9-sinf. Web-sahifaga matn kiritish
Web-sahifadagi matnda bir nechta mavzu yoritilishi mumkin. Bu holda web-sahifada bir nechta sarlavha ishlatishga to‘g‘ri keladi. Masalan, shaxsiy web-sahifangizga o‘z haqingizda, qiziqishlaringiz, yoqtirgan filmlar haqida ma’lumot kiritsangiz, mos ravishda “O‘zim haqimda”, “Qiziqishlarim”, “Yoqtirgan kinofilmlarim” kabi sarlavhalar qo‘yishingiz mumkin. Ba’zan, bir sarlavha matnini yirik harflar bilan yozish kerak bo‘lsa, boshqasini maydaroq shriftda yozish zarur bo‘lib qoladi.
HTML tili 6 ta pog‘ona sarlavha qo‘yish imkonini beradi. Buning uchun HTML tilida quyidagi juft teglar mavjud: <H1>, <H2>, <H3>, <H4>, <H5>, <H6>. Demak, bu teglarning har biri uchun mos ravishda yopiluvchi (yakunlovchi) teglar (</H1>, …,</H6>) ham bor (“H” belgisi “Heading”, ya’ni inglizcha sarlavha so’zining bosh harfi).
MS Word dasturida ishlaganingizda shrift o’lchami (masalan, 27), shrift yozuv shakli (masalan, Times New Roman), yozuv stili (masalan, Sarlavha1), rangga to’yinganligi (masalan, qalin) kabi tushunchalar bilan tanishgan edingiz. Shularni e’tiborga olib MS Wordda tayyorlangan matndagi sarlavhalarni HTML tilida tayyorlangan web-sahifadagi sarlavha-lar bilan quyidagicha taq-qoslash mumkin:
Web-sahifaga matn kiritish matn muharriridagi kabi amalga oshirilishi mumkin. HTML-hujjatga kiritilgan matnni web-brauzer ma’lumotlar maydoni o‘lchamiga moslab formatlab oladi. Shu sabab kiritilgan matn brauzerda bir oz shakli o‘zgargan holda namoyon bo‘lishi mumkin. Matn web-sahifada ayni biz xohlagandek joylashishi uchun HTML tilida matn formatiga ta’sir etuvchi maxsus teglar mavjud.
Web-sahifada abzaslarni belgilash uchun juftmas <P> tegi ishlatiladi. Bu teg abzas boshlanishida yoziladi va o‘zidan keyin yozilgan matn oldida bo‘sh satr qoldiradi. Avval aytib o’tilganidek, matn davomini yangi satrga o‘tkazish uchun juftmas <BR> tegidan foydalaniladi. Bu tegni matnda bo‘sh satr qoldirish uchun ham ishlatish mumkin.
HTML teglari parametrlari bilan yozilishi mumkin. Parametrlar teg nomidan keyin probel bilan ajratib. Parametrlarga qiymat kiritilishi lozim bo’lsa, u tenglik belgisidan keyin qo’shtirnoq ichida yoki qo’shtirnoqsiz yoziladi.
Shriftning yozuv shaklini belgilash uchun <FONT> (shrift) juft tegi FACE parametri bilan qo’llanadi: <FONT FACE= “yozuv shakli nomi”> matn </FONT>. Sizga ma’lumki, shriftning yozuv shakliga Times New Roman, Verdana, Elephant kabilar kiradi. Bitta web-sahifada bir nechta yozuv shaklini ishlatish mumkin. Ba’zan biror web-brauzer shriftning kerakli yozuv shaklini ko’rsata olmasligi mumkin. Shuning uchun har ehtimolga qarshi bu tegning bir nechta parametri qiymatlarini vergul bilan ajartib yozish maqsadga muvofiq:
<FONT FACE= “Times New Roman”, “Arial Black”, “Elephant”>.
Web-brauzer teg parametri qiymatlarini chapdan boshlab o’qiydi va biri bo’lmasa keyingisini qidiradi. Quyida shriftning yozuv shaklini qo’llashga oid misol keltirilgan:
Ba’zan, matnning biror qismiga e’tiborni jalb etish uchun ba’zi so‘zlar biror xususiyat bilan ajratib ko‘rsatiladi. MS Word hujjatida bunga matndagi so‘zlarni qalin, og‘ma yoki tagchiziqli ko‘rinishda yozish bilan erishish mumkin edi. HTML tilida ham shunday imkoniyat bo’lib, quyidagi juft teglardan foydalaniladi:
Yuqorida keltirilgan teglarni birgalikda ishlatib, web-sahifadagi matnni qalin va og‘ma, og‘ma va tagchiziqli va hokazo ko‘rinishga keltirish mumkin:
MS Word dasturida
uskunalari yordamida matnni sahifada turlicha (ya’ni, sahifaning chap qismida, o‘rtasida, o‘ng qismida yoki sahifa kengligi bo‘yicha) joylashtirish mumkin edi. HTML tilida ham matnni web-sahifada turlicha joylashtirish imkoni bor va bu vazifa <P> juftmas tegiga (yoki <H1>, <H2>, <H3>, <H4>, <H5>, <H6> juft teglariga) ALIGN (ing., tekislash) parametrini qo‘shish orqali amalga oshiriladi:
<P ALIGN= “joylashtirish parametri qiymati”>.
Joylashtirish parametri qiymati o‘rniga “Left” (chap), “Right” (o’ng), “Center” (markaz) va “Justify” (kenglik) so‘zlaridan biri yoziladi. Abzaslarni web-sahifada joylashtirishga misol ko‘ramiz:
Kiritilgan matn bilan uning brauzerda ko‘rinishi bir oz farqlanadi. Buning sababi sundaki, odatda web-brauzerlar ortiqcha bo‘sh joylarni (probellarni) inkor etadi (tashlab yuboradi). Ba’zan, matn qanday kiritilsa, web-sahifada ham shunday joylashishi shart bo‘ladi. Masalan, web-sahifaga she’r joylashtirish yoki oddiy belgilar yordamida rasm chizish kerak bo‘lsa, matnni formatlashni brauzerga topshirib bo‘lmaydi. Bunday hollarda HTMLning <PRE> juft tegidan foydalaniladi. Bu teg yordamida matn web-sahifaga HTML-hujjatda qanday yozilgan bo‘lsa, shunday ko‘rinishda chiqariladi. <PRE> tegi qanday ishlashini quyidagi misol ifodalaydi:
<PRE> va </PRE> teglari orasidagi matnga <P>, <BR> kabi teglarni qo‘llash befoyda. Bu oraliqda mazkur teglar brauzer tomonidan qabul qilinmaydi. Web-sahifaga matnni <PRE> tegidan foydalanib kiritish juda ham qulay, ammo bu tegni xech iloji qollmagan hollardagina ishlatish maqsadga muvofiq. Chunki, web-brauzer matnni ma’lumotlar maydonining o‘lchamiga moslab formatlab oladi. <PRE> tegi qo‘llanilgan matn esa web-brauzer tomonidan formatlanmaydi va uning ma’lumotlar maydoniga sig‘magan qismi ko‘rinmay qoladi.
Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar
- HTML-4 da nechta pog’ona sarlavhalarini ishlatish mumkin?
- Sarlavha pog’onalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
- HTMLda abzas qaysi teg yordamida belgilanadi?
- HTMLda qaysi teg matnni yangi satrga o’tkazadi?
- Matn qalin, og’ma, tagchiziqli shriftda yozilishiga misollar yozing.
- Web-sahifada matnni tekishlash usullariga misollar yozing.
- Web-brauzer matnni formatlamasligi uchun qanday teg ishlatiladi?
Mashqlar
1. Respublikamiz madhiyasi matni aks etgan web-sahifa tayyorlang. Unda satrlarning shrift yozuv shaklini turlicha tanlang.
2. Maktabingiz joylashgan Respublika, viloyat, shahar, tuman, ko‘cha nomlari, mos ravishda, 1-, 2-, 3-, 4‑, 5-pog‘ona sarlavhalari ko‘rinishida aks etgan web-sahifa tayyorlang.
savol va topshiriqlarni yordamchi133bot yuboring