima bo‘ladi?
— Men sening ishingdan mutlaqo aqlimni yo‘qotaman. Bir necha haftadan so‘ng biz turmush quramiz. Shundan keyin sen oshiqona erini sevuvchi xotin rolini o‘ynaysan. Bo‘sh vaqtingda nima bilan shug‘ullanishing — o‘zingga havola. Faqat o‘z rolingni puxta ijro etsang bo‘ldi.
— Tamom? Faqat shu?
— Ha, aynan shunday.
— Siz chin dildan odamlar bu… spektaklga ishonadi deb o‘ylaysizmi?
— Bu sendan bog‘liq, Miss Grey. Axir otangning hayoti garovda.
— Siz-chi? Siz o‘zingizga yuklangan rolni bajara olasizmi?
— Qaysi rolni?
— Xotiniga aqlsizlarcha oshiq bo‘lgan erkak rolini. Siz bunaqa odamga o‘xshamaysiz.
— Unda shunchaki guvoh boʻlasiz, Miss Grey, — dedim jilmayib. — Kelishdikmi?
Men u boshidan nimalar o‘tayotganini deyarli ko‘rib turardim — imkoniyatlarni chamalab, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘lchab, qochish yo‘li izlayapti. Ammo hech qanday yo‘l yo‘qligini ikkovimiz ham bilardik. Va u bu holatni qabul qilgan aniq bir lahzani ushladim — faqat jag‘i biroz qattiqlashdi, u tishini g‘ijirlatdi.
— Kelishdik, janob Petrov.
*
Oqshom odatdagidan issiqroq, ammo men baribir butun vujudim bilan sovqotyapman. Restorandan chiqqanimda, otam qo‘limdan ushlab olib, shoshib mashinaga tomon yetakladi. U yo‘l-yo‘lakay menga savollar yog‘dira boshladi, ammo men uning so‘zlariga e’tibor bera olmayadim. Yo‘lovchi tomon eshigini ochib, joyimga o‘tirdim. Oyoqlarim qaltirab ketgan. Adrenalin ketgan, endi tanam titrayapti.
Hayotimda hech qachon o‘zimni restoranga kirgan ondagidek qo‘rqmagan edim. Ular fikrlarini o‘zgartirib, bizni o‘ldirishga qaror qilgan bo‘lishlari mumkinligi xayolimdan ketmayotgandi. O‘sha akuladay odam qarshisida o‘zimni sovuqqon ko‘rsatish — chinakam irodani talab qildi. Bir necha bor yengil siljib ketdim, oʻzimni zo‘rg‘a ushlab turdim. Agar u, hattoki bir lahzaga ham, men bu o‘yinni uddalay olmasligimni sezsa, otam ham, men ham tamom edik. Nogironlar aravachasida ekanligi meni aldamadi. Ko‘zlarimiz to‘qnashgan zahoti, kimga ro‘baro‘ kelganimni bildim — muzdek qotillarga xos nigoh.
Yoongi. Men uni pivo qorni chiqqan, sochlari to‘kilib ketgan qarib qolgan erkak deb o‘ylagandim. Axir, yana qanday qilib u ayolni shantaj qilib turmushga majbur qilgan bo‘lishi mumkin edi? Men mutlaqo yanglishgan ekanman.
Suhbat davomida ko‘zlarimni asosan uning ko‘zlariga tikishga harakat qildim, lekin baribir bir necha bor boshqa joylarga ham qarab qo‘ydim. U — nihoyatda chiroyli erkak. Bu zaif yorug‘likda ham ayon edi. Uning bo‘yini aniq ayta olmayman, ammo u o‘tirgan, men esa turgan holda, boshi menga barobar edi. Demak, u mendan kamida bir bosh baland. Yaxshi emas, bilaman, lekin nogironlar aravachasida ekanidan yengil tortdim. Bo‘yi baland erkaklar bilan birga bo‘lish men uchun chinakam muammo. Endi esa olti oy davomida u bilan qamalib yashash fikri meni larzaga soldi.
— Melana! — deya baqirdi otam. — Eshitayapsanmi o‘zi? Ichkarida nima bo‘ldi? Ichkariga kirishga harakat qildim, lekin soqchilar yo‘l qo‘ymadi-ku!
Men chuqur nafas olib, mashina yo‘lagidan o‘tayotgan avtomobillarga tikilgancha, otamga qisqacha tushuntirishni boshladim— rus jinoyat olamining boshlig‘i bilan qanday kelishuvga kelganim haqida. Nikoh shartnomasining faqat asosiy jihatlarini aytaman. Qolganini bilmagani afzal.
Uy oldiga yetib kelganimizda:
— Bu haqda onamga og‘iz ochmaysiz, — dedim. — Va shanba kuni Petrovni umuman ko‘rmaganday harakat qiling.U aytdi — agar nimadir xato bo‘lsa, kelishuv bekor qilinadi.
— Nima deganing bu?
— Demoqchi boʻlganim, agar kimdir — hatto onam ham — men o‘sha qo‘rqinchli ablahga telbalarcha oshiq emasligimni sezib qolsa , biz o‘likmiz..
-1-
Muallif: Neva Altaj
Tarjima qildi: Kim Yein
Kitobning voqealari va suhbatlari to‘la to‘kis tarjima qilindi. Faqatgina ismlarda ba’zi oʻzgarishlar bo‘ldi:
Roman - Yoongi
Nina - Melana.