June 14, 2020

Abituriyent-2020 | @xushnudbek guruhi qoidalari

Assalomu alaykum, hurmatli guruhimiz aʼzolari! Biz bilan birga ekanligingizdan mamnunmiz.

👉 GURUH HAQIDA 👈

Maqsad:

Ushbu guruh oliy taʼlim muassasalariga 2020-yilgi qabul jarayonlari boshlanishi munosabati bilan abituriyentlarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

Faoliyat:

Unda abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollar, muammolar va takliflar ko‘rib chiqiladi hamda ularga huquqiy yechim berib borishga harakat qilamiz.

Shuningdek, guruhda abituriyentlar o‘zaro fikr almashishi, tajribalari bilan o‘rtoqlashishi, qabul jarayoniga oid masalalar yuzasidan muhokama qilishlari mumkin.

Tashkilotchilar:

Guruh @xushnudbek kanali muallifi Xushnudbek Xudoyberdiyev tashabbusi bilan ochildi va bir nechta moderatorlar nazoratida, qatʼiy qoidalar asosida faoliyat yuritadi.

🔰 GURUH QOIDALARI 🔰

❗️ Asosiy talablar ❗️

⛔️ Oftop yoki spamlar taqiqlanadi – guruhda faqat qabul jarayonlari haqida xabar qoldirish mumkin. Qabul jarayoniga taalluqli bo‘lmagan barcha xabarlar, hattoki u taʼlim jarayoniga oid bo‘lsa ham (masalan, talabalik davri, sessiyalar, o‘qishni ko‘chirish va h.k.) o‘chiriladi;

Chatlashmasdan yozish kerak – guruh aʼzolariga xabar yozish uchun maʼlum cheklovlar qo‘yilgan, shu sababli fikrlarni jamlab, barchasini bitta xabarda yozishga harakat qiling. Shunchaki “Salom”, “Qalaysizlar”, “Ishlar yaxshimi?”, “Kim onlayn?”, “Xayrli tong” kabi chatlashish mumkin emas;

📛 Reklama mumkin emas – guruhda ochiq yoki yashirin tarzda turli xizmatlar reklamasini qilish taqiqlanadi. Hattoki ushbu xizmat qabul jarayonlariga oid bo‘lsa ham (o‘quv markazlari, repetitorlar, onlayn test bazalari va h.k.);

🚫 Takrorlamasdan yozish – bitta xabarni qayta-qayta yuborish taqiqlanadi;

🔞 Haqoratlar taqiqlanadi – guruh aʼzolarini har qanday ko‘rinishda haqoratlash, mazax qilish, shaxsiyatiga tegish, so‘kinish, uyatsiz so‘zlar, rasm yoki videolar yuborish va h.k. ahloq qoidalariga zid xabarlar taqiqlanadi. Bunday aʼzolar hech qanday ogohlantirishsiz guruhdan umrbod chetlatiladi.


✳️ Qo‘shimcha tavsiyalar ✳️

Aniqlik – guruhda savol, mulohaza yoki taklif qoldirayotganda, fikrni aniq tushuntirishga harakat qiling. Mavhum va tushunarsiz yozmang;

❇️ Batafsil maʼlumot - savolingizga to‘liq huquqiy maslahat olish uchun masalani batafsil bayon qiling, qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirmoqchi ekanligingizni ham eslatib o‘ting. Agar profilingizda ismingiz emas, nik yozilgan bo‘lsa, savolingiz ostiga haqiqiy ismingizni yozishni ham tavsiya qilamiz;

✳️ Sabrli bo‘lish – savol yoki fikr bildirganda, javoblarni sabr bilan kuting. Ish hajmi ko‘pligidan barchasiga ulgurilmasligi mumkin, shu sababli hadeb takrorlab, odobsizlik qilmang.


‼️ ESLATMA ‼️

Mazkur qoidalarga amal qilmaganlar, baʼzi istisnolarni hisobga olmaganda, avval ogohlantiriladi. Agar qoidabuzarlik yana takrorlansa, maʼlum muddatga yoki butunlayga guruhdan chiqarib yuboriladi.


🎓 Barchaga imtihonlarda omad tilaymiz!