𝐀𝐛𝐨𝐮𝐭 𝐦𝐞:
Men. Esimni tanibmanki yolg'izman. Doim odamlardan ajralib yurganman. Harakterim sababli kichkinaligimdan hamma bilan urishib yurardim. Eng yomoni shundaki hozir ham shunaqa. Men boshqara olmaydigan harakterim sababli hozir ham bazida o'zimni yolg'iz his qilaman. Otamning vafotidan so'ng battar yolg'izlandim. Usha kun aniq esimda. Maktabda abetdan keyin o'qirdim. O'sha kuni uyga kech qaytdim. Uyimiz juda tinch edi. Bu juda g'alati. Odatda bu uyda mushuk miyovlashishi eshitilardi. Ammo o'sha kuni na mushuk na qush ovozi kelardi. Ichkariga kirdim. O'sha kuni katta opam uyga kelgandi ikki jiyanim bilan. Ular ham jim edi. Opam yig'lardi so'zsiz. Dadam esa o'z joyida yotardi. Meni ko'rdi. Nimadir deyishga urindi ammo gapira olmadi. Og'zi ochildi ammo so'z chiqmadi. O'shanda juda qo'rqdim. Judayam. Kichik opam dadamning orqasida utirardi. Akam esa dadamning oyoqlarini masaj qilardi. O'shanda onamning ko'zlarida yosh ko'rdim ilk bor. Men atigi 11 yoshda edim. Men tayyor emasdim. Men bu voqeaga tayyor emasdim. Ichimizda eng kuchli bo'lib o'tirgan yagona inson kichik opam edi. Ammo u ham jim yig'lardi. Hechkimga sezdirmay...
Tez yordam keldi. Dadamni olib ketdi. Onam bilan akam ham ketishdi. Ular viloyatimizdagi boshqa tumanga borishdi. Yaxshiroq shifoxonaga. U yerda dadamni opiratsiya qilishdi. Ammo opiratsiya natija bermadi aksincha dadam ham tildan ham harakatdan qoldi. Onam ham sog'lig'ini yo'qotdi. Yangi yildan oldin dadamni uyga olib keldik. Uning harakatsiz tanasini ko'rish meni sindirgandi. Har kuni maktabga ketishdan oldin va maktabdan kelganimdan keyin uning yoniga kirardim. Dadamning faqat chap qo'li ishlardi. U doim ishlaydigan qo'li bilan yuzimni silardi. Uning ko'zlariga qarasam yuragim ezilib ketardi. Vaqt o'tdi. Yangi yil ham kirib keldi. Men dadam tuzalishiga ishonardim. Judayam ishonardim. Chunki o'ng qo'lidagi bir barmog'i qimirlaganini ko'rgandim. O'shanda juda xursand bo'lgandim. Ammo...
04.01.2019 yil.
Bir kun oldin ko'chamizda yangi yil karnavali bo'ldi. Men isitmalab yurgandim. Uyga kelib uxladim. Tongga yaqin yig'i ovozi sabab uyg'ondim. Kichik opam yig'lardi. Men uning birinchi marta yig'laganini ko'rdim. Lekin jim edim. Sababini bilmasdim. Keyin onam keldi. U meni uyg'otdi. Ko'zlarimni ochdim. Hali kun qorong'u edi. Onam menga dadamning avxolini aytdi. Qanday tezlikda uning xonasiga borib qolganimni bilmayman ammo uni ko'rganimdan so'ng men butunlay tamom bo'lgandim. Uning yuziga teginganimda yuzi hali issiq edi. Ammo qimirlamasdi. Nafas olmasdi. Lablari pushti edi. Ko'zlari yarim ochiq. Tezisi oraqa boshlagandi. Uning qo'lidan ushlab uning uyg'onishi aytardim ammo javob kelmasdi. Keyin meni akam boshqa xonagabolib o'tdi. O'sha xonada yolg‘iz edim. Hech kim yo'q men yig'lardim. Keyin qanday qilib uxlab qolganimni bilmayman. Ammamlar meni dadamning oldiga kirgizishmadi. Men bitta xonada yolg‘iz qolgandim. Balki shu sabab bazida yolg'iz qolishni yoqtirarman. Keyin men turgan xonaga boshqalar kira boshladi. Ayollar ammamlar opamlar ikkinchi opam esidan ketib qolay dedi. U o'zida emasdi. U meni quchoqlab battar yig'lardi. Men esa uning bag'rida yig'lardim. Katta opam ham meni quchoqladi. Keyin bir tashqariga chiqdik. Akamning yig'layotganini ko'rdim. Men chidolmayotgandim. Bog'zimga nimadir qattiq tiqilardi. Hozir ham shunaqa bo'lyapti.
Uni olib ketishdi. Yomg'ir juda ko'p yog'di. Judayam ko'p. O'sha kuni hechnima yemadim. Kun bo'yi. Menga alam qilgan eng katta sabab bir qarindoshim yopingan ro'moli qanaqa turgani haqida so'ragani edi. Men dadamni tuproqga qo'ydim u esa o'z ro'moli haqida so'rayotgani meni aqldan ozdirar darajaga olib keldi. Bu qanday tuyg'uligini bilmayman ammo men o'shanda g'azablangandim. Hozir ham bu yuragimning bir chetida dog' kabi turadi.
Kunlar o'tdi. Men kam gap. Kam kuladigan va hech kimga qo'shilib ketmaydigan egoistga aylandim. Maktabga shunchaki borib kelardim. Sababsiz.
Tug'ilgan kunim kelganda esa onam nima xohlashimni so'radi. O'shanda ilk bor dadamning oldiga bormoqchi ekanimni aytdim. Akam meni olib bordi. Uning tepasida turib ancha yig'ladim. Keyin uyga qaytdik.
Chap yelkamda kichik chandiq bor. Buni o'zim qilganman. Men jismoniy jarohatdan rohatlardim. Ammo men ichimdagi og'riqga chiday olmasdim. Oilaviy tushunmovchiliklar sabab har kun yig'lay boshlagandim. Menga mehr yetishmasdi. Balki hozir shuning uchun kimdir yaxshi muomila qilsa unga ishonib ketarman. 7 yil davomida dadamsiz qanday yashaganim o'zim uchun ham qiziq. Ota mehri qanaqa ekanini unutib qo'yganman. Qizim deb erkalashlarini unutganman. Yaqin qarindoshlarning uyida to'y bo'lsa, o'ylab qolaman, dadam ham bo'lganda qanday bo'lardi deb. Lekin barchasi boshqacha. Bilasizmi, men juda jizzakiman. Men yomon insonman. 7 yil ichida yomon insonga aylanganman. Odamlarning ko'ngliga doim ozor berganman. Hozir ham. Men yonimdagi odamlardan ochiqchasiga foydalanaman. Foydasi qolmagan shunchaki jim ketaman. Juda ko'pchilik bilan tez janjallashib qolaman. Ko‘ngliga ozor beraman va hech nima bo'lmagandek yashayveraman. Bu juda yomon bilaman. Menda hatto vijdon qiynalishi ham sezilmaydi. Lekin mening ko'nglimga ozor berishsa men doim jim qolaman va tez u yerdan tark etaman. O'sha vaqt hechkimni eshitmayman. Men ilonman. Yo'q xamilyonman. Istalgan vaqt istalgan ko'tinishga kira olaman. Soxtalikni juda yaxshi eplayman. Menda hissiyotlar yo'q. Bor edi. Ammo ular o'sha kuni yo'q bo'lgan. Lekin men sevib qolganman. Usiz xayotimni tasavvur qila olmay qolganman. U bilan birga bo'la olmasligimni sezsamda lekin buni qabul qilishni xohlamayman. U haqida o'ylashni o'zi menga telbalardek kulishga majburlaydi. O'zimni undan boshqasi bilan tasavvur ham qila olmayman. Nega? Bilmayman...
U hayotimga kirishi balki men uchun o'zgarishlar kaliti bo'lgandir. U hayotimga kirishi bilan qisman o'zgardim. Yolg'izlikni yolg'iz qoldirishni boshladim. O'zimdan ayb yoki kamchilik izlamay boshladim. Yana odamlar orasiga kira boshladim. Odamlarning his tuyg'ularini tushuna boshladim. Menda ham tuyg'ular paydo bo'lyotgandek edi. Ha men ko'p gapiradigan bo'ldim. Lekin odamlarni ignor qilishim hali ham qolmadi. Yozganlarini o'qiymanu lekin javob yozmayman. Hozir men shu qismdaman.
Bir yil oldin bir o'simga yaqin deb bilgan inson bilan janjallashib qolgandim. U bilan umuman gaplashmay ketdik. Balki mening aybim ham bordir lekin to'liq emas. Tan olaman. Lekin u bilan gaplashmay qo'yganimdan afsusda emasman.
Hozir esa yana odamlardan foydalana boshladim. Bu ilon. Odamlar bilan muloqotda ular xohlagan ko'rinishga kiryapman. Bu esa xamelyon. Juda qizig'a men o'zim aslida qanaqa ekanimni to'liq anglab yetmaganman. Men kimman o'zi? Qanaqa inson? Bu savollarga javob olishni istamanman. Meni shu xolimda qabul qilganlarga esa raxmat ammo ehtiyot bo'ling sizdan ham foydalanib ketmay...
Men hali yana qaytaman. Yanada uzm haqimdagi qiziq hikoya yoki biron boshqa nimadir bilan...