Xiva turizm va madaniy meros texnikumida xalqaro hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda
3-4 mart kunlari Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (GIZ) tomonidan "O'zbekiston hududlarida iqtisodi islohotlar va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashish" loyihasi doirasida "Leo Impact Consalting" kompaniyasi mutassislari Xiva turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif amalga oshirildi.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi kasb-hunar sohasidagi mavjud vaziyatni, xususan, loyihani aynan pilot kollej va texnikumlarda o'rganish, turizm sohasidagi samarali o'quv dasturlarini o'rganish, loyihaning keyingi bosqichlarini ishlab chiqish uchun pedagoglar salohiyatini baholashdan iborat.
2 kun davomi mutaxassis texnikumda bo'lib texnikum binosining rekonstruksiyadan keyingi holati, sharoitlari bilan tanishdi, o'quvchi hamda o'qituvchilar bilan suhbatlar olib bordi, chet ellik mutaxassis ishtirokida seminar tashkil etildi, o'quv dasturlari bo'yicha chet el tajribasi o'rganildi hamda texnikum o'quv dasturlari bilan yaqindan tanishtirildi, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonlari bilan tanishtirildi, ish beruvchi tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Bunday loyihalar ta'lim sifatini oshirish, yangi avlod kadrlari tayyorlashda jahon tajribasini qo'llash, turizm sohasini rivojlantirish, texnikum moddiy texnik bazasini boyitishda katta yordam beradi.