
— Bilganim shuki erkaklarni bari bir xil. Lekin hammasi ham emas degan odamni betiga tupurgim keladi - achchiq alam lablari orasidan chiqib ketishi uni sal avvalgi g'azabini chiqarolmaganini bildirardi.

Sokin tun edi, ko'cha chiroqlari xira yorug'lik bilan yo'lni zo'rg'a yoritardi. Seorim esa shoshilmay kichik qadamlar bilan uyi tomon yurardi va faqat uning qadam tovushlari eshitilardi. Shamol yengil uni yuziga urilar u esa sochlarini to'girlab yurishdan to'xtamadi. Nihoyat uy oldiga yaqinlashganda har doimgi ikki qo'riqchi miq etmay xafvsizlikni taminlardi. Qo'riqchini biri kelayotgan qiz janob Yeon ni qizi ekanini sezib ikkinchisiga qaradi, odatda hech yolg'iz yurmasdi va piyoda kelmasdi.