"Yosh kitobxon"lar uchun
@yosh_kitobxon_kitoblari_bot
1.6K posts
Jahon

Anor (1938; Ozarbayjon)

Atoqli ozar adibi Anor (Anar Rəsul oğlu Rzayev) 1938 yili Boku shahrida mashhur shoirlar Rasul Rizo va Nigor Rafibeyli xonadonida tavallud topgan. 1960 yili Ozarboyjon Davlat universitetining filologiya fakultetini, 1964 yili esa Moskvadagi Oliy stsenariynavislik kursini tugatgan. U “Dantening yubileyi”, “Oq ko‘rfaz”, “Besh qavatli uyning oltinchi qavati”, “Muloqot”, “Sizsiz”, kabi asarlarida zamondoshlar obrazini yaratishga intiladi, an’anaviy tushuncha va urf-odatlarning ular hayotiga ta’sirini tadqiq qiladi. Anor «Har oqshom o‘n birda» (1969), «Kun keldi» (1971), «Taxmina» (1993) filmlari uchun stsenariy ham yozgan.

Ayzek Azimov (1920-1992; Belorussiya/AQSh)

Amerikalik fantast yozuvchi, fan targ‘ibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1923 yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga ko‘chib ketgan. O‘sha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Ilmiy tadqiqotlari uchun falsafa doktori unvonini olgan. Birinchi qissasi 1939 yili e’lon qilingan. Shundan so‘ng «Poydevor va Imperiya» (1952), «Men robotman», «Mangulik intihosi» (1955), «Neytrino», «Darbadar» (1966), «Koinot oqimlari» (1972), «Poydevor qirralari» (1982), «Poydevor va Yer» (1986) asarlarini e’lon qildi. Azimov fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham o‘rin olgan. Azimov ilmiy fantastika...

Lyu Chjen

“Amakivachchamga bag‘ishlayman” turkumidan

Lu Kay

FAN Ye GA TUHFA ETILGAN ShE’R