Jahon
October 4, 2020
Xe Syun
BOG‘DA
Darvozalar qushdek
qanot qoqadi,
Tinimsiz g‘iyqillab
kuylar darichalar.
Toshyo‘lda taqillar
nozik boshmoqlar,
Bambuqzorda yashnar
ipak liboslar.
BAHOR ShAMOLINI KUYLAYMAN
Uni hamma eshitar,
ammo hech kim ko‘rmaydi,
Ba’zida och yirtqichdir,
ba’zan ipakdek mayin.
Ba’zan oynaga boqib,
upa purkar yuziga
G‘uncha labidan o‘pib
tarqatar atir bo‘yin…
* * *
Yo‘l olis,
Elib borayotgan avtoda
Yonma-yon o‘tirsak-da
Oramiz
Yo‘ldan-da olis.
Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.