March 11

𝐶𝑟𝑖𝑚𝑠𝑜𝑛 𝑀𝑎𝑠𝑞𝑢𝑒𝑟𝑎𝑑𝑒

𝗘𝗽𝗶𝘇𝗼𝗱𝗲 3

> Sevgi ularni olib chiqdi, gunohlar esa yana zulmatga qaytardi.

— Senga nima bo'ldi? - uning ko'zlaridagi yoshni ko'rib undan havotir ila qaradi.

— B..bu qanaqa ifor? Kimsiz o'zi? Nega sizning mashinangizdan bunaqa hid kelyapti? Aslida kimsiz? - qiz havotirli ko'zlarining yigitning ikki ko'zlari orasida o'ynatardi. U bu iforni biladi. Unga bu ifor yetarlicha azob bergan. Nega u oldin bunga e'tibor bermagan edi. O'sha vaqt extimol shifoxona antiseptik hidlariga burni to'lib qolgandir. Extimol hozir u hotirjam bo'lgani uchun bu ifor unga sezilgandir. Yoki u otasini sog'inganligi sabab har yerdan uning ifori kelar.

— Haligi senga aytmoqchi edim. Men...

— Ismingiz nima? - yigitning gapini bo'lib u dedi. Ko'zlarida yosh allaqachon o'z kosasini qoplagan, birozdan so'ng shaffov qobiqni parchalab otilib chiqgudek to'lib turibdi.

— Yoongi. Meni Suga nomi bilan tanishadi. - u undan hech nimani yashirishni xohlamasdi. U Jin kabi ish tutishni xohlamasdi. Yillab qiyinchilikda yig'gan obrosi va qo'l ostidagi davlatlarni shunchaki tashlab keta olmasdi. Ha u uni sevib qoldi. Ilk ko'rishda,uning ko'zlariga go'yo Tinch okeanidagi Mariana botig'iga cho'kib ketayotgandek his qilgan tuyg'usini boshqa so'z bilan ifodalay olmasdi. U uni shunchaki sevishni emas, u unga egalik qilishni istardi. U u haqida to'liq bilmasa ham, u uning aynan kim ekanligini bilmasa ham u unga tegishli bo'lishini xohlardi. Har bir narsasi, yurak urishi hatto har bir nafasi uniki bo'lishi kerak. U faqat shuni his qilardi. To'g'ri bu sevgi deyilmaydi, bu egalik qilish ammo u buni sevgi deb atadi.

— Korea va Italiya mafiasini birlashtirgan Bangtan guruhi a'zosi. Min Suga yoki Agust D - u davom etdi. U bu gaplarini g'ururlanib, mag'rurlarcha aytdi. U bilmasdi, bu gaplar qizning o'tmishini eslatishini, yarasini yangilashini, yuragini teshishini bilmasdi.

— S..siz - deya titradi qiz. U ko'zlaridagi havotirning joyini qo‘rquvga berdi. U oztoq orqaga tisarildi. Mashinaga tanasi yopishdi. Yoongi undagi bu o'zgarishdan hayron qoldi.

— Axvoling yaxshimi? - qo'lini qizning yelkasiga qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo qiz birdan o'zini yanda ortga tortdi. U qo'rqyotgandi. U o'tmishga qaytgandek, 4 yil oldin ko'z oldida qon bilan bezatilgan uyi va qonga belangan otasini esladi.

— S..siz o'shalardansiz. Siz otamni o'ldirganlardansiz - qiz yig'lab yubordi. U qo'rqyotgandi. Ammo shu bilan u yigit bilan o'zini xavfsizdek his qilardi. Extimol u ham uni sevib qolgan. — Siz qotilsiz - davom etdi qiz. — kichik davlat uchun otamni o'z qizi ko'z o'ngida o'ldirgan odamlardan birisiz - dedi yig'lab.

Yoongi uni bag‘riga tortidi. Hech so'zlarsiz sochlarini siladi. Unga taskin bergandek qo'larini qizning yelkasidan silab o'tkazdi.

— Vitellimisan? - u endi uning kimligini bildi. U endi uni tanidi. U endi nima qilib qoxyganini angladi. U hozirgi mavqeasining ortida shu kichik qizning og'rig'ini ko'rdi. U pushaymondami? Yo'q. U afsusda emas. U hechqachon qilgan ishidan afsuslanmagan lekin hozir nega uning qalbi og'riyapti? Nega bu qizning ko'z yoshlariga bardosh bera olmayapti? U bunga qanaqa nom berishni bilmaydi. Qiz ham uning bag'rida yig'layapti. Uning yurak urishini eshityapti. Nafas olishini his qilyapti. Issiq taftini sezyapti. Bu tuyg'ular unga huddi onasining vafotidan keyin otasi bergan taskindek edi.

Ular ancha vaqt shu xolatda turishdi. Ularni kuzatayotgan odamlar havas bilan qarashar, ulardagi og'riq va tuyg'ularni bilmasdan ularni juftliklar deb o'ylashardi. Ammo birgina inson bunga shubha qilardi. U qizga taskin bera olmayotganidan, qizning shu axvolga kelishiga sabab bo'lganidan afsuslanardi.

[Flashback] 4 years ago

— Nega isming Koreyslarga xos, lekin familiyang Italiancha? - yigit o'z qiziqishlatini yashira olmay so'radi. Kuzning ilq kunlarida 3 oydan beri kuzatib yurgan qiz bilan ahiyri tanishishni maqsad qilgandi. 3 soatlik sayr, ovqatlanish, suhbat davomida ular deyarli yaqindan tanishishgandi. Yigit odatdagidan biroz zamonaviy uslubda kiyingan, sochlari qoshi ustiga tushgan, oyog'ida asl brend krasovka, u o'zini go'yo boylardan ko'rsatardi.

— Onam Koreys bo'lgan, dadam esa Italyan. - javob berdi qiz. U sochlari to'lqinsimon bo'lib beligacha tushgan, peshonasida ozroq soch tolasi, qulog'ida kichik zirak, lablariga pushti lab bo'yog'idan bo'lak hechqanday kasmetika yo'q. U esa juda oddiy kiyingan, go'yo u mafianing vorisi emasdek edi.

— Yoolin Vitelli - yigit qizni ismini takrorladi. U uni sevib qolgan, uni himoya qilishni xohlagan shu bilan uning aslida kimligini hali faxmlamagan edi. Italiyada "Vitelli" familiyasi ko‘p, u u oiladan bo'lishi mumkin emas derdi. Chunki Aras Vitelli o'z qizi haqida so'z ochmagan, uni himoya qilish uchun uning borligini sir saqlagan, yashirincha uning ortidan odam qo'ygan ammo u yigitni dushman sifatida emas, balki jajji qizi o'zi uchun mos yigitni topgan deya o'y qilgan edi xolos.

— Kim Namjoon. Ismingiz manosi nima? - qiz ham yigit bilan ko'proq suhbat qilish uchun turli savollar berardi. Extimol u Yoolinning hayotidagi ilk do'st yoki undan ham yaqinroq inson bo'lishi uchun yo'l ochayotgandek.

— Umm, unchalik bilmadim. Ammo mening yurtimda "Nam" "janub", "Joon" esa "aqlli, istedotli" degan manoni bildiradi. Ularni yig'sak "Namjoon" ismi “iste’dodli yoki a’lo qobiliyatli inson” degan mazmunga yaqin bo‘ladi. - u do'stlaridan eshitgan ismi haqidagi tarifni qiz bilan bo'lishdi. U maqtanishni istamas, lekin qizning ko'ziga yaxshi ko'rinishni xohlardi. U qizni xohlardi. Uni sevishni, balki kelgusida ham u bilan qolishni istardi. Ammo yigitning hayoti orzu qiladigan darajada emas, hozircha, lekin keyin balki Yoolin Namjoonning zaifligiga aylanganda yanada xavfsiz bo'lar, bularni hammasini o'ylagan Namjoon kelajakda emas, hozir u bilan baxtli bo'lishni xohlardi. U hali o'z to'dasini yuksaltirgani yo'q. Korea mafiasiga endigina qo'shilgan 7 bola, uni zabt etishni maqsad qilgani ham yolg'on emas.

— Manosi ham chiroyli ekan - dedi qiz nigohini yigitga qaratib, shu on ko'zlar tutashdi. Namjoonning yuzi qizardi. Balki u chin dildan sevar ammo qizda ham shunaqa tuyg'u bormi? Balki u hali sevgi nima ekanligini anglolmas. Axir u endigina 15 yosh. Kelgusi 3 oyda 16 yoshga kirishi kerak bo'lgan qizcha. U sevgi nima ekanini faqat yoshlikda eshitgan ertaklari va ota onasining tanishuvining qiziq voqealarini eshitgan halos. Bu haqida unga onasi ko'p bor so'zlagan. Koreadagi kichik uyda yashaydigan qiz, o'qishga berilgan, hayotida sevgiga joy yo'q bo'lgan qiz bo'lgan, bir kun uyi yonida yarador yigitni ko'rib qolgan va uni o'z uyiga kiritgan. Yigitning xavfli ekanligini bilsada unga yordam berishni xohlagan qiz, kunlar o'tib u bilan turmush qurdi va jajji qiz farzandli bo'ldi. Uning qizi o'zi kabi go'zal va mehribon edi. U otasi bilan kuda yaqin, uning erka qizi edi. Bir kun maktabga chiqishidan oldin otasining so'zlari uning kichik aqlini shoshirib qo'ydi: "Yoolin yodingda tut, kimdir men haqimda so'rasa, meni amakim degin. Otang ekanligimni aytma" kichik qiz uning so'zlarining manosini anglab yetmagan bo'lsada, otasining so'zlarini ikki qilmadi. Bu Yoolin uchun xavfsizlik edi go'yo. Yoolin maktabda Seora bilan tanishdi. Ular yaqin do'st edi. Ammo ularning baxti ko'pga bormadi. Yoolin 12 yoshga kirgan kuni, onasi bilan savdo markazidan shirinlik olib qaytishayotganda ko'ngilsizlik sodir bo'ldi. Mashina katta tezlikda ularga keldi. Yoolinning onasi qizini saqlab qo'lish uchun uni yo'lning chetiga itarib yubordi. O'zi esa mashina ostida qoldi. Bu ayanchli o'lim va daxshatli avtoxalokat Yoolinning miyyasida katta travma qoldirdi. U o'zini tiklolmadi. Otasi esa uni Italiyaga olib ketdi. Korea u uchun to'g'ri joy emasdek edi. Ammo bu ishi o'zi uchun ham Yoolin uchun ham xavfsizlik emasdi.

Aras Vitelli Italiyaning mafia vorisi edi. U missiya bilan Koreaga kelib u yerda Kim Sera bilan tanishdi. U bilan turmush qurdi. Farzandli bo'ldi. Ammo bu tasodif uni o'z rafiqasidan, sevgan insonidan, qizining onasidan ayirdi. U qizi uchun ham uni Vataniga olib ketishi kerak edi. Yoolin Italiyada boshida qiynaldi. Ammo vaqt o'tib ko'nikdi. Otasi uning xavfsizligini yashirincha olib borardi. Yoolin onasi kabi kamtar va ishonuvchanligi sabab unga xavf solishlari qiyin emasdi.

Yoolin onasining vafoti va Italiyaga qanday kelib qolganligini Namjoonga aytdi-yu, ammo otasining aslida kimligini aytmadi. Balki uni qo'rqitib yubormaslikni xohladi. Seoradan keyingi do'sti otasi mafia ekanligini bilgach undan kechib ketishni albatta xohlamasdi. Shu sabab bu sir qoldi.

Ular hayrlashishdi. Yoolin o'z uyi tomon, otasining yoniga shoshildi. U yangi do'sti haqida unga so'zlab berishni juda xohlardi. Uyga katta qadamlar bilan kirib keldi. Janob Vitelli o'z kabinasida qizi haqidagi so'ngi ma'lumotlarni ko'zdan kechirib o'tirardi. Qizining eshikni taqqilatishsiz kirishi sabab suratlarni chetga oldi. U uni kuzatib yurishganini bilmasligi kerak edi. Shu sabab Janob Vitelli buni yashirdi.

— Nima bo'ldi qizim - odatda ruxsatsiz hatto oshxonaga kirmaydigan qizi o'z kabinasiga shoshilib kirganiga biroz hayronlik bilan so'radi.

— Bilasizmi dadajon - qiz otasining orqa tomonidan quchoqlab gap boshladi. — Men yangi do'st topdim. U juda yaxshi ekan va u Koreys ekan - u ko'zlarida biroz chaqnash bilan so'zladi. U o'z sirlari bilan gaplashadigan onasi yo'qligi sabab otasi bilan bo'lishardi.

— Ho'sh u yigitmi? - dedi Janob Vitelli qiziga biroz ko'z tashlab. Qizdan kichik bosh irg'ashini his qilib labiga kulgu yoyildi. U bularni allaqachon bilsa ham u o'zini birinchi marta eshityotgandek tutdi. Yaxshi aktor.

— Dada u Italiyaga ish bilan kelgan ekan. Keyin biz tanishib qoldik. U meni sizning qizingiz ekanimni bilmaydi - dedi biroz kayfiyati tushgandek. Otasi esa so'z ohangidan buni darrov payqadi.

— Nega xafasan? - so'radi qizini o'ziga qaratib.

— Agar u sizdan qo'rqsachi, - u yana otasining quchog'iga kirdi. Ota uni yoshlikdagi kabi tizzasiga o'tqazib sochlarini siladi.

— Chindan sevgan inson, sevgan insonining kimligiga ahamiyat bermaydi - dedi ota qizni tinchlantirgandek bo'lib.

— Dada - qiz birdan jaxl bilan boshini ko'tardi. — Qanaqa sevgi? Men uni sizga do'stim deyapmanku.

— Ha to'g'ri do'st - deb yana kulib qo'ydi, qizining peshonasidan o'pdi. — Endi esa xonangga bor. Uxlab ol - dedi qizining keyishiga ishora qilib. Yoolin itoatkorona xonadan chiqdi. To'g'ri o'sining xonasiga borib kiyimlarini alishtirdi va yotog'iga o'zini tashlab uxlab qoldi.
Janob Vitelli esa yordamchisini oldiga chaqirdi. Robert u Italiyaga qaytgandan buyon uning yonida sodiq bo'lib xizmat qilgan inson edi. U jiddiy va qora kastyum shim gavdasini katta ekanligini ko'rsatib, uni yanada jiddiy ko'rsatardi. U Namjoon haqidagi kichik detalgacha yig'ib kelgan faylni boshlig'iga tutkazdi.

— Janob qizingiz xavf ostida - Robert yuzidagi jiddiylikni yashirmasdan gapirdi. Shu on tashqarida portlash ovozi keldi. Go‘yo yer ikkiga bo'linib uyning yarmi yer ostiga kirib ketgandek edi.

Janob Vitelli bilan Robert xonadan qurollangancha chiqishdi. Yoolin shovqindan qo'rqib uyg'ondi. U nima bo'lyotganini anglab yetmasdan uy atrofini o'q ovozi tutdi.

— Dada - qiz baqirib xonadan yugurib chiqdi. Zinaga yetmasdan o'ziga tanish ovozni eshitib joyida muzladi.

— Senga Italiya kerakmi? Yaxshi ol! Faqat qizimga teginma. Uni qo'yib yubor - yelkasidan oqayotgan qonni to'xtatish uchun qattiq ushlab turardi.

— Seningcha qizingni qo'yib yuborsam, keyinchalik mendan qasos olish uchun qaytib kelmaydimi? - yigit qo'lidagi to'pponchaning tepkisini bosdi.

Birdaniga yana o‘q ovozi yangradi.
Janob Vitellining ko‘ksiga o‘q tegdi. U bir qadam orqaga chekindi. Nafasi bir lahza bo‘g‘ildi. Qo‘llari titrab ko‘ksiga bordi, barmoqlari orasidan issiq qon oqib chiqdi. Ko‘zlari katta ochildi go‘yo nima bo‘lganini tushunishga ulgura olmayotgandek. U zinaning yonida muvozanatini yo‘qotdi. Tanasidan kuch asta-sekin chiqib ketayotgandek edi. Bir qo‘li zina panjarasiga ilindi, lekin bardosh bera olmadi. Tizzalari bukildi. Erkak og‘ir nafas olib, asta zina tagiga qulab tushdi. Qon marmar pol ustida yoyila boshladi.

Yuqorida esa zina tepasida q
Yoolin turardi. U hammasini ko‘rib qoldi. Qizning ko‘zlari dahshatdan keng ochilgan, lablari titrar edi. Ovozi chiqmay qoldi. U zinadan pastga qarab qotib qoldi xuddi tanasi muzlab qolgandek.

— …Dada?..

Faqat shu so‘z pichirlab chiqdi. Pastda esa qo‘lida qurol tutgan o'ziga tanish bo'lgan yigit turardi. Uning yuragi ham bir zumda muzlab qolgandek bo‘ldi. Ko‘zlari zinaning tepasidagi qizga tushdi… va u shu zahoti tanidi.
Bu u sevib qolgan qiz edi.
Yigitning qo‘lidagi qurol asta titray boshladi. Nafasi og‘irlashdi. U yana polga qaradi… keyin qizga… yana polga. Shunda haqiqat yuragiga urilgandek bo‘ldi.
U o‘ldirgan odam u sevgan qizning otasi edi.

— Yo‘q… — u pichirladi, ovozi xira chiqdi. — Yo‘q… men… bilmasdim…

Yoolin esa asta zinadan bir qadam pastga tushdi. Uning ko‘zlari yoshga to‘la, lekin u yig‘lay ham olmayotgandi. Faqat shok ichida otasining qonsiz yuziga qarab turardi.
Erkakning ko‘zlari yarim ochiq edi. Nafasi allaqachon to‘xtagan.
Namjoon esa o‘z qo‘llariga qaradi xuddi ular begona bo‘lib qolgandek. Pushaymonlik ichini kemira boshladi. U sevgan qizining hayotini o‘z qo‘li bilan parchalab qo‘yganini endi tushungandi.

— Dada - Yoolin oyog'iga kuch kirib yerda yotgan otasining jasadi tomon yugurdi. Uning bag'rini o'ziga tortarkan ko'zlaridan yosh to'xtamasdi. Qarshisida turgan inson esa haliham uni ko'rganidan qotib turardi.

— Yoolin - dedi Namjoon qo'lidagi qurolni yerga tushurarkan — Men bilmagandim. Qasam ichaman men bilmagandim.

〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Davomi bor....

Asarni o'g'irlamang...

Bu asar #Azyoolinia kanali uchun mahsus #Yoolin tomonidan yozilyapti.

Asar haqida o'z fikringizni qoldiring.😊