𝐶𝑟𝑖𝑚𝑠𝑜𝑛 𝑀𝑎𝑠𝑞𝑢𝑒𝑟𝑎𝑑𝑒
> Sevgi ularni olib chiqdi, gunohlar esa yana zulmatga qaytardi.
— Dada xavotir olmang, axir yosh bola emasman - dedi qiz aeroportga qo'nishi bilan otasining havotir olmasligi uchun uni tinchlantirardi. — Yoolinni olaman va qaytaman - yana ogohlantirdi qiz. Qong'iroq yakunlangach aeroport hududidan kichik sumkasini qo'liga qo'targancha tashqariga shoshilardi.
Seora yumshoq shovqinlar bilan to‘lgan aeroport zalidan shoshilmay o‘tib borardi, uzoq parvozdan keyin tanasi charchagan bo‘lsa ham ko‘zlari hali ham uyg‘oq, ichida esa nimadir o‘zgarish arafasida turgandek sezgi bor edi. U qo‘lida pasportini mahkam ushlab, atrofdagi begona til, begona odamlar va begona hidlarga moslashishga urinayotgan paytda, to‘satdan qarshisidan kelayotgan bir yigit bilan keskin to‘qnashib ketdi.
Hammasi shu qadar tez sodir bo‘ldiki, u muvozanatini yo‘qotib orqaga yiqila boshladi, yuragi bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi, ammo aynan shu soniyada kuchli va issiq qo‘l uning belidan mahkam tutib qoldi. Uni yerga tushishidan bir necha santimetr oldin ushlab qoldi. Seoraning sochlari havoda engil silkindi, nafasi ichida qotib qoldi, va u sekin boshini ko‘targanida uning ko‘zlari o‘sha yigitning ko‘zlariga to‘g‘ri kelib qoldi. Vaqt go‘yo shu lahzada sekinlashdi, aeroportdagi barcha shovqin birdaniga uzoqlashgandek, faqat ularning yurak urishlari eshitilayotgandek tuyuldi. Yigitning qo‘li hali ham uning belida edi, lekin u qo‘l sovuq emas, aksincha ajabtovur darajada iliq va himoyadek tuyulardi.
Seora o‘zini tortib olishni unutib qo‘ydi, u faqat qarab turardi, yigitning nigohi chuqur, biroz hayratli, lekin ayni paytda yumshoq edi, go‘yo u ham bu to‘qnashuv oddiy emasligini sezgandek. Ularning orasidagi masofa juda yaqin edi, shunchalik yaqin ediki, Seora uning nafasini sezayotgandek bo‘ldi, yuragi tez urib ketdi, qo‘llari biroz titradi, lekin u bu titroqni yashira olmadi. Yigit esa sekin egilib uni to‘g‘ri ushlab turdi, go‘yo u yiqilib ketishidan hali ham xavotirdagandek, uning barmoqlari Seoraning beliga biroz qattiqroq botdi, keyin asta bo‘shashdi, lekin butunlay qo‘yib yubormadi.
Seora nihoyat ko‘zlarini uzishga urindi, ammo yana qaytib uning ko‘zlariga qaradi, ichida tushunarsiz issiqlik yugurib o‘tdi, bu hissiyot yangi edi, begona edi, lekin yoqimli edi. Yigit ham bir lahza hech narsa demadi, faqat qarab turdi, go‘yo u ham bu lahzani buzishni istamayotgandek keyin u asta ovoz chiqardi, lekin bu ovoz Seoraga juda uzoqdan kelayotgandek tuyuldi, chunki u hali ham o‘sha qarash ichida yo‘qolib qolgan edi. Nihoyat yigit qo‘lini sekin belidan oldi, lekin uning barmoqlari ketayotganda ham Seora tanasida issiq iz qoldirgandek bo‘ldi. U to‘g‘rilandi, ammo oyoqlari hali ham biroz bo‘sh, yuragi esa tinchlanishni istamasdi. Ular bir-biridan yarim qadam uzoqlashdi, lekin nigohlar hali ham uzilmadi, go‘yo bu oddiy to‘qnashuv emas, balki nimaningdir boshlanishi edi. Seora chuqur nafas oldi, lekin bu nafas ham yuragidagi tezlikni pasaytira olmadi.
Yetimxona darvozasi yonida qo'lida yovvoyi ramashkani ko'tarib olgan qiz, ichkaridan o'zi uchun muhim insonni kutardi. Vanihoyat darvoza ochilishi bilan o'zining yoshi tengi qiz yugurib keldi va dugonasini quchoqlab oldi.
— Vanihoyat bu kun keldi. Ketamizmi? - Yoolin Seoraning quchog'idan chiqmasdan yalinchoq ovozda dedi.
— Albatta ketamiz. (Voqealarni tezlashtirib o'tkazib yuboryapman, bu joylar asosiy qismi emas)
Korea xalqaro aeroportidan ikki qiz quvonch bilan ketarkan, Yoolin havotir bilan ortiga qarab qarab qo'yardi. Go'yo uni kimdir kuzatayotgandek. Seora uni tinchlantirib mashinaga olib chiqdi. Seoraning uncha katta bo‘lmagan lekin shinam uyida taxi to'xtat ekan. Ikki qiz jamadonlarini tushurdi.
— Endi biz bilan yashaysan. Dadam kun bo'yi ishda bo'ladi. Hali o'qishimiz boshlangani yo'q. Yotoqxonaga ketolmaysan va keyin men ham uyda yolg'iz qolishni xohlamayman - Seora dugonasining so'zlarini eshitmasdan uning narsalarini uyga olib kirdi. Ammo Yoolinning havotiri battar oshdi. Uni kimdir kuzatayotganini aniq bilardi. Uy atrofiga ancha vaqt kuzatdi. Kichik soya harakatini ham ko'zdan qochirmadi.
Shu tariqa kunlar o'tdi. Yoolin doim o'zini kuzatilayotgandek his qilardim u hatto yetimxona ekanligida ham kimdir uni kuzatib yurgandek edi. O'qish boshlanishiga 3 kun qolganda, Seora ham Yoolin ham yotoqxonaga ko'chib ketish uchun narsalarini tayyorlashni boshlashdi. Yoolinning nomida Italiya xalqaro bankida katta miqdorda pul bo'lsa ham u ularga egalik qila olmasdi. Aras Vitellining o'limidan keyin uning o'rnini egallagan BANGTAN guruhi uning ko'chmas mulkiga egalik qildi. Yoolin bankdagi pulini olishga ham qiziqmadi. Go'yoki unda bu pullar ahamiyatsizdek edi.
— Jin ursin Lanati. Men uning otasini o'ldirganman - jaxl bilan o'z shaxsiy xonasini ag'dar-tontar qilayotgan yigit qarshisidagi oynaga suv to'la stakanni otib yubordi.
— Tinchlan. Bu yerni vayron qilganing bilan o'tmish o'zgarmaydi yoki aybing yuvilmaydi. Biz shunga majbur edik - Do'stini tinchlantirishga urinyotgan yigit uning axvolini battarlashtirardi.
— Men uni sevaman eshityapsanmi?! SEVAMAN - yana bir qo'liga ilingan narsani devorga otgan yigit yerga cho'kkaladi.
— Jin, men uning yagona oilasidan ayirdim. U haqida bilardim. Uning otasidan boshqa hechkimi yo'q ekanini bilardim. Ammo o'zim uning otasidan ayirdim. Tushunyapsanmi? Men uning hayotini barbod qildim - baqirdi yana Namjoon. Jin shunchaki uning yonida unga taskin bergandek jim o'tirardi. U unga nima deyishni ham qanday reaksiya bildirishni ham bilmasdi. Namjoon Yoolinni 2 yil davomida yashirincha kuzatib yurdi. Unga o'zini ko'rsatmay yashirincha himoya qildi. Namjoon Yoolin Koreaga ketyotganini bilib u bilan Koreaga uchdi. Uning yolg'iz ekanidan habar topgan Jin do'stining yoniga Koreaga kelgandi. Uning axvolini ko'rib kelgani bir tomondan yaxshi ekanini bildi. U Yoolinni Namjoon bilan birga kuzatish uchun va'da berdi. O'sha tun Jin ham o'zi uchun muhim insonni ko'rib qoldi. 2 yil oldingi Aeroportdagi kichik sevgi qissasi takrorlandi.
Seora va yoolin bog'da sayr qilisharkan ularning ortidan ikki yigit kuzatib yurardi. Yoolin ich ichidan his qilsada ishonchsizlik qilib, shunchaki menga shunday tuyulyapti, deb hisablardi. Ular tor ko'cha orqali uyga qaytishayotganda ko'chadagi bezorolar ularga tegajonlik qilib xiralik qila boshlashdi. Namjoon Yoolinning ko'ziga ko'rina olmasligi sabab Jin oldinga chiqdi.
— Ulardan uzoq tur - buyruq ohangidan qizlarga yaqinlashayotgan yigitlarga gapirdi. Yigitlar uning ustidan kulishdi.
— Seningcha yolg'iz o'zingdan qo'rqamizmi? Qo'lingdan nima keladi? - dedi yigitlardan biri.
— Otib tashlash - dediyu, kastumning ichidan to'pponchani chiqardi. Yigitlar lulishdan to'xtab jimgina ulardan uzoqlashdi. Ular ketganiga ishonch xosil qilgan Jin to'pponchani yashirib qizlar oldiga bordi.
— Bu yer qizlar yuradigan joy emas.
— Bizni o'ldirmaysizmi? - Seora ovozi titrab dedi. Jin uning qo'rqganini tushunib o'zini oqlay boshladi.
— Xonim bu oddiy o'yinchoq, aktorlar uchun mo'ljallangan qo‘rqmang - dedi Jin unga tabassum bilan. — Sizlarni kuzatib qo'yishimga ruxsat bering.
— Demak siz aktor ekansizda - Seora hayajonlanib so'radi. Jin bosh silkish bilan javob qildi. — Demak 2 yil oldin Italiyaga suratga tushish uchun borgansiz.
— Eslaysizmi? - Jin hayratlanib so'radi. U uni allaqachon unutib yuborgan deb o'ylardi. Aslida esa unutmagan ekan.
— Kim Seokjin - Jin o'zini oddiy inson deya tanishtirdi. Chunki Seora shaxqatsizlikni yoqtirmasligini va mafiozlarni yomon ko'rishi haqida bir necha bor gapirib o'tdi.
Yoolin ularning oldida shunchaki jim ketardi. U haliham ularning ortidan kimdir kwlyotganini sezar ortiga havotirli qarab quyardi.
Qizlar uylariga yetgach Jin hayrlashib tark etdi. Namjoonning yoniga borib u bilan uyga qaytdi. Ammo tuni bilan Seora haqida o'ylab chiqdi. Ertasi ertalab esgi tanishi orqali bir kichik SNOWDOWN kampaniyasiga borib u yerda aktyorlikni boshladi. Bu go'yo niqobdek edi. U koreada qolishni tanladi. Faqat Seora uchun. Namjoon esa uning hatti-harakatlarini tushunmasdim uning fikr-u hayoli Yoolinda. Uni uzoqdan bo'lsa ham ko'ryotganiga shukur qilardi.
.
.
.
— Jin biz qaytishimiz kerak - bir kun tasodifan unga kelgan xabar sabab u do'stining yo'lini to'sdi. Jin bu ish mubim ekanligini tushundi. Chunki Namjoon Yoolindan uzoqlashmoqchi, nega?
— Suga va boshqalar. Italiyada muammo yuz berdi. Biz borishimiz kerak ekan - dedi u vaziyatni qisqa tushuntirib. Jin ukalariga kerak ekanligini tushunsada, Seoradan uzoqlashishni istamasdi. U ilk bor unga hislari haqida aytmoqchi bo'lgandi. Ammo ular ketishi kerak...
.
.
.
Vaqt o'tib Jin barchasidan charchadi. Qon va qotillik, arzimas Mafiadagi o'rinni bowhidan o'zi xohlagan emas. U Seorani sog'indi. Uning suratiga termulib yotarkan, bir kun kelib barchasidan vos kechishini yoki bu qizdan vos kechishi kerakligini anglay boshladi. U hechkimga aytmasdan Koreaga ketdi. Barchasini ortda qoldirdi. U Koreada kelishi bilan Seora o'qiydigan joyga bordi. Avvaliga uni darvoza yonida kuta boshladi. Ko'p o'tmay bir guruh talabalar darvozadan chiqarkan, u o'zi uchun muhim chehrani izladi. Mana u, sochlari shamolda hilpiragan, yuzida kulgu, qadamlari sekin ammo shaxvatli, poshlani tuflida yurarkan yonidagi qizga onda sonda tegib kulib qo'yardi.
Seora uni kuzatayotgan bir juft ko'zni payqadi va yuzidagi tabassum yanada kengaydi.
— Seokjin - qiz uning ismini aytib u tomon tez qadamlar bilan yurdi. Ammo tuflisining paland poshnasi sabab yiqilay dedi. Jin chaqqonlik bilan qizni belidan ushlab oldi.
— Sekinroq. Ehtiyot bo'l - qizga mehrli va havotirli ko'zlar bilan qararkan Yoolin ularni shunchaki kuzatib turardi.
— Sizda muhim gapir bor - dedi qiz shoshilinch.
— Undan oldin meni eshit qizaloq. Men seni sevaman. Kel uchrashamiz!
— Men ham shuni aytmoqchi edim - Seora ikkilanmasdan Jinni quchoqlab oldi. Ularni kuzatayotgan barcha ularga havas bilan qarashardi.
.
.
.
— Jin hyung ketdimi? - Jungkook akalaridan eshitgan gapiga ishona olmay so'radi.
— Ha ketdi. Bitta qizni deb bizdan vos kechdi. - Suga g'azabga to'lib gapirdi. Boshqalar ham asabiy edi. Ammo faqatgina Duga g'azabini oshkor ko'rsatayotgandi.
— Bas qil. Men uni olib kelaman - Namjoon pastportlarini olib tayyorgarlik ko'rdi. Uni boshqalar jim kuzatishdi.
— 7-1=0. - Suga uni kuzatayotib dedi. — Bu oddiy matimatika emas. Bu bizning shior. Uni qaytar. U siz bir to'liq bo'lmaymiz...
.
.
.
— Men qaytmayman Namjoon. U bilan baxtliman - Jin kutilmagan mehmonni yangi uyiga kiritayotganda uning nima sababdan kelganini allaqachon tushungandi.
— Lekin bilasan hyung, biz sensiz to'liq emasmiz - Namjoon bosh kelmadi.
— Namjoon nahotki joningga tegmadi?! To'g'ri biz qiyinchiliklar bilan erishdik lekin qon bilan ham. Men shunchaki o'zim sevgan qiz bilan baxtli bo'lishni xohlayman, oddiy insonlar kabi. Qon va qotilliklardan yiroqda. Sen ham Yoolin bilan bo'lishni xohlamaysanmi? U mafiozlardan nafratlanishini bilasanku?
— Lekin uning otasini Men o'ldirganman. MEN. U meni kechiradi deb o'ylaysanmi? Men u haqida hammasini bilardim. Onasining vafoti,otasidan o'zga hechkimi yo'q ekanini bilardim. Lekin o'zim o'z qo'lim bilan uning otasini o'ldirdim. Uning ko'z oldida. O'shandagi nigohi halihamon esimda. Aras shundoq ham Italiyani bermoqchi edi. Faqat qizi bilan tirik qolishini so'radi. Men esa shunchaki uni otib tashladim. Uning eng qadrli insoni, eng kerakli insonini... - alam bilan gapirarkan, do'stini olib ketishni unutgan yigit eshikdan chiqib ketdi. Tashqari yomg‘irning shitirlashiga to'lgan yerni butunlay nam qilgan edi. Namjoon yomg‘ir ostida hechqanaqa soyobanlarsiz ketardi. U yomg‘irda butunlay shalabbo bo'lganiga qaramasdan o'zi uchun qadrli insonning yoniga shoshilardi. U hozir unga muhtoj ammo u uni ko'rishni ham istamaydi. U universitet talabalar yotoqxonasiga kelib kuzatdi. Yoolin Seora bilan yugurib tashqarida yomg‘ir ostida qizlar bilan bir birga suv sachratib o'ynardi.
"— Kechir gulim. Seni shunday baxtingni buzolmayman. Qo'limdan kelgani faqat seni uzoqdan kulgularingni kuzatish" - u o'ziga o'zi gapirib undan uzoqlashmadi.
— Seokjin sizning u bilan qanaqa aloqangiz bor? - Mashina ketishi bilan Jinni so'roqqa tutayotgan qiz, mafioz bilan ketgan dugonasidan havotir olardi.
— Italiyada hayotimni asrab qolgan. Keyin do'stlashganmiz. Sen bilan tanishganimizdan keyin men ular bilan aloqani uzdim shu - deya yolg'on gapirdi. U haiqatni ayta olmasdi.
— Yaxshi. Seokjiiin - qiz erkalana boshladi. Jin uning harakatlariga biroz jilmayib uning beliga qo'lini o'tkazib uni o'ziga tortdi.
— Qilog'im senda azizam - deb qizning burnidan kichik o'pich qoldirdi.
Bu asar #Azyoolinia kanali uchun mahsus #Yoolin tomonidan yozilyapti.