Ashfall
2-Bob
Yomg‘ir hamon o‘z so‘zini aytar, Hanyang ko‘chalari xira loyqa daryoga aylangandi. Gyeongbokgung saroyining baland devorlari ortida esa tabiatning bu isyoni sezilmas, bu yerda butunlay boshqacha — mulozimlar orasida ovozsiz bo‘ronlar hukm surardi.
Yosh qo'mondon otidan tushib, jilovni soqchilarga tutqazdi. Uning qora doposidan chakillab suv tomar, biroq qadamlari saroyning uzun yo‘laklarida qat’iy aks-sado berardi. U to‘g‘ri qirolning shaxsiy xonasi tomon yurib borardi.
Uning doimgidek yuzida hech qanday ifoda aks etmasdi. Ammo ich-ichidan, g‘alati bir bezovtalik uni tark etmasdi. Miyasining qaysidir burchagida bozordagi o‘sha manzaralar — ezilgan somon kavush, loyqa ko‘lmak, bolaning yig‘isi va eng asosiysi... o‘sha qizning olov kabi yonib turgan qora ko‘zlari aylanardi.
> *"Otni to‘g‘ri minishni o‘rganishingiz kerak ..."*
>
Qizning jarangdor ovozi qulog‘i ostida yana bir bor yangragandek bo‘ldi. Jungkookning qattiq qisilgan lablarida xiyol, deyarli sezilmas tabassum uchquni paydo bo‘ldi va darhol so‘ndi. *"Telba qiz,"* o‘yladi u o‘z-o‘ziga. *"Hanyangda bunday til bilan uzoq yashab bo‘lmaydi."*
Saroy eshiklari majburan og'irlik bilan ochildi. Ichkarida havoni qimmatbaho moylarning bo‘g‘uvchi hidi qoplagandi. Odatda bunday moylar faqatgina aslzoda mulozimlar orasida keng qo'llaniladi.
Taxtda o‘tirgan Bosh Vazir va keksa amaldorlar oldida tiz cho‘kkan Jungkook o‘zining qo‘ynidan qizil muhr bosilgan kichkina bo'lishiga qaramay hayot-mamotni hal qiluvchi maktubni olib uzatdi.
— Janubdagi isyonchilarning harakatlari bostirildi. Ammo, — Jungkookning dag'al ovozi xonadagi jimjitlikni buzdi, — Valiahd shahzodaga berilgan zaharning davosini u yerdan ham topa olmadik. Tabiblar aytgan o'sha dorivor o't butun Janubiy tog‘larda atayin yondirib yuborilgan ekan.
Bosh vazirning yuzi dog‘da qolgandek oqarib ketdi. Agar uch kun ichida o‘sha noyob o‘t topilmasa, mamlakat valiahdsiz qolar va taxt uchun qonli qirg‘in boshlanardi.
— Uni topish kerak, Qo‘mondon! — pichirladi vazir, qaltiraydigan barmoqlari bilan kiyimining etagini g‘ijimlab. — Qayerdan bo‘lmasin, yerning tagidan bo‘lsa ham toping!
Bu vaqtda shaharning eng chekkasidagi qishloqning, yomg‘ir suvi chakillab o‘tib turgan eski, qamish tomli kulbada Oksun isinib olishga harakat qilardi. U yupqa, yamoq tushgan ko‘rpaga o‘ralib olgancha, o‘rtadagi kichik o‘choqda yonayotgan gulxanga tikilib o‘tirardi. Uning ho‘l kiyimlari burchakda yoyig‘liq turar, yuzi va qo‘llaridagi loylar yuvilgan bo'lsa-da, g‘ijim va eski ko‘ylagida ham qandaydir yovvoyi va maftunkor ko‘rinardi.
U yelkasidagi xaltani o‘ziga tortdi-da, uning ichidagi narsalarni ehtiyotkorlik bilan toza latta ustiga yoydi. Qora ildizlar, bir nechta zaharli qo‘ziqorinlar va... bitta o‘zgacha o‘simlik.
Oksun qalin, to‘q qizil barglari bor, tomirlari xuddi qon kabi qizarib turgan kichik o‘simlikni qo‘liga oldi. Chonju tog‘larining jarliklarida osilib, o‘z jonini xavfga qo‘yib tergan narsasi aynan shu edi.
— Semiz cho‘chqa buni oddiy yovvoyi o‘t dedi-ya, — to‘ng‘illadi Oksun, o‘tning noyob isini iskab ko‘rarkan. — Otamning yozuvlarida aytilishicha, bu "Qizil Ajdarho Yalpizi". O‘lim yoqasidagi odamni ham qaytarib keladigan yagona malham... Saroydagilar yillar davomida qidirgan narsa shuning o'zi bo'lsa kerak.
U o‘simlikni avaylab quruq matoga o‘radi-da, qo'yniga bekitdi. U bu o‘simlikning asl bahosini bilardi. Bu shunchaki besh nyang emasdi. Bu — qashshoqlikdan butunlay qutulish va ehtimol, juda katta xavf-xatar degani edi.
Olov yonib bitayotgan pallada, ko‘chada ot tuyoqlari va temir sovutlarning jaranglashi eshitildi. Oksun sergak tortib, deraza tirqishidan tashqariga mo‘raladi. Tun yarmidan oqqan, yomg‘ir biroz tingan bo‘lsa-da, saroy soqchilari mash’alalar yoqib, kulbalarni birma-bir tintuv qilmoqda edi.
— Dorivor o‘t sotadigan qizni topinglar! Bugun bozorda qizil qon rangli o‘t sotmoqchi bo‘lgan qizni keltiringlar! — degan qichqiriq tun qa'rini yorib o'tdi.
Oksunning yuragi qinidan chiqqudek ura boshladi. U nima uchundir o‘sha qora gat kiygan, sovuq nigohli asilzodani esladi.
"Nahotki... o'sha kekkaygan yigit kunduzgi gapim uchun mulozimlarini meni jazolagani yuborgan bo'lsa?" — degan o‘y chaqmoqdek yarq etdi.
U darhol xaltasini yelkasiga ilib, pichog‘ini beliga qistirdi. Oksun osonlikcha taslim bo‘ladiganlardan emasdi. Eshikga urilgan qo' llar uni orqaga tisarilishga majbur qildi.
— Eshikni och, poytaxt xavfsizlik kuchlari! — tashqaridan tahdidli ovoz keldi.
Oksun orqa deraza tomon chaqqonlik bilan sirg'aldi. Hanyangning tor ko‘chalari, pana joylari unga yaxshi tanish edi. Ammo u derazadan sakrab tushib, tor ko'chaga qadam qo'ygan zahoti, zulmat orasidan uzalgan kuchli qo‘l uning bilagidan mahkam tutdi. Oksun pichog‘ini sug‘urishga ulgurmasidan, ikkinchi qo‘l uning og‘zini yopib, tosh devorga taqab qo'ydi.
Yomg‘ir tomchilari va uzoqdagi mash’alalar yorug‘ida Oksun o‘zini asirga olgan odamning yuzini ko‘rdi. Bu — bozordagi o‘sha sovuq nigohli, takabbur asilzoda edi.
Yigitning qaynoq nafasi qizning muzlagan yuziga urilar, ko‘zlaridagi tubsizlik endi kunduzgidan ancha yaqin va xavfliroq ko‘rinardi.
— Yaxshisi... pichog‘ingni joyiga qo‘y, yovvoyi, — dedi Jungkook shivirlab, ovozida hayratlanarli darajada sokin tahdid bilan. — Senga ziyon yetkazmoqchi emasman. Menga sening hayoting emas, qo‘lingdagi narsa kerak.
Ikki qaysar qalblar va bir-biriga tamoman ziddiyatli qahramonning taqdiri endi qaytarib bo'lmas darajada shu tunda bir-biriga bog'langan edi.
----
Sovuq devorga taqalgan Oksunning yuragi dukkillab ursa-da, ko‘zlarida zarracha qo‘rquv ko‘rinmasdi. U asir bo‘lib qolganini tushunsa-da, bo‘sh kelmadi. Bo‘sh turgan chap qo‘li bilan Jungkookning ko‘kragiga shunday qattiq tirkaldiki, yigitning qora doposi ostidagi temirdek qattiq mushaklarini his qildi.
— Qo‘lingni tort, saroy ko'ppagi! — deb g‘uldiradi u Jungkookning kafti ostidan, ovozi bo‘g‘ilib.
Jungkookning ko‘zlari yovvoyi yirtqichnikidek tus oldi . U qizning bilagini biroz qattiqroq siqdi, ammo og‘ritmaslikka harakat qildi.
— Agar o‘sha o‘jar tilingni tiyib, baqirmaslikka so‘z bersang, qo‘limni olaman. Tushundingmi? — yigit ovozi past ammo buyruq ohangida dedi.
Oksun javob o‘rniga uning ko‘zlariga tik qarab, qoshlarini chimirdi va bosh irg‘adi. Jungkook og‘ir xo‘rsinib, qo‘lini uning og‘zidan oldi, ammo bilagini hamon qo‘yib yubormagandi.
— Savdo allaqachon tugadi, janob, — dedi Oksun kinoya bilan pichirlab, — Kechasi begona qizlarning uyi orqasida poylab yurish siz kabi qo‘mondonning martabasiga to‘g‘ri keladimi? O‘sha payt otda o‘tirib qamchi bilan savalatganing osonroq emasmidi?
> *"Bu qizning tili rostdan ham o‘tkir ekan,"* o‘yladi Jungkook.
>
— Men bu yerga tortishgani kelganim yo‘q, — dedi u keskin oxangda, ortiqcha gap-so‘zlarga toqati yo‘qligini bildirib. — Bozorda sotmoqchi bo‘lgan qizil o‘ting yonigdami? U menga kerak. Hozir.
Oksun miyasida ming xil o‘y aylanardi. Ko‘chaning narigi chekkasida mash’ala ko‘targan soqchilarning oyoq tovushlari va qichqiriqlari borgan sari yaqinlashib kelardi. Ular ayni shu o‘tni qidirishayotgani aniq edi. Lekin nega Jungkook ulardan alohida, yashirincha keldi? Demak, saroyning ichida ham bu o‘tni topilishini istamaydiganlar bor. Oksunning labida ayyorona tabassum paydo bo‘ldi. Bu uning ustunligi edi.
— Demak, qashshoqlar bozoridagi oddiy o‘t uchun shuncha vahima... — Oksun boshini dadil ko‘tardi. — Men uni sizga bermayman.
Jungkookning nigohi qoraydi. Uning chap qo‘li beixtiyor kumush dastali qilichiga bordi.
— Sen kim bilan gaplashayotganingni tushunmayapsan shekilli, yovvoyi. Agar xohlasam, hozirning o‘zida seni shu yerda o'ldirib, xaltangni olib ketishim mumkin.
Oksun qaltis kulib yubordi.
— Olib ket! Qani, olib ko‘r-chi! — u shartta qo‘ynidan qizil bargli o‘tni olib, Jungkookning ko‘z o‘ngida tutdi. — Lekin sen bir narsani bilmaysan, qo‘mondon. "Qizil Ajdarho Yalpizi"ni shunchaki suvga tashlab qaynatib bo‘lmaydi. Uni noto‘g‘ri haroratda ezsang yoki suvga erta solsang, malham emas, saroydagi har qanday odamning qonini muzlatib qo‘yadigan zaharga aylanadi.
Jungkookning ko‘zlari qisildi. U saroy tabiblarining bu o‘t haqida gapirganida, "juda xavfli o'simlik" deganlarini esladi. Qiz aldamayotgan bo'lishi mumkin edi.
— O‘tni to‘g‘ri tayyorlashni faqatgina uni o‘z qo‘li bilan tergan odam biladi, — davom etdi Oksun, o‘zining g‘alabasini his qilib. — Agar xo‘jayinining hayoti senga rostdan ham kerak bo‘lsa, meni o‘zing bilan olib ketishinga to‘g‘ri keladi. Qolaversa... men bu xizmatim uchun yuz nyang sof kumush talab qilaman.
Yigit qizning jasoratiga ichida qoyil qoldi. Hatto eng tajribali vazirlar ham uning nigohi ostida duduqlanib qolardi, bu qashshoq qiz esa o‘lim yoqasida turib savdolashyapti.
— Yuz nyang? O'zingni shunga arziydi deb o‘ylaysanmi? — Jungkookning yuzida yana o‘sha sovuq, ammo g'alati qiziqish paydo bo'ldi.
— O‘zim emas, qo‘limdagi narsa arziydi, — deya ko‘z qisib qo‘ydi Oksun.

Shu payt tor ko‘chaning boshida yorug‘lik paydo bo‘ldi.
— Shu yoqqa qaranglar! Tor ko‘chada kimdir bor! — deb baqirdi soqchilardan biri.
Vaqt tugagandi. Jungkook ortiq o‘ylab o‘tirmadi. U Oksunning bilagidan mahkam tutib, o‘ziga tortdi.
— Savdo tugqdi. jodugar qiz, — deb shivirladi u qizning qulog‘iga. — Lekin agar saroyda biron xatoga yo‘l qo‘ysang, o‘sha yuz nyang sening dafn marosiming uchun ishlatiladi. Tushundingmi? Hozir esa ortimdan yur!
Jungkook Oksunni sudragudek qilib, qorong‘u ko‘chaning ichkari qismiga tortdi. Ular zulmat va yomg‘ir bilan qorishib, loyqa yo‘laklar orqali chaqqonlik bilan qochib keta boshladilar.
Oksun yigitning keng yelkalari ortidan yugurarkan, uning qattiq qisilishi va sovuqqon qadamlari ostida o‘zgacha bir ishonchni his qilardi. U hayotida birinchi marta o‘zining kimsasiz dunyosidan chiqib, saroyning eng xavfli o‘yinlariga — ajdarholar makoniga qadam qo‘yib borayotganini tushunib yetgandi. Yomg‘ir esa ularning izlarini yuvib, sirlarini o‘z bag‘riga yashirar edi.