Jahon
October 4, 2020

Ouyan Syu (1007-1072)

Ouyan Syu (an’. xit. 歐陽修, sod. 欧阳修, pinin: Ōuyáng Xiū) (1007, Lulin, Szian, Szyansi provintsiyasi (yoki Mianyan, Sыchuan) — 22 sentyabr 1072, Inchjou, Fuyan, Anxoy provintsiyasi) — Sun dinastiyasida yashagan xitoy davlat arbobi, tarixchi va shoir.

SIXU KO‘LI HAQIDA QO‘ShIQ

Nilufar gullagan payt
Sixu go‘zaldir yuz bor.
Sharob oldik, o‘zing ayt,
Qadah bunda na darkor?

Nigohing bursang qayon,
Ollanar rangin gullar.
o‘uj yaproqlar ortidan
Shodon boqishar ular.

Oltin qadahda sharob
O‘zgacha bo‘y taratar.
Qayiqqa xushhol qarab,
Yo‘l bo‘shatar nilufar.

Yomg‘ir boshlanar mayin,
Sarxush yumilsa-da ko‘z,
Sho‘x kuy yangragan sayin
Ortga yo‘l izlagaymiz.

Ruschadan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari