Jahon
October 3, 2020

Isfandiyor Nazar (1971)

Isfandiyor Nazar bugungi tojik she’riyatining yorqin vakillaridan biri. U shoir o‘z zamonasining ovozi bo‘lishi kerak deb ijod qiladi. Isfandiyor Nazar 1971 yili Tojikistonning Sug‘d viloyati Ayniy tumanidagi Darg‘i qishlog‘ida tug‘ilgan. 1989 yili o‘rta maktabni yakunlab, Tojikiston Milliy Universitetining sharqshunoslik fakultetida tahsil olgan. Ilk to‘plami «Ruҷӯi Isfandiyor» 1993 yili nashr etilgan. Shu paytgacha adibning «Maro suporu birav», «Yak soka rebos», «Yodgori xunu xokistar», «Az ma’bari tӯfon», «Ey she’r», «Hamxuni Devashtich» kabi she’riy, «Puli harom», «Tӯmori xunin», «Naxl dar murdob» kabi nasriy va ilmiy-ommabop yo‘nalishida yozilgan «She’ri shoir taronai qudsist», «Darg‘i sharif — ta’rixi muxtasar», «Du ҷashni buzurgi millӣ: Navrӯz va Mehrgon», «Navrӯzi Darg‘», «Bo lahҷai darg‘ӣ» nomli kitoblari chop etilgan. Shuningdek,Sharq nazmi va tasavvuf allomalari ijodi bilan bog‘liq to‘plamlarni tayyorlagan.

MEN URUShGA KIRAMAN…

Insoniyatni sevaman.
Yomonlik mening tilagim emas,
Dinimda yomonlik oyati yo‘qdir.
Payg‘ambarim rahmat irmog‘idan suv keltirmish.
Qurol qo‘limda faqat ramzdir
Va men uchun qontashnalar bir dashnom kabidir.
Men hatto bolalar urushib, bir soat ranjisalar-da,
Bunga ham muxolifman!
Qush uyasin buzgan bo‘ronlarga ham qahrim keladi.
Hech qachon
men
urush tarafdori bo‘lmasman,
chumoli iniga suv qo‘ymasman,
cho‘p suqmasman ari iniga.
Insu jinu hayvon jahlin chiqarmoqni yomon ko‘raman.
Ammo
Agar Natanyohu falastin go‘dagin o‘ldirsa,
falastinlikning uyin otashlarga sovursa,
Agar Barak bu qabih jinoyatda Natanyohuga pushtibon bo‘lsa,
Agar Sa’udiya bu o‘tsolarda xomush qolsa…
Shunda
qilichim dastasin o‘pib,
kamonimni erkalab,
borut hidi atriga nafasim to‘ldirib
Men urushga kiraman!
Zero men
sharriyat emas,
bashariyat tarafdoriman!
Natanyohu inson emas,
Va har kim unga pushtibon bo‘lsa, bani Odamdan emas!
Men tinchlik tarafdoriman:
Ammo Natanyohu bilan tinchlikdan emas!
Men urushdan bezorman,
Ammo Natanyohu bilan urushdan emas!
Insoniyat dushmani – Natanyohu!
Ahrimanga qarshi urushga chorlagan
Xudosi Ahuro bo‘lgan dindan ham so‘zlay:
Men insoniyatni,
bashariyat payg‘ambarlarin sevaman!
Va rahmat irmog‘idan suv ichganman.
Men tinchlik tarafdoriman,
ammo yomonlikka qarshi
qurollanmog‘im shart!

09.08.2014

Olima Nabizodadan erkin tarjima

"Yosh kitobxon" kitoblari