April 4, 2020

5-sinf. Kompyuter o'yinlari haqida

Futbol, voleybol, shaxmat, shashka, tennis va boshqa sport turlarining insonlar orasida muvaffaqiyat qozonib keng tarqalayotgani hech kimga sir emas. Bunday sport o‘yinlari qadimdan insonlarni aqlan va jismonan chiniqtirib kelgan. Sport o‘yinlari bilan bir qatorda, bo‘sh vaqtlarda o‘ynaladigan va xalq orasida tarqalgan mahalliy o‘yinlar ham oz emas. Mahalliy o‘yinlar avloddan avlodga o‘tib kelgan, lekin kompyuter texnologiyalarining yaratilishi ularning sekin-asta yo‘qolib borayotganiga sabab bo‘lm oqda. Lekin ba’zi mahalliy o‘yinlar kompyuter o‘yinlari shaklida saqlanib, davom etmoqda, hatto takomillashmoqda. Uning yangi turlari «Пасьянс», «Морской бой», «Бильярд», «Домино», «Шахмат», «Шашкa» o‘yinlari kabi shaklda foydalanuvchilar orasida keng tar - qalib, ikkinchi umrini yashamoqda. Ko‘pchilik eng birinchi kompyuter o‘yini «Pong» deb hisoblashadi. Lekin unday emas. Birinchi kompyuter o‘yini «Space War» bo‘lgan. Keng ko‘- lamdagi foydalanuvchilar dan farqli, bu o‘yinni o‘ynash imkoniyati faqat o‘tgan asrning 60-yillarida kompyuterda ish olib boruvchi dasturchilarda bo‘l- gan, xolos. O‘yinning mazmuni shundan iborat ediki, ekran bo‘ylab qarama-qarshi uchayotgan 2 ta kosmik kema bir-biriga hujum qilishi va kim birinchi bo‘lib otib tushirishi zarur edi.

1-rasm

O‘xshash o‘yinlarni bir necha yil oldin o‘yin avtomatlari joylashgan xonalarda uchratish mumkin edi (1-rasm). 1971-yili Nolan Bashnell «Compyuter Space» deb nomlangan eng birinchi kompyuter o‘yinini yaratadi, lekin shu yilning o‘zidayoq omma orasida katta qiziqish uyg‘otmaganligi sababli tezda unutiladi, muvaffaqiyat qozonmaydi. Yangi o‘yinni yaratishdan oldin Nolan Bashnell «ATARI» deb nomlagan shaxsiy kompaniyasiga asos soladi. Ishni 1972-yilda yaratilgan «Pong» o‘yinidan boshlashga to‘g‘ri keladi. U hisobdagi uchinchi o‘yin edi, ammo o‘zining taniqliligi bilan «Birinchi kompyuter o‘yini» hisoblanar edi. O‘yinning mazmuni shundan iborat ediki, ekranning ikkala tomonida yuqori yoki pastga harakatlanuvchi tayoqchalar uchib kelayot- gan g‘ishtchalarni xuddi tennis o‘yiniga o‘xshash holda qaytarishi lozim edi. To‘rt yildan so‘ng Nolan o‘zining «ATARI» kompaniyasini 26 million dollarga sotadi. Shu yilning o‘zida Stiv Jobs va Stiv Voznyak o‘z ish faoliyatini kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha sinab ko‘rmoqchi bo‘ladilar. Mashhur likni esa ularga «Arconoid» deb nomlangan o‘yin keltiradi. 2005-yildan ko‘pgina kompyuter xonalarida bu o‘yin qatorida «Mario Bross», «Zuma», «Quake» yoki «Countre Strike» kabi o‘yin- larni qiziqib o‘ynayotgan foydalanuvchilarni ko‘rish mumkin edi (2, 3-rasmlar).

2-rasm
3-rasm

Kompyuter o‘yinlarini yanada qiziqroq boshqarish uchun turli yordamchi vositalar yaratilgan. Masalan, pristavkalar (4-rasm), joystik- lar (5-rasm), virtual ko‘zoynak (6-rasm), 3D ko‘zoynaklar (7-rasm).

Grafi kli monitor ishlatilgan birinchi kompyuter o‘yinlari 1980-yili IBM kompyuterida o‘rnatilgan bo‘lib, u «FLOGGER» deb nomlangan edi. Hozirgi kunda yirik va mashhur bo‘lgan IBM, Borland Intel, Wamer Bras, Disney kabi kompaniyalar kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish bo‘yicha oldingi o‘rinda bormoqdalar.

Kompyuter o‘yinlarining ijobiy tomoni

Hozirgi kunda kompyuter o‘yinlari bolalar dunyoqarashini, iqtidorini rivojl antirish bilan birga ularda kashfi yotchilik, yaratuvchanlik xislat- larini tarbiyalovchi vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida ko‘pgina fanlarni o‘zlashtirishda, xorijiy tillarni o‘rganishda, bolalarning mantiqiy fi krlash qobil iyatini aniqlash va uni rivojlantirishda o‘yin dasturlarining hissasi katta. Kompyuter o‘yinlari, shuningdek, bolalarning hissiy va ruhiy holatini kuzatish va ba’zan qaysidir ruhiy muammolarini yechishga yordam beradi. Ayniqsa, olimlarning oxirgi izlanishlari kompyuter o‘yinlari jarrohlik o‘tkazilgan bolalar jarohatining tiklanishiga ijobiy ta’sir etayotganini ko‘rsatmoqda.

Kompyuter o‘yinlarining zarari

Bolalarning ko‘p vaqtlarini kompyuter olamiga bag‘ishlashi ularning organiz mida ba’zi fi ziologik o‘zgarishlarga, hatto jiddiy kasalliklarga olib kelishi hech kimga sir emas. Ko‘p vaqt davomida harakatsiz o‘tirish, ko‘zlarni haddan tashqari zo‘riqtirish natijasida ko‘rish qobiliyatining susayishi, tezda holdan toyish, umurtqaning qiyshayish holatlari, bosh miya va tanada qon aylanishining buzilishi, ruhiy toliqish va tez asabiylashish holatlari kuzatiladi. Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan sun’iy nur bizning ko‘zimizga zararli ta’sir etadi. Eng xavflisi – bolalarning qiziqish doirasi torayadi, o‘zining shaxsiy olamini yaratishga intilish hamda real borliqdan uzoqlashish hollari vujudga keladi. Kattalarning gapi, nasihati ularga xuddi ortiqcha gapdek tuyuladi va qanday bo‘lmasin o‘z so‘zini o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu esa o‘yinga bog‘lanib, unga tobe bo‘lib qolish alomatlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlar uchun bilim olish, maktabga borish, sport bilan shug‘ullanish, uy ishlariga qarashish kabi vazifalar ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bu esa yoshlarning aqlan va jismonan rivojlanishiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Aziz o‘quvchilar, kompyuter o‘yinlariga tobe bo‘lib qolmang!


Mavzuga doir savol va topshiriqlar
1. Birinchi kompyuter o‘yinlari haqida nimalarni bilasiz? 2. Hozirgi kunda kompyuter o‘yinlari uchun qanday qo‘shimcha vositalar yaratilgan? 3. Kompyuter o‘yinlarining qanday zararli va ijobiy tomonlarini bilasiz? 4. O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan turnirlar haqida so‘zlab bering. 5. Siz o‘ynagan o‘yinlar haqida so‘zlab bering. Ularning qanday ijobiy va salbiy tomonlari borligini sanab o‘ting.