Bloodstain P.T 2 Ep⁴
Avtor: Qon bilan boshlangan taqdir, sukunat bilan yashirilgan nafrat.
— Agar uni topmoqchi bo‘lsangiz, — dedi u nihoyat, — omad tilayman. Lekin Yurenani albatta bu saroyga olib kelaman.
— Yurenani orzu ham qilma - Yoongi jaxl otiga mindi. Jungkook sabab o'zini qo'lga oldi. Ular qasrdan chiqib ketishdi. Ular ketishi bilan Tae o'ylanib qoldi.
Saroy tun bilan birga chuqur sukutga cho‘mdi. Qorong‘u yo‘laklarda faqat shamlar lipillab yonar, ustunlarning soyasi devorlarga cho‘zilib, xuddi panjara singari Yoolinni qurshab turgandek edi.
U zaldagi baland ustunga zanjirlangan edi. Sovuq temir bilaklarini kuydirardi. Har harakat qilganda zanjir jaranglab, sukunatni buzardi. Yoolin ko‘zlarini yumdi. Nafasini sekin oldi. Qo‘rquv emas, g‘azab uni tirik tutib turgan edi.
Shu payt tashqaridan shovqin eshitildi. Saroyning narigi qanotida kimdir baqirdi, qurol tovushlari yangradi. Xizmatkorlar yugurib o‘ta boshladi. Qorovullar e’tibori bo‘linib ketdi.
U zanjirni tortdi. Og‘riq bilagidan o‘tib, yelkasigacha chiqdi, ammo u tishini tishlab chidadi. Oldinroq zaldagi xizmatkor qizlardan biri suv olib kelganda, Yoolin ataylab kosani tushirib yuborgan edi. O‘shanda polga sirg‘alib tushgan ingichka metall ignani yashirib olgandi.
U ignani kaftidan chiqarib, zanjir qulfini asta kavlay boshladi. Har bir soniya yuragi bilan urardi. Nihoyat, pastgina chirt etgan ovoz eshitildi.
Yoolin qimir etmay turdi. Hech kim sezmadimi tingladi. Qadam tovushi uzoqlashgan edi.
U ustundan sekin ajraldi. Oyoqlari uvishib qolgan, ammo vaqt yo‘q edi. U zaldagi ustunlar orasidan o‘tib, yon eshik tomon yugurdi.
Yo‘lakda qorovul paydo bo‘ldi. Yoolin to‘xtamadi. U devordagi mash’alni sug‘urib oldi va qorovulga otib yubordi. Olov yalt etdi, qorovul qichqirdi. Shu payt Yoolin yonidan sirg‘alib o‘tib ketdi.
U zinapoyadan pastga tushdi, saroy bog‘iga chiqadigan yashirin eshikni esladi. O‘sha eshikni Taehyung bir kuni beparvo aytib qo‘ygan edi o‘z ishonchi bilan o‘zini fosh qilganini bilmay.
Eshik ochildi. Sovuq tungi havo yuziga urildi.
Yoolin yugurdi. Oyoqlari yalang, kiyimi yirtilgan, bilaklarida zanjir izi qolgan edi. Ammo u to‘xtamadi. Saroy devoridan sakrab o‘tdi, tizzasi qonga belandi, lekin og‘riqni sezmasdi ham.
Orqada qo‘ng‘iroqlar jarangladi. Qichqiriqlar ko‘tarildi.
Yoolin esa allaqachon o‘rmon tomon yugurayotgan edi. Daraxtlar uni bag‘riga oldi. Qorong‘ulik uni yutdi.
U yugurar ekan, ko‘zidan yosh oqdi qo‘rquvdan emas.
Bu ko‘z yoshi — ozodlikniki edi.
Taehyungning saroyidan chiqib ketishganidan beri o‘rmon ichidagi sukunat boshqacha eshitilardi. Endi ular mehmon emas, qidiruvchilar edi. Har bir shitirlagan yaproq, har bir sinib tushgan shox shubhali tuyulardi.
Yoongi oldinda yurardi. Uning qadamlari tez, lekin o‘ylangan edi. Ko‘zlari qorong‘ulikda ham nimanidir izlardi — iz, ishora, nafas, har qanday belgi. Jungkook biroz chap tomonni kuzatib borar, qilichi qo‘lida, har lahza hujumga tayyor. Jimin esa atrofni sinchiklab tekshirardi, yuragi esa har qadamda Yoolinning ismini takrorlar edi.
— To‘xta… — dedi u past, lekin keskin.
Uning nigohi bir daraxt tanasiga qadalgandi. Qobiq yuzasida mayda, ehtiyotkorlik bilan o‘yilgan chiziq bor edi. Begona ko‘zga oddiy tirnalishdek ko‘rinardi. Ammo Yoongi bir zumda tanidi.
U yaqinlashdi. Barmoqlari bilan o‘sha belgini siladi. Nafasi og‘irlashdi.
— Bu… — dedi u sekin. — Bu uning belgisi.
Yoongi ko‘zini uzmay javob berdi:
— Esingdami? Bolaligimizda meni uyingizga olib borgandingiz - u nimanidir eslab gap boshlagandi.
— Gapimni bo'lma! - birdan ovoz toni balandlandi. — Eshigingizda bu belgi bor edi. Bu Yoolin - dedi.
Jungkook ham yaqinlashdi. U daraxtga tikilib, keyin atrofga qaradi.
Yoongi hech narsa demay, biroz oldinga yurdi. Yuragi tez urardi. Ichida bir vaqtning o‘zida ikki tuyg‘u kurashardi — umid va qo‘rquv. Agar bu belgi haqiqatan ham Yooliniki bo‘lsa, demak u tirik. Ammo nega yolg‘iz? Qanchalik jarohatlangan?
O‘n qadam narida yana bir daraxt ko‘rindi.
Unda ham xuddi shunday chiziq bor edi.
Bu safar chiziq biroz chuqurroq, shoshqaloqlik bilan o‘yilgandek.
— U yugurgan, — dedi Jimin past ovozda. — Qochgan.
Yoongi bosh irg‘adi. Ko‘zlari qorong‘ilikka chuqurroq tikildi.
— U yo‘nalishni belgilayapti. Kimdir ortidan quvgan.
Jungkook atrofni yanada hushyorroq kuzata boshladi. Shamol yaproqlarni qimirlatib, daraxt soyalarini harakatlantirardi. O‘rmon ularni kuzatayotgandek tuyulardi.
Ular belgilar bo‘ylab yurishda davom etishdi. Har bir yangi daraxt yana bir umid. Ba’zilarida chiziq xira, go‘yo kuchi qolmagandek o‘yilgan. Ba’zilarida esa aniq va qat’iy.
Bir joyga kelganda Yoongi birdan tiz cho‘kdi.
Yerda sindirilgan novda yotardi. Tuproq biroz kovlangan. Va uning ustida juda xira, lekin ko‘z ilg‘aydigan darajada qonga o‘xshash dog‘.
Jiminning yuragi orqasiga tortildi.
— Bu yangi… — dedi u pichirlab.
Yoongi barmog‘i bilan tuproqni tekkizdi. Nam edi.
Bu so‘z havoda og‘ir osilib qoldi.
Jungkookning jag‘i qattiq qisildi.
— Unda tezroq harakat qilamiz. Agar kimdir uni quvgan bo‘lsa, ular uzoqqa ketmagan.
Yoongi o‘rnidan turdi. Endi uning nigohi yanada keskin edi. Bu endi shunchaki qidiruv emas edi. Bu vaqt bilan poyga edi.
— U yaqin, — dedi u past, lekin ishonch bilan. — Men his qilyapman.
Jimin chuqur nafas oldi. Ichida bir narsa pichirlardi: Iltimos, kechikib qolmaylik…
Ular yana yurishdi. Belgilar endi tez-tez uchray boshladi. Go‘yo Yoolin kuchi tugab borayotganini his qilib, yo‘lni aniqroq ko‘rsatishga urinayotgandek.
O‘rmon tobora zichlashdi. Daraxtlar oralig‘i torayib, oy nuri yerga zo‘rg‘a tushardi. Sukunat ham og‘irlashdi.
Va nihoyat, Yoongi yana to‘xtadi.
Oldinda, daraxt tanasiga suyangan holda, yerga yarim cho‘kkan iz bor edi. Qobiqda chuqurroq o‘yilgan belgi boshqalardan kattaroq.
Yoongi yuragini ushlagandek bo‘ldi.
— Yoolin… — dedi u deyarli eshitilmas ovozda.
Jungkook qilichini mahkam ushladi. Jimin esa oldinga bir qadam tashladi.
O‘rmon endi jim emas edi.
Ular kimningdir nafasini his qilayotgandek edi.
Shu payt sukunatni temirning temirga urilgan o‘tkir ovozi yorib yubordi. Qilichlarning to‘qnashuvi o‘rmon ichida aks-sado berib, yurakni zir titratdi. Yoongi bir zumda boshini ko‘tardi. Bu tasodifiy ovoz emas edi bu jang edi.
— Shu tomondan! — dedi u nafasini ichiga yutib.
Uchovlari yugurib ketdi. Daraxt shoxlari yuzlarini qirib o‘tdi, barglar oyoq ostida g‘ijimlandi. Qilich tovushlari yaqinlashgan sari yuraklar tezroq ura boshladi. Jungkook qilichini sug‘urib oldi, Jimin esa yugurayotib atrofni ko‘zdan qochirmadi.
Va nihoyat ular ochiqroq joyga chiqishdi.
Ko‘rgan manzara hammasini qotirib qo‘ydi.
Yerda uchta soqchi qimirlamay yotardi. Qon tuproqqa singib ketgan, barglar qizil rangga bo‘yalgan edi. Ularning qilichlari yon tomonga uloqtirilgan, ko‘zlari ochiq — hayot allaqachon tark etgan edi.
U tik turgan edi, ammo zo‘rg‘a. Chap yelkasidan qon oqib tushar, kiyimi yirtilgan, nafasi og‘ir edi. Bir oyog‘i biroz bukilib, og‘irlikni zo‘rg‘a ko‘tarib turardi. Shunga qaramay, qo‘lidagi qilichni mahkam ushlagan, ko‘zlarida esa qo‘rquv emas — qarshilik bor edi.
Uning qarshisida yana ikki soqchi turardi. Ular ehtiyotkorlik bilan yaqinlashar, go‘yo u qachon yiqilishini kutayotgandek.
— Taslim bo‘l! — dedi ulardan biri. — Endi kuching qolmadi!
Yoolin lablaridan achchiq kulgi chiqardi.
— Qolgan kuchim ham sizlarga yetadi, — dedi u xirillagan ovozda.
Soqchilardan biri hujum qildi. Yoolin qilichini ko‘tardi, zarbani zo‘rg‘a qaytardi. Temir temirga urildi, uchqunlar sachradi. Og‘riq yelkasini teshib o‘tgandek bo‘ldi, ammo u qadam chekinmadi. Aksincha, qarshi zarba berdi soqchi orqaga gandiraklab ketdi.
Ikkinchisi ortdan kelib urmoqchi bo‘ldi. Yoolin burildi, qilichini pastdan yuqoriga tortdi. Zarba chuqur bo‘lmasa-da, yetarli edi. Soqchi baqirib, chekinib ketdi.
Shu payt Yoongining yuragi yorilib ketay dedi.
Bu ovozni eshitgan zahoti Yoolinning ko‘zlari katta ochildi. Bir lahza u ishonmagandek qotib qoldi. So‘ng nigohi Yoongiga tushdi. Lablari qimir etdi, lekin so‘z chiqmadi.
— Yoongi… — dedi u juda past, zo‘rg‘a.
Jungkook va Jimin bir zumda jangga qo‘shildi. Jungkook tez va aniq zarba bilan bir soqchini qulatdi. Jimin ikkinchisining qilichini urib tushirib, uni yerga yotqizdi.
Faqat Yoolinning og‘ir nafasi va qon tomchilarining tuproqqa tushgan tovushi eshitilardi.
Yoongi uning yoniga yugurib bordi. Qilichini tashlab, uni quchoqlab oldi.
— Yoolin seni uzoq vaqt qidirdim - shag'zoda sevgilisini bag'riga bosar ekan, uning ifori va mayin tanasidan roxat olardi. Uning qo'lida kichik jussasi yo'qolib ketgandi.
Tanasidagi jarohatlar Yoolinga azob bersada u ayni damda Yoongining qo'llarida o'zini erkin va xavfsiz xis qilardi.
— Yoongi. Men.... - Yoongining so'zlari unga darmon bo'layotgandi. U bilan ko'proq suxbat qilishni, uning bag'rida uzoq vaqt qolishni xohlardi.
— Tishshsh. Gapirma — qizning lablarini qo'llari bilan yopdi. Uning ko'zlariga tikilib — meni kechir, o'shanda seni qidirmaganim uchun uzur so'rayman — uni yana bag'riga oldi.
Ularni kuzatib turgan Jiminning jaxli chiqardi. Singlisi deb bilgan qiz boshqa insonning bag'rida edi.
— Men kech qoldim… — dedi Yoongi titrab. — Kechir…
Yoolin boshini uning ko‘ksiga suyadi. Qo‘llari titrar, ammo ko‘zlarida yengillik bor edi.
— Meni ketib qoldi deb o‘yladingmi?.. — dedi u zo‘rg‘a kulib. — Men… qaytmoqchi edim.
Jimin yonlariga keldi, uning jarohatiga qaradi.
— U ko‘p qon yo‘qotgan. Uni bu yerdan olib chiqishimiz kerak. Hozir.
— Bu yer xavfsiz emas. Boshqalar kelishi mumkin.
Yoongi Yoolinni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi. Uning qo‘llari qizning qoniga bo‘yaldi, lekin u buni sezmasdi ham.
— Endi seni hech qachon yolg'iz qoldirmayman, — dedi Jimin qat’iy. — Hech qachon.
Yoolin ko‘zlarini yumdi. Bu safar qo‘rquvdan emas.
Bu asar #Azyoolinia kanali uchun mahsus #Yoolin tomonidan yozilyapti.