Jahon
October 4, 2020

Ashil Shave (1906-1969)

Ashil Shave (Achille Chavée; 6 iyun 1906, Sharlerua, Belgiya — 4 dekabr 1969, Lya Estr, Belgiya) — belgiyalik shoir. Frantsuz tilida ijod qilgan belgiyalik shoir. “Uzilish” syurealist guruhi tashkilotchilaridan biri. Shave ijodida murakkab tuyg‘u va tushunchalar uyg‘unligi real, o‘tkir ijtimoiy muammolar yechimiga qaratiladi. Uning “Ishonch savoli” (1940), “Sevgi tamg‘asi” (1950), “Yagona katalog” (1956), “Hayot va mamot tabiiyligi haqida” (1965) she’riy to‘plamlari chop etilgan.

“SABR PIChOG‘I…”

Sabr pichog‘i
qurilishda ehtiyojan non kesganing
pichoqqa o‘xshar,
o‘rtoq.
Do‘stona qo‘l,
anglaguvchi nigoh,
qalb tubidan chiqqan so‘z
va biz sen bilan gaplashamiz sevgi haqida,
o‘rtoq
va hech kim bizni ayblamas –
zero biz oldinga boqamiz.

“ARAGONDA O‘ShA G‘OLIB YoZ KUNI…”

Aragonda o‘sha g‘olib yoz kuni
ko‘z oldimda jon berdi sodiq do‘stim.
Eski quyosh yoydi mening soyamni
chin insonlar ostiga.
Ko‘z oldimda jonlandi Antey afsonasi
va men boqdim najotkor – yerga.
O‘yga tolib, jim,
tildim yuragim shunda
haqiqatning tilla tig‘ida.

“MEN O‘XShAYMAN O‘ShA…”

Men o‘xshayman o‘sha
qizil terili yoyiga
bolaligimning.
Tashrif qog‘ozimga kelsak,
yo‘qotganman men uni ko‘pdan
bepoyon javdar dalasida.

Rus tilidan Shermurod Subhon tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari