March 3

𝐶𝑟𝑖𝑚𝑠𝑜𝑛 𝑀𝑎𝑠𝑞𝑢𝑒𝑟𝑎𝑑𝑒

𝗘𝗽𝗶𝘇𝗼𝗱𝗲 2

> Sevgi ularni olib chiqdi, gunohlar esa yana zulmatga qaytardi.

— Janob? - yoshroq yigit eshikni taqqilatib katta eshik yonida ichkaridan javob kutardi. Kirish uchun berilgan ruxsatni eshitgach hech ikkilanmay ichkariga qadam qo'ydi. Ustida odatiy klassik qora kastyum, bu uni yanada jiddiyroq va ishiga mos ko'rsatardi. Qarshisida esa ish stolida xujjatlarga ko'milib ketgan egnida qimmat smoking chap qo'lida kumush metall korpusli Rolex soati bu uni yanada dark vibega olib kirardi.

— Janob Vitelli xonim - u sekin so'zini boshladi. O'ziga tanish ismni eshitishi bilan hayolidagi barcha ish uchun xujjatlarni stolga og'ir tashlab bor e'tiborini hozirgina kirib kelgan yoshroq yigitga qaratdi.

— Unga nima bo'ldi? - chuqur hirillagan ovoz va biroz havotirli ohangda gapirdi.

— Kichik ko'ngilsizlik - jiddiylikni saqlagan holda tushunmovchilikga oydinlik kiritish uchun so'z boshlagan yigitni stolga zarb bilan urilgan qo'l mushti cho'chitib yubordi. — Uning yo'lidan mashina chiqib qoldi. Ammo unga urilmadi. Lekin xonimda vahima xuruji boshlandi. Uni shifoxonaga olib borishdi. Hozirda axvoli yaxshi.

— Kim? - kichik so'roq so'z va ko'z qorachig'i kengaygan erkak tomiridan qon emas g'azab oqyotganini his qildi.

— Janob Min Suga - yigitning so'zlari havoni og'irlashtirdi. Go'yoni so'zlari havodan suzib emas havoni simirib o'tyotgandek xonadan havo yo'qoldi.

.
.
.
.
.

— Axvolingiz yaxshi bo'lsa ketishingiz mumkin - hamshira qizning holatini tekshirib xonani tark etdi.

— Yoolin aniq yaxshimisan? Balki buguncha qolarsan - dugonasidan xavotir olayotgan qiz uning o'ng qo'lini sekin siladi.

— Aysh Seora men yaxshiman dedimku! Bilasan shifoxonani jinim suymaydi. Shu vaqtgacha jim o'tirganim o'zi katta hayratlanarli voqea - dedi qiz dugonasining havotirini yo'qotishga urinib.

— Yoolin Seora haq. Balki bugun qolganing yaxshidir - Seokjin ham ularga qo'shildi. Aslida u ham havotir olyotgandi.

— Yetar! Yig'i-sig'ini keyinga qo'yaylik. Ketasizlarmi tashlab qo‘yaman - bunaqa gaplarga o'rganmagan Yoongi ularning suhbatini bo'ldi.

— Balki uzur so'rarsiz Janob - Seora asabiy yigitga tikildi. U haliham uning mafia ekanligiga ishona olmasdi. U uni o'zicha kibrli boy oilaning erkatoyi deb o'ylardi.

— Nega endi? Axir uning o'zi emasmi mashinam tagidan chiqgan - jiddiylikni oshirib qizga kibrli tabassum qildi.

— Yaxshi ketishni istasangiz ketavering. Biz o'zimiz yetib... - Yoolin vaziyatni tog'irlashga urindi. Ammo yigitning unga tashlangan nigohi sabab keyingi so'zlarini tilida qoldi.

— Men bu taklifni ularga berdim. Seni esa o'zim olib borib qo'yaman - u bu so'zlarni buyruq kabi aytdi. Go'yoki qiz unga tegishlidek.

— Siz bilan ketishni xohlamasamchi - qizning yoshlikdan qolgan o'jar va jizzaki harakteri o'z vazifasini a'lo darajada bajaryapti. U yigitning ohangidan uning qanchalik jiddiy ekanligini sezsada o'zining qaysarligi barchasidan ustun edi.

— Xohishingni so'ramadim - u shunday dediyu qizning qo'lidagi osma dorini uzib oldi. Qizni bir deganda ko'tarib palatadan olib chiqdi. Ortidan esa Seokjin va Seora jaxl bilan unga gapirib yurardi. Yoolin biroz holsiz bo'lsada yigitni o'zidan itarishga bor kuchi bilan harakat qilardi.

— Hoziroq tinchlanmasang seni tinchlantirishning boshqa usulini bilaman - joyida to'xtab qizning harakatdan cheklash uchun oyoq qismini biroz qattiq siqgan yigitning ko'zlari g'azabdan qizardi. Uning nigohini ko'rgan qiz o'zi istamasdan jim bo'ldi. — Aqlli qiz - degancha yo'lida davom etdi yigit.

.
.
.
.
.

— Uni uyiga sog' olib borishiga ishonasizmi Seokjin - Seora yetarli darajada eshittirib gapirdi. Bu esa mashinadagi sukutni tom manoda parchaladi. Yoongi asabiy nafas chiqardi. Seokjin orqa o'rindikda o'tirgan sevgilisiga ko'z qiri bilan qaradiyu — Hammasi yaxshi - dedi. Lekin uning so'zlari go'yo ohirgi ishonch umidini ham uzib yuborgandek bo'ldi.

— Seora havotirlanishning hojati yo'q. Men yaxshiman - 20 daqiqa oldin yigitning kichik taxdidi sabab hatta nafas olishi eshitilmagan qizning so'zlari go'yo quloqga moy qo'ygandek Yoongining e'tiborini tortdi. U mashina old oynasidan qizga manoli shu bilan birga kibrli tikildi. Qizning ham nigohi beixtiyor unga tushdi.

Mashina yo'l chetida to'xtarkan old o'rindiqda o'tirgan Seokjin "qadrdon" do'stiga biroz jaxl bilan qaradi.
— Uni extiyotla - dedi buyruq ohangda.

— 2 yil oldin buyruq berish maqomidan tushgansan hyung - dedi yigit do'stiga biroz pushaymonlik bilan va birdan nigohini o'zgartirdi. Qizga qarab dedi.

— Kichik xonimning uyi qayerda? - yigit go'yo o'zini jentelmendek tutib qizga hushomad qilayotgandek masxarali gapirdi.

— Wausan-ro - qiz qoraytirilgan oynadan tashki ko'chani tomosha qilib bee'tibor javob berdi.

— Yaxshi - dediyu mashina ro'lini biroz qattiq siqilmagancha yo'lda davom etdi.

Biroz vaqtdan so'ng manzilga yetib kelgan mashina asfaltda sekinlab to'xtadi. Qiz unga kichik raxmat deya mashinadan tushdi.

— Hoy - mashinadan go'yo nimasinidir o'zi bilan olib ketyotgandek tuyulgan qizni chaqirdi. Qiz ortiga qarab nima degandek yigitga tikildi.

— Bugun kechga vaqting bormi? Balki birga kechlik qilarmiz. Bu aybni yuvish uchun - ilk bor kimnidir oldida hayajonlanayotgan yigit hozirgi holatidan o'zini lanatlardi. U har bir so'zida qadam va qadam qizga yaqinlashardi. Ular orasida toki 1 qadam masofa qolmaguncha yaqinlashdi.

— Menimcha biz birga ovqatlanadigan darachada yaqin emasmiz - otasidan qolgan kibor bilan javob qilgan qiz yigitdan zig'ircha uzoqlashmadi. U uning reaksiyasini, yuzidagi har bir chiziqni kuzatardi. U nigohini uning ko'zlariga kelganda to'xtatdi. Ular qoramtir, chuqur va sokin edi. Ammo bu sokinlik yuzaki edi. Ichida aytilmagan gaplar, yashirilgan og‘riq va g‘urur qorishib yotgandek. Nigohi o‘tkir, lekin shoshilinch emas u qarayotganda odamni shunchaki ko‘rmaydi, go‘yo ichigacha o‘qib chiqadi. Qoshlarining tabiiy pastroq joylashuvi unga doimiy jiddiy ifoda berardi. Hatto indamay turganida ham xavfli sokinlik sezilib turardi. Ko‘z qovoqlari biroz og‘ir, qarashi esa to‘g‘ri va chekinmas.

Yuz tuzilishi aniq chiziqlarga ega edi. Jag‘ suyaklari keskin, tarang. Yonoq suyaklari yengil bo‘rtib turar, bu esa unga sovuqqon ko‘rinish berardi. Burni to‘g‘ri va mutanosib, lablari esa yupqaroq, ilk ko'rganidagi lablari befarq chiziq holida turgandi.

Ammo hozir…
Lablaridagi o‘sha odatiy istehzo yo‘q edi.
U jiddiy ham emas, masxarali ham emasdi.
Faqat qarab turardi.
Nigohi Yoolinning ko‘zlariga qadalgan. Go‘yo shu masofani bosib o‘tishga jur’at yetmayotgandek. U bir qadam tashlasa, hammasi o‘zgarib ketadigandek.
Yoolin uning ko‘zlarida nimadir ko‘rdi.
Sovuqlik ortidagi issiqlikni.
Qattiq qobiq ortidagi charchoqni.
Va eng xavflisi u ko‘zlar unga begonadek qarayotgani yo‘q edi. Go‘yo allaqachon tanishdek.
Bir qadam masofa.
Ammo o‘sha masofa orasida yurak urishlari aniq eshitilayotgandek edi.

— Menimcha bu biz tanishib olishimiz uchun mahsus kechlik bo'lardi - Yoongi undan nigohini uzmay so'zladi. Yoolin yengil tabassum qildi.

— Yaxshi kechgi soat 7da - u yigitdan bir qadam ortga chekindi. Nima sabab rozi bo'lganiga o'zi ham hayron edi. Keskin javobdan g'ururlangan yigit ham lablaridagi chiziqni qiyshaytirdi.

— O'zim olib ketaman.

— Unda kechgacha - qiz ortiga burilib kvartirasi tomon yura boshladi. 2 soat oldin o'ldirib qo'yishiga oz qolgan yigit bilan kechga birga ovqatlanishga boraydotganini uning qazo qilgan otasi eshitsa uni uyga qamab qo'ygan bo'lardi.

Yoongi uni uyga kirib ketguncha kuzatdi. Ahu vaqt ichida labidagi tabassum yo'qolmadi. U qiz yoqolib ketgan tomondan yuzini istamay burdi. O'z mashinasi tomon yurarkan yo'lning narigi tomonida o'ziga tanish chexrani ko'rib yuzidagi tabassum yo'qoldi. O'rniga jiddiylik va sovuqqonlik egalladi.

— Kimlarni ko'ryapman - Yoongi mashina yo'lidan uni kuzatayotgan boydor tanish chexraning yoniga o‘tdi.

— Uzoq vaqt o'tdi - dedi boydor yigit uning yoniga shoshilmasdan qadam bosib kelyotgan tanishiga yuzlanib.

— Adashmasam 2 yil bo'ldi. - dedi u do'sti bilan avvaliga qo'l berib so'ng uni bag'riga tortdi.

— Koreada nima qilyapsan? - do'stining quchog'idan chiqargan boydor yigit unga yuzlandi.

— Axx. - jaxl bilan yuzini burishtirdi. — Uzur Janob Kim Vatanimga kelish uchun sizdan ruxsat so'rashni unutibman - 2 soat oldin esgi do'sti bilan bo'lgan suxbatni eslatgan bu suxbat avvalgisi bilan deyarli bir xil edi. — Nega Kimlar bir xil savol beradi?

— Nima? U bilan uchrashdingmi? - boydor yigit hayron qoldi. U "qadrdon" do'sti Koreada ekanligini bilardi ammo Yoongi u bilan bunchalik tezda uchrashishini taxmin qilmagandi.

— Ha uchrashdim. Mafiadan ketishiga sabab bo'lgan qizni ham uchratdim - dedi Yoongi biroz bee'tiborona.

— U nima dedi? - qiziqish va tushunmovchilik sabab yuzida sezilarlo darachada burishtirgan boydor yigit do'stining javobini kutardi.

— Qaytish niyati yo'q. Ho'sh sen-chi? - savolni berib do'stidan ko'z uzmasdan uni kuzatayotgan yigit javob kutardi. — 3 yil oldin uni qaytarishga kelib o'zing shu yerda qolib ketding. Sabab esa Korea mafiasini egallaganing bo'ldi. Biz Italia va Kanadani egallagandik. Maknaelar Fransiyani ham egallashdi. Lekin siz ikkingizdan darak yo'q. - u norozi ohangda gapirdi.

— Bilasanmi, Yoongi. Men ham...

— Aslo! Eshityapsanmi aslo! O'sha qiz kim ekanligini bilmayman ammo sen ham bir qizni deb hammasidan kechishingga yo'l qo'ymayman. Jinni ham qaytaraman. Buni yodingdan ko'tarma - dedi yigit bosh barmog'ini bigiz qilib do'stiga taxdiddek popsa qildi.

— Jinni qaytarsang, men ham qaytaman. Va'da beraman - do'sti mashinaga o'tirib ketib qoldi. Uning ortidan huddi Yoolinni kuzatgandek u ko'ribmay ketguncha tikildi. Faqat farqi u biroz g'azab aralash sukut bilan kuzatdi.

Soat kechgi 7ga 15 daqiqa qolganda deraza oynasidan bugungi yigitni kutarkan u to'liq tayyor edi. Ustida yopiq qora ko'ylak, sochlari yig'ilgan, yengil pardoz qilingan. U odatiy ko'rinishda edi. U bugungi suxbatni eslab jilmaydi va keyingi bo'lishi mumkin bo'lgan suxbatni hayol qila boshladi. U odatda bu vaqt kitoblardan bosh ko'tarmaydigan qiz edi. Ammo hozir u hayotini o'zgartirishi mumkin bo'lgan shag'zodadini kutayotgan malikadek his qilardi o'zini. Vanihoyat uzoq kutilgan mashina kvartira yonida to'xtadi. Qiz o'zidagi bu quvonchdan yuzi qizardi. U sekin derazadan uzoqlashib uy markazidagi kichik divanga cho'kkaladi. Eshik qong'irog'i chalinishi intiqlik bilan kutdi va chalindi. Yoolin o'rnidan turib eshikni ochdi. Eshik ochilishi bilan yuzi go'yo quyoshga qaraganda qamashidigandek ko'zlari biroz yumildi. U uning yorqin nuriga moslashishga urinib ko'zlarini pirpiratdi. Bu g'alati magic edi.

— Hayrli kech - dedi yigit ko'proq rasmiy kiyingan lekin go'yoki oddiy insonlardek o'zini tutib.

— Sizga ham hayrli bo'lsin - dedi qiz yuzida kichik tabassum bilan javob qildi.

— Ketamizmi? - yigit unga qo'lini uzatdi. Bu taklif edi. Bu go'yo o'zgacha magic taklif, qarshi chiqishni xohlaysanu lekin bunday qila olmaydigan taklif.

— Albatta - qiz ham unga javoban qo'l uzatdi. Iliq teriga tekkan sovuq qo'l sabab biroz sezkangan qiz tezda bu sovuq qo'lni isitishni istab qoldi. Qizning iliq qo'l kafti ustida barmoqning siljisini his qilgan oni labida kichik tabassum kengaydi. — Lekin qayerga?

— Italian restaranga. Italiancha taomlar senga yoqadimi? - yigit qizning qo'lini qo'yib yubormay go'yo o'zlarini sevishganlardek his qilayotgan "juftlik"lar mashina tomon yo'l olishdi.

— Ha otam doim olib borardi - dedi boroz siniq tabassum bilan.

Ular mashinaga yetib kelishdi. Yigit uning o'tirishi uchun old eshikni extiyotkorlik bilan ochib berdi. Bu haqiqiy jentelmenlikdek edi. Mashina eshigi ochilishi bilan toza salon hidi uning yuziga urildi.
Qora charm o‘rindiqlardan chiqqan sovuq, biroz nam hid.
Erkak atirining chuqur notalari yog‘ochsimon, tutunli, qimmat va keskin, shunga o‘xshash og‘ir hidlar Tom Ford atirlaridagidek. Sigara tutunining juda yengil izi ochiq oynadan chiqib ketgan, lekin iz qoldirgan. Benzin va metallning zo‘rg‘a seziladigan aralash hidi.
Havo issiq emas, sovuq. Konditsioner shivirlaydi. Mashinada shirin hid yo‘q faqat jiddiylik, nazorat va xavf seziladi.

Yoolin to'xtadi. Bu hid unga tanish. U buni biladi. U bu ifordan nafas olgan. Uning ko'zlariga yosh to'plandi. Qorachig'i qizardi. Ko'z chiziqlari atrofida yosh to'plandi. Extimol u bugungiga huddi shu mashinada uyga kelgan bo'lsada, bu hidga e'tibir qilmaganidan o'zini lanatlayotgandik. Harakatsizlikni sezgan yigit unga qaradi. Yuzini o'ziga burib undagi keskin o'zgarishdan biroz hayratlandi. Qizning ko'zlari yoshlangandi. U bitta ortiqcha nafas sabab yig'lab yuborishga tayyordek edi.

— Janob xonimning uyiga Janob Min kelibdi. Ular qayergadir ketishayotgan ekan. Janob - yosh yigit boshlig'iga hozirgiga yetib kelgan malumotlarni va "juftlik"lar suratini berayotganda boshlig'idagi kechayotgan g'azab ortib borayotganini his qildi.

— Yo'q. U Yoolinga zarar bermaslik kerak. Suga hyung unga men sababli zarar bermasidan men buni xal qilishim kerak. — u qo'lidagi suratlarga qarab o'ziga pichirlardi. U bilardi Yoongi ishiga zarar beradigan har narsani yo'q qiladi. Maknaelarning ilk sevib qolgan o'sha qizlarning axvolida u Yoolinni tasavvur qila olmaydi. — U Yoolinning kimligini biladimi? Aslida kim ekanini biladimi? Men uni taqib yurganimni biladimi?

— Bu haqida biror ma'lumotga ega emasmiz - dedi yoshroq yigit boshini quyi qilib, go'yo atbdordek.

— Soobin ular kuzat. Men taqib qilgan qiz boshqa qiz ekanligiga ishora qil. Nimadir o'ylab top. - buyurdi boshliq o'z kabineti kreslosidan hasakat qilib.

— Hop bo'ladi Janob Kim - deya Soobin xonadan chiqdi. Bo'shlig'i esa o'y xayollari bilan yolg'iz qoldi.

Namjoon kabineti derazasi yonida turdi. Yorug‘lik yuzining yarmini yoritib, yarmini soya ichida qoldirgandi. Ichkarida hech kim uning ichidagi bo‘ronni ko‘rmasdi. Tashqaridan u odatdagidek sokin, vazmin ko‘rinar edi.
Ammo xayolida faqat bitta ism aylanardi.
"— Yoolin.
Kechir, Yoolin…
Boshingga tushgan va hali tushadigan barcha ishlar uchun meni kechir. - U mushtlarini sekin siqdi. Tomirlar qo‘lida bilinib ketdi.
— Men seni bu dunyoga tortmoqchi emasdim. Senga yaqinlashmaganim xatolik. Ammo senga yaqinlashish… undan ham katta xato bo‘ldi. - U chuqur nafas oldi.
— Men senga noloyiq ekanimni bilaman. Qo‘llarim pok emas. O‘tmishim ortimdan sudralib yuradi. Ammo seni boshqasiga ham berib qo‘ya olmayman. - Yoongining nigohi ko‘z oldiga keldi. O‘sha o‘tkir, sovuq qarash.
— U seni ko‘rdi. U allaqachon sezdi.

Namjoon ichida g‘azab va qo‘rquv bir paytning o‘zida uyg‘ondi.
— Seni mafiadan uzoqlashtirmoqchi edim. Uzoqlashtiraman ham. Qanday bo‘lmasin. - U nigohini yerga tushirdi.
— Buning uchun esa Jinni topishim kerak. Uni qaytishga ko‘ndirishim kerak. Faqat u qaytsa… faqat u o‘z o‘rniga qaytsa…

Ichidagi fikr og‘ir va aniq edi.
— Shundagina Suga seni tinch qo‘yadi. - Namjoon ko‘zlarini yumdi.
— Men seni himoya qila olaman deb o‘ylagandim. Lekin sen allaqachon bu o‘yinning ichidasan, Yoolin.

U boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida qat’iyat paydo bo‘ldi. Yana joyiga o'tirdi.

— Agar kerak bo‘lsa, yana qo‘llarimni qon qilaman. Faqat sen uchun. Faqat seni bu zulmatdan chiqarish uchun.

〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Davomi bor....

Asarni o'g'irlamang...

Bu asar #Azyoolinia kanali uchun mahsus #Yoolin tomonidan yozilyapti.

Asar haqida o'z fikringizni qoldiring.😊