Painted Scars
Nimadir joyida emas. Yoongi bugun ertalabga muhim uchrashuv belgilanganini aytgani yodimda. Soat to‘qqizdan oshdi hamki, u hamon xonasidan chiqqani yo‘q. Sakkizlar atrofida telefoni jiringlaganini, keyin esa kim bilandir gaplashganini eshitgandim. Oradan o‘n besh daqiqa o‘tib, Valentina nonushta ko‘tarib kirdi va Yoongi uni menga tashlab ketishni tayinlaganini aytdi.
Ehtimol, kirib xabar olganim ma'quldir. Mo‘yqalamni polotno yonidagi kichik likopchaga qo‘yib, qo‘llarimni artdim-da, Yoongining xonasi tomon yuzlandim. Shu payt to‘satdan uning eshigi ochilib qoldi va u aravachasini harakatlantirgancha oshxona tomon yo‘l oldi. Egnida faqat sport shimi, ko‘ksi ochiq, men esa undan ko‘zimni uza olmasdim.
Yoongi yaqinlashib kelayotganimni payqamadi ham. Aksincha, chig‘anoq yonidagi tortmalar tomon yurib, eng ustkigisini titkilashga tushib ketdi. Izlagan narsasini topolmagach, ruschalab nimadirlar deb g‘o‘ldiradi-da, tortmani tars yopib, navbatdagisini ocha boshladi.
— Yordamlashib yuboraymi?
— Yo‘q, — deb jerkib berdi u.
Uning tortma ichidan oq qutichani tortib olgani, ichidan ikkita dori donachasini chiqarib, yutib yuborganini kuzatib turdim. U qutichaga yana bir muddat qarab turgach, qo‘shimcha bitta dori oldi va qutini qaytadan tortmaga uloqtirdi. U muzlatgichdan suv olayotgan paytdan foydalanib, nima ichganini bilish maqsadida yorliqqa ko‘z yugurtirdim. Bu og‘riq qoldiruvchi dori edi. Nihoyat, u aravachasini menga tomon burdi-yu, ahvolini ko‘rib beixtiyor yoqamni ushlab qoldim.
— Ahvolingizni qara, dabdalangiz chiqibdi-ku. — Yuzlari quv o‘chgan, ko‘zlari esa qonga to‘lgandi. — Kechasi bilan umuman uxlamadingizmi deyman?
— Yo‘q hisob.
Men uning ortidan xonasiga kirdim va kiyim xonasiga kirib, aravachasi tizzasiga shim va ko‘ylak tashlab chiqqanini kuzatib turdim.
— Nima qilyapsiz o‘zi?
— Yigirma daqiqadan so‘ng uchrashuvim bor. Iltimos, chiqib tur, kiyinib olishim kerak.
— Bu ahvolda hech qayerga borolmaysiz, Yoongi.
U gapimga e’tibor bermadi. Kiyimlarini yoniga, karavot ustiga qo‘ydi-da, aravachadan o‘rnidan tura boshladi. Ammo qaddini rostlashga uringan zahoti og‘riqdan ingrab yubordi-yu, qaytadan o‘tirib qoldi.
— Jin ursin!
— Demak, yaqin orada kiyim almashtirish rejalari bekor qilinarkan-da, — dedim men. — Qani, karavotga yotishingizga yordamlashib yuboraman.
— Karavot to‘g‘ri kelmaydi. Tizzam qotib qolgan, oyog‘imni yoza olmayapman.
— Divanga nima deysiz? Oyog‘ingizning tagiga biror narsa qo‘yib, kino ko‘rardik.
Roman xuddi aqldan ozgan odamga qaragandek menga tikilib qoldi.
— Kun bo‘yi kino ko‘rib o‘tirolmayman. Boshqarishim kerak bo‘lgan jinoiy imperiyam bor.
— Ha, bugun na to‘g‘ri va na ko‘chma ma’noda biror joyga "chopolmaysiz". Hozirgina og‘riq qoldiruvchi dorining uch baravar dozasini qabul qildingiz, ehtimol, bir soatga qolmay chaqaloqlardek qotib uxlaysiz.
— Jin ursin, — so‘kindi u, keyin yana ruschalab nimadirlar deb g‘o‘ldiradi va boshini chayqadi.
— Hozir nima deganingizni umuman tushunmadim, lekin fikringizga qo‘shilaman. — Bosh irg‘adim. — Uchrashuvni bekor qilish uchun ularga qo‘ng‘iroq qilishing kerakmi?
— Ha. Telefonni ber.
Mehmonxonaga o‘tganimizda, Yoongi amallab divanga joylashib oldi. Men uning oyog‘i ostiga qo‘yish uchun katta yostiqlardan birini oldim, so‘ng xonasiga kirib adyol ko‘tarib chiqdim-da, ustiga yopib qo‘ydim. Yoongi har bir harakatimni ko‘zatib turardi, lekin lom-mim demadi. Menimcha, u atrofida kimdir parvona bo‘lishiga o‘rganmagan. Balki adashayotgandirman, lekin bu g‘amxo‘rlik unga ich-ichidan yoqayotganiga ishonchim komil. Men oshxonaga o‘tib, patnisda qoldirilgan nonushtani ko‘zdan kechirdim. Bu mevali qiyma solingan qandaydir pishiriq edi. Bitta tishlab ko‘rdim. Hali ham issiq — bo‘ladi.
— Kecha tunda bitta kino ko‘rishni boshlagandim, qo‘shilasizmi? Atigi o‘n besh daqiqasini ko‘rdim, xolos. Voqealar qanday boshlanganini tushuntirib yuboraman, — deb qichqirdim muzlatgichdan apelsin sharbati solingan ko‘zani olayotib.
— Yaxshi fikr.
— Biror joydan popkorn topilish ehtimoli bormi? — so‘radim shkafni ocharkanman.
— Dargumon.
— Pastki qavatdagi oshxonada-chi? Kinoni popkornsiz ko‘rib bo‘lmaydi axir.
— Xabarim yo‘q. Varyaga telefon qilib, o‘zidan so‘ra.
Men nonushta solingan patnisni ko‘tarib kelib, divan qarshisidagi pastak stolga qo‘ydim va Yoongiga yuzlandim:
— Juda ko‘p joyni egallab olibsiz. Boshingizni ko‘tarsangiz-chi, iltimos.
— Bugun buyruq berishni rosa yoqtiryapsan-a, — dedi u, lekin baribir tirsaklariga tayanib qaddini biroz ko‘tardi. Men uning boshi turgan joyga o‘tirdim-da, oyoqlarimni stol ustiga tashlab, tizzamga urib ishora qildim. Yoongi sekin-asta yana pastga enshib, boshibi tizzamga qo‘ydi. So‘ng Varyaning raqami terilgan telefonini menga uzatdi.
*
Yoongi.
Bu yog‘ini eshitishni intizorlik bilan kutyapman.
— Varya, uzr, seni ishingdan chalg‘itmadimmi? — dedi Melana telefonga mayin ovozda. — Sizlarda mabodo popkorn topilmaydimi?
Varyaning nima deb javob berganini eshitmadim, lekin uning qanday ahvolga tushganini tasavvur qila olaman. Ishonchim komilki, bu uyda hech kim hech qachon popkorn ko‘rmagan. Garajimizda bombalar, yashik-yashik granatalar va bir tonna o‘q-dorilar bor. Ammo popkorn — yo‘q.
— Ha, popkorn... Shunchaki, yegani. Biz kino ko‘rmoqchi edik. — U Varyaning javobini tingladi. — "Biz" deganda kimni nazarda tutyapman? Men va Yoongini. — Yana biroz sukunat cho‘kdi. — Ha, Varya, men jiddiyman... Yo‘q, shart emas... Men... Xo‘p, rahmat.
U telefonni stol ustiga qo‘ydi-da, menga qarab burningi jiyirdi.
— Popkorn yo‘q ekan, lekin u bizga yer yong‘oq olib kelarmish. Ularni yomon ko‘raman, lekin Varya bu yerga kelishga juda ishtiyoqmand.
Albatta-da.
Oradan besh daqiqa ham o‘tmay eshik taqilladi. Varya mehmonxona tomon kela boshladi-yu, yarmiga yetganda bizni ko‘rib taqqa to‘xtadi. Uning nigohlari divanda adyol ostida yotgan menga, so‘ng Melananing tizzasida yotgan boshimga tushganida, hayratdan qoshlari tepasiga chiqib ketdi. Keyin u yaqinlashib, stol ustiga bir kosa yer yong‘oqni qo‘ydi va yana bir bor menga sinchkovlik bilan qaradi. Uning ko‘zlari Melananing sochlarim orasiga g‘arq bo‘lgan, bir tutam sochim bilan o‘ynashayotgan barmoqlariga qadalib qolgandi.
— Buning uchun o‘zim pastga tushsam ham bo‘lardi, — dedi Melana.
— Qo‘ysangiz-chi . Sizlarga yana biror emas kerak emasmi?
— Tushlikni shu yerda qilsak bo‘ladimi? Demoqchimanki, keyinroq. Yoongi yaqin orada bu divandan jilmasa kerak.
Varya menga bir qarab qo‘yib, tirjaydi:
— O, bunga ishonchim komil.
Varya chiqqach, Melana suyandi-da, kinoni qo‘ydi. U menga bo‘lgan voqealarni tushuntirayotgan edi, lekin men uning gaplariga e’tibor bermasdim. Buning o‘rniga ko‘zlarimni yumib, uning sochlarimni silayotgan qo‘llari taftidan zavqlanardim. Og‘riq qoldiruvchilar o‘z kuchini ko‘rsata boshladi — hozir turib xonamga ketishim yoki hech bo‘lmasa qaddimni rostlab o‘tirib olishim ham mumkin edi. Ammo men joyimdan qimirlamadim, Ninaning kinodagi qotillik qanday sodir bo‘lganini mayda-chuydasigacha tasvirlayotgan ovozini eshitgancha, uyquga ketdim.
— Senga hassalarni olib kelmayman, Yoongi.
Men divanda o‘tirgan ko‘yi Melanaga tikildim va tishlarimni g‘ijirlatdim. Butun tongni va tushdan keyingi vaqtimizning anchasini mehmonxonada yonboshlab o‘tkazdik. Men hatto ikki soatcha uxlab olishga ham ulgurdim, tizzam esa ancha yaxshi.
— Melana !
— Yoongi.
— La’nati hassalarni olib kel. Iltimos.
— Bugun sizga hassa yo‘q, — dedi u va aravachani men tomonga surib qo‘ydi.
— Haddingdan oshayapsan, — dedim zarda bilan.
— Qo‘lingizdan kelganini qil.
Men so‘kingancha, o‘sha la’nati aravachaga o‘tirdim va yotoqxonamga yo‘l oldim. Dush qabul qilib, kiyimlarimni almashtirgach, noutbukimni oldim-da, yana mehmonxonaga qaytdim. Tan olishni xohlamasdim-u, lekin tizzamda hamon achishish va sanchiq bor edi. Aravachada o‘tirish barbir osonroq; modomiki shunday ekan, biroz ishlashga qaror qildim.
— Ish xonasiga ketyapman, — dedim eshik tomonga ishora qilib. — Yur, yo‘l-yo‘lakay senga uyni aylantirib chiqaman.
U ortimdan sharqiy yo‘lak bo‘ylab yurdi, men esa biz o‘tayotgan har bir eshikni ko‘rsata boshladim.
— Bu ikkinchi ish xonasi, men undan foydalanmayman. Mana bu ikkita mehmonxona, qulflangan. Bu esa trenajyor zali. Har kuni ertalab shu yerda shug‘ullanaman, haftada uch marta fizioterapevtim keladi.
— Nega mehmonxonalarni qulflab qo‘ygansiz? Biror kim kelib qolsa, nima qilasiz?
— Men uyimga odamlarni yotib qolishga taklif qilmayman. Bu xavfsizlik nuqtayi nazaridan xatarli. — Biz zinapoyaning yuqori qismida to‘xtadik. Men g‘arbiy qanotga cho‘zilgan yo‘lakka ishora qildim.
— Yigitlarimning xonalari o‘sha yerda. Kimdir shubhalanib qolmasdan u yerga yashirin eshitish moslamalarini o‘rnatishi juda qiyin. — Lift bizni birinchi qavatga tushirdi va men uyning "ishbilarmonlik" qismi tomon o‘ngga burildim.
— Dam olish xonasi. — Men yigitlarim foydalanadigan keng yashash maydonini ko‘rsatib, katta qo‘sh tabaqali eshiklarga ishora qildim. — O‘ng tomonda Leonidning ish xonasi.
— U nima ish qiladi?
— Leonid rasman moliya bo‘yicha mas’ul, lekin aslida barcha ishni Kostya va Ivan bajaradi. Mixail esa tarqatish va boshqa ba’zi narsalar bilan shug‘ullanadi. Uning uyda ham, omborxonalardan birida ham o‘z idorasi bor, shuning uchun bu yerda kam bo‘ladi.
— Mixail — o‘sha ko‘ziga qora bog‘ich taqib olgan barvasta yigitmi?
Men bir lahza to‘xtab, Melananing bilagidan tutdim va uni o‘zimga qaratdim.
— Mixail bilan sodir bo‘lgan voqea — bu shaxsiy masala. Iltimos, bu haqda u-bu yoqdan so‘rab yurma.
— Xo‘p.
— Yana bir narsa. Mixail atrofingda bo‘lganida, ehtiyot bo‘l, unga bexosdan tegib ketma. U... birovning qo‘li baduniga tegishini xushlamaydi.
Melananing ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi, lekin ortiqcha savol bermay, shunchaki bosh irg‘adi.
— Yaxshi. Mana bu eshik yerto‘laga olib boradi. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, u yerga tushmaysan, — dedim men.
— Nega?
U yerda odatda odamlarni qiynashimizni unga aytish xayolimga ham kelmadi.
— Shunchaki mumkin emas.
— Siz allaqachon... bilasiz-ku? — u barmog‘i bilan qulog‘iga ishora qildi.
— Maksim bu bilan shug‘ullanib bo‘lgan.
— Uning lavozimi qanaqa?
— U mening o‘rinbosarim. Dmitriy u bilan birga ishlaydi, lekin asosan xavfsizlikka javob beradi.
— Qolganlar-chi?
— Pavel klub ishlari bilan shug‘ullanadi. Anton va Yuri oddiy askarlarni boshqaradi. Sergey — anavi uzun bo‘yli, sarg‘ish sochli yigit — muzokaralar va ko‘chmas mulk, ijara kabi qonuniy bitimlarimizga mas’ul. U bu yerga juda kam keladi, lekin kelganida undan uzoqroq yurishga harakat qil. Uning o‘ziga yarasha "muammolari" bor.
— Hamma o‘zicha g‘alati,Yoongi
— Sergeyga o‘xshab emas. Menga ishonaver. Undan nari yur.
— Ularning hammasi shu yerda yashashadimi?
— Kecha oqshom sen ko‘rgan barcha yigitlarning yuqori qavatda o‘z xonalari bor, lekin faqat Leonid, Pavel, Kostya va Ivan doimiy shu yerda qolishadi.
— Xizmatchilar-chi? Masalan, oqsochlar?
— Valentina va Olganing xonalari oshxona joylashgan narigi tomonda. Varyaning ham u yerda kichik bir xonadoni bor. Qolganlar har oqshom uylariga ketishadi.
— Varya uy boshqaruvchingizmi?
— U eski "paxan"ning uy boshqaruvchisi edi. Jilovni qo‘limga olganimda, uni umrining oxirigacha yetadigan mablag‘ bilan ta’minlab qo‘ydim, shuning uchun u endi ishlashga muhtoj emas. Lekin u ketishni xohlamadi. Hali ham xohlamaydi. Shuning uchun unga uydagi ishlarni boshqarishiga ruxsat berdim; bu uni baxtli qiladi.
— Sizni tark etishni xohlamaydi, demoqchisiz-da.
Ko‘zlaridan ko‘rinib turibdi — u yana ko‘p narsani so‘ramoqchi, lekin so‘ramaydi. Men ham o‘zimcha gap boshlamayman. Ba’zi narsalar aytilmagani ma’qul.
— Bu Maksimning ish xonasi, keyingisi esa Dmitriyningki. — Men o‘ng tomondagi eshiklarga ishora qildim. — Kostya va Ivan bitta xonadan foydalanishadi, Leonidning xonasi yonidagi eshik. Meniki esa yo‘lakning eng oxirgisida. Agar yuqorida bo‘lmasam, demak, shu yerdaman. Har ehtimolga qarshi, keyinroq senga Maksim va Dmitriyning telefon raqamlarini berib qo‘yaman.
— Oshxonani ko‘rsak bo‘ladimi?
— Agar shunchalik xohlayotgan bo‘lsang.
— Unchalik istamayotganga o‘xshaysan. Oshxonaning nimasi yomon?
O‘sha la’nati oshxonaning hamma narsasi yomon.
— O‘zing ko‘rasan.— Ularning hammasi shu yerda yashashadimi?
— Kecha oqshom sen ko‘rgan barcha yigitlarning yuqori qavatda o‘z xonalari bor, lekin faqat Leonid, Pavel, Kostya va Ivan doimiy shu yerda qolishadi.
— Xizmatchilar-chi? Masalan, oqsochlar?
— Valentina va Olganing xonalari oshxona joylashgan narigi tomonda. Varyaning ham u yerda kichik bir xonadoni bor. Qolganlar har oqshom uylariga ketishadi.
— Varya sening uy boshqaruvchingmi?
— U eski "paxan"ning uy boshqaruvchisi edi. Jilovni qo‘limga olganimda, uni umrining oxirigacha yetadigan mablag‘ bilan ta’minlab qo‘ydim, shuning uchun u endi ishlashga muhtoj emas. Lekin u ketishni xohlamadi. Hali ham xohlamaydi. Shuning uchun unga uydagi ishlarni boshqarishiga ruxsat berdim; bu uni baxtli qiladi.
— Seni tark etishni xohlamaydi, demoqchisan-da.
Ko‘zlaridan ko‘rinib turibdi — u yana ko‘p narsani so‘ramoqchi, lekin so‘ramaydi. Men ham o‘zimcha gap boshlamayman. Ba’zi narsalar aytilmagani ma’qul.
— Bu Maksimning ish xonasi, keyingisi esa Dmitriyningki. — Men o‘ng tomondagi eshiklarga ishora qildim. — Kostya va Ivan bitta xonadan foydalanishadi, Leonidning xonasi yonidagi eshik. Meniki esa yo‘lakning eng oxirgisida. Agar yuqorida bo‘lmasam, demak, shu yerdaman. Har ehtimolga qarshi, keyinroq senga Maksim va Dmitriyning telefon raqamlarini berib qo‘yaman.
— Oshxonani ko‘rsak bo‘ladimi?
— Agar shunchalik xohlayotgan bo‘lsang.
— Unchalik istamayotganga o‘xshaysiz. Oshxonaning nimasi yomon?
O‘sha la’nati oshxonaning hamma narsasi yomon.
— O‘zing ko‘rasan.
Melana.
Biz oshxonaning ochiq eshiklari qarshisiga kelganimizda, ichkarida qandaydir ulkan metall buyum taraqlab yerga tushdi. Bir soniyalik sukunatdan so‘ng, shunday baland va bo‘g‘iq hayqiriq eshitildiki, men beixtiyor seskanib ketdim. Ichkariga kirganimizda, o‘zimni xuddi telbalar uyiga tushib qolgandek his qildim.
Boshiga bandana bog‘lab, oq fartuk taqib olgan, oltmish yoshlardagi soqolli haybatli kishi qo‘llarini beliga qo‘ygancha, ruscha so‘kinishlar bilan bor ovozda baqirardi. U unchalik baland bo‘yli emas, lekin gavdasi yuk mashinasiday kelardi. Oyog‘i ostida esa ag‘darilib yotgan ulkan sho‘rva qozoni va yerga to‘kilgan suyuqlik yaltirab ko‘rinardi. Valentina va yana ikki ayol — chamasi Olga va Galina — oshxona bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa yugurishar, lattalar ko‘tarib kelib, yerdagi sho‘rvani artish uchun tiz cho‘kishardi. Bu vaqtda esa oshpaz sho‘rva ko‘lmagining o‘rtasida qilt etmay turardi. Yo‘lakning narigi chetida, muzlatgich yonida turgan Varya esa oshpazga barmog‘ini bigiz qilib, u ham ruschalab baqirardi.
O‘ng tomondagi burchakda, kichikroq ovqatlanish stoli atrofida Kostya va Dmitriy kofe ichib, nimadir haqida xotirjam bahslashib o‘tirishardi. Ularning ortida bo‘layotgan bu "baqir-chaqir jangi"ga zarracha ham e’tibor berishayotgani yo‘q edi.
Hech kim bizning kelganimizni payqamadi ham.
— Bu yerda doim shunaqami? — deb pichirladim.
— Deyarli har doim.
Yer artayotgan ikki ayol o‘zaro janjallashib ketishdi. Ulardan biri lattani sherigiga qarab otdi-da, chig‘anoq tomonga qarab ketdi.
— Ular to‘g‘ri sizning yotoqxonangiz tagida-ku. Qanaqasiga ilgari hech narsani eshitmaganman? — deb so‘radim hayrat bilan.
— Oshxonani ovoz o‘tkazmaydigan qilib qo‘yganman.
— Aqlli qaror, — deb bosh irg‘adim, hamon bu tartibsizlikka lol bo‘lib qarab turarkanman. — Balki ularni o‘z hollariga qo‘yarmiz-a?
Yoongi atrofga bir nazar tashladi-da, yonidagi metall peshtaxta ustida turgan qalin taxtani olib, bor kuchi bilan stolga urdi. Xona bo‘ylab yangragan qattiq ovozdan men ham sakrab tushdim. Hamma taqqa to‘xtadi.
— Bu Melana, — dedi Yoongi. — Mening rafiqam.
Men jilmayib, barchasiga qarab qo‘l silkidim.
— Melana Grey! — deyishdi ular bir ovozdan va baravariga bosh egishdi.
— Yo‘q, menga shunchaki Melana deb murojaat qilaversangiz bo‘ladi.
— Yo‘q, bo‘lmaydi! — deb o‘shqirdi Yoongi.
— Azizim!
— Gap tamom.
— Juda qattiqqo‘lsiz-da, Yoongi, — deb biroz labimni burishtirdim, so‘ng oshxona xodimlariga yuzlandim. — Shunaqa, to‘g‘rimi?
Ularning hammasi menga xuddi bir g‘alati qizga qaragandek tikilib qolishdi. A’lo darajada. Yoongiga o‘girildim:
— Shu yerda qolsam maylimi?
— Ishonching komilmi?
— Ha.
— Mayli, unda. Men ish xonamda bo‘laman.
— Keyinroq oldingizga o‘taman. — Men uning yuzidan shoshib o‘pib qo‘ydim.
*
Oradan o‘n daqiqa o‘tgach, men burchakdagi stolga o‘tirgancha, oshpaz Igor bilan nonushta haqida gaplashishga urinardim. U faqat ruscha gapirardi, shuning uchun Varya tarjimonlik qilardi. Ammo suhbatimiz unchalik qovushmayotgan edi.
— Igorning o‘ylashicha, bugun ertalabki pirojkilari senga yoqmagan, — dedi Varya. — Agar ovqati senga ma’qul kelmaganini "Paxan" eshitsa, uni ishdan haydaydi yoki undan ham battarroq jazo beradi deb qo‘rqyapti.
Xudoyim-ey! Shu topda peshonamni stolga urib-urib olgim keldi. Buning o‘rniga shirin jilmaydim:
— Pirojkilarni juda yoqtirdim. Mazasi og‘zimda qoldi, buni Yoongiga albatta aytaman. Hattoki qanday tayyorlanishini ham o‘rganmoqchiman. Faqat, iltimos, nonushtaga biroz yorma (seryal) ham olsam bo‘ladimi?
Varya gaplarimni tarjima qilgan edi, Igorning yuzi yorishib ketdi. U nimadirlar deb vaysab, qo‘llari bilan ishora qilgancha o‘rnidan sapchib turdi. Men uning ortidan oshxona orolchasi tomon yurdim. U boshimdan fartuk kiydirdi-da, shkafdan masalliqlarni chiqara boshladi. Varyaga "nimalar bo‘lyapti?" degandek yalt etib qaradim, u esa shunchaki kulib, boshini chayqadi.
Yoongi.
Leonid va Kostya bilan hisob-kitoblarni yakunlab, soatimga qaradim. Kechki soat yetti bo‘lib qolibdi; tushdan keyingi vaqtim uchrashuvlar va qolib ketgan hujjatlar bilan shunchalik tez o‘tib ketibdiki, sezmay ham qolibman.Melana nima qilyapti ekan, deb o‘ylab qoldim. Kelaman degan edi, lekin kelmadi. Nega bunday qilganini bilmayman-u, lekin bu holat menga tinchlik bermayotgan edi.
—Yoongi, bu o‘yinni qachongacha davom ettirmoqchisan? — Men qarshimda, stolning narigi tomonida o‘tirgan Leonidga qaradim.
Kostya allaqachon ketgan, xonada faqat ikkimiz qolgandik.
— Qanaqa o‘yinni?
— Bu nikohni-da. Hatto cherkovda ham nikohdan o‘tmadinglar. Odamlar gap-so‘z qilishadi...
— Yo‘q, qilishmaydi.
— Qayerdan bilasan?
— Chunki men ularni o‘chirishni bilaman, Leonid. Xuddi otamni o‘chirganimdek. — Men boshimni bir tomonga qiyshaytirdim. — O‘sha tun yodingdami?
U taranglashib qoldi, miq etmadi, lekin bo‘ynidagi tomirlari tipirchilab urayotganini payqadim. Ha, u o‘sha tunni juda yaxshi eslaydi.
— Agar boshqa savoling bo‘lmasa, chiqishing mumkin. — Eshik tomonga ishora qildim.
U o‘rnidan turdi-da, xonamdan chiqib ketdi.
Oxirgi oylarda Leonid o‘zini g‘alati tuta boshladi. U hamisha dangasa, hamma ishni boshqalarga qildirib, rahmatini o‘zi eshitishni yaxshi ko‘radigan nusxa edi. Oxirgi paytlarda esa Kostyaning vazifalarini ham o‘z zimmasiga olishga urinyapti. Portlashga ham aynan uning aloqasi bor deb shubha qilishimga asosiy sabab shu. Isbotim bo‘ladimi-yo‘qmi, tez orada u bilan bir yoqlama qilishim kerak. Hozir esa mitti rafiqam butun kunini qanday o‘tkazganini bilishga intizorman, shuning uchun Varyaga qo‘ng‘iroq qildim.
— U qayerda?
— Hamon oshxonada, — dedi Varya kulimsirab.
— Shu vaqtgacha u yerda nima qilyapti?
— Kelib o‘zingiz ko‘ring.
Aravachamni uzun yo‘lak bo‘ylab haydab, oshxonaga kirdim. Melana ish stoli yonida turgancha, dumaloq xamir bo‘laklarini katta tovaga joylar, Igor esa uning ortida nazorat qilib turardi. Egnida fartuk bo‘lsa ham, pushti to‘rli ko‘ylagi va jinsi shimi unga belangan. Sochlari tartibsiz to‘zg‘igan, chap yuzida esa murabbo izi ko‘rinardi.
— Igor unga pirojki pishirishni o‘rgatyapti, — dedi Varya yonimga kelib. — Bu ularning uchinchi partiyasi.
— Igor faqat ruscha gapirsa. Qanaqasiga o‘rgatyapti?
— Bilmasam. Igor nima qilishni aytadi, Melana xato qilsa — baqiradi.
Men hayrat bilan Varyaga qaradim:
— U mening xotinimga baqirdimi?
— Melana unga ko‘proq baqirdi.
— Nega?
— Xullas,Melana birinchi partiyani kuydirib qo‘ygani uchun Igor baqirdi. Igor esa pechda qancha turishini aytmagani uchun Melana baqirdi. Ikkalasi ham bir-birining nima deb baqirayotganini tushunmaydi. Juda qiziq tomosha bo‘lyapti.
Biz eshik oldida turib ularni kuzatdik.
— Ikkinchi partiya nima bo‘ldi? U ham kuydimi? — deb so‘radim.
— Ikkinchisi juda zo‘r chiqdi. Pechdan olishlari bilan yigitlar tushlikka kelib qolishdi. O‘tgan-ketgan bittadan-ikkkitadan oldi-yu, besh daqiqada hammasi tugadi. — U kulib yubordi. — Voy, Melanani shunaqa jahli chiqdi-ki!
— Nega? Hammasini o‘zi yemoqchi bo‘libdimi?
Varya menga qarab, xuddi qaymoq yegan mushukdek ayyorona va mamnun jilmaydi:
— Yo‘q,Yoongi. U yigitlar senga bitta ham qoldirishmagani uchun g‘azabda edi.
Shu payt Melana boshini ko‘tardi, nigohlarimiz to'qnashdi va u menga qarab jilmaydi. Xuddi qora bulutlar ortidan quyosh chiqib, o‘z tafti bilan meni isitgandek bo‘ldi. Birdaniga bularning hammasi shunchaki o‘yin emas, haqiqat bo‘lishini xohlab qoldim. Uning poshnasining taqillashi ulkan oshxonada aks-sado berib, menga yaqinlashdi.
— Sening pirojkilaringni yeb qo‘yishdi, — dedi u qo‘llarini beliga qo‘yib.
Jahli chiqqanida shunaqangi shirin bo‘lib ketadi-ki... Men unga tomon egilib, bir qo‘lim bilan belidan, ikkinchisi bilan tizzasi ostidan mahkam tutdim. Uni ko‘tarib, tizzamga o‘tqizdim.
U "voy" deb yubordi va qo‘llarini bo‘ynimga chirmadi.
— Ko‘ylagingizni un qilib yubordim.
— Menga farqi yo‘q, — dedim-da, aravacha g‘ildiraklarini tutdim. — Mahkam ushla.
Uning ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi, lekin qo‘llarini bo‘ynimga yanada mahkamroq o‘radi.
— Varya, eshikni ochib yuboring, — deb ortimga qarab qichqirdim va aravachani yo‘lak tomon burdim.
Melananing oyoqlari aravachaning chetida osilib turgani uchun o‘ng g‘ildirakni boshqarish biroz qiyinroq edi, lekin men buni uddaladim. Biz yo‘lakni kesib o‘tib, liftga kirdik. U yo‘l bo‘yi yuzini bo‘ynimga bosgancha telbalarcha kulardi va bu kulgi menga la’nati darajada yoqimli tuyulardi.
Liftdan chiqqanimizda kayfiyatim bir lahzada buzildi. Zinapoyaning yuqori qismida Leonid turar va bizga sinchkov, sovuq nigoh bilan qarab turardi. Men unga e’tibor bermasdan, Melanani xonamiz eshigi oldiga olib bordim.
— Sayohat uchun rahmat, — dedi Melana qiqirlab va eshikni ochish uchun o‘rnidan turdi.
— Har doim tayyorman, kichkintoyim (malish).
Ichkariga kirgach, ortimdan eshikni yopdim.
— Kel, gaplashib olishimiz kerak.
— Tinchlikmi?
— Balki. Bor, kiyimlaringni almashtirib ol, men seni oshxonada kutaman.
Melana.
Dush qabul qilib, toza kiyimlarni kiyib oshxonaga kirganimda,Yoongini muzlatgichni titayotgan holatda ko‘rdim. U ham kiyimlarini almashtiribdi: jinsi shim va keng yelkasiga yopishib turgan oq futbolka kiyib olgan edi. Unga tikilib qolmaslikning iloji yo‘q edi.
— Tizzangiz qalay? — dedim unga mahliyo bo‘lib qolishdan o‘zimni to‘xtatib. U yana hassalariga tayanib olgan edi, demak, o‘zini yaxshiroq his qilyapti.
— Asliga qaytdi, — dedi u muzlatgichni yoparkan. — Yoki bir necha kun oldingi holatiga. Ertaga fizioterapevtimga qo‘ng‘iroq qilib, vaqtni belgilashim kerak. Bugungi mashg‘ulotni bekor qilishga majbur bo‘ldim.
Uning yoniga borib to‘xtadim. Tanamdagi uning haybatiga nisbatan beriladigan ahmoqona reaksiyani yengdim deb o‘ylagan edim, lekin tirsagim bexosdan unga tegib ketganida, beixtiyor seskanib tushdim.
— Uzr, — deb pichirladim va ko‘zlarimni yumdim. O‘zimdan g‘azablanib ketdim, bu holatdan nafratlanaman. Shu payt Yoongining qo‘li belimdan tutganini his qildim va keyingi lahzada o‘zimni oshxona peshtaxtasi ustida o‘tirgan holda ko‘rdim.
— Har safar bunday qilishing shart emas, — deb xo‘rsinib qo‘ydim. — O‘zim ham o‘tira olardim.
— Bu ahmoqona gap. Oyog‘ingiz og‘ridimi?
— Senga buni aytishdan afsusdaman, Melana, lekin sen juda kichkinasan. Oyog‘im butunlay sog‘lom.
— Sening yoningda hamma kichkina bo‘lib ko‘rinadi, — deb ko‘zlarimni suzdim va hazillashib yelkasiga urib qo‘ydim. — Fizioterapiya yordam beryaptimi?
— Ha, lekin juda sekin. Hassada yurishni o‘rganishim uchun ikki oy ketdi. Og‘riqsiz yurish uchun yana bir oy. Uorrenning aytishicha, yana ikki haftalardan keyin xassatayoqni sinab ko‘ramiz.
U yonimga kelib, sharbat quyishga kirishdi.
— Undan keyin-chi?
U darrov javob bermadi, go‘yo bor e’tiborini sharbatga qaratgandek edi.
— Tizzam juda dabdala bo‘lgan. Tayoqcha — bu men erishishim mumkin bo‘lgan eng yuqori natija.
Uning ko‘zlarimga qaramayotganidan bildim-ki, bu natija unga mutlaqo yoqmayapti.
— Tayoqcha bilan juda jozibali ko‘rinasan, Yoongi.Xuddi aristokratlardek.
Uning nigohlari yalt etib menga qaradi va lablarida tabassum yugurdi.
— Hozir jozibali emasmanmi?
"O, qanchalik darajada ekanini tasavvur ham qilolmaysan", degim keldi-yu, lekin shunchaki kulib qo‘ya qoldim.
— Maqtov kutyapsizmi, Paxan? Xudoyim, shunchalik ham xudbin bo‘lasizmi? — Uni turtib qo‘ydim, ikkalamiz ham kulib yubordik. Kulgi tingach, mavzuni o‘zgartirdim. — Nimadir haqida gaplashmoqchi edingiz.
— Ha. Birinchi navbatda Leonidning xonasiga josuslik moslamasi o‘rnatishing kerak. Ish xonasiga ham, lekin yotoqxonasi — asosiy vazifa.
— Xo‘p. Uning xonasiga qanday kiraman? U ishlayotgan paytda bildirmay kirib olsam bo‘ladimi?
— Atrofda doim kimdir bo‘ladi — yo xizmatchilar, yo yigitlar. — Yoongi sog‘lom oyog‘iga tayanib, peshtaxtaga suyandi. — Buni o‘ylab ko‘rishim kerak.
— Agar xatoga yo‘l qo‘ysam-chi?
— Qo‘ymaysan. — U xuddi yuzimni silamoqchidek qo‘l cho‘zdi-yu, lekin fikridan qaytib, ortiga o‘girildi. — Ota-onangga turmushga chiqqanimizni aytdingmi?
Etim uvishib ketdi. — Hali yo‘q. Aytishim shartmi?
— Ha.
— Jin ursin. Oyim meni so‘yadi. U doim: "Agar seni oladigan biror aqldan ozgan topilsa, dabdabali to‘y qilib beraman", deb niyat qilardi. Balki shunchaki xabar yozib yuborarman?
Yoongining jag‘ mushaklari o‘ynab ketdi. U burnimiz tegib ketishiga bir bahya qolguncha menga yaqinlashdi:
— Onangga turmushga chiqqaningni SMS orqali aytolmaysan, Melana . Ularga qo‘ng‘iroq qilasan va otang bilan birga kechki ovqatga taklif qilasan.
— Shu yerga-mi? — deb ko‘zlarimni pirpiratdim. — Ularni bu yerga chaqirolmayman. Oyim qurollangan yigitlarni ko‘rsa, meni mafiyaga turmushga chiqdi deb o‘ylaydi!
Yoongining qoshlari hayratdan tepaga ko‘tarildi:
— Va onang haq bo‘ladi.
— Ha, lekin shu kichkina tafsilotni aytmay qo‘ya qolaylik? Burnimga sirg‘a taqqanimni ko‘rib, daxshatga tushgan edi u. Mening onam o‘ta konservativ, hatto sochiqlarini ham dazmollaydi. Jinoiy to‘daga turmushga chiqqanimni qanday qabul qilishini tasavvur qilolmayman.
U kulib, boshini chayqadi. — Unda restoranga boramiz.
Yoongi.
Kutilganidek, Melananing kutilmaganda, o‘zlari tanimagan odamga turmushga chiqqani onasini shok holatiga tushirdi. Biroq, tushlik davomida menga tashlayotgan nigohlaridan bildim-ki, uni qizining begona odamga turmushga chiqqanidan ko‘ra, mening aravachada o‘tirganim ko‘proq tashvishga solmoqda.
— Homiladormisan, Melana? — deb so‘radi u keks yeyayotib, go‘yo oddiy gapdek.
Yonimda o‘tirgan Melana vinosiga tiqilib qoldi.
— Tavba qildim, oyi! — dedi u o‘ziga kelib. — Albatta yo‘q. Biz bir hafta oldin tanishdik.
— Lekin buning ustida ishlayapmiz, — deb gapga aralashdim va Melananing qo‘lidan tutdim. — Shunday emasmi, azizam?
Melana menga qarab ko‘zlarini pirpiratdi, so‘ng jilmayib, meni o‘pib qo‘ydi: — Albatta!
Melananing otasi esa stolning narigi chetida miq etmay o‘tirar, butun oqshom davomida ko‘zlarimga qaramaslikka harakat qilardi. Nigohimiz to‘qnashib qolsa, darrov chetga qarar va titrayotgan qo‘llarini stol ostiga yashirardi. Menga ham Samuel Grey yoqmaydi va bu uning pullarimni o‘g‘irlagani bilan bog‘liq emas. U mening kimligimni juda yaxshi biladi, shunga qaramay, o‘z jonini qutqarish uchun qizini menga berib yubordi. Inson degan nomga loyiq bo‘lmagan naqadar achinarli maxluq.
Shu payt stol ustidagi telefonim jiringladi — Pavel qo‘ng‘iroq qilayotgan edi. Soat olti, klublar hali ochilmagan, demak, bu ish yuzasidan emas. Go‘shakni ko‘tardim.
— Paxan. Muammo bor.
Albatta-da. — Eshityapman.
— Ukrainlar keldi. Shevchenko shartlarni qaytadan ko‘rib chiqmoqchi.
— Sergeyga bog‘lanishini ayt. Bu uning vazifasi.
— Ular bugun uchrashishgan, Shevchenko u bilan ortiq gaplashmoqchi emasligini aytyapti. — Narigi tomonda sukunat cho‘kdi, so‘ng: — Sergey uning qo‘lini chopib tashlamoqchi bo‘libdi.
— Ajoyib. — Burnim ustini qisib, xo‘rsinib qo‘ydim. — Qayerdasizlar? "Ural"dami?
— Ha.
— Yigirma daqiqada u yerda bo‘laman.
Telefonni cho‘ntagimga soldim va Melanaga yuzlandim. — Ketishim kerak. Dmitriy shu yerda qoladi, ishlaringni tugatganingizdan keyin seni uyga olib boradi.
— Hammasi joyidami? — deb so‘radi u.
— Ha. — Men uning yuzidan o‘pdim va onasining bizga qarab turganini ko‘rib, qo‘shib qo‘ydim: — Jozibaliroq kiyim kiyib, meni kutib tur. Ko‘p qolib ketmayman.
Nina
Yoongi aravachasini devor yonida turgan Dmitriy tomon haydab borishini ko‘zatib qoldim. Ular past ovozda gaplashishdi va Yoongi chiqib ketdi. Nimadir bo‘ldimi? Ovozi juda jiddiy eshitildi.
— To‘g‘ri ish qilganingga ishonching komilmi, Melana? — deb so‘radi onam.
Unga o‘girildim. — Nima demoqchisiz?
— Ikki kun ichida bu odamga turmushga chiqishingni aytyapman. — U menga ham achinish, ham g‘azab bilan qaradi. — Aslida hayron qolmasligim kerak, doim bilganingdan qolmasding, lekin baribir...
Ko‘zlarimni suzdim. — Bu odamning ismi bor. Biz bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz. Kutishdan nima naf?
— Uni nega yoqtirib qolganingni tushunaman. Yoshi kattaroq, boy, madaniyatli. Juda kelishgan.
— Ana ko‘rdingizmi. — Jilmayib, stulga suyandim. — Orzuingiz ushaldi. Men sizni xursand bo‘ladi deb o‘ylagandim.
— U nogironlar aravachasida,Melana.
— Zara! — deb pichirlab qichqirdi otam stolning narigi tomonidan va eshik oldida turgan Dmitriyga qarab qo‘ydi. — O‘chir ovozingni.
— Meni to‘xtatma, Samuel. Men qizimga eng yaxshisini xohlayman va xavotir olishga haqqim bor.
— Xavotirlaringiz o‘zingizga buyursin, oyi, — dedim zarda bilan.
Onam stolga tomon egildi: — Unga nima bo‘lgan? Avtohalokatmi?
— Ha. — Salfetkani tarelka ustiga tashladim. — Bir necha oy oldin oyog‘idan jiddiy jarohat olgan. Qiziqishingiz qondirildimi?
U tishlarini g‘ijirlatib, qisiq ko‘zlari bilan menga tikildi. — U yurib keta oladimi?
Onamga hayrat bilan qaradim: — Hozirgina aytdim-ku. Men uni sevganim uchun turmushga chiqdim. Buning nima ahamiyati bor? Bu gaplar og‘zimdan naqadar oson va tez chiqib ketayotganidan o‘zim ham hayratda edim.
— Nima uchun deysanmi? — U ko‘zlarini katta ochib, otamga o‘girildi. — Nega indamayapsan? Samuel, sen buni bilarmiding?
— Zara, Xudo xayringni bersin, bas qil.
Onam otamning gapiga umuman e’tibor bermadi. — Bu qandaydir isyonmi, Melana? Yana biror injiqligingmi?
Bo‘ldi. Sabr koshonam to‘ldi. Telefonimni stol ustidan oldim-da, ota-onamni stol atrofida qoldirib, chiqish eshigi tomon yurdim.
-5-
Muallif: Neva Altaj
Tarjima qildi: Kim Yein
Kitobning voqealari va suhbatlari to‘la to‘kis tarjima qilindi. Faqatgina ismlarda ba’zi oʻzgarishlar bo‘ldi:
Roman - Yoongi
Nina - Melana.