Kaarlo Kramsu (1855–1895)
Kaarlo Kramsu (Kaarlo Kramsu) — fin shoiri. She’rlari turli to‘plamlarda e’lon qilingan. Shoir ruhiyati g‘amgin ohanglarda ifodalanadi. Uning muhabbat lirikasi armon va sog‘inch tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan.
Shoir doimiy iztirob va yetishmovchiliklar sabab ruhiy kasalliklar shifoxonasida vafot etgan.
ShARShARA BO‘YLAB
Shom. Xayollar og‘ushidaman,
Kulbam yonlab sharshara yolg‘iz,
Shovullaydi to‘lqinlar qaynoq,
Yuguradi betinch, izma-iz.
Dovyurak va asov uyurlar
Kabi sachrar qudratim toshqin.
Jaranglaydi erk tovushlari!
Tilga kirar suvlar shod, shoshqin:
To‘lqinlarni yiqqin bezavol,
Biz – suvosti bolalarimiz.
Zanjirlarni uzsa kim, baland
Eru ko‘kda sadolarimiz.
Qismatlari go‘zal odamlar,
Sizga hech ne dahshat sololmas.
Nasib etar ajib saodat.
Ruh kishanin uzolsangiz bas!
Rus tilidan Oygul Suyundiqova tarjimasi