December 30, 2025

Guardian

Guardian [ Vasiy ]

2-Bob

… Xonaga qanday kirib olgani, eshikni qay holatda qulflagani Hyerinning yodida yo‘q. Faqat ko‘z oldida o‘sha sovuq manzara: Jimin amakisining begona bir qizni belidan mahkam quchoqlab, u bilan jilmayib turgan vaziyati muhrlanib qolgandi. Qiz o‘zini karavotga otdi-yu, yuzini yostiqqa bosib, butun dunyoni unutishni istagandek o‘ksib-o‘ksib yig‘lay boshladi. O‘n ikki yillik mehr, o‘n ikki yillik kutish va bir oy davomida qalbini o‘rtagan sog‘inch bir lahzada muzdek qora qabrga aylangandi.
— Nega?.. Nega menga aytmadingiz? — pichirladi u bo‘g‘ziga tiqilgan alamli o‘kinch bilan. — Men sizni kutayotganimni, har bir daqiqani sanayotganimni bilmarmidingiz?
Hyerinning ichida go‘yo ulkan bir bo‘shliq paydo bo‘lgandi. U o‘zini bu uyda ortiqcha, keraksiz buyumdek his qila boshladi. "U meni mitti malikam derdi, lekin o‘sha 'malika' endi o‘z saroyida begona bo‘lib qoldimi?" degan o‘y miyasini kemirardi. Jiminning o‘sha tundagi "Meni seva olmaysan" degan gaplari endi qulog‘i ostida go‘yo hukm kabi yangrardi. U chindan ham Jiminni o‘ziga amaki emas, baxtining egasi deb bilgan edi.
Yig‘layverganidan ko‘zlari shishib, tomog‘i qaqshab ketgan qiz yarim tunda biroz o‘ziga keldi. Tanasidagi og‘irlik va chanqoq uni o‘rnidan turishga majbur qildi. Xonadagi sokinlik vahimali tuyuldi. U "balkim hammasi tushdir, pastga tushsam yana o‘sha eski holatimizga qaytarmiz" degan zaifgina umid bilan eshikni ochdi.
Zinapoyalardan tushar ekan, uydagi chiroqlar o‘chirilgan, faqat oshxona tomondan tushayotgan g‘ira-shira nur atrofni yoritib turardi. Hyerin ehtiyotkorlik bilan qadam bosib, suv ichish uchun oshxona tomon yo‘naldi. Biroq, ko‘rgan manzarasi uning qolgan soʻnggi kuchini ham so‘rib olgandek bo‘ldi.
Oshxona eshigi yonida Jimin va o‘sha qiz — Heyon bir-biriga juda yaqin turishardi. Jiminning qo‘llari qizning yuzlarini silab, koʻzlari esa unga mehr bilan tikilib turar, Heyon esa erkalik bilan uning ko‘ksiga bosh qo‘ygandi. Hyerin muzlab turgan joyida qotib qoldi. Shu lahzada Jimin sekinlik bilan egilib, Heyonning lablaridan uzoq va mayin bo‘sa oldi.
Bu manzara Hyerinning yuragiga sanchilgan o‘tkir pichoqdek edi. U nafas olishni ham unutib qo‘ydi. Ko‘zlaridan qaynoq yoshlar yana quyila boshladi. Uning uchun dunyodagi eng muqaddas va faqat o‘ziga tegishli deb bilgan o‘sha mehr, o‘sha nigoh endi butunlay boshqa birovniki edi. U ortiq chidab tura olmadi. O‘zini oshkor qilmaslik uchun og‘zini qo‘li bilan mahkam berkitib, ovozsiz qichqirganicha yuqoriga, o‘z xonasiga qarab qochdi.
Xonasiga kirishi bilan eshikka suyanganicha yerga cho‘kdi.
"U chindan ham uni sevadi..." — qoʻlllari bilan koʻzlaridan oqayotkan yoshni tartibsiz artar ekan davom etdi — "Uning nigohlarida men ko‘rmagan boshqacha bir olov bor edi. Men esa shunchaki... uning gardanidagi mas’uliyat ekanman. U menga achingani uchun yashagan va asrab kelgan. Men esa axmoqdek uni sevib qolganman "
Hyerin o‘sha lahzada o‘zini dunyodagi eng yolg‘iz inson deb his qildi. Uning sevgisi, uydagi o‘rni va hatto kelajagi ham o‘sha birgina bo‘sa bilan yakun topgandek edi. Jimin baxtli edi, lekin bu baxtda Hyeringa hech qanday oʻrin yoʻq.

- Hyerin

Hyerinning shoshilib yuqoriga chiqib ketgan qadam tovushlari tinishi bilan, oshxonadagi "romantik" muhit bir lahzada sovuq holatga aylandi. Boyagina Heyonni mehr bilan quchoqlab turgan Jimin, qizni go‘yo biror iflos narsani chetga urgandek, keskinlik bilan o‘zidan itarib yubordi.
— Bo‘ldi, yetadi! — dedi Jimin tishlari orasida jaxl bilan..U qo‘li bilan peshonasini ishqalardi, goʻyoki uning vujudini qandaydir nafrat va pushaymonlik chulg‘ab olgandek edi.
Heyon esa kutilmagan bu harakatdan biroz muvozanatini yo‘qotsa-da, yuzidagi istehzoli tabassumini yo‘qotmadi. U ust-boshini to‘g‘irlagan bo‘lib, stol chetiga suyandi va qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirdi. Uning ko‘zlarida boyagi "ma’suma" qizdan asar ham qolmagan, aksincha, makkor va sovuq bir nigoh paydo bo‘lgandi.
— Muncha qo‘pol bo‘lmasangiz , Jimin? — dedi Heyon masxarali ohangda. — Axir o‘zingiz so‘radingiz-ku. "Uni mendan nafratlanishga majbur qilaylik, u uydan ketsin, mustaqil bo‘lsin" degan siz emasmi? Mana, maqsadingizga erishdingiz. Sho‘rlik qizcha hozir qay ahvolga ekan ?
— Men sendan haqiqatan bo‘sa olishingni so‘ramagan edim! — Jimin unga g‘azab bilan o‘girildi. — Biz shunchaki sahna ko‘rinishi qilayotgan edik. Sen esa haddingdan oshding.
Heyon qah-qah urib kulib yubordi. U sekin qadam tashlab Jiminning yoniga yaqinlashdi, uzun tirnoqlari bilan yigitning kostyumi yoqasini o‘ynadi.
— Sahna ko‘rinishimi yoki haqiqat, buni faqat biz bilamiz. Hyerin esa nima ko‘rgan bo‘lsa, shunga ishonadi. Bilasizmi, menga bu o‘yin yoqyapti. Ayniqsa, o‘sha mitti malikangizning ko‘zlaridagi umidsizlikni ko‘rish... bu juda zavqli ekan.
Jimin qizning qo‘lini siltab tashladi. U Heyonning bu qadar ichi qoraligini, o‘zgalar azobidan zavq olishini avval sezmagan edi. U AQShda tanishgan bu ayol bilan faqatgina bir narsa — Hyerinni o‘zidan uzoqlashtirish va uni "xato" sevgidan qutqarish uchun kelishgan edi. Ammo hozir o‘zini botqoqqa botgandek his qilardi.
— Kelishuvimiz o‘z kuchida, Heyon, — dedi Jimin sovuqqonlik bilan. — Sen mening "qallig‘im" rolini o‘ynaysan, men esa evaziga kompaniyangga kerakli sarmoyani kiritaman. Ammo bir narsani qulog‘ingga quyib ol: Hyeringa biror gap bilan yoki harakat bilan ozor bersang, kelishuv o‘sha zahoti tugaydi.
Heyon lablarini tishlab, deraza ortidagi qorong‘ulikka qaradi. Uning xayolida esa mutlaqo boshqa rejalar aylanayotkandi. Unga faqat sarmoya emas, Park Jiminning boyligi va jamiyatdagi o‘rni kerak edi. Hyerin esa bu yo‘ldagi eng katta to‘siq bo‘lib ko‘rinar, uni bu uydan butunlay yo‘q qilish uchun har qanday pastkashlikka tayyor edi.
— Xavotir olmang, "Azizim", — dedi Heyon zaharxandalik bilan. — Men o‘z vazifamni juda a’lo darajada bajaraman. Ertaga ertalabdan boshlab bu uyda haqiqiy "oila" o‘yinini boshlaymiz. Ko‘ramiz, mitti malikangiz bunga qancha chidarkan...
Jimin indamay oshxonadan chiqib ketdi. U zinapoyalarga qarab turar ekan, koʻz oldiga Hyerinning holati keldi.Qizninh yig‘isi uning qalbini parchalayotgan bo‘lsa-da, u o‘zicha "to‘g‘ri" yo‘l tutayotganiga ishonishga urinardi. Hyerinning shoshilib yuqoriga chiqib ketgan qadam tovushlari tinishi bilan, oshxonadagi "romantik" muhit bir lahzada sovuq holatga aylandi. Boyagina Heyonni mehr bilan quchoqlab turgan Jimin, qizni go‘yo biror iflos narsani chetga urgandek, keskinlik bilan o‘zidan itarib yubordi.
— Bo‘ldi, yetadi! — dedi Jimin tishlari orasida jaxl bilan..U qo‘li bilan peshonasini ishqalardi, goʻyoki uning vujudini qandaydir nafrat va pushaymonlik chulg‘ab olgandek edi.
Heyon esa kutilmagan bu harakatdan biroz muvozanatini yo‘qotsa-da, yuzidagi istehzoli tabassumini yo‘qotmadi. U ust-boshini to‘g‘irlagan bo‘lib, stol chetiga suyandi va qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirdi. Uning ko‘zlarida boyagi "ma’suma" qizdan asar ham qolmagan, aksincha, makkor va sovuq bir nigoh paydo bo‘lgandi.
— Muncha qo‘pol bo‘lmasangiz , Jimin? — dedi Heyon masxarali ohangda. — Axir o‘zingiz so‘radingiz-ku. "Uni mendan nafratlanishga majbur qilaylik, u uydan ketsin, mustaqil bo‘lsin" degan siz emasmi? Mana, maqsadingizga erishdingiz. Sho‘rlik qizcha hozir qay ahvolda ekan ?

— Men sendan haqiqatan bo‘sa olishingni so‘ramagan edim! — Jimin unga g‘azab bilan o‘girildi. — Biz shunchaki sahna ko‘rinishi qilayotgan edik. Sen esa haddingdan oshding.
Heyon qah-qah urib kulib yubordi. U sekin qadam tashlab Jiminning yoniga yaqinlashdi, uzun tirnoqlari bilan yigitning kostyumi yoqasini o‘ynadi.
— Sahna ko‘rinishimi yoki haqiqat, buni faqat biz bilamiz. Hyerin esa nima ko‘rgan bo‘lsa, shunga ishonadi. Bilasizmi, menga bu o‘yin yoqyapti. Ayniqsa, o‘sha mitti malikangizning ko‘zlaridagi umidsizlikni ko‘rish... bu juda zavqli ekan.
Jimin qizning qo‘lini siltab tashladi. U Heyonning bu qadar ichi qoraligini, o‘zgalar azobidan zavq olishini avval sezmagan edi. U AQShda tanishgan bu ayol bilan faqatgina bir narsa — Hyerinni o‘zidan uzoqlashtirish va uni "xato" sevgidan qutqarish uchun kelishgan edi. Ammo hozir o‘zini botqoqqa botgandek his qilardi.
— Kelishuvimiz o‘z kuchida, Heyon, — dedi Jimin sovuqqonlik bilan. — Sen mening "qallig‘im" rolini o‘ynaysan, men esa evaziga kompaniyangga kerakli sarmoyani kiritaman. Ammo bir narsani qulog‘ingga quyib ol: Hyeringa biror gap bilan yoki harakat bilan ozor bersang, kelishuv o‘sha zahoti tugaydi.
Heyon lablarini tishlab, deraza ortidagi qorong‘ulikka qaradi. Uning xayolida esa mutlaqo boshqa rejalar aylanayotkandi. Unga faqat sarmoya emas, Park Jiminning boyligi va jamiyatdagi o‘rni kerak edi. Hyerin esa bu yo‘ldagi eng katta to‘siq bo‘lib ko‘rinar, uni bu uydan butunlay yo‘q qilish uchun har qanday pastkashlikka tayyor edi.
— Xavotir olmang, "Azizim", — dedi Heyon zaharxandalik bilan. — Men o‘z vazifamni juda a’lo darajada bajaraman. Ertaga ertalabdan boshlab bu uyda haqiqiy "oila" o‘yinini boshlaymiz. Ko‘ramiz, mitti malikangiz bunga qancha chidarkan...
Jimin indamay oshxonadan chiqib ketdi. U zinapoyalarga qarab turar ekan, koʻz oldiga Hyerinning holati keldi.Qizninh yig‘isi uning qalbini parchalayotgan bo‘lsa-da, u o‘zicha "to‘g‘ri" yo‘l tutayotganiga ishonishga urinardi.

- Jimin

Ertasi kuni ertalab Hyerin uchun dunyo butunlay o‘zgacha rangga kirgan edi. Ko‘zlari shishgan, qalbida esa faqat bo‘shliq hukmron. U pastga tushishni, Jimin va o‘sha ayolning bir-biriga bo‘lgan mehrini ko‘rishni istamasdi. Shu payt uning telefoni jiringladi. Ekranda uzoq yillardan beri Germaniyada yashayotgan, onasining singlisi — Serin xolasining ismi ko‘rindi.
Hyerin ovozi titramasligiga harakat qilib, go‘shakni ko‘tardi.
— Serin xola — dedi u ovozi boʻgʻilib qolganligini bilintirmaslikka urinib.
— Mening mitti rassomim! — Serin xolasining quvnoq va doimo dalda beruvchi ovozi qizning yuragiga biroz bo‘lsa-da iliqlik olib kirdi. — Ovozing nega bunday, Hyerin? Yana tuni bilan rasm chizib chiqdingmi?
Hyerin yanoqlari ustidan oqayotkan koʻz yoshlarini artganicha.
— Shunchaki... biroz charchadim.
— Esingdami, o‘tgan safar sening ishlarigni bu yerdagi san’at akademiyasiga ko‘rsataman degandim? — dedi Serin hayajon bilan. — Xushxabarni eshit! Sening chizgan suratlaring ularga juda yoqdi. Akademiyaning professori shaxsan o‘zi seni taklif qilyapti, Hyerin. Bu sen uchun katta imkoniyat! Germaniyaga, mening yonimga kelasan. Bu yerdagi muhit, ko‘rgazmalar... sening iste’doding bu yerda gullaydi. Jimin bilan gaplashdim, u ham qarshi bo‘lmasa kerak.
Hyerin bir zum jim qoldi. Germaniya... Bu hozirgi azoblardan qochish uchun eng yaxshi yo‘l edi. Jiminning yonida "ortiqcha" bo‘lib yashashdan ko‘ra, butunlay uzoqlarga ketish — naqadar yaxshi ( ogʻriqli )

- Serin

— Men... men chindan ham borishni xohlayman, xola, — dedi Hyerin qat’iyat bilan. Uning ko‘zlarida kichik boʻlsada umid uchquni paydo bo‘ldi. — Bu uydan, bu shahardan ketishni juda-juda xohlayman.
— Juda soz! Unda darhol hujjatlaringni tayyorlashni boshlaymiz, — dedi Serin xursand bo‘lib. — Qachon kela olasan?
Hyerin stoli ustida turgan o‘quv rejasi va tugallanmagan rasmiga nazar tashladi.
— O‘qishimning so‘nggi bosqichlari qoldi. Imtihonlar va diplom ishini topshirishim kerak. Atigi bir oy... Bir oydan so‘ng barcha ishlarimni yakunlab, yo‘lga chiqishim mumkin. Ungacha esa... — qizning ovozi biroz pasaydi, — ungacha sabr qilishim kerak.
— Mayli, Hyerin. Bir oy tez o‘tib ketadi. Sen o‘qishingni tinchgina bitir, men esa bu yerda barcha sharoitlarni taxt qilib turaman. Esingda bo‘lsin, sen juda iqtidorli qizsan. Hech narsa sening yo‘lingni to‘sishiga yo‘l qo‘yma.
Hyerin telefonni o‘chirgach, chuqur nafas oldi. Bir oy. U bu uyda yana o‘ttiz kun chidashi kerak edi. Jiminning boshqa birovga berayotgan "mehri"ga, Heyonning makkorona nigohlariga va o‘zining parchalangan yuragiga. Ammo endi uning oldida hech boʻlmaganda maqsad bor — ketish. Hech kimga xalaqit bermaslik va o‘zining haqiqiy hayotini boshlash uchun butunlay uzoqlashish.
U oyna oldiga keldi-da, o‘z aksiga qarab soʻzladi :
— Bir oy, Hyerin. Atigi bir oy chidashing kerak. Keyin esa hammasi tugaydi...

- Hyerin

Hyerin oʻzini qoʻlga olganidan soʻng, pastga — tushlikka tushishga qaror qildi.. Oshxonaga kirar ekan, u yerdagi havo unga og‘irlik qilayotgandek tuyuldi. Stol atrofida Jimin va Heyon allaqachon joylashgan, go‘yo ideal bir juftlikdek ko‘rinishardi.
— Hayrli kun, Hyerin — dedi Jimin odatdagi mayin ovozda. U Hyeringa qarab jilmaydi, lekin bu tabassum ortida qandaydir charchoq balkim sog‘inch yashiringandek edi. U qizga yaqinlashib, odatdagidek sochlarini to‘g‘irlab qo‘ymoqchi bo‘ldi, biroq Hyerin chaqqonlik bilan o‘zini chetga oldi.
— Hayrli kun, — dedi Hyerin qisqa qilib. Uning nigohlari Jiminning ko‘zlariga emas, stolning bir nuqtasiga qadalgan edi. Qiz o‘zini iloji boricha uzoqroq tutishga urinib, stolning chetki qismiga o‘tirdi.
Jiminning qo‘li havoda muallaq qoldi. Uning yuzidan bir lahzalik og‘riq o‘tdi, ammo buni tezda yashirdi. U Hyerinni o‘zidan itarayotganini bilsa-da, qizning bu qadar sovuqqon munosabatini koʻtara olmadi.
Shu payt Heyon vaziyatni "yumshatishga" qaror qildi. U yuziga eng beg‘ubor va muloyim ifodasini kiyib, Hyeringa yuzlandi.
— Yo, Xudoyim Hyerin, ko‘zlaring biroz toliqqandek ko‘rinyapti, — dedi Heyon , xuddi mehribon opalardek. — Jimin sening juda iqtidorli rassomligingni aytgan edi. Tun bo‘yi ijod qildingmi? O‘zingni unchalik qiynama, bunday go‘zallikni asrash kerak.
Hyerin indamay ovqatga qo‘l uzatdi.
— Rahmat, — dedi Hyerin xushmuomalalik yuzasidan.
— Bilasanmi, — davom etdi Heyon Jiminning qo‘lini ohista ushlaganicha , — biz Jimin bilan seni qanday xursand qilishni o‘ylayotgan edik. Yaqinda shahardagi eng mashhur galereyada ko‘rgazma bo‘ladi. Agar xohlasang, u yerga birga boramiz. Senga yangi bo‘yoqlar va mo‘yqalamlar ham olib beraman, nima deysan?
— Kerak emas, — dedi Hyerin birdan, nigohini stolga tikib. — Men o‘zimga kerakli narsalarni oʻzim sotib ola oladigan yoshdaman.Qolaversa, yaqinda Germaniyaga, Serin xolamning oldiga ketyapman. O‘qishimni bitirishim bilan yo‘lga chiqaman. Aslida ular meni bolaligimdan asrab ola olishga sharoiti boʻlmagani tufayli afsuslanar edilar. Hayotimni qolgan qismini ular bilan oʻtkazmoqchiman.
Oshxonaga og‘ir sukunat cho‘kdi. Jiminning qo‘lidagi sanchqi titrab ketdi. U Hyerinning ketish haqida o‘ylayotganini bilardi, lekin qizning buni bunchalik tez va qat’iyat bilan aytishini kutmagan edi.
— Germaniyaga? — deb so‘radi Jimin, biroz xorgʻinlik bilan — Shunchalik tezmi? Hali o‘qishing...
— Bir oydan keyin ketaman, amaki, — dedi Hyerin "amaki" so‘ziga alohida urg‘u berib. — Siz ham o‘z hayotingizni qurishingiz kerak. Men ortiqcha yuk bo‘lishni istamayman.
Heyonning ko‘zlarida esa g‘alaba uchqunlari porlab ketdi, lekin u buni darhol yashirib, soxta xavotir bilan gapirdi:
— Jimin, buni qarang , mitti malikangiz chindan ham ulg‘ayibdi. O‘z kelajagi haqida mustaqil qaror qabul qilyapti. Bu qanchalik ajoyib, shunday emasmi?
Jimin hech narsa demadi. U faqatgina qarshisida o‘tirgan, unga qarashni istamayotgan qizga tikildi. U o‘zi qurgan devor hozir o‘zini ham, qizni ham azoblayogkani his qilardi, biroq ortga yo‘l yo‘q edi.

2-Bob
Kim Yein