Jahon
October 4, 2020

Lu Kay

FAN Ye GA TUHFA ETILGAN ShE’R

Pochtachiga tutqazaman
gullagan butoq –
Olisdagi do‘stimga bu
bo‘lsin xushxabar.
U Szyannan1 sovug‘iga
ko‘nikkan, biroq
Gullagan butoq unga
keltirgay bahor.

QO‘ShNI QIZNI O‘YLAYMAN,
AMMO U KELMAYDI

Oqshom cho‘kdi,
oy qalqib ketdi,
Payhon qildi
gullarni shamol.
Hajr azobi
jonimdan o‘tdi,
U qiz endi
kelmas ehtimol…
Kelmasligin bilaman, ammo –
Kulgim kelib, yig‘layman, obbo.

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

"Yosh kitobxon" kitoblari