Yulduzlarga salom
Oldinlari yerni juda goʻzal boʻlgan deyishadi. Kattakon qalin Amazon oʻrmonlari. Kattakon toʻrt okean. Diqqatga sazovor joylari Parij,Sant Peterburg degandek. Osmonlar musaffo boʻlgan deyishadi. Men bular haqida deyarli hech narsani eslay olmayman. Yagona eslay oladigan narsam esa dadamni meni opichib samoviy kemaga olib borgani va oʻsha kema derazasidan oʻsha bolakay bilan goʻzallikda tengsiz koinotni tomosha qilganim boʻladi.
Hozir biz yashayotgan joyni esa " Aoron- 14" deyishadi.
Telefon jiringladi:
- Alo! Xayrli tun dada!_ asta jilmaydim.
- Yaxshimisan qi zim!. Charchamadingmi?
- Yaxshiman dada._ kesilgan qoʻlimni bint bilan bogʻlagancha doʻkondan ketish uchun narsalarimni yigʻgan boʻldim.
Telefon ortidan dadamni horgʻin ovozi keldi.
- Qizim onang bilan bugun ham uyga bora olmaymiz. Qoʻrqsang buvingnikiga bor. Yoki Qoʻshnimiznikidami? Oʻzingni ehtiyot qil. Ha.....
Aloqa uzilib qoldi. Bu tabbiy holat. Qoʻlim chuqurroq kesilib ketgani uchun qattiq achishyapti. Birdan doʻkon eshigi ochilib kimdir kirib keldi. Qoʻlimdagi qon hech tugay demaydi. Ubu narsa soʻraydimi desam hamma mahsulotlarga narxi yozilgan. Tepamga kelganidan soʻng boshimni koʻtardim.
- Ehhhhhhhhhhh oʻla! Yeona sal tomoq qirsang boʻlmaydimi?_ tepamdagi kareys qizga qarab qosh chimirdim. U boʻlsa xaholab kulib yubordi.
- Mana bularni hisoblachi? Yiring boʻlmasidan avval yaxshilab tozalab keyin bogʻla.. _ stol ustiga bir talay narsa qoʻydi.
Qoʻlimni bogʻlab paket ichidagi narsalarni hisoblashga tushdim .
- Bugun menikida qol. Uyda hech kim yoʻqmi?
- Yoʻq bugunam bir oʻzimman. Lekin senikiga bormiman.
- Akang oʻqrayib bir nimalar deb urush chiqaradi.
- Qoʻysangchi? Men bormanku! Bir nima deb gʻring desin koʻradi mendan... Huddi seni amakingni oʻgʻli?
- Nima qilibdi unga? Kelishgan, muloyimgina, oppoqqina bola. Qizlarga qiziqadi deb oʻylamiman. Men bilan zoʻrgʻa gaplashadi. Ikkinchidan u koʻchib chiqib ketganiga bir yil boʻldi. Yoki u senga nimadir dedimi? _ narsalardan koʻz uzmay gapini boʻldim. U haqida gap ketsa oʻzimni bosolmiman .. tan olaman judayam kelishgan bola. Fictional man. Ohirgi aytgan gaplarimni ovoz chiqarib aytib yuborganimni doʻkonga kirgan oʻzga sayyoralik mavjudodlar va dugonamni xringlashidan sezdim.
- Judayam sevasanda uni! Toʻylaring boʻlsa oʻzim yoningda turaman.
- Ahmoq _ kallasiga bir tushirdim. Uyalmay baqirib aytadi- ya. - U meni amakimni oʻgʻli.. Ikkinchidan uni yaxshi koʻraman lekin sen oʻylagandek maʼnoda emas. Uyatsiz!
Oʻzini bosolmay battar kulib yubordi. Koʻp kulganidan yuzlari qizarib biqinida sanchiq paydo boʻldi.
- Sendan 50.300 lyumen. Chiptangni ber.
Haliyam kuylayotgan qizga qoʻl choʻzdim. Yeona biroz oʻzini oʻnglab olgandan soʻng bilagidagi chipni yechib uzatdi. Chipni olib uskunaga tiqdim. Zum oʻtmay uskuna chiyillab ketdi. Shovqindan koʻnglim battar behuzur boʻldi .
- Borini yechvol unda. Yetmaganiga oʻzing toʻlab tur ertaga tashlab ketaman.
Hoʻp degandek bosh irgʻadim.
Chipdan pulni yechib qaytarib berdim. Bilagiga taqdida yelim paketlarni koʻtarib xayrlashgancha chiqib ketdi. U chiqib ketishi bilan bir nechta yasama robot, sariq, siyohrang, pushti, qizil oʻzga sayyoraliklarni qabul qildim. Dadam qoʻngʻiroq qilganida soat toʻqqiz edi.. soat oʻn bir boʻldi. Shu darajada charchadim- ki! Yerda boʻlsa ham yotaman. Oxirgi bir xafta ichida ish juda koʻp boʻldi. Aslida ishlamasligim kerak edi xolam iltimos qilgani uchun yoʻq deya olmadim. Yaqinda maktab boshlaganini hisobga olsak judayam charchadim. Ustozlarim boʻlsa oʻtgan yilgi qilmagan ishlarimni bu yil qildiryapti. Bugun dam olish kuni. Shu darajada oʻy hayollarimga berilibmanki ,ketaman deb yana ikki soat ishlaganimni u kelganidan keyin bildim. Chunki uni ishi soat oʻn yoki oʻn birda tugaydi.
- Juda charchadim _ kassa oldida yigʻilib qolgan keraksiz narsalarni olib pastdagi chelakka tashlayman deganimda yuqoridan uning yoʻgʻon ovozi keldi. Shoshilganimdan boshimni kassaning bir chetiga urib oldim. Qanaqa kun boʻldi oʻzi.
- Qattiq tegmadimi? _ jigarrang koʻzlarini menga tikib muloyimlik bilan gapirdi.
Boshimni koʻtarsam bir oʻzi emas ekan, oldi-da bir necha yigitlar turibdi. Choʻchib ketdim. Hammasini koʻzi menda.
- Sizlarga nima kerak? _ har doimgi ishim, tabassum qildim garchi hozir buni xohlamasamda. Aslida Yeona kelmasidan avval ish haqqimni olib boʻlgandim, yana qolib ketganim uchun battar yuragim siqildi. Yetmaganiga bu tanish - begona bolalarni hammasi menga tikilib turibdi.
Kaitoga kelganidan beri yaxshilab qaramagan ekanman, butun tanasi bint va allam balo narsalar bilan toʻlgan. Oʻsha paytni oʻzida yuragim pokkillab ketdi. Qoʻrqqanimdan allaqachon qoʻllarim qaltirashga tushdi. Bir payt qarasam Kaito oldimda emas ichimliklar turadigan muzlatkich oldida oʻtiribdi.
- Keling nima kerak sizlarga _ avval kassadan oʻtib yerda oʻtirib qolgan bolani oldiga ketayotganimda bittasiga turtilib ketdim. Yeb qoʻygudek oʻqraydi. Yuzim allaqachon bujmaya boshladi. Uzr soʻragancha uni chetlab Kaito ni oldiga choʻkkaladim.
- Nana - chan! _ birdan oʻziga yaqinroq tortib qulogʻimga pichirladi. - Yordam ber!
"Aniq bir narsalarni boshlagan bu. Urushdimikan. Ha ha anniq urushgan." deb koʻnglimdan shunday oʻylarni oʻtqazdim. Uni oʻrnidan turgʻazib, muzlatkichdan u yaxshi koʻrgan ichimlikni olib berdim. Soʻng kassaga qaytdim.
Kaito mendan koʻzini uzmay choʻntagidan chip kartani chiqargan boʻldi. Kartani darrov tanidim, buvisining chip kartasi edi bu.
- Shundan toʻrt yuz lyumen yechib bera olasizmi?
- Albatta kartani bering _ iloji boricha qoʻrqqanimni bildirmasligim uchun yana shu laʼnati tabassumni ildim.
Kartani olib ishlamayotgan uskunaga tiqdim. Choʻntagimdan ikki kunlik ish haqqimni olib unga uzatdim. 400 dan biroz koʻproq edi. Chunki men faqat bitta ish qilmayman.
- Rahmat! _ pulni olib oʻsha notanishlar bilan tashqariga chiqib ketdi.
Yuragim shu darajada pokkillab uryapti - ki, hatto ayni damda bu yerdagi hamma havoni oʻzim yutib yuborgandek tuyilib ketyapti.
- Yaxshiman! Yaxshiman.. Nima olasiz?
Ular ichkariga xarid qilishga kirib ketishdi. Kaito chiqib ketganiga ham oʻn daqiqadan oshdi. Buvijonni chip kartasini olib tashqariga otildim. Atrofga alanglab qidirgan boʻldim. Koʻzlarim allaqachon qizarib achishyapti, qoʻlimni - ku, aytmasa ham boʻladi.
Orqa tomondan chiqib kelgan bolani kiymidan ushlab oʻsha yerdagi oʻrindiqqa mixlab qoʻydim. Yuzi yana qizaribdi. Usti esa chang va nam.
- Yana nimalarni boshlading aa?!! alamimga chdolmay baqirib yigʻlab yubordim. - Ahvolinga qara! Bu basharaga nima qilding. Anavi koʻchadagi alkashlardan ortigʻing boʻlsa ortiqdirsan lekin kam joying yoʻq.. Jinni yuragim yorilib ketay dedi _ ovozim tobora pastlashib bordi. Qattiq baqirganimga tomogʻim achishib ketdi. Shuncha tanbeh berganimga qaramay kiprik qoqmay menga qarab oʻtiribdi. Parvosiga ham kelgani yoʻq men qanday qoʻrqqanim haqida. Jin ursin. Buni yuzi. Qoʻllarim qaltirab beixtiyor uni yuzini ushladi. Peshonasini yopib turgan sochlarini ortga tarab yuziga yaxshilab tikildim. Yoʻq boʻlmadi. Koʻz yoshlarimni tiya olmadim. Kechagina axir...
- Kaito! _ yaqinroq kelib yuzini yaxshilab tekshirdim.
- Nana - chan! _ yana oʻsha erkalash. Ammo shartta kesilib ketgan qoʻlimni ushlab yuzidan oldi. - Qoʻlingga nima qildi! Yigʻlamasangchi?
Qoʻlimni uni qoʻlidan tortib olmoqchi boʻldim, ammo qattiq ushlab olibdi.. Jin ursin.
- Sen jinnimisan! Qoʻlimni qoʻyib yubor.
- Ish vaqting tugaganiga ancha boʻldi nima qilyapsan bu yerda.. ?
" Ahh buni berayotgan savolini qara " Battar jahlim chiqib ketdi.
- Ushla kartani _ choʻntagimdan kartani olib ikkinchi qoʻliga uzatdim. - Pul yechilgani yoʻq! Qayerdan olgan boʻlsang joyiga qoʻy tushundingmi! _ gapni boshqa yoqqa burib oʻrnimdan turdim.
Telefoniga tinmay xabar kelayotganidan oxiri ishini tashlagan qiz uni olishga majbur boʻldi. Har doimgidek 90 % xabar keraksiz ilova va odamlardan. Kantaktlarni bir boshidan koʻzdan kechirdi. Eng boshidan joy olgan raqam egasidan xabar kelganini koʻrib yanoqlari zumda qizardi. Soatga qaradi soat kechgi oʻn birdan oʻtgan. Bunday paytda hayot qaynaydi. Gʻalati tuyulishi mumkin lekin rostanam shunday. Kuni boʻyi oʻtirib surʼat ustida ishlagani uchun belida ogʻriq turdi. Bunga eʼtibor bermay oʻrnidan turib kiyinib tarandi.
Telefonini choʻntagiga solib har doimgidek zina tomon shoshiladi , ammo bugun boshqa narsa uchun. Yuragi shu qadar hapqirib urardiki hozirni oʻzida shu nozik nihol tanasidan otilib chiqadigandek chuqur chuqur nafas oldi. Zinadan tushganda ukasiga duch kelib toʻxtab qoldi.
- Yiqilib tushdim! _ yugurib xonasiga kirib ketdi.
Ikkilanib bir muddat joyida turgan Aveline oxiri tashqariga chiqdi...
- Ave !!! _ koʻchani boshiga koʻtarib yugurib kelgan yigit qizni quchoqlagancha aylantirishga tushdi.
Birdan boʻlgan holatdan choʻchib ketgan Ave dumaloq koʻzlarini pirpiratib atrofga alangladi. Yigitni koʻrishi bilan yanoqlari qizarib shaftoli tusga kiradi. Shu darajada sogʻinganki hozirni oʻzida yigitni mayin oʻpichlarga koʻmib, yeb tashlasa.
- Jake! Azizim.. Koʻrishmaganimizga ancha boʻldi. Xudo haqqi judayam sogʻindim seni _ ingichka nozik qoʻllarini yigitning baquvvat tanasidan oʻrab, uning quchogʻiga singib ketdi.
- Men ham Ave! _jilmayib qizning yuz koʻzidan boʻsa olgan boʻldi. - Judayam goʻzalsan. Tishlab olsam qarshimasmisan . !_ til yogʻlamalik qilib qizni yuzidan sekin tishladi.- Ave poygaga hali ancha bor! Ungacha senga bir narsa koʻrsatmoqchiman.
- Hmmm.. Qoʻysangchi Seni iforingni, quchogʻlaringni , taomlaringni shunaqa sogʻindim. Qayerga boramiz. .. ? _ entikib yigitning uzun qora plashidan taralayotgan hiddan chuqur nafas oldi.
Kiyimlarimni almashtirib yuvindim. Jin ursin yaralarim shu darajada ogʻriyapti ki! Ishxonada kompyuterimdan maktab madaniyat boʻlimi boshligʻining chip kartasi va maʼlumotlar bazasini tekshirayotgan joyimda internet ishlamay qoldi. Hozir katta tanaffus vaqti boʻlgani uchun elektrik amakini xonasiga kirdim. Internet ishlamayapti tuzatib bering demoqchi edim. Qarasam xonasida hech kim yoʻq, zim zimiston. Zah bosgan bu xonada kimnidir tanish amri mahol. Bitta derazasi ham yoʻq. Kirib oʻzim tuzatmoqchi boʻlgan edim, ovozi doʻrillab qaysi goʻrdandir paydo boʻlib qoldi. Meni begona oʻgʻri deb oʻylab yoppasiga dopposladi. Qaraya... Oʻzi qotmagina qorachadan kelgan, soch soqoli tirqishlangan bir chol boʻlsa, shuncha kuch unga qayoqdan keldi hayronman. Maxluqdek kuchi bor ekan. Hamma yogʻim mamataloq boʻldi. Qarashga odam qoʻrqadi. Arang mushtlaridan qochib chiroqni yoqganimni bilaman, yoqa ushlab koʻzlari olazarak boʻlib ketdi... Dod voy dod deb quchoqlab kechirim soʻrashga tushdi... Keyin malham qoʻyib, arang joyimga yetib bordim. Qarasam boʻlmayapti tanam shu darajada qaqshab ogʻriyapti. Keyin kompyuterim oldiga kelib stol ustidagi qahvadan bir hoʻplab boyagi ishimda davom etdim. Boʻlim mudirasiga har kuni katta miqdorda pul tushib turgan. Aksariyat qismi maktab oʻquvchilarining oʻzi yoki ota - onasidan... Bundan uch kun oldin ham shunga oʻxshash voqea boʻlgandi.. Mudira Nana ikkimizdan oʻtgan yilgi fond paytida yoʻq boʻlganimiz uchun bizdan uch baravar pul oldi. Yalmogʻiz... Qonun boʻyicha maktab fondiga taxminan 30.000 lyumen olishi kerak edi. Bizdan olgan pul ichida oʻgʻli sindirib qoʻygan deraza puli ham bor edi. Bir deraza pulini teng ikkiga boʻlib bergan.. Aslida oʻsha kuni oʻgʻli aybini oʻz boʻyniga olaman deganda direktorga kirvolib qayoqdagi boʻqton gaplarni aytib bizga toʻnkadi.
- Oʻrtoq direktor! Oʻsha kuni manavi Nana havo yetishmayapti deb janjal qilib men bilan urishdi. Sovuq kunda derazani ochish mumkin emas bilasiz. Undan tashqari manavi itdan tarqagan Nana ni yonini olib men bilan urshib oynani buzib ochdi. Xurmatsizlikka chidolmagan bolam uni yoqasidan olgan...
Bu hali hamma aytgan gap emas! Tashqariga chiqib hammani oldida baqirib shantaj qilib butun maktab xojatxonasini tozalatdi. Iflos!! Chip kartasini parolini qiyinchiliklarsiz buzib kirdim. Ichidagi Nana ikkimizdan undirgan summa narxini yozib bildirmasdan oʻzimni yangi kartamga yechib oldim. Qaysi raqamga qanday pul oʻtganini umuman bila olmaydi. Shunday qilib brauzerimni tozalab komputerni eski holatiga qaytarib doʻkonga yoʻl oldim. Uyda men yeydigan narsalar qolmagandi. Doʻkonda boʻlgan janjalga kelsak Nana judayam qoʻrqib ketdi.
Unga asabiylashish mumkin emas, qattiq asabiylashsa oshqozoni ogʻrib qoladi. Hozir nima qilyapti ekan?
Ayni damda hozir uning uchun dorixonadan dorilarini olib uni uyi tomon yoʻnaldim. Paketim ichida u yaxshi koʻrgan pishiriq bor. Uydan olib olgan kichik teleskopim yurganimda oyogʻimga urulaverib , jonga tegdi. Uxlamagani aniq, ovqat yemagan boʻsa ajablanmayman...
" Jinni oʻtakam yorilay dedi" degancha ustimga chiqib oʻshqirganida qattiq qoʻrqib ketganini sezdim. Oʻlay agar uni bunchalik qoʻrqqanini uchinchi marotaba koʻrishim.
Uyiga yetib kelib telefoniga qoʻngʻiroq qildim. Soat oʻn ikki. Jin ursin. Odamlar bu paytda uxlaydi. Biz boʻlsa almashib qolganmiz. Miyigʻimda jilmayib kulib yubordim. Miyamga kelgan oʻylardan aqldan ozish hech gap emas. Judayam yoqimli.
- Alo Eshitaman Kaito.! Uxlamadingmi!
- Yoʻq!
Demak uxlamagan. Yoki oshqozoni ogʻrib dumalab yotgan. Yoki qayoqdagi manhwa bilan mangasini oʻqib oʻtirgan. Yoki boʻlmasa " Naruto" koʻrib oʻtirgan.
- Nana - chan! Oshqozoning ogʻrimayaptimi!..
Telefon ortidan uning hrillagan ovozi keldi.
- Ogʻriyapti! Judayam qattiq ogʻriyapti... Hammasiga sen aybdorsan _ jahl bilan koyib berdi.
Etim jimirlab ketdi. Ohirgi marta shunday oʻgʻirganida shifoxonada yotib, ichiga quvur yutganidi... Oshqozi yiringlab ketgan ekan oʻsha paytda.
- Nana- chan! Dori bilan shirinlik olib keldim. Uyinga kiryapman. Eshikni och. Ovqat yedingmi?
- Nima!!? Kaito esingni yeganmisan.. nega kelding.. Jin ursin hozir ochaman. _ ogʻriqdan ingrab yigʻlab yubordi.
Qoʻrqib ketdim. Eshikni ochishini ham kutmay derazasi oldida borib ichkariga oshib tushdim. Qarasam dumalab yotibdi.
- Nana - chan!! Nana mana.. mana dori olib keldim hozir...