November 24, 2025

🎓 Tyutorlik tashabbusi doirasida Prokuratura tarixi muzeyiga sayohat!

19.11.2025-yil sanasida talabalar O‘zbekiston Prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyda prokuratura tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, tarixiy o‘zgarishlari va yillar davomida qo‘llanilgan hujjatlar hamda nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

🕰 Talabalar:

Prokuratura tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi
Amaliy tajribalarini boyitishdi
Huquqiy tizimning evolyutsiyasini jonli misollar orqali o‘rgandilar
Bunday tashriflar ularning kasbiy dunyoqarashini kengaytirib, kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim zamin yaratadi.