Jahon
October 3, 2020

Ismat O‘zal (1944)

Shoir va yozuvchi Ismat O‘zal (İsmet Özel) 1944 yilda Qaysarida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni Kastamonu, Chanqiri va Anqarada o‘qigan. Bir muddat Anqara universiteti, siyosiy fanlar fakultetida o‘qigan. Keyinchalik Hojitena Unyversiteti, Frantsuz tili va adabiyoti bo‘limini bitirgan (1977). 1970 yilda Ataol Bahromo‘g‘li bilan hamkorlikda «Xalqning do‘stlari» nomli jurnal chiqargan.
Gazetalarda e’lon qilinmay qolgan maqola va she’rlarini 1960 yildan boshlab «Devonim 60», «Papiros», «Yangi jurnal», «She’r san’ati», «Xalqning do‘stlari» (1964-1971), «Tirli ish», «Mavera», «Namoyish» va boshqa jurnaldarda e’lon qildirgan.
«Toshlarni yeyish ta’qkqlakgan» nomli kitobi bilan Turkiya Yozuvchilar Uyushmasining mukofotiga (1985) va Chililik shoir Gabriyela Mistereal mukofotiga (1995) sazovor bo‘ldi.
She’riy asarlarp: «Kechki bir poyga» (1966), «Ha, isyon» (1969), «Jinoyatlar kitobi» (1975), «She’rlar» (1962-1974, 1980), «She’r kitobi» (1982), «Jaloliddinga kulimsirarkanman. oldirganim so‘nggi rasmning orqasidagi satrlar» (1984). «Arbain-Qirq yilning she’rlari» (1987), «Bir Yusuf ertagi» (2000).
Maqolalar: «Uch masala» (1975), “She’r o‘qish qo‘llanmasi” (1980), «Qiyin paytda gaplashmoq» (1984), «Qaraganlar va ko‘rganlar» (1985), «Befoyda yozuvlar» (1986), «Qovoq osish haqqimiz» (1987), «Tahdid emas taklif» (1987), «Valdo, nega sen bu yerda emassan» (1988), «Juma maktublari» (1889-1992), «Nima yo‘qotganingni esla» (1996), «Quyonning uchrashuvi» (1999), «Juma xatlari, 6-7» (2002), «Juma xatlari, 8», «Juma maktublari, 9» (2003).

SEVGILIMGA BIR KAFAN

Olchoq bir ovoz uchmoqda tepamdan,
Sochlari xinoli bir ayol mehrobi.
Bu yoshargan ko‘zlar telba qilar kunni,
Insonni kitobdan, chilladan chiqarar xitobi,
O‘rlab kelaverar chumolilar bir-bir,
Jimir-jimir yopilib boradi ustim.
Qiziq,
Bir isyonkor hozirligidir
Bir olchoq ovozda ustimda o‘lim
(Begonya , Konsor -la yopilar ustim)
Oq surplar turibdi oyna ortida
Va o‘rnidan jilgan inson ko‘zlari…
Qirq botmon yuk bosar o‘sha ko‘zlari,
Bag‘rida tosh qotgan ona so‘zlari.
Uning jasadidan tarqayotgan chang…
Ey, g‘amlar qo‘rig‘i, go‘zal sohiba…

Bir isyonkor guruhning ishi ortidan,
O‘zi ado bo‘lgan go‘zalligimni g‘ijimlab,
Og‘riqday kelmoqda tushdan keyinlar…
Shanba kunlarida yurak g‘ijillar…
Umidlarim esa yovvoyi hayvon kabi,
Tarchin hidlarini yetaklab kelar…
O‘tirgan uyimni to‘ldirgan qayg‘u,
Tushdan so‘ng kelganin qayta eslatar…

Yuvinadi temirchilar bozorlarda,
Shovqin-la quvilar shirinlik sotgan xotinlar.
Tayoqlar bilan qaysarlari uriladi,
To‘ng‘iz, umidlarni quvar, xotinlar tinglar.
Mening ishim emas bir yor sevish yashirin,
Har yonim qiziqishlar bilan talanmoqda,
U buhur hidlari shunchalar shirin,
Osh berib tuproq yeb yurgan onalarimiz…
Yuragimning zanjiriga aylanmoqda…

Yuragimning zanjirlarini uzgan oyga qarshi,
Samoviy sanchig‘im sanchir bilaklarimda,
Sanchilmoqda qirindi, maydalangan toshlar,
Qovog‘i osilgan yonoqlarimga …
Sevgilimga toshdan bir kafan yo‘nilmoqda…

UYG‘ONSIN SEVGILIM

Temir boshpanalar ostida uxlar sevganim,
Ko‘ksida hazin oyoq izlari o‘sha fevralning,
Uni yaralar qimirlatar, ingratar
Va u g‘azablanmoqda yaralardan,
Ko‘ksiga qadalmoqda ot tuyog‘ining saslari,
Sochlari jingalak bolani o‘pib uyg‘otgan,
Ichimizga quyoshlar solgan o‘sha tuyoqlar…
Chopqi bilan chopilgan bir og‘zi bordir tongning,
Borgan sari bayroqko‘rib, marshlarni eshityapman.
Boshim telb&tarcha buralgan shoxlar-la mashg‘ul qolar,
Oyoqqa turmoqdaman butun tajangligim-la,
Mushtlarim buyuk yuraklarga urilar…
Kesilgan qo‘llari bor ishqning,
Qaysarligi, tulligi saqlangan hanuz.
Parishon bir erkalash unga bo‘lar boshpana,
Bolalarni g‘amginroq erkalash bilan,
Qamchilab ulg‘aytganim og‘rig‘imdan kechayapman…
Menga nima jarchilardan, olib sotar qullardan.
Xalq qal’a bo‘lsa uni qal’a qilgan mendirman,
Yuguradi qonimda yillarning sho‘x shovqini,
Chunki g‘avg‘olar uchun boshpanadir yuragim…
Oy urilib porlatar ko‘ksimdagi mahsharni.
Chunki g‘avg‘olar uchun boshpanadir yuragim.
Tik bosh, tik qarash, erkakcha hayqirishni,
Kungayga, eng yuqoriga tortilmoqda ko‘kraklar,
Yuqorida chatnaydi ishqdan masrur yuraklar.
Yillardir bola boshi oqadi yon bag‘rimizdan…
Yillardir balchiqli bir hayvon chiqindisida.
Shaharlik-jinoyatning rasmi bor cho‘ntagida,
Qishloqlik-biroz sukut-g‘alatiroq kalima.
Asfalt yoqar dimoqni, inson to‘plar betinim,
Ko‘milib borar sekin yelkalarimiz ovozga.
Yiqilib bir bo‘ronda to‘plagan chechaklarim,
Men mardi maydon gurzi, tuproq qondan qoraygan.
Gullarning ming yillik mozori mendadur.
Yuqoridan qarayman afandilar zirhiga,
Insonlarning tonglarini qayg‘uraman,
Hatto ko‘k ham orzumand mendagi bu qayg‘uga,
Mening mushtim atirdir, ishqqa men tiz cho‘kaman…
Maydonlardan kuchlanar, yuragim maydonlardan.
Urilsin dovuli shu shafqatsiz ishqimizning,
Urilsin isyon uchun yo‘lak bo‘lgan tomirim,
Men oyni mo‘ljal olib, qilaman tilim-tilim,
Oy sinig‘i yuziga tegib, Uyg‘onsin sevgilim…

YaShASh UMRIMDADIR

I

Tong shoirlarga qasdlanar,
Yashashdan quyosh to‘smoqda.
Qalbi tuproqdan yulinar,
Ishq ildizini kesmoqda.

Ko‘zlari laylak galasi,
Miyasi och qushlar to‘pi.
Hayotdan bitta ginasi,
Uning joyi dunyo cheti.

Allohning, davlatning oldida,
Uni poroxlarga qo‘shishar.
Xalq eshigin toshlamoqda,
Ham unga tuyalar so‘yishar…

Ishq isyoniga oydinlik,
Keltirgan uning bu qalbi.
Tuproqdan ayrilar kunlik,
Axir u tongdan uyaldi…

Men tuproqdan yulinyapman,
Samum shamoli qonimda.
Arkdan tunda oqqan suvlar,
Qayg‘u solar tovonimdan.

Hosilim uzilgan yaproq,
Rahmatlar yog‘ar ortimdan.
Yashirdim shum yoshligimni,
Tog‘larni unga sordim man.

Tog‘larning tomirlaridan,
Tushimda yaratilgan kimyo.
Miyamda doim charx urar,
Mening hayronligim — dunyo…

II

Mening hayronligimdan ingrardi shahar,
Men otlarga, uzoqlarga hayron edim.
O‘z ehromini ham tanimagan ayollar,
Bexosdan ochilardi bahorda,
Dudoqlarimda hushtaklar bor edi.
Tog‘ gullari sababli,
Irmoklarga urardim o‘zimni,
Ruhimda qaynoq odimlar bilan kezganday,
Mening xoin sevgilim edi…

Yashash, hayot urinardi ichimda bir tulpor kabi,
Meni endi biror g‘am yo shodlik boshqarmasdi.
Chunki men tislanib yursam rohat ozod bo‘lardi,
Senga intila boshlar edim yana,
Tuproqni teshgan ovozim bilan.
Senga intilardim ayovsiz qum bo‘roni bilan,
Ustma-ust yiqilardi kunlar.
Ey, toshgan suvlarning makoni,
Ey, toshgan suvlarning bokirasi…
Men senga intilaverardim,
Aslida intilaveraman ham…

SEVGILIM HAYoT

Yuzimga boq va uni ur, almashtir uni,
Tog‘liklarcha tushuncha qoldir sen.
Har hafta o‘glini laganda yuvgan hayot.
Sening tiriklik siynangdan tishlab,
Dudoqlaring tuzini so‘rish uchun ko‘pdan,
Yuqoriga intildim, qorishdim bulutga.
Qorong‘u qahvaxonada soqoli olinmagan odamlar-
Ular o‘rgatdi menga sening tabiatingni…

Maxmur bir tuxumdan chiqib, fabrika signallari,
Tizzasiga yotqizilgan tong,
Sening qalbingni do‘pposlardi.
Gazeta tarqatgan-seni tarqatgan yosh bolalar,
Polis yoqtirmagan bu bolalar…

Yuzimga boq va ruhimni menga qarab takrorla,
Men shunday deb bilamanki yashamoqni.
Chunki biz urishmasak onamning jaketini,
Sufradagi nonni talashmasak, bolaligimiz,
Aynigan yaradan farq qilmaydi,
Etlarimiz ko‘klarni sasitadi,
Agar biz urishib, kurashmasak…

Hayot!
Sevgilim bo‘lasanmi?
Men kurashay sening qorishiq sochlaringdan tutib,
Kibrlp guzalligingni o‘rtaga chiqarib.
Dunyo!
Kirlatilmas bir qaysarlik bilan aylanar,
Poyimpzga yulduzlar to‘shalmoqda
Va yuzim suvga yugurib bormoqda…
Sevgilim hayot…

AYNI ODAM

Changlidir sochlarim, sochlarimdan,
To‘ntarilgan saroylarning to‘zonlari sovrilar,
Yuzim yonadi,
Yuragimga bir atirgul qadalgan,
Va «duk-duk» zarbalar dunyoga ilgan shavq…

Mening ko‘ksimda urib turadi;
Men dunyoga qarshi yurishda mashhurman.
Bahorda surgunlar shu ichimga qatronlar,
Ham yugurib tutganim sevgilar bor.
Ham ko‘rganman bu sevgilarping qismatlarini,
Suvlar katta toshlarni parchalab xotirlar,
Umidli sokinliklarimni.

Men dunyoga qarshi yurishda mashhurman,
Ildizlardap shoxlarga qarao yurgan suvlarday.
Yuraman ko‘mir o‘choqlari, maydalangan tutunga,
Huzun va og‘riqlar biroz jonlanadi…

Yuraman, chunkp o‘limdir yurmaslik,
Yuraman, yurishim yer yuzining holidir,
Qon-la to‘kar ismaloqni dalalar,
Shovqin ichra qimirlaydi yana boshqasi…
Ko‘klarni ustimdan oshirib yuraman,
Yog‘li jaketimning yoqasida anor gullar…

Ayni odamman. Oktyabr kunlaridan birida,
Gumbur-gumbur kelaman,
Tunuka tomlar ustidan.
Tongda chiqqan quyosh esa,
Olxo‘rilar otib porlaydi har qadamimda.

Tushundim qayerdan kelar horg‘inlik,
Horg‘inlik keltirar tabassum yuzga.
Hayotning menga avrat bo‘lishini tushundim,
Ishchilar buni o‘q yeb o‘rgandi.

Yuryapman, ozorlanyapman hokimlardan,
Ikki bomba kabi ikki qo‘ltig‘imda non.
Parchalangan sanchiqlar-la o‘tayapman,
O‘tayapman bodom gullar ostidan,

Ko‘zlarim esa namli emas, nomli…

YIQILMA ASLO

Turli-tuman so‘zlar keltiraman,
Oyoq osti dunyoda qaxrlantiradigan so‘zlar.
Ba’zilari patday, ba’zilari temirday,
Ular seni tik tutadi, bilaman.
Qafasning, gul bolg‘aning, momiqning
Tutashgan joyidan she’rlar to‘qiysan.

Kishda qiyin yashadim, seniki kabi siyohrang,
Ochiqdim bir joylarim sanchidi.
So‘kmadim ammo qo‘pol xatolarini fashizmning,
Chunki qalbim ishqdan chil-chil edi.

Har tong to‘qnashib chekinardi qorong‘u qismatimdan,
G‘amlarni ham sezmadim quruq yurak oldida.
Miyam har tong isyonkorlar miyasi edi,
Oyoklarim qistardi: kel ketamiz, sog‘san-ku, derdi.

Yaralarning qobig‘i oson ko‘tariladi,
Xalqning tug‘dirgan dunyosiga sho‘ng‘isang.
Ularning quyoshga urilgan ovozini anglamagan,
To‘rt devor, panjaraning mashhur sohiblari,
Tamosha ham qilolmaydi ichimizdagi shonlikni.
Yonimizga yaqin yo‘lolmas ekanlar.
Bizni hayot kutar ekan, yiqilish qo‘lingdami?…

Bekorga olovli latga suqildimi fabrika quvurlariga,
Qo‘rg‘oshin ishchilar bag‘rini bekor kemirdimi?
Borsin zindonlar shovqini ursin quloqlarga,
Yashash!… Biz uchun qo‘shiq emas-ku?…

Bu yurak ko‘k-la kelishib yashashga o‘rgangan,
Bir karra qaytalangan tuproqning telbaligi.
Afsuski uzoqtsir qushlari, ko‘chalari bu shaharning.
Bunda faqat lazzatu hirs bilan sevgini xo‘rlashar…

Ko‘pirgan, ko‘pirtirgan bir hayot nidosi bu,
Butun isyonchilar chekkan hasrat!
Eng kuchli horg‘inlik tinimsiz qurollanar,
Tog‘larda eng shonli o‘lim topar do‘stlarimiz.
Ammo kurashilayotgan ekan,
Demak biz yashayapmiz!…
Yiqilma aslo! Kurashilarkan yashaladi.

YuR, TO‘YGA KETAMIZ
(Onamning uyushgan oyog‘ini silab aytgan so‘zlari)

Sarg‘ayding g‘amlardan, uch kun yig‘lading,
Bokdim ko‘zlaringga, sakragan xalq ko‘zlari edi.
Nozik eding,
Finjovdagi bir gulob suvga o‘xshamaydi nozikliging,
Chumchuqlar sayramas dudokdaringda.
Ham oyog‘i taqalangan otlarday yuvosh,
Yoz tunlari isigan toshlarday iliq…
Qonimda gul qoni ko‘tshradi,
To‘ldiradi shunday ko‘zimni nozikliging…

Tanimda iz qoldirgan qorning hidi,
Terli, mavhum odamlarning ovozlari.
So‘ngra bir-bir payvand qilingan tanim;
Gulning ochilishiday sevinganim…
Va chechaksiz butun tog‘lardan,
Sarxushligingda bag‘rimga oqqan yulduzlar…
O‘zimni ayirib ba’zan ovunchlardan,
Endi senga qarayapman.
Yig‘lamasang bizni uyaltirasan,
Valentina Tirenishova
Va gul yuzli butun ayollar,
Uch kun boqildilar ko‘z yoshlaring-la…

Sen yig‘larkan, ovozimiz ko‘paydi,
Qo‘lladik xalqning og‘riqlarini mardlarcha.
Yig‘lamasang qo‘k qaysarlik bilan kamraydi tuprokni,
Bo‘sh umidlar ichida parvosiz ko‘payar kir…
Yig‘layapsan, xiyonatga qarshi yaltirar pichoq,
Bir pichoqki sevgilim, bu uning ishidir…

Bir shaharning uzoq tumani kabi so‘zlaring,
G‘amgin qora oyoqlanishga hozir,
Men yarayman, yarog‘lanib qo‘shilaman ularga,
Ularga qo‘shilib senga yetaman.
Har tomonim chag‘illar xavotir,
Bir o‘yin boshlanar qo‘limni musht tutaman,
Devorlarga olovlar ismlar yozayotir…

Bir kuni bunda o‘zini aldab yashagan,
Jo‘shtirgan quyoshda qovjirasa ham…
Sanchigan o‘qtomir bor, anglashilgan…

Bunda qo‘l ushlashgan bolalar hozir,
Senish ko‘z yoshlaringni o‘rab olishgan,
Yur, (o‘tmishga) to‘yga ketamiz…

EChILGAN SIRNING G‘AMI

Yashashdan boshqa uzr topilmagach ishqqa,
Oqibatni bir-bir ko‘zdan kechirayapman.
Omoch ag‘dargan tuproq shomidagi nam,
Ma’dan tutunlaridan keyin kuchlangan sehr,
Ba’zan ta’qiq kitoblar bergan tuyg‘ular…
Nimaga ekan-a? Yashamoqso‘zini osiy qilgan narsa.

Sovuq suvlar to‘kilgan ko‘chalarga sakradim,
So‘roqladim qancha qora sifatlarni yelkalab,
Ipda bo‘ynim bo‘lsa, og‘zim shahvat yalog‘ida.
Qorishib, olishib, ont ichib oynalar sindirdim,
Tabiatdan bir sado kutdim bekorga…
Qarasam oqshomni, zulmatni hamma qabul qildi
Va hech bir mashru tomoni qolmadi hayotimning…

So‘zlarimning ma’nosi meni qo‘rqitadi,
Bunaqasiga tayyormasman hali,
Bilish…
Bu qo‘rqinchli, lekin bilnpman yana,
Yomg‘irda yarasi ochilgan boladay,
Echilgan sirlarning g‘ami,
Vujudimni qamramoqda bitmas yaraday!…
ESONLIK BILDIRISh NOMASI

Bir shaharning yoyma bozorlari,
Qandil kechalari, bo‘xur tutunlari.
Tutamasa…
Yomg‘irdan so‘ng ko‘chalari o‘rtadan turmasa,
U shahardan o‘ch olish vaqti keldi demakdir.

Tuyg‘ular qadoqlansa tijorat uchun,
Qolipda odamni maqtagan soxta she’rlar bo‘lsa,
Gazetalar tutsa faqat dunyo kalimasini,
U dunyo, u she’rlardan o‘ch olmoq kerak demakdir.

Ulim kelar, o‘lim tuyg‘usiga bepisand
Va zako otajon holidagi nafrati.
So‘zlar yolg‘on, qo‘shiqlar ravon bo‘lsa,
Demak bu qo‘shiqlardan o‘ch olmoq fursati yetdi…
Yo‘qsa bolalar birdaniga katta bo‘lib qoladi…

Yorliq qatiy-g‘am chekish ruhning ishi,
Gina jimdir, bu jimlik ismi chidamdir.
Sukutdagi kemtiklar qop-qoradir,
U qoraning demakki, jazosi idomdir .

Shafqatsiz yurak! Ko‘rinmasang olqishlanasan,
Ez butun gullarni, o‘zingni hayvon dedir.
Haqsizlik qil, haqsizliging bilinsin,
Agar shunday bo‘lmasa, o‘ch olmoq kerak,
Vassalom!…

Abdulatif Abdullayev tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari