3-4 mart kunlari Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (GIZ) tomonidan "O'zbekiston hududlarida iqtisodi islohotlar va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashish" loyihasi doirasida "Leo Impact Consalting" kompaniyasi mutassislari Xiva turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif amalga oshirildi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi kasb-hunar sohasidagi mavjud vaziyatni, xususan, loyihani aynan pilot kollej va texnikumlarda o'rganish, turizm sohasidagi samarali o'quv dasturlarini o'rganish, loyihaning keyingi bosqichlarini ishlab chiqish uchun pedagoglar salohiyatini baholashdan iborat.