Jahon
October 4, 2020

Vey Inu

* * *

Somon yo‘li,
Somon yo‘li
Yorishmasdan avval oppoq tong
Nur yog‘dirib turar
kuzgi shaharga.

Yolg‘izoyoq yo‘ldan toqqa chiqaman
Va ko‘kka boqaman
Sening visolingning orzusi bilan.
Taqozosi ila ikki tarafga
Ajratib yubordi
Bizlarni taqdir.

Bizlarni ajratdi,
Bizni ajratdi…
Somon yo‘li porlab
turar osmonda
Ammo ikkovimiz
uchrashar yo‘l yo‘q!

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

"Yosh kitobxon" kitoblari