O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida NIZOMiga asosan: ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Qarorga koʻra, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ijtimoiy faol talabalarga taʼlim granti toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarda taqdim etiladi.
Shuningdek, mazkur hujjatga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan ayrim toifadagi talabalarga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi. Ushbu toifadagi talabalar oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab ikki turdagi grantdan foydalanishi mumkin. Birinchi turdagi grant orqali ularning kontrakt toʻlovi Davlat byudjetidan toʻliq qoplanadi, ikkinchi turdagi grantda esa moliyaviy mustaqil oliygohlarning mablagʻlari hisobidan kontrakt summasining maʼlum bir qismi qoplab beriladi.
Bundan tashqari, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun davlat granti kvotasidan tashqari 10 foizgacha qoʻshimcha grantlar ajratiladi. Davlat grantiga oʻtish balining 80 foizidan yuqori natija koʻrsatgan abituriyentlar ushbu grantlar orqali oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Talabalar uchun yana bir muhim yangilik – oʻzlashtirish koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlgan ayrim toifadagi talabalarga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi. Bu imkoniyat orqali yoshlarimiz taʼlim olish jarayonida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Grantlarni taqdim etish jarayoni shaffoflik va xolislik tamoyillariga asoslanadi. Barcha talabgorlar oliygohlarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin. Grantlarga talabgorlar oliygohlar huzurida tashkil etiladigan maxsus komissiyalar tomonidan baholanib, natijalar yangi oʻquv yili boshlanishidan oldin eʼlon qilinadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida NIZOMiga asosan:
Ta’lim grantiga talabgor — oliy ta’lim tashkilotining ta’lim granti ajratilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi kurslarda tahsil olayotgan, ta’lim grantini qayta taqsimlashda ishtirok etish istagini bildirgan talaba;
To‘liq ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti;
to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti;
GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballarining o‘rtacha qiymati;
Qo‘shimcha davlat granti — oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida muayyan o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi talabalarning (keyingi o‘rinlarda — belgilangan toifadagi talabalar) navbatdagi o‘quv yili uchun o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan grant;
Oliy ta’lim tashkiloti granti — moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ularda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi belgilangan toifadagi talabalarning GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lganda, ularning navbatdagi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan qismini ushbu oliy ta’lim tashkilot
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2024/2025 o‘quv yilidan o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim grantini qayta taqsimlash SXEMASI
Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faolligini aniqlash bo‘yicha baholash MEZONLARI