Today

TAN OLINMAGAN SEVGI

CHAPTER 3
.
.

γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€

Seorimni yuragi g'alati va ishnochsiz tez urardi, o'ng yelkasi tomonda o'tirgan otasiga har bir soniyda nimadir deyishni kutib qarab qarab qo'yardi. Ammo ishonchni niqob qilib olgan bu erkak lom lum deymay diqqatni mashinani mahorat bilan boshqarayotgan haydovchiga qaratgan edi. Bir lahza mashinani tinch shuvillab yurishi va sokin nafas olishlar davom etdi. Birdan haydovchining telefoni jiringlab bu sukunatni yirtib tashlagandek bo'lib etobrni qaratdi.

- Kim ekan? - sukutni buzilgani yoqmay so'radi Dongjun.

- Janob oyim qong'iroq qilyabti, keyinroq javob beraman deb xabar yozdim. Hammasi joyida...xavotirlanmang - haydovchi bu tasodifiy narsadan biroz uyalgancha mashina ro'lini biroz siqib qo'ydi. Janob Yeon indamay bosh silkitib qabul qildi. Ammo cho'zilgan bu sukutni yengillashtirgan suhbat ochilganidan foydalanib qizizga o'girildi.

- Haliyam otangdan hafamisan? - dedi u xotirjam ohangni saqlagan holda.

- Hammasi joyida shekilli - Shubha ila otasi tomon qaramay javob qaytardi qiz.

- Agar shunday bo'lsa bilib qo'y men hech qanday ayb ish qilmadim. Seni biroz tergab qo'yganim uchun o'zigni bunday tutma. Qaddigni rostlab Yeon larni yagona qirolichasidek tut o'zigni! - yana tanbeh bergandek boshini ko'tarib qizga qayta qaramadi.

Bu suhbatkar qizga yoqmay boryotgandi. Ota va qiz o'rtasidagi g'alati so'zlar yaratilayotgan xira parda kabi ko'rinardi. Ammo noiloj otasini ko'proq shani qiziq ekani tufayli qiz indamay bosh egib yo'lda davom etavergandek edi. Avvali hammadan ham himoya qilgan otani emas balki o'z qizidan ham shani or nomisini himoya qilayotgan ota namoyon bo'lardi. Nihoyat mashina o'sha hammaga nomi mashhur bo'lgan clubga yetib kelishdi. Bu yerda hamma yoshlar tinmay qatnardi..ammo hamma ham emas. Faqat boy oila vakillarigina bu ostonaga qadam qo'yishadi.

Janob Yeon toza va yaltirab turgan ostondan ichkariga kirdi. Club ichi boy oila vakillariga to'la ular bu yerda xoxlashgancha ko'ngil xushlik qilishardi. Qizlar, ichimlik turli toifadagi alkagol va tamakilar bilan to'la edi. Bu yerda son sanoqsiz qizlar ishlashadi, bu boy navsi buzuqlarni navsini qondirish uchun. Lekin bu yerda tartib juda kuchli.

- O'zigni tut! - qayta ogohlantirib qizini qo'lidan tutib oldi va shu club boshqaruvchisi tomon yetakladi.

- Qizimni eng shinam va sahna ko'rinib turadigan joyga joylashtir. Qo'rqichilarga tayinla undan ko'z uzishmasin, men bir necha daqiqadan keyin qaytaman - kastyumini to'g'irlagancha u odamlar orasiga g'oyib bo'ldi.

- Qani xonim yuring. Sizni markazdagi bir shinam joyga joylashtirman - Qiz bu otasini buyrug'ini bajarayotgan erkakni ortidan ergashib, odamlar orasidan o'tib borardi.

Xodim qizni qularoq joyga olib kelgandan keyin qo'riqchilari tayinlab Yeon oilasini olmosini saqlashni buyurgandek buyurdi.

- Ehtiyot bo'ling xonim, bu yerdagi boyvacha erkaklarni ko'ngli har narsa tusaydi. Sizga yomon ko'zlar bilan qarashganjni sezsangiz ortingizdagi qo'rqichilarga xabar bering - xodim miloyimlik bilan qizga tushuntirib u o'tirgan stoldan uzoqlashdi. Avvaliga Seorim uni gapiga hayrat bilan atrofni kuzatdi so'ng yigitlar qizlarga qanday muomila qilayotganini ko'rgach barini tushuna boshladi.

Seorim bularni ko'rishni xoxlamay o'zi uchun bir stakan nordon olcha aharbatidna quydib, bir ho'plab qo'ydi. Shu zahotiyoq u o'tirgan divan g'ijirlab bir notanisj yigit paydo bo'ldi. U yonidagi qizga maftun bo'lgandek ko'z uzmay oradagi masofani topib yaqinlashdi.

- Hey go'zal...Qalaysan? Seni boyadan beri kuzatyabman. Juda chiroyli ekansan...etiboilni tortding..Ayniqsa mana bu qizil ko'ylakda nihoyatda chirotlisan - yigit qo'lini cho'zib qizni sochlarini bir tutamni orqaga qilib qo'ymoqchi edi, to'saddan qiz uni qo'lini siltab yubordi. Yigitni bundan jajli chiqarib ekan lekin o'zini nazorat qilib jag'ini siqib qo'ydi.

- Juda uddaburon harakat shunday emasmi?

Yigit bu nozik qizni bilaklarini qattiq ushlab olib o'ziga yaqinroq tortdi, deyarli ko'kraklari birlashdi.

- Qo'yib yubor meni itni bolasi! - Seorim tishlari orasidan haqorat chiqar ekan uni qo'lini o'zinikidan qattiqroq itarardi. Ammo erkak kuchi ustunlik qilib deyarli qizni qo'lini og'riqli siqdi.

- Hooy tiligni hozir kesib olaman seni. Hozir seni bu yerdan olib ketib shu so'zlari uchun xoxlagan ko'yimga solishimni xoxlaysanmi? Qo'riqchilaring ketishdi shuning uchun men fursatdan foydalanib qolishini o'yladim - yigit kulimsiragancha qizni qo'lini qattiqroq siqdi, atrofdagi o'yin kulgiga singib ketgan yoshlar hech narsaga etibor berishmas, xoxlashganicha ichib o'yin kulgiga davom etardi. Seorimni ko'nglim bu muhitda battarroq siqila boshladi, qarshilik qilishi susayib qo'riqchilarini yo'qligini ko'rdi.

- Agar qo'ligni menga teginadigan bo'lsang go'shtigni burdalab itlarga yem qilaman - dadil javob berdi qiz.

- Shunday ekanmi? Hozir hech narsa qilolmaysan, o'zigni kuchingga ishonsang meni yengib ko'r. Yutqazsang bir tuning meniki - yigit mazax qilgancha qizni iforini hidlashga urunib quloqlariga yaqinlashdi - Xavotir olma seni ko'p xafa qilmayman...faqat rozi bo'lsang bo'ldi.

Qiz uni jirkanch so'zlaridan hayratlanmadi ammo jirkanganidan lablarini burishtirib uni yana o'zidan uzoqlashtirishga urundi. Bu yigit bunga ahamiyat bermadi shekilli qo'llari qizni bellari tomon harakatlanib uni ko'ndirishga urunardi.

- Qo'ligni ol mendan xaromi!! - qiz achchiq alam bilan unga shilqimlik qilayotgan yigitni betiga shapaloq tushirdi.

- Nima deb o'ylaganding? Hech narsa qilmasdan senga o'zimni topshirishim kerakmidi? Iflos nafs qullari!! - qiz lablarini chetida alamli kulib, qimmat clubni poliga tupurdi. Qarshisidagi yigit uni g'ayratidan hayratda edi, hozirgina sodd deb o'ylangan qiz dadil chiqib qoldi.

- Bilasanmi nima qizaloq? - yigit gapini davom ettirish uchun unga yana yaqinlashdi. - Menga umuman ahamiyati yo'q. Xoxlasam meniki bo'lasan...

- Shunday deb o'ylaysanmi? Lekin sen ham bilib qo'y men sen bilan raxmim kelganidan gaplashyabman chunki sendaqa tagi paslar bilan gaplashib o'tirishga vaqtim yo'q. Nachora sen ham meni o'zigniki qilishni orzu qilgan bolakaylarni birisan - u shunday deya yigitni yoqasini qo'lini orqa qismi bilan xayolig changni qoqib qo'ydi.

- Og'zingga qarab gapir Yeon xonim. Sen aslida otangni ortiga berkingan mitti qanotsiz qushchasan, usiz ucholmaysan - Seorim uni gaplariga endi javob qaytarmoqchi bo'lganda yigit bunga o'rin qoldirmay bo'ynini qisib turgan ko'ylak tugmasini bo'shatib o'rnidan turdi va ortiga qaramay raqis tushayotgan yoshlar orasiga g'oyib bo'ldi. Bundan g'azablangan Seorim stakandagi olcha sharbatini oxirigacha nafas olmay ichdi. O'sha yigit uni bu gaplari bilan qanchalik haqorat qilganini judayam yaxshi bilardi va hisob teng bo'lgandek boshqa ortiqcha so'zlarni kutmay ketdi. Qiz esa bu achchiq alamni hazim qilolmay ko'zlaridan yosh oqardi, ammo o'zini bosishga majbur.

Shu payt muzday yalang kaytlar qizni yelkasiga sekin tegdi, birdan bu olovni o'chirishg uringandek Seorimni muzlatib yuboridi. Uni tanasi titrar ekan ,sekin yelkasidan ortga qaradi va bo'lajak eri Han Minseok ortida har doimgidek iliq tabassum qilib turardi.

- Aqildan ozganmisan? Qo'rqirib yubording! - qizning ovozi baland shovqindan ham chiyillab chiqdi.

- Hoy sekinroq! Kechirasan..seni qo'rqirmoqchi emasdim. Haligi yuzing...yuzing qizarib ketibti. Nimadir bo'ldimi?

Seorim qizargan yuzini ikki kafti orasiga olib sekin ishqaladi va kafti ostida hayratlanarli issiqlik his etdi.

- Hech narsa bo'lgani yo'q. Shunchaki isib ketdim shekilli - qiz bo'lgan voqealarni sir tutgan holda unga yolg'on gapirdi. Minseok atrofga Nazar tashlab qo'riqchilar yo'qligini ko'rdi.

- Qani qo'riqchilaring? - ovoz toni ko'tarib gapirdi yigit.

- Bilmayman!

- Hop yaxshi - Minseok qizni ko'ziga qaramay javob berdi, go'yoki nimadir bo'lyotgandek.

- Nega yaxshi? Yaxshimas! - norozi ohang bilan qovg'ini o'ydi qiz.

- Nega? Men yo'qligimdan avval oldingga kimdir keldimi?

- Ha! Keldi! Bir axmoq keldi. Meniki qilaman va yana haqoratlarini aytib ketdi

Seorim jahil bilan so'zlarni uni yuziga sapchib tashladi go'yoki hammasiga Minseok aybdordek. Lekin Minseok shunga qaramay xotirjam javob qaytardi.

- Menga qara Seorim. Hozir Meni diqqat bilan tingla. Dadang..

- Nima qildi dadamga? - keyingi so'zni kutgancha savol berdi.

- Hozir oldingga kelgan yigit yo'llangan. Hoziroq bu yerdan ketishimiz kerak. Seni dadang ham meni dadam ham ularni qo'ldia - Yigit shunchalik xotirjam ediki bu qizni battarroq qo'rqitardi.

- Minseok... iltimos dadam..dadamni.. - qiz yalingancha yig'lab yigitni bilaklarini qattiq ushlab tortqilardi, Minseok holatni og'irlashtirmay uni qo'lini xotirjam siqdi.

- Jim jim. Dadangni ularni qo'lidan qutqaraman, faqat Jim yig'lama.

Seorim ikkilanmasdan Minseokni qo'lidan ushlab clubni tashqarisiga tortdi. Ko'z yoshlari yuzidan dumalab tushishi otasini qanchalik yaxshi ko'rishni isboti bo'lib turardi.

- Gapir Minseok! - yigitni tashqariga chiqarishi bilan uni so'roq qilishni boshladi. Minseok uni yana tinchlantirish uchun qo'lini qizni yelkasiga qo'yib qisdi.

- Seorim nimani tushuntirishim kerak? - xotirjam ohangni saqlab gapirdi yigit.

- Nega o'zigni shunchalik xotirjam tutasan? Dadamga ular nimadir qilishsachi? Sen nega anchinmayabsan? Axir seni ham dadag ularni qo'lida. Seni qo'lingdan hech narsa kelmaydi, qo'rqqaning uchun orqaga chekinyabsanmi? GAPIIIR AHMOQ! - Seorim shunchalik g'azablangandiki savollariga Minseokni ko'mib, qichqirdi.

- JIM BO'L DEDIM! - nihoyat o'sha g'azab qobig'ini yorib yubordi.

Minseokni ko'zlaridagi xotirjamlik o'rnini g'zaba egallab uni nazoratsiz baqirishiga sabab bo'ldi. Ammo u afsuslanmay Seorimni qo'llaridan qattiq ushlab clubdan ancha uzoqroqqa tortishga harakat qildi, lekin seorim unga qarshilik qilishga urunib bor kuchi bilan ortga tortardi o'zini. Minseok yarim yo'lga kelgach to'xtab qarshilik qilayotgan qizni ko'ziga o'sha g'azab qaynagan ko'zlari bilan o'qraydi.

- Bas qil! Qarshilik qilishigni umuman ahamiyati yo'q. Bekorga o'zini uruntiryabsan, chunki hozir seni so'zlaring o'tmaydi - Minseokni jiddiylik aksetgan yuzni qizni qo'rqita boshladi.

- Dadamni o'zim qutqaraman. O'zim eplayman hammasini. O'zim qutqaraman. O'zim uddalayman.

Minseokni g'azab nigohi bir muncha qizni teshib ketgandek kuzatdi so'ng ushlab turgan nozik bilakni qo'yib yuborib ket degan ko'z ishora qildi.

- BOR! QANI BORAQOL!

Qiz ham birdan qarshilik qilayotgan yigit g'azabiga qaramasdan uni ketishiga ruxsat berishidan ikkilanib uni ko'zlaridagi so'zlarni o'qishga urundi.

- Ketaver nega qotib qolding?

- Boraman - qiz ikkilangan bo'lsa ham javob berdi va oxirgi marta ko'z tashlab endi qayrilaman deganda yana yigitni so'zlari uni to'xtatdi...

- O'zi ularga sen keraksan. Nomusigni berib otagni qutqar!

Bu so'zlarizni eshitishi bilan qizni oyog'idan kelgan issiq g'azab tomog'iga kelganda toshga aylandi.

- Nima? Tushinmadim hozir sen meni...sen meni foxsha deyabsanmi? - qiz ikki qadam yaqinlashib qaynayotgan qoni qulog'i ostida eshitlgandek bo'lardi.

- Yo'q! Unday demadim. Seni himoya qilmoqchiman axir. Nega tushunmaysan? Agar u yerga borsang avval xumoridan chiqquncha seni zo'rlashadi keyin itdek xo'rlashashi. Jonsiz tanagni bir nechta erkak o'yinchoq sifatida ishlatadi. Xo'sh...shuni xoxlaysanmi? Seorim shuni xoxlaysanmi dedim???

Seorim eshitgan so'zlaridan yuragi ezilgidek bo'lib boshini patga egar ekan, ko'z yoshlari bilan namlangan yuzini kafti orasiga olib berkitib bo'g'iq ovozda ingrab yig'ladi.

- Xoxlamaysan to'g'rimi? Men ham xoxlamayman Seo...

Minseok yaqinlashib oradagi bo'sh joyni to'liq yopib, issiq ko'kragiga qizni boshini qo'ydi va tinchlantiruvchi silab qo'ydi.

Seorim uni gaplari mutloq haqiligini suyak suyagigacha his qilardi ammo ne qilsin otasini qutqarish uchun hattoki o'ylashi ham istamagandi.

- Tinchlan - dedi minseok qizni sochlariga o'pich bosib.

- Minseok? Hech bo'lmaganda sen bilan boray - qizni bo'g'iq ovozi qaltirab so'radi.

- Mayli...mayli borasan - qiz bu so'zlarni eshitib yuragida ishonch his qilib yigitni ko'zlariga qizarib ketgan ko'zlari bilan qaradi va Minseokni ko'zlarida ham yuragida sezgan ishonchni ko'rdi.

- Unda...unda tezroq boraylik - titragan so'zlar Minseokni yuragini biroz siqdi, ammo bilitirmay boshini sokin silkitdi.

- Hozir mashina kelsin ho'pmi?

Minseok qizdan sekin uzoqlashib uddalay olmaydigan vazifa yelkasiga tushib qolganidan qo'rqa boshladi, o'ng cho'ntagidan telefonini chiqarib qaltirayotgan qo'llarini ekran bo'ylab yurg'izib, klaviatura ustida barmoqlari asabiy sakradi va tez cho'ntagiga soldi.

- Kelyabtimi? - qiz umid bilan yitgni asabiy ko'rinishiga qarab savol berdi, yigit ham bosh silkitib qo'ydi.

Shu zahoti qora rangdagi bmw rusumdagi mashina ularni oldiga kelib to'xtadi. Seorim mashinaga hayron qarab ulgurgan edi, eshik ochilib undan Taehyung tushdi. Yuzi avvalgidan ham sovuq, nigohlari beparvo edi.

Minseok? - dedi u yaqinlashgan zahoti..minseok o'rtada turgan qizni nigohlariga ahamiyat bermay Taehyungga qarab ko'z yumdi. Qiz bu ishorada nimadir bor ekanidan qo'rqib ikki yigitga ham hayrat ko'zlari bilan qarab qoldi. Taehyung tushungandek bo'lib birdan qizni nozik bilaklaridan ushlab..

- Ketdik Seorim

Taehyung ortiqcha so'z aytmay qizni o'zini hashamatli mashinasi tomon olib ketmoqchi bo'lib totgan edi, qiz jahli chiqib uni qo'lini o'zinikidan keskin uloqtirdi.

- Qayerga olib bormoqchisiz? Minseok bilan dadamni oldiga bormoqchimiz - qiz norozi ohangda baqirdi. Bunga etibor ham bermagan Taehyung qo'lini uni bilaklariga qaytarib avvalgidan ham qattiqroq siqdi. Seorim hozir jim turolmasligini juda yaxshi bilardi chunki hozir g'azablangan va baqirib yig'lashiga bir qadam qolgan edi go'yo .

- Senga nima deyabman? - lablari titrab yig'lamaslikka urungan qizni yurak urishini uni qo'lini qattiqroq siqqanda yigit juda yaxshi his qila olardi.

- Yur Minseokkk! - ortiga qarab uni kelishini kutgancha baqirdi seorim.

- Olib ket uni Taehyung!! - Minseok buyruq ohangda baqirib qizni iltijoli chehrasiga oxirgi marta tikildiyu ortiqa qaramay oldiga kelib to'xtagan yo'lovchilar uchun mo'ljallangan taxi ga minib ketdi.