S
Shoxrux Xoliqov
@xoliqovshohrux
8 posts
Pinned

 #publiclawfaculty

📣2024-yil 12-dekabr kuni TDYU 3-binosi ADOda Ommaviy huquq fakulteti talabalarini huquqiy bilimlarini hamda intellektual salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan "Just Law" loyihasi o'tkazildi! ✅ Loyihada jami 25 ta jamoadan iborat 100 nafar talabalar ishtirok etdi.

🎓 Tyutorlik tashabbusi doirasida Prokuratura tarixi muzeyiga sayohat!

19.11.2025-yil sanasida talabalar O‘zbekiston Prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyda prokuratura tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, tarixiy o‘zgarishlari va yillar davomida qo‘llanilgan hujjatlar hamda nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun yuridik ta’lim va fan sohasi fidoiylari bo‘lgan faxriy professorlar nomiga atab nomli stipendiyalar joriy etildi.

Stipendiyalar fakultetlar kesimida tartibda tashkil etiladi. Ommaviy huquq fakulteti talabalari uchun – yuridik fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, davlat arbobi Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich nomiga bag‘ishlab Stipendiya tashkil etildi.

Talabalarga grantlarni qayta taqsimlash bilan bogʻliq 5 muhim savolga javob

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-mart sanasida qabul qilingan 149-son “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ko’ra, oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-shartnoma asosida qabul qilingan talabalar keyingi oʻquv yilidan boshlab, oʻqishni davlat granti asosida davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida NIZOMiga asosan: ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Bakalavr yoki magistratura talabalari uchun “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Nomzod O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak. Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

🏆 Talabalar turar joyida Ommaviy huquq fakulteti tomonidan sport musobaqalar tashkil etildi.              

2025-yil 14-fevral kuni Ommaviy huquq fakulteti tomonidan 3-sonli Talabalar turar joyida futbol, stol tennisi, volleybol va darts sport turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar tashkil etildi.