April 8, 2020

8-sinf.Ma’lumotlarni tartiblash

MS Excel dasturi ro‘yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Odatda, Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma’lumotlarni qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro‘yxat avtomatik tarzda ma’lumotlar bazasi deb qaraladi. Bu holda ro‘yxat ustunlari ma’lumotlar bazasi maydonlari, ustunlar sarlavhalari ma’lumotlar bazasi maydonlari nomi, ro‘yxatning har bir satri esa ma’lumotlar bazasining yozuvi kabi qaraladi. 121 Aytilganlarni quyidagi “Gullar” ro‘yxati misolida ko‘rish mumkin (E20-rasm):

Ish jarayonida jadvaldagi satrlarni, ya’ni yozuvlarni biror shartga asosan (nisbiy) tartiblash lozim bo‘ladi. Excel dasturida tartiblash qanday bajarilishini “Gullar” ro‘yxatini gullar nomi bo‘yicha alifbo harflarining o‘sish yoki kamayish yo‘nalishida tartiblash masalasida ko‘rib chiqamiz:

1) A2 : D6 katakchalar blokini belgilaymiz.

Agar faqat gullar nomi yozilgan A2:A6 blokni belgilab, tartiblash amalga oshirilsa, gullar nomining o‘rni o‘zgaradi, lekin boshqa xususiyatlari o‘rni o‘zgarmaydi. U holda bir gulga boshqa gul xususiyati mos kelib qolishi mumkin.

2) Uskunalar panelidan (o‘sish yo‘nalishida) yoki (kamayish yo‘nalishida) tartiblash piktogrammasini tanlaymiz. Natijada, tartiblashning o‘sish yoki kamayish yo‘nalishiga mos E21-rasmdagi kabi tartiblangan jadvallardan biri hosil bo‘ladi:

Tartiblashning yana bir usuli bo‘lgan bir nechta xususiyat (ustun) bo‘yicha tartiblashni ko‘rib chiqamiz. Quyidagi vazifani hal etamiz: 1-mashq. O‘quvchilarning familiyasi, tug‘ilgan yili, og‘irligi va bo‘yi aks ettirilgan jadval hosil qiling va tartiblang.

1) E22-rasmdagi jadvalni hosil qilib olamiz;

2) Jadvaldan A2:D8 katakchalar blokini belgilaymiz;

3) Menyular satridan Ma’lumotlar (Äàííûå) menyusining bo‘limini tanlaymiz;

4) Natijada, E23-rasmdagi Diapazonni tartiblashtanlov oynasi ekranda aks etadi. Ixtiyorimizga uchta xususiyat bo‘yicha o‘sish yoki kamayish yo‘nalishida tartiblash imkoni tavsiya etiladi;

5) Birinchi xususiyat sifatida “Familiyasi” ustunini tanlab o‘sish yo‘nalishini belgilaymiz;

6) Jadvalda bir xil familiyali o‘quvchilar borligi uchun tartiblashni ahamiyati ko‘proq bo‘lgan boshqa biror ustun, masalan, ikkinchi “Tug‘ilgan yili” xususiyati bo‘yicha davom ettiramiz. Bu xususiyat bo‘yicha kamayish yo‘nalishini belgilaymiz; Bir xil familiyali va tug‘ilgan yili bir xil bo‘lgan oq‘uvchilarni ham tartiblash lozim bo‘lsa, uchinchi yoki to‘rtinchi ustun bo‘yicha tartiblash mumkin.

7) Uchinchi navbatda “Og‘irligi” ustuni xususiyati bo‘yicha tartiblaymiz. Bu xususiyat bo‘yicha o‘sish yo‘nalishini belgilaymiz;

8) Natijada, E24-rasmdagi nisbiy tartiblangan jadval hosil bo‘ladi.

Agar ro‘yxatdagi nomlar yuqori va quyi registrdagi harflardan boshlangan bo‘lsa, tartiblashda bu kabi hollarni hisobga olish uchun E22-rasm Zokirova Mirzayeva Rahimova Zokirova Rahmatov Rahmatov Rahmatov Familiyasi Tug‘ilgan yili Og‘irligi Bo‘yi E23-rasm Familiyasi Og‘irligi) Tug‘ilgan yili Og‘irligi Tug‘ilgan yili Familiyasi 123 Diapazonni tartiblash tanlov oynasining Parametrlar bo‘limida Registrlarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi.

Jadvalga e’tibor bergan bo‘lsangiz, tanlash shartlariga asosan:

a) barcha familiyalar alifbo bo‘yicha o‘sish yo‘nalishida tartiblangan;

b)“Rahmatov” familiyali o‘quvchilar avval tug‘ilgan yilining kamayish yo‘nalishida, tug‘ilgan yili bir xil bo‘lganlari o‘g‘irligining o‘sish yo‘nalishida tartiblangan;

d) “Zokirova” familiyali o‘quvchilar tug‘ilgan yilining kamayish yo‘nalishida tartiblangan. Demak, ko‘zlangan maqsadga erishildi.

Savol va topshiriqlar

  1. Ro‘yxatdagi maydon va yozuv tushunchalarini misollar bilan yoritib bering.
  2. Tartiblash deganda nima tushuniladi?
  3. Tartiblash jarayonida ro‘yxatdagi satrlar soni o‘zgaradimi?
  4. Tartiblashning nechta usuli bor?
  5. Bir nechta ustunli ro‘yxatning bitta ustuni belgilanib tartiblansa, qanday xatolik yuzaga keladi?
  6. “Gullar” jadvali gulning asosiy ranglari soni bo‘yicha qanday tartiblanadi?
  7. Tartiblashda ustunlar ketma-ketligining kelish tartibiga amal qilish kerakmi?
  8. O‘quvchilar ro‘yxatini tartiblash jarayonini tushuntiring.
  9. Nomlar yuqori va quyi registrdagi harflardan boshlangan bo‘lsa, ularni alifboning o‘sish yo‘nalishida tartiblash imkoni bo‘ladimi?