Nozik Onnatiyeva
MEN BIR DARAXT…
Men bir daraxt,
Bosh shoxim bor,
Bosh dunyo, bosh umidim,
Tomir yerda, qaddim mening
Osmon sari cho‘zar bo‘y.
Bu daraxtning yo‘ldoshi — she’r,
Qonim, yurak zarbimdir,
Olis yulduz, tubsiz daryo
Qalbim mulki — ilhom, o‘y.
Yashil tanam saharlarda
Aylanadi oq nurga.
She’r o‘rtar kecha-kunduz —
Go‘zallarning laylosi.
She’r va daraxt nor o‘g‘ilu
Go‘yo oppoq ohudir.
Biri vujud — istehkomim,
Biri hislar ma’vosi.
Men bir daraxt, to‘rt faslga
Yo‘ldosh, hamnishin, oshna,
Ildiz yerda, qo‘shiqlarim —
Ko‘kda uchqur qanotim.
Rang taratib, dur sochaman
Olam bo‘lsin boz ko‘rkam,
Tong yellari, elga elchim,
Alvon gullar ziynatim.
Jo‘n ujr yo‘q bu jahonda,
Bemashaqqat, bekurash.
Rost: chillada to‘nib, yozda
Chiqani jizg‘anagim
Va bosh shoxim ildizidan
Madad olib, kuch olib,
Chaqmoq, dovul sinovida
Chiniqib yashnaganim.
Men bir daraxt…
Qamchibek Kenja tarjimasi.