April 9, 2020

10-sinf. AMALIY MASHG‘ULOT

  1. Avvalgi amaliy mashg‘ulotdagi 07_01, 07_02 va 07_03 topshiriqlarni ListBox obyektlari yordamida yarating. Ularni mos ravishda 08_01a, 08_02a, 08_03a papkalarda saqlang.
  2. Avvalgi amaliy mashg‘ulotdagi 07_01, 07_02 va 07_03 topshiriqlarni ComboBox obyektlari yordamida yarating. Ularni mos ravishda 08_01b, 08_02b va 08_03b papkalarda saqlang.
  3. Edit obyektiga kiritilgan sonlarni ListBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
  4. Edit obyektiga kiritilgan sonlarni ComboBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
  5. 1 dan 11 gacha bo‘lgan sinflarni ListBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.

5.1. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga ListBox obyektini joylang.

5.2. Ilova oynasining bo‘sh joyini ikki marta bosib, ekranda hosil bo‘lgan protsedurani quyidagicha to‘ldiring:

procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);

var i:integer;

begin

listbox1.Columns:=3;

for i:=0 to 10 do

listBox1.Items[i]:=inttostr(i+1)+'-sinf';

end;

5.3. Ilovani ishga tushiring va to‘g’ri ishlashini tekshiring: