5.1. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga ListBox obyektini joylang.
O’tgan asming 50-yillarida ishlab chiqilgan kompyuterlar qimmatbaho va chekli miqdorda bo‘lib, ular o‘ta muhim vazifalami bajarish uchungina xizmat qilar edi. Keyinchalik arzon va yuqori samarali protsessorlaming paydo bo‘lishi bilan kompyuterlar tizimi vujudga kelaboshladi va ular lokal kompyuter tarmoqlari (LKT) (inglizcha - LAN Local Area Network) deb nomlandi. Lokal tarmoqqa bog‘langan har bir kompyuter maxsus plata-tarmoq adapteriga ega bo‘lishi zarur.
1. “Mening oilam” nomli web-sahifa tayyorlang. Unda turli formatlash teglaridan tashqari belgilar yordamida hosil qilingan sodda rasm (uycha, archa va hokazo) ham bo’lsin.
MS Excel dasturi ro‘yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Odatda, Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma’lumotlarni qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro‘yxat avtomatik tarzda ma’lumotlar bazasi deb qaraladi. Bu holda ro‘yxat ustunlari ma’lumotlar bazasi maydonlari, ustunlar sarlavhalari ma’lumotlar bazasi maydonlari nomi, ro‘yxatning har bir satri esa ma’lumotlar bazasining yozuvi kabi qaraladi. 121 Aytilganlarni quyidagi “Gullar” ro‘yxati misolida ko‘rish mumkin (E20-rasm):
Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt ichida olib turishirniz kerak bo'ladi. Lekin, Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu muammoni hal etish usullaridan birini ko'rib chiqamiz.
Futbol, voleybol, shaxmat, shashka, tennis va boshqa sport turlarining insonlar orasida muvaffaqiyat qozonib keng tarqalayotgani hech kimga sir emas. Bunday sport o‘yinlari qadimdan insonlarni aqlan va jismonan chiniqtirib kelgan. Sport o‘yinlari bilan bir qatorda, bo‘sh vaqtlarda o‘ynaladigan va xalq orasida tarqalgan mahalliy o‘yinlar ham oz emas. Mahalliy o‘yinlar avloddan avlodga o‘tib kelgan, lekin kompyuter texnologiyalarining yaratilishi ularning sekin-asta yo‘qolib borayotganiga sabab bo‘lm oqda. Lekin ba’zi mahalliy o‘yinlar kompyuter o‘yinlari shaklida saqlanib, davom etmoqda, hatto takomillashmoqda. Uning yangi turlari «Пасьянс», «Морской бой», «Бильярд», «Домино», «Шахмат», «Шашкa» o‘yinlari kabi shaklda...
Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz:
1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin. Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.