Dark monster P.T 2 Ep³
Avtor: Zulmatdan yaralgan qalb sevgi sabab yorug‘likka intildi — ikki olam orasida qolgan bu muhabbatni farzand birlashtirdi.
Avtor pov:
Xonadagi havo bo‘g‘ilib ketdi. Yoongi uni bag‘riga tortgancha sog'inchdan sochlarini silardi. Qiz esa holsizlikdan bexush edi. 9 yil oldin yo'qotgan hotirjamligini endi topdi va behavotir uxlardi. Yoongi qarshisidagi marvaridga tikilib uni qanchalik sog'inganligi haqida o'ylar unga kechagi tun kamlik qilgandek edi.
Yoongi uning yuziga uzoq tikilib qoldi. Yoolinning nafasi nihoyatda sokin, bolalarnikidek beg‘ubor edi. Zulmat yutgan xonada faqat uning oppoq chehrasi nurdek ko‘rinardi. Go‘yo butun saroydagi yorug‘lik shu birgina tanada jamlangandek.
U barmoqlari bilan ehtiyotkorlik bilan Yoolinning sochlarini chetga surdi.
9 yil davomida u o‘zini zulmat hukmdori deb o‘yladi. Sovuq, hissiz, qat’iy. Ammo hozir bag‘rida yotgan ayol uning barcha devorlarini parchalab yuborgandi. Kechagi tun uning qaytishi, uning nafasi, uning ko‘z yoshlarining issiqligi Yoongiga kamlik qilgandek tuyulardi. Go‘yo yillarni bir kechada qoplash imkonsiz edi.
Xona soyalar bilan to‘lgan bo‘lsa-da, Yoongining ko‘zlarida og‘ir pushaymon porlardi. U Yoolinning qo‘lini o‘z qo‘liga oldi. Uning kafti hali ham titroqdan iliq edi.
Shu payt eshik ortida mayin qadam tovushi eshitildi.
U sekin eshikni ochdi. Bu safar Yoongi qarshilik qilmadi. Bola ichkariga ehtiyotkorlik bilan kirdi. Uning ko‘zlari otasidan onasiga o‘tdi.
— Oyim uxlayaptimi?.. — deb pichirladi u.
Yeosang yaqinlashdi va yotoq chetiga o‘tirdi. Onasining qo‘liga barmoqlarini tekkizdi. Yoolin uyquda bo‘lsa ham, refleks bilan o‘g‘lining qo‘lini ushlab oldi.
Yoongining yuragi yana siqildi.
Bu manzara unga begona edi, lekin shu qadar kerakli ediki. U o‘g‘liga qaradi besh yoshli, ammo ko‘zlarida o‘ziga o‘xshash chuqur soyalar bor. So‘ng yana Yoolinga qaytdi.
U ichida sukut bilan qasam ichdi:
Bu safar ularni qo‘yib yubormaydi.
Zulmat ichida birinchi marta Yoongining xonasida sovuq emas, iliqlik hukm surdi.
Yer olamida havo birdan sovib ketgandek bo‘ldi. Yoolin va Yoongi tutundek ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan joyda faqat sukut qoldi. Daraxtlar shovulladi, lekin bu shovqin ham Hyunjinning qulog‘iga yetib bormayotgandek edi.
U bir necha soniya qotib turdi. Ko‘zlarida ishonchsizlik, keyin esa ochiq g‘azab paydo bo‘ldi.
— Jin ursin… — deb tishlarini qisdi u.
Darhol cho‘ntagidan telefonini oldi va tezkor ravishda raqam terdi. Qo‘ng‘iroq uzoq cho‘zilmadi.
— Eshitaman, — dedi sovuq, qo‘pol ovoz.
— Tog‘a… ular ketishdi. Ko‘zim oldida. Tutundek… g‘oyib bo‘lishdi.
Telefonning narigi tomonida og‘ir sukunat cho‘kdi. Keyin nimadir sharaqlab urilgandek ovoz eshitildi.
— NIMA?! — uning ovozi xonani larzaga soldi. Orqa fonda odamlarning shoshqin qadam tovushlari, ag‘darilgan stol shovqini eshitilardi. — Bitta qizni eplolmaysanmi?!
— Tog‘a, men bu maxluqni birinchi marta ko‘rdim. U… oddiy odam emas edi. Ko‘zlari… u Yoolinni tortib oldi. Men ulgurmadim.
Yun yana nimanidir tepib yubordi.
— Bahona kerak emas menga! — deb baqirdi u. — Agar u boshqa olamda bo‘lsa ham, zaif joyi bor!
Hyunjin indamay qoldi. Uning ichida qo‘rquv bilan birga qiziqish ham bor edi. Yoongining paydo bo‘lishi bu oddiy voqea emasdi.
Janob Yun sovuqroq, lekin yanada xavfli ohangda davom etdi:
— Hozirning o‘zida Yoolinning otasini Hanni olib kel.
— Savol berma. — Yun nafasi og‘ir eshitildi. — Agar qiz o‘zi qaytmasa, biz uni qaytishga majbur qilamiz.
Hyunjin telefonni asta tushirdi. Ko‘zlari qorayib ketgandek edi. U oxirgi marta Yoolin yo‘qolgan joyga qaradi.
— Men seni qaytaraman… — deb pichirladi u. — Qanday bo‘lmasin.
Hyunjinning ovozi sokin, hatto hurmatli eshitildi. U Yoolin yashagan uy eshigi oldida turardi. Ichkarida chiroq hali o‘chmagan. Bir necha soniyadan so‘ng eshik ochildi.
Janob Han eshik ortida paydo bo‘ldi. Sochlariga oq oralagan, yuzida charchoq izlari bor edi.
— Sizga kim kerak? - dedi u uni tanimayroq turib.
— Men Yoolinning do'stiman. Siz uning otasimisiz? - Hyunjin o'z ro'lini asdoydil bajarayotgandi.
— Ha, o‘g‘lim? Yoolin yaxshimi? — dedi xavotir bilan.
— U… sizni chaqiryapti. Shoshilinch. Menga aytdi, sizni olib kelishimni.
Han bir lahza ikkilanib qoldi.
— Mashinada tushuntiraman. Vaqt yo‘q.
Shubha ko‘zidan o‘tib ketdi, ammo ota yuragi ustun keldi. U eshikni qulflab, Hyunjinga ergashdi.
Labaratoriya sovuq va begona edi. Oqartirilgan devorlar, metall hid, uzoqdan eshitilayotgan apparatlar tovushi.
Han ichkariga kirishi bilan atrofga qaradi.
Orqadan og‘ir qadam tovushi yangradi.
— Nihoyat, — dedi u sovuq tabassum bilan.
— Menga savol bermang. Maxluq bilan qanday bog‘landing?
— Qanaqa maxluq? — Han chindan ham hayron edi. — Men hech narsani tushunmayapman.
— Qizingni boshqa olamdan kelgan mavjudot olib ketdi! Sen esa “hech narsa bilmayman” deysanmi?!
— Yo‘q… bu bo‘lishi mumkin emas…
Uning titroq ovozi rostgo‘y edi. Yun bir necha soniya unga tikilib turdi. So‘ng sovuq ohangda:
Han boshqa xonaga olib ketildi. Eshik yopildi.
Labaratoriyaning markazida faqat Yun va Hyunjin qoldi.
— Sen ham otangdek landavursan.
Hyunjinning ko‘zlari chaqnadi, lekin u jim turdi.
— Otang bir qizni deb opamga hiyonat qilgan. Sen esa bitta qizni olib qola olmading.
— Tog‘a… — dedi Hyunjin tishlarini qisib.
— Nima tog‘a?! — deb baqirdi Yun. — Menga ojizlik kerak emas!
Hyunjin bir qadam oldinga chiqdi. Bu safar uning ovozi aniq va sovuq edi.
— Men sizga maxluqni topib beraman.
Yun jim qoldi. Labida esa kinoyali tabassum bor edi.
— Siz esa Yeosang va Yoolinga ozor bermaysiz.
Hyunjinning jag‘i qattiq tortildi.
U ortiga o‘girildi. Eshikni qattiq ochib, labaratoriyadan chiqib ketdi. Qadamlarida g‘azab ham, qat’iyat ham bor edi.
Yun esa ortidan qarab turdi. Uning lablarida sekin, xavfli tabassum paydo bo‘ldi.
— Top… — dedi past ovozda. — Keyin hammasini o‘zim hal qilaman.
Labaratoriya ichida sovuq yanada kuchaydi.
Maxluqlar olami sokin edi. Tashqarida oppoq saroy ustunlari tong nuri bilan yaltirardi, ammo Yoongining shaxsiy xonasida hali ham yarim zulmat hukm surardi — bu zulmat endi sovuq emas, shunchaki tinch edi.
Avvaliga qaerdaligini anglamadi. Keyin esa o‘zini issiq quchoq ichida his qildi. Orqasidan kuchli, tanish qo‘llar uni mahkam, lekin ehtiyotkorlik bilan o‘rab olgan edi. Nafasini tanidi.
U qimirlamay turardi. Go‘yo u qiz uyg‘onib ketishidan qo‘rqib, butun tunni bir xil holatda o‘tkazgandek. Ko‘zlari esa allaqachon ochiq — u Yoolinga tikilib yotardi. Bir lahza ham ko‘z uzmagan odamning nigohi.
Ko‘ksiga yaqin joyda kichkina, iliq tana yotardi.
Besh yoshli o‘g‘li ona bag‘rida yuzini yashirib, chuqur uyquda edi. Barmoqlari onasining kiyimiga ilinib qolgan, go‘yo yana yo‘qolib ketishidan qo‘rqayotgandek.
Yoolinning yuragi to‘lib ketdi.
Bir tomoni — dunyolarga alishmaydigan sevgisi. Zulmat hukmdori bo‘lsa ham, hozir shunchaki unga termulib yotgan Yoongi. Nigohida qat’iyat, pushaymon va bitmas sog‘inch aralash.
Ikkinchi tomoni — uning butun dunyosi. Yeosangning iliq nafasi ko‘ksini isitib turardi.
Yoolin sekin qo‘lini ko‘tardi. Avval o‘g‘lining sochlarini siladi. So‘ng Yoongining qo‘liga tekkizdi. U darhol javob qaytardi — barmoqlarini qizning qo‘liga chirmadi.
Yoongi ko‘z uzmasdi. Go‘yo har bir soniyani yodlab olayotgandek. Go‘yo yana bir bor yo‘qotishdan qo‘rqayotgandek.
Yeosang esa uyqusida sekin jilmaydi.
Saroy tashqarisida yorug‘lik taralib turgan bo‘lsa ham, Yoolinning ko‘nglida g‘ira-shira soyalar paydo bo‘la boshladi.
Yeosang hali ham uning bag‘rida tinch uxlardi. Yoongi esa qarshisida, yostiqqa tirsagini qo‘ygancha, qizning yuzidagi eng mayda o‘zgarishlarni ham kuzatardi.
— Nima bo‘ldi?.. — dedi u past ovozda.
Yoolin ko‘zlarini yumdi. Ichidagi bezovtalik kuchayib borardi.
— Otam… — dedi nihoyat. — U yolg‘iz qoldi. Men hech narsa demadim. U meni qidiradi. Xavotir oladi.
Yoongining nigohi biroz sovudi.
— Qayerdan bilasan? — Yoolin o‘rnidan sekin ko‘tarildi. — Yer olamida sening dushmanlaring bor. Meni olib ketganingni extimol ko‘rishdi. Otamga zarar qilishlari mumkin.
— Iltimos… birga boraylik. Faqat ko‘rib kelamiz. Otamni ko‘rsam bo‘ldi. Keyin qaytamiz.
Yoongi boshini sal pastga egdi. So‘ng qat’iy ohangda:
Bu bitta so‘z xonani yana sovutdi.
— Nega? — Yoolinning ovozi titradi. — Men qizing emasman, Yoongi. Mening otam bor. Mening hayotim bor.
— O‘sha hayot seni mendan ayirdi, — dedi u keskin. — O‘sha olam seni xavfga qo‘ydi. Endi qaytishingga yo‘l qo‘ymayman.
— Men qochmoqchi emasman! — dedi u asta, ammo og‘ir alam bilan. — Faqat otamni ko‘rmoqchiman.
Yoongi javob bermadi. Nigohi yana zulmatga o‘xshab ketdi. Qarori o‘zgarmas edi.
Yoolin asta ortga chekindi. Yotoq chetiga o‘tirdi. Yeosang uyg‘onib ketmasin deb ko‘z yoshini artdi.
Kayfiyati tushib ketdi. Ko‘ngli g‘ash bo‘lib, ichidagi iliqlikning bir qismi so‘ngandek tuyuldi.
Lekin Yoolinning yuragida yana bir marta sog‘inch soyasi paydo bo‘ldi.
To be continued.....
Asarni o'g'irlamang....
Asar haqida fikr qoldiring va reaksiya ham unutmang😊
Eslatma‼️
Sizning fikringiz qanchalik uzun bo'lsa ff ham uzun bo'ladi. Hechqanaqa fikr yozmasdan keyingi qismni kutmang. Men kim fikr yozyapti yoki yo'q hammasini eslab qolyapman.