January 6

Aholini ro‘yxatga olish savollari

UMUMIY MA’LUMOT:

O‘zbekistonda 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich (15–31-yanvar)17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

2-bosqich (4–28-fevral)“Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan uyma-uy yurib, planshetlar orqali ro‘yxatga olish jarayonlari tashkil etiladi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

Savolnoma tarkibida jami savollar soni 71 ta bo‘lib, shundan aholiga oid 54 ta va qishloq xo‘jaligiga oid 17 tani tashkil etadi.

Batafsil ma’lumotlar: https://aholi.stat.uz/uz

Video qo‘llanma
1-shakl (anketa rasmlari pastda)

I BO‘LIM. UY XO‘JALIKLARI SONI, ULARNING TARKIBI VA YASHASH SHAROITI

1. Turar joyda yashovchi uy xo‘jaliklari soni

2. Uy xo‘jalik(lar)da yashovchi oilalar soni

3. Uy xo‘jaligi tomonidan foydalanilayotgan turar joyning mulkchilik shakli (davlat mulki, xususiy mulk, yuridik shaxs mulki, ijaraga olingan, boshqa)

4. Uy xo‘jaligidagi yashash xonalari soni (bunda xonalar soni, mavjud xonalarning maydoni [m2] kiritiladi)

5. 2026-yilning 15-yanvariga o‘tar kechasi ushbu xonadonda O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari bo‘lganmi?

II BO‘LIM. YASHASH UCHUN FOYDALANILADIGAN TURAR JOY XUSUSIYATLARI

1. Yashash uchun mo‘ljallangan turar joy turi (shaxsiy yakka tartibdagi hovli, ko‘p qavatli uydagi xonadon, dala hovli (dacha), yotoqxona, mehmonxona/xostel, talaba va o‘quvchilar yotoqxonasi, yashash uchun foydalaniladigan noturar joy, boshqa turdagi turar joy)

2. Yakka tartibdagi hovli yoki kvartiraning umumiy qurilish maydoni, m2 (butun sonlarda)

3. Qurilgan davri

4. Uy devorlarining asosiy materiali (pishgan g‘isht, xom g‘isht, beton/monolit, paxsa, blok/penoblok/gazoblok, tosh, yog‘och/taxta, aralash materiallar, boshqa materiallar)

5. Yashash joyida mavjud qulayliklar, shu jumladan sanitariya-gigiyenik sharoitlar (bunda suv ta’minoti, issiq suv ta’minoti, gaz, elektr ta’minoti, isitish tizimi, Internet, yuvinish joyi, hojatxona, kanalizatsiya tizimi, chiqindi yig‘ish xizmati haqida savollar so‘raladi)

6. Uy xo‘jaligi a’zolarining 2025-yil davomida qishloq xo‘jalik yerlari (tomorqasi) yoki 2026-yilning 15-yanvar holatiga chorva mollari va parrandalari bo‘lganmi?

7. Uy xo‘jaligi a’zolari ro‘yxatidan qishloq xo‘jaligi faoliyati boshqaruvchisini ko‘rsating

2-shakl (anketa rasmlari pastda)

SHAXSGA DOIR SAVOLNOMA

1. JSHSHIR raqami

2. Familiyasi, Ismi, Otasining ismi

3. Tug‘ilgan sanangiz?

4. Jinsi

5. Uy xo‘jaligida birinchi ko‘rsatilgan shaxsga (oila boshlig‘iga) nisbatan qarindoshlik munosabatingiz?

6. Oilaviy holatingiz?

7. Nechta farzandni dunyoga keltirgansiz?

8. Tug‘ilgan joyingiz?

9. Mazkur tuman (shahar)da tug‘ilganingizdan beri yashaysizmi?

Agar 9-savolga javob "yo‘q" bo‘lsa:

9a. Qachon ko‘chib kelgansiz?

9b. Oxirgi yashagan joyingiz?

10. Boshqa mamlakatda (O‘zbekistonga ko‘chib kelganingizdan so‘ng) uzluksiz bir yil va undan ortiq muddatda yashaganmisiz (bo‘lganmisiz)?

Agar 10-savolga javob "ha" bo‘lsa:

10a. Qaysi mamlakatda bo‘lgansiz?

10b. O‘zbekiston Respublikasidan qachon ketgan edingiz?

10s. O‘zbekiston Respublikasiga qachon qaytib keldingiz?

10d. O‘zbekiston Respublikasidan nima maqsadda ketgansiz? (ish, ta'lim, davolanish, xizmat safari, oilaviy sabablar, turizm/dam olish, tijorat, boshqa sabablar)

11. Fuqaroligingiz?

Agar 11-savolga javob "fuqaroligi bo‘lmagan shaxs" yoki "boshqa davlat fuqarosi" bo‘lsa:

11a. Siz qochoq (qochqin) maqomiga egamisiz?

12. Millatingiz?

13. Ona tilingiz?

14. Qaysi tillarda suhbatlasha olasiz?

15. Ta’lim darajangiz?

16. Hozirda ta’lim olasizmi? (7 yosh va undan kattalar uchun)

16a. Bola bog‘chaga boradimi? (7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun)

17. Yashash uchun daromad manbalaringizni ko‘rsating?

18. 2026-yil 15-yanvargacha bo‘lgan oxirgi 7 kun (so‘nggi bir hafta) davomida bir soat bo‘lsa ham ish haqi to‘lanadigan yoki daromad keltiradigan ish bilan shug‘ullanganmisiz? (15-74 yosh shaxslar uchun)

19. Asosiy mehnat faoliyatingizni qayerda olib borasiz (qayerda ishlaysiz)?

20. Asosiy ish joyingizda kim bo‘lib ishlaysiz?

20a. Asosiy ish joyingizda kasbingiz nima?

21. Asosiy ishingiz qaysi iqtisodiy faoliyat turiga to‘g‘ri keladi?

22. Asosiy ish joyingiz qayerda joylashgan?

23. 2026-yil 15-yanvargacha bo‘lgan oxirgi 4 hafta (28 kun) davomida faol ravishda ish izladingizmi?

23a. Agar Sizga ish taklif etilsa, 2 hafta mobaynida ishga kirishgan bo‘lar edingizmi?

Agar 23a-savolga javob "yo‘q" bo‘lsa:

23b. Ish izlamaslik yoki taklif etilgan ishga kirishmaslik sababini ko‘rsating?

5-shakl (anketa rasmlari pastda)

JISMONIY SHAXSLAR UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH BO‘YICHA SAVOLNOMA

I BO‘LIM. UMUMIY TAVSIF

1. 2025-yil davomida xo‘jalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning asosiy maqsadi

II BO‘LIM. XO‘JALIKDAGI MEHNAT FAOLIYATI

1. Ushbu xonadonda yashovchi, 2025-yil davomida qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullangan xo‘jalik a’zolarining ish vaqti va ishlagan oylari

A. Yashab turgan joyingizdagi tomorqani ham qo‘shgan holda, 2025-yilda foydalanishingizda boshqa nechta jami ekin ekilgan, ekilmagan (bo‘sh turgan) va bog‘dorchilik yerlari mavjud bo‘lgan?

III BO‘LIM. YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH

1. Yer maydonlari joylashgan manzilni ko‘rsating.

2. 2026-yilning 15-yanvar holatiga yer uchastkasiga bo‘lgan egalik huquqi va ularning maydoni (sotix, 0,01 aniqlikkacha) (bunda umrbod egalik qilish huquqi, ijaraga olingan, ikkilamchi ijaraga olingan, ijaraga berilgan, boshqa yerlar maydoni haqida ma’lumot beriladi)

3. 2025-yil davomida xo‘jalik tasarrufidagi yer maydoni va ularning foydalanish turlari bo‘yicha taqsimlanishi (sotix, 0,01 aniqlikkacha)

IV BO‘LIM. SUG‘ORISH

1. 2025-yil davomida ushbu yer uchastkasi kamida bir marta bo‘lsa ham sug‘orilganmi?

Agar 1-savolga javob "ha" bo‘lsa:

2. 2025-yil davomida qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun foydalanilayotgan suv manbalari

3. 2025-yil davomida qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orishda foydalanilgan sug‘orish usullari.

V BO‘LIM. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI

1. 2025-yil davomida xo‘jalikda ekin ekilgan yerlar maydonini bir yillik ekin turlari bo‘yicha ko‘rsating

1.1 Don va dukkakli don ekinlari, jami (shu jumladan, bug‘doy, arpa, javdar, don uchun makkajo‘xori, oq jo‘xori, sholi, no‘xat, mosh, loviya, boshqa)

1.2 Sabzavot ekinlari, jami (shu jumladan, karam, gulkaram, brokkoli, pomidor, bodring, baqlajon, qalampir, qovoq, sabzi, sholg‘om, turp, rediska, oziqbop lavlagi, bosh piyoz va shalot piyoz, sarimsoq piyoz, sabzavot urug‘lari, sabzovot ko‘chatlari, boshqalar)

1.3 Kartoshka

1.4 Texnik ekinlar, jami (shu jumladan, qand lavlagi, tamaki, kungaboqar, zig‘ir, soya, kunjut, yeryong‘oq, maxsar, dorivor o‘simliklar, boshqalar)

1.5 Oziqbop poliz ekinlari, jami (shu jumladan, qovun, tarvuz, poliz urug‘lari, poliz ko‘chatlari)

1.6 Yem-xashak (ozuqa) ekinlari, jami (shu jumladan, ildizmevalar va poliz, bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar)

1.7 Gullar, jami (shu jumladan, atirgul, xrizantema, moychechak, astra, petuniya, lola, chinnigul (gvozdika), boshqalar)

1.8 Gul ko‘chatlari

1.9 Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari

1.10 Yosh mevali bog‘lar va ko‘p yillik daraxt qatorlari oralariga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari

1.11 Qo‘ziqorin (kv.m)

2. 2026-yilning 15-yanvar holatiga xo‘jalikda ekilgan ko‘p yillik mevali, manzarali va boshqa turdagi daraxtlar, rezavorlar, toklar maydoni va tuplari soni

2.1 Urug‘li mevalar, jami (shu jumladan, olma, nok, behi, boshqa urug‘ mevalar)

2.2 Danakli mevalar, jami (shu jumladan, olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli, boshqa danakli mevalar)

2.3 Yong‘oq mevalilar, jami (shu jumladan, yong‘oq, bodom, pista, boshqa yong‘oq mevalilar)

2.4 Subtropik mevalar, jami (shu jumladan, anjir, xurmo, anor, boshqa subtropik mevalar)

2.5 Rezavor mevalar, jami (shu jumladan, qulupnay, malina, golubika, boshqa rezavor mevalar)

2.6 Toklar, jami (shu jumladan, xo‘raki navi, mayizbop navi, texnik navi, boshqa navlari)

2.7 Tutlar

2.8 Teraklar, jami (shu jumladan, 5 metrgacha bo‘lgani, 6-9 metrgacha, 10 metr va undan yuqori)

2.9 Tollar, jami (shu jumladan, 3 metrgacha bo‘lgani, 4-8 metrgacha, 9 metr va undan yuqori)

2.10 Pavlovniya, jami (shu jumladan, 6 metrgacha bo‘lgani, 7-11 metrgacha, 12 metr va undan yuqori)

2.11 Manzarali daraxtlar va butalar, jami (shu jumladan, chinor, archa, nastarin, boshqa manzarali daraxtlar)

2.12 Yuqorida ko‘rsatilmagan ko‘p yillik daraxtlar

2.13 Yopiq yerlardagi (issiqxonalardagi) ko‘p yillik ekinlar, jami (shu jumladan, sitrus mevalar)

3. 2025-yil davomida xo‘jalikda yetishtirilgan ko‘chatlar (mevali daraxt ko‘chatlari, tok ko‘chatlari, terak ko‘chatlari, tut ko‘chatlari, pavlovniya ko‘chatlari, manzarali daraxt ko‘chatlari, boshqalar)

4. 2025-yil davomida xo‘jalikda ishlatilgan o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari

4.1 Organik o‘g‘itlar (shu jumladan, go‘ng, bioo‘g‘it)

4.2 Mineral o‘g‘itlar (shu jumladan, azot, fosforli, kaliyli)

4.3 O‘simliklarni himoya qilish vositalari (biologik, kimyoviy/pestisidlar)

VI BO‘LIM. QISHLOQ XO‘JALIGI HAYVONLARI VA PARRANDALARI

1. 2026-yilning 15-yanvar holatiga xo‘jalikdagi qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarini saqlash usullari (turg‘un/molxona, yaylov, katak, haydab boqish, parranda mavjud emas)

2. 2026-yilning 15-yanvar holatiga xo‘jalikdagi qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining bosh soni, bosh

2.1 Yirik shoxli qoramollar, jami (shu jumladan, erkak qoramollar/1 yoshdan katta erkak qoramollar, urg‘ochi qoramollar/1 yoshdan katta urg‘ochi qoramollar, sigirlar, nasldor urg‘ochi qoramollar)

2.2 Qo‘ylar, jami (shu jumladan, erkak qo‘ylar, urg‘ochi qo‘ylar, ona qo‘ylar/sovliqlar, qorako‘l zotli qo‘ylar)

2.3 Echkilar, jami (shu jumladan, erkak echkilar, urg‘ochi echkilar, ona echkilar)

2.4 Otlar, jami (shu jumladan, erkak otlar, urg‘ochi otlar, biyalar/ona biyalar)

2.5 Tuyalar, jami

2.6 Cho‘chqalar, jami

2.7 Eshaklar, xachir, ot xachirlar

2.8 Mo‘ynali hayvonlar, jami (quyonlar, boshqa mo‘ynali hayvonlar)

2.9 Yuqorida ko‘rsatilmagan qishloq xo‘jaligi hayvonlari (bug‘u, kiyik, los va boshqalar)

2.10 Parrandalar, jami (shu jumladan, tovuqlar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar, bedanalar, yuqorida ko‘rsatilmagan parrandalar)

2.11 Asalari oilalari, jami, dona

VII BO‘LIM. AKVAKULTURA

1. 2025-yil davomida xo‘jalik baliq boqish (akvakultura) bilan shug‘ullanganmi?

Agar 2-savolga javob "ha" bo‘lsa:

2. 2025-yil davomida xo‘jalikda baliq boqish (akvakultura) qanday suv havzalarida amalga oshirilgan? (sun’iy, tabiiy)

ANKETA RASMLARI

1-shakl (1)
1-shakl (2)
2-shakl (1)
2-shakl (2)
2-shakl (3)
5-shakl (1)
5-shakl (2)
5-shakl (3)
5-shakl (4)
5-shakl (5)