Bloodstain P.T 2 Ep⁵ | FINAL
Avtor: Qon bilan boshlangan taqdir, sukunat bilan yashirilgan nafrat.
Saroy darvozalari ochilganda tun hali tarqamagandi. Mash’alalar yorug‘ida Yoongi qo‘lida hushsiz Yoolinni ko‘tarib kirib keldi. Uning kiyimi qurigan qon va o‘rmon changi bilan qoplangan, bilaklaridagi zanjir izlari hali ham ko‘rinib turardi. Jimin va Jungkook ortidan jim yurishardi. Bugungi jang hali tugamagandek, havoda taranglik saqlanib qolgan edi.
Xabar ichkariga shamoldan tezroq yetdi.
Qirolicha Sohwa zaldan chiqib kelganida, uning nigohi bir zumda qizga tushdi. U hech kimga qaramadi, hech narsa so‘ramadi. Faqat bir qarash. Va shu qarashning o‘zida yuragi allaqachon haqiqatni tanigandi.
Yoolinning yuz chizig‘i. Qoshining egilishi. Pastki labining mayda titrashi.
Bu tasodif bo‘lishi mumkin emas edi. U o'z qizi Yurenaga bir tomchi suvdek o'xshaydi.
Sohwaning qo‘llari sezilmas darajada titradi. Ammo u buni yashirdi. Chunki taxt zalining narigi tomonida Qirol Hoseok turardi.
Hoseok avvaliga shunchaki jarohatlangan qizni ko‘rdi. Keyin uning yuziga diqqat bilan tikildi. Ko‘zlari toraydi. Nigohi sekin yon tomonga Yurena tomon sirg‘aldi. So‘ng yana Yoolinga qaytdi.
Ularning o‘xshashligi ko‘zga urilardi.
Bir xil nigoh. Bir xil yuz suyaklari. Hatto hushsiz holatda ham bir xil sokinlik. Faqat ko'zlar boshqacha. U bu ko'zlarni yillar oldin kimdadir ko'rganini eslaydi ammo kimda ko'rganini eslolmadi.
Hoseokning ichida nimadir siljidi. U buni tasodif deb o‘ylamoqchi bo‘ldi. Ammo yuragi boshqacha urdi.
Jin hammasini uzoqdan kuzatib turardi. U bu yuzni avval ham ko‘rgan edi. Yillar oldin. O‘sha qonli kechada. O‘sha chaqaloq o‘lgan deb o‘ylanganida. U chuqur nafas oldi. Ko‘zlarida yengillik chaqnadi. Demak… u tirik.
Yoolinni tezda ichki xonaga olib kirishdi. Tabiblar chaqirildi. Qirolicha Sohwa ham ularning ortidan bordi. Ammo u o‘zini sovuq tutdi. Onalik instinkti ko‘ksini yirtib chiqmoqchi bo‘lsa-da, u jim qoldi. Chunki agar Hoseok bu qizning kimligini anglab yetsa… siyosat qon talab qilardi. Yoolinning qonini.
Ichkarida boshqa bir voqea sodir bo‘layotgan edi.
Yurena ustun soyasida turib, ko‘zini Jimindan uzolmayotgandi. Uch yil. U kutgan nigoh nihoyat shu yerda edi. Jimin esa butun e’tiborini Yoolinga qaratgan, uning yonidan jilmayotgandi. Yurena bir qadam oldinga tashlamoqchi bo‘ldi, ammo o‘zini to‘xtatdi. Bu vaqt emas edi. Shunchaki uzoqdan kuzatdi. Uning yuragi quvonch va qo‘rquv orasida bo‘linib ketgandek edi.
Saroy ichida esa shubha ildiz ota boshladi.
Hoseok o‘z xonasiga qaytgach, tinch o‘tira olmadi. U yana va yana Yoolinning yuzini eslardi. Keyin Yurena. Bu o‘xshashlik oddiy emas edi. U soqchilarga tekshiruv buyurdi. Qiz qayerdan kelgan, kim bilan bog‘liq, qanday qilib Taehyung qo‘liga tushgan.
Jin bu buyruqni eshitib, ichida xavotir his qildi. Agar haqiqat tez ochilsa, Sohwa ham, qiz ham xavf ostida qolardi.
Shu payt saroy tashqarisida yangi shovqin ko‘tarildi.
“Yoolin uchun uzr so'rayman. Men uni Yurena deb o'ylagandim. Ammo bu Yurenani o'zimniki qilishdan to'xtatmaydi. Kelishuv orqali Yurenani menga bering! Yoki o'zim jang bilan uni olaman!”
Hoseok xatni buklab, stolga tashladi. Endi masala shunchaki bir qiz emas edi. Bu siyosiy tahdid edi.
Ichkarida esa Yoolin asta-sekin ko‘zini ochdi.
Ko‘zlari xira, nafasi og‘ir. Yonida Sohwa o‘tirardi. U qizning qo‘lini ushlagan, lekin ko‘zlarida minglab so‘zlar yashiringan edi. U gapirmadi.
Faqat barmoqlari bilan Yoolinning kaftini siladi.
Yoolin zaif tabassum qildi. U hali haqiqatni bilmasdi.
Lekin saroy devorlari orasida sirlar uyg‘ongan edi. U bu ayol unga yaqin ekanini his qildi.
Yurena saroyning orqa bog‘ida yolg‘iz turgan edi. Kuz shabadasi uning sochlarini sekin tebratar, ammo qalbidagi to‘lqin bundan ancha kuchli edi. U uzoqdan kelayotgan qadam tovushini sezdi. Jimin.
Ular bir-biriga qarama-qarshi to‘xtashdi. Bir necha soniya sukut cho‘kdi. Yurena uning yuziga tikildi xuddi uzoq yillardan beri ko‘rishni istagan, ammo qo‘rqib yurgan orzudek.
— Yoolin… ahvoli qanday? — dedi u past ovozda.
Jiminning nigohi bir zum yumshadi.
— Tirik. Har doimgidek kurashyapti.
Yurena chuqur nafas oldi. Yoolinning yaralanganini ko‘rganidan beri yuragi siqilib yurgan edi. U opasi ekanini bilmasa ham, ichida tushunarsiz yaqinlik sezardi.
Bir lahza o‘tib, Yurena nigohini Jiminning ko‘zlaridan uzmay gapirdi:
— Men sizni ko‘rmasdan turib ham bilardim. Akam sizni ko‘p tilga olardi. Jasurligingizni, sadoqatingizni… Shunda sizga qiziqib qolgandim. Lekin birinchi marta ko‘rganimda… hammasi o‘zgardi.
— Men oddiy odamman, — dedi u qisqa. — Va men onamning qotilini qizi bilan birga bo‘lolmayman. Ayniqsa u oqsuyak malika bo'lsa.
Bu so‘zlar Yurena uchun qilichdan ham og‘irroq tegdi. U bir qadam ortga chekindi. Ko‘zlari namlandi, lekin u yig‘lamadi. Faqat boshi egildi. Jimin esa ortiga qaramay ketdi.
Saroyning ichki zalida Yoongi, Jungkook va Jin jiddiy suhbatda edi. Yoongining qo‘llari hali ham jangdan keyin to‘liq tuzalmagan, yelkasidagi bog‘lam qon dog‘ini yashira olmasdi.
— Taehyung harakatga o‘tadi, — dedi Jungkook qat’iy. — Bu safar u shunchaki hujum qilmaydi. U Yurenani oladi.
Yoongi jag‘ini qisdi.
— U Yurenani ololmaydi.
Jin esa boshini sekin silkitdi. U allaqachon Yoolinning asl kimligini anglagan, Qirolicha Sohwaning qizi ekanini tushungan edi. Endi esa Taehyungning maqsadi yanada xavfliroq ko‘rinar edi.
Saroy devorlari tashqarisida esa urush nafasi yaqinlashayotgan edi.
Tong yorishmasidan jang maydoni titrab ketdi. Taehyung qo‘shinlari kutilmaganda hujum boshladi. Qilichlar chaqnadi, otlar kishnadi, qalqonlar sinib yerga tushdi. Yoongi va Jungkook old safda jang qilardi. Yana bir general esa boshqa qanotda askarlarni boshqarar, Jin yaradorlarni olib chiqishga urinardi.
Taehyung esa jangning o‘rtasida emasdi.
U ataylab asosiy kuchni oldinga tashladi. Hammani chalg‘itdi. Uning ko‘zlari esa allaqachon saroy devorlariga qadalgan edi.
Qon va shovqin ortida u bir guruh sodiq askarlari bilan yashirin yo‘lga burildi. Saroy ostidagi eski yo‘laklar faqat qirollik oilasiga ma’lum sirli tunnel. Taehyung bu yo‘lni ilgari o‘rgangan edi.
Zulmat ichida mash’ala nuri devorlarda o‘ynadi. U hech ikkilanmadi.
Saroy ichida esa Yurena o‘z xonasida edi. U jang shovqinini eshitib deraza yoniga kelgan paytida eshik ochildi.
Uning zirhi qon bilan qoplangan, ko‘zlari sovuq va qat’iy edi.
Yurena bir qadam ortga chekindi. U hamma narsani tushundi.
— Vaqt yo‘q, — dedi Taehyung past, ammo buyruq ohangida.
U qarshilik ko‘rsatishga ulgurmay, Taehyung uni qo‘lidan tutib yashirin eshik tomon yetakladi. Devor ortidagi tor yo‘lak qorong‘u edi. Yurena yuragi tez urardi qo‘rquvmi yoki boshqa tuyg‘umi, o‘zi ham bilmasdi. Tashqarida jang davom etardi. Va yer ostidagi tunel ichida Taehyung Yurenani olib ketayotgan edi.
Jimin Yoolinning xonasidan endigina chiqayotgan edi. Uning qo‘li hali ham eshik tutqichida, xayoli esa Yoolinning oqarib ketgan yuzida edi. Shunda uzoq yo‘lakning oxirida harakat sezdi.
Devor yonidagi yashirin eshik ochiq. Va qorong‘u tunnel ichida ikki soya. Yurena. Va uni qo‘lidan tortib ketayotgan Taehyung.
Jiminning yuragi bir zum to‘xtagandek bo‘ldi. U ortga qaramadi. Jimin tunnel tomonga yugurdi. Ularning qadamlari tor yo‘lakda aks-sado berdi.
Tunnel chiqishida sovuq tun havosi urildi. Taehyung allaqachon tashqariga chiqqan, Yurenani otiga mindirmoqchi edi. Ammo kechikdi. Jimin qilichini sug‘urdi. Taehyung sekin ortiga o‘girildi. Ko‘zlari Jiminning ko‘zlari bilan to‘qnashdi bu safar na siyosat, na hiyla. Faqat jang.
Qilichlar to‘qnashdi. Temirning o‘tkir tovushi tun sukunatini tilka-pora qildi. Jimin Taehyung bilan yuzma-yuz qoldi.
Taehyung kuchli edi. Har zarbasi og‘ir. Jimin esa tez va aniq harakat qilardi. U ortga chekinmadi. Har safar Taehyung zarba berganda, u himoyalandi va qarshi hujum qildi. Bir lahza. Bir xato. Jimin qilichni pastdan yuqoriga siltadi. Temir zirh chetini yorib o‘tdi. Taehyung yelka tomonidan yaralandi. Qon zirh orasidan oqib tushdi.
Taehyung tizzasiga tushmadi. Faqat bir qadam ortga chekindi. Ko‘zlari hali ham yonardi. Ammo shu lahza yetarli edi. Jimin qilichini chetga surib, Yurenaning oldiga yugurdi. Uni qo‘lidan tortib, bag‘riga bosdi. Yurena titrar, lekin qarshilik ko‘rsatmasdi.
Ular o‘rmon tomon yugurishdi. Orqada esa Taehyungning soqchilari qichqirib, ortidan quvdi.
Jimin orqasiga qarab tezlikni oshirdi. U saroyga emas, boshqa tomonga burildi.
Namjoon eshik oldida turardi. Jimin qo‘lida bir qiz bilan kirib kelganida, u bir qarashdayoq hammasini anglab yetdi.
— Bu Yoolin emas, — dedi u past ovozda.
Jimin boshini qimirlatdi. Nafasi tez edi.
— Yo‘q. Bu Yurena.
U qisqa, lekin aniq qilib hammasini tushuntirdi. Taehyungning hujumi, yashirin yo‘l, jang.
Namjoon sukut bilan tingladi. Uning nigohi Yurenada to‘xtadi qo‘rquv va charchoq aralash yuz. Shu payt eshik yana ochildi. Jin. Uning zirhi chang va qon bilan qoplangan, ammo yuzida yengil yengillik bor edi.
— Jang tugadi, — dedi u. — Taehyung chekinishga majbur bo‘ldi.
— Saroyga qaytamiz, — deb qo‘shdi u.
Jimin Yurenaga qaradi. U hali ham uning yonida turardi. Bir lahza u qo‘lini qo‘yib yubormadi. Ular birgalikda saroy tomon yo‘l olishdi.
Urushdan keyin saroy devorlari uzoq vaqt jim turdi. Qon izi yuvildi, qilichlar qiniga qaytdi, ammo yuraklarda qolgan og‘riqni vaqtgina davolay olardi.
Yoolin sog‘ayib borardi. Uning yaralari chuqur bo‘lsa ham, ruhi sinmagan edi. Har kuni Yoongi uning yonida o‘tirar, jim kuzatar, ba’zan hech narsa demay qo‘lini ushlab turardi. Ular orasida endi ortiqcha so‘zlarga hojat yo‘q edi. Jang maydonida ham, hayotda ham bir-birini tanlagan edilar.
Bir kuni ertalab saroy bog‘ida quyosh nuri Yoolinning sochlariga tushib turgan payt Yoongi uning qarshisida to‘xtadi. U endi nafaqat jangchi, balki butun xalqning tayanchi edi.
— Yonimda qol, — dedi u past, ammo qat’iy ovozda.
Yoolin jilmaydi.
— Men allaqachon shu yerdaman.
Jin haqiqatni yashirishdan foyda yo‘qligini bilardi, u Hoseokning oldiga bordi. Qirolicha Sohwaning qizi tirik qolganini, Namjoon Yoolinning otasi ekanini , Yoongi u va Qirolicha Jinheening surriyodi ekanini, Yoolinning asl kimligini, o‘sha kundagi haqiqatni birma-bir aytib berdi.
Hoseok uzoq sukut saqladi. Uning ko‘zlarida g‘azab emas, charchoq bor edi. U nihoyat chuqur nafas oldi.
— Demak, taqdir o‘zi hukm chiqargan, — dedi u sokin ohangda. — Shunday bo‘lsa, shunday qolsin.
U bu sirni ochmadi. O‘tmishni kovlamadi. Hammasini shu holida qoldirdi.
Namjoon esa saroyda qolishga qaror qildi. U yana qirol sifatida emas oddiy Yoolinning otasi sifatida. Uning donoligi va xotirjamligi urushdan keyingi tartibni tiklashda zarur edi. U endi oddiy mehmon emas, balki ulug‘ mehmon sifatida hurmat qilinar, maslahatlari tinglanardi.
Jin o‘z vazifasini topshirdi. Vazirlik mas’uliyati Jimin zimmasiga yuklandi. Jimin boshida ikkilanib turgan bo‘lsa ham, u buni qabul qildi. Endi u nafaqat jangchi, balki xalq uchun qaror chiqaruvchi edi.
Yurena esa uning yonida turardi.
Ular orasidagi muz eridi. O‘tmish og‘rig‘i o‘rnini tushunish egalladi. Jimin bir kuni unga qarab sekin dedi:
— Men seni ayblaganim uchun afsusdaman.
Yurena boshini chayqadi.
— Endi birga oldinga qaraymiz.
Shu kundan boshlab ular yonma-yon yurishdi. Endi yashirin tuyg‘ular emas, ochiq va halol sevgi bor edi.
Va nihoyat, toj kiyish kuni keldi. Saroy katta zali gullar va oltin rangli matolar bilan bezatildi. Xalq to‘plandi. Jimlik cho‘kdi.
Yoongi taxt oldiga keldi. U ko‘p narsani yo‘qotgan, ko‘p narsani yutgan edi. Uning ko‘zlarida endi nafaqat jangchi sovuqligi, balki shohning mas’uliyati bor edi.
U taxtga o‘tirdi.
Yoolin esa uning yoniga keldi.
Toj uning boshiga qo‘yilgan paytda zal yorishgandek bo‘ldi. U endi asir emas, qochqin emas. U Qirolicha edi.
Yoongi qo‘lini uning qo‘liga qo‘ydi. Pastdan esa Jimin va Yurena yonma-yon turib, ularga qarab turardi. Jin va Namjoon biroz ortroqda, xotirjam nigoh bilan bu manzarani kuzatardi.
Urush tugagan edi.
Yaralar bitayotgan edi. Va nihoyat, saroyda tinchlik hukm surardi.
Yoongi va Yoolin taxtda.
Jimin va Yurena yonma-yon.
O‘tmish kechirilgan, kelajak esa birga qurilayotgan edi.
Bu safar ular qilich bilan emas, muhabbat bilan g‘alaba qozonishdi.
Shu hikoyani oxirigacha men bilan birga yashagan, his qilgan va kutgan har biringizga chin yurakdan rahmat aelins 🤍
Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bo‘lmaganda bu yakun bunchalik chiroyli chiqmas edi. Har bir izoh, har bir kutish, har bir hayajon men uchun juda qadrli.