Murodiy – Sulton Murod II G‘oziy (1404-1451)
Sulton Murod II G‘oziy (1404, Amasya — 1451, Edirne) — Usmonlilar sulolasining 6-sultoni, Mehmed I Chalabiyning o‘g‘li. U adolatli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan.
Mavlaviy tariqatiga mansub bo‘lgan sulton Murodiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Yaxshigina xattot bo‘lgan. Uning hukmronlik davrida arab va fors tillaridan juda ko‘p kitoblar turkchaga tarjima qilingan.
* * *
Ohkim har dam qilur mani mubtaloi zor ishq,
Bilmas erdim mushkul emish do‘stlar bu kor ishq.
Tig‘i g‘am-la dam-badam bu siynamni chok ayladi,
Yoqdi-yondirdi bu bag‘rim, ey darig‘o nor ishq.
Bir sochi layli nigoro mani majnun etdikim
To qiyomat etgusidir mani xushyor ishq.
Ul jamoli necha qildi oshiqi shaydo mani
Ayladi ul oqibat mansurvash bardor ishq.
Banda qildi esa sulton va gadoyi g‘am emas
Hukm etsaki olama jono agar xunkor ishq.
Ul labi g‘uncha nigoro bulbul etmishdir mani
Qildi jumla olami bu ko‘zlarima xor ishq.
Ishqni osonmi sanarsan ey Murodiy, bilkim
Naqdi jon ila o‘lur doim hamon bozor ishq.
* * *
Har kishi dunyoda mashg‘ul o‘ldi bir kor ustina,
Sanga mashg‘ul o‘lmishiz biz kor-bar-kor ustina.
Lolazoring sayrin aylar bog‘i dahra aldanan
Biza sayr etdir jamoling chashmi xun bor ustina.
Oshiq bo‘lgan kimsada nomusu or etmas qaror
To‘ksalar bir qatra obi mahv o‘lur nor ustina.
Chetga chiqma nuqtai davr ayla, ey sohib kamol
Dasti qudratdir havola chunki pargor ustina.
Ey Murodiy, o‘ldi har bir ilming ustina olim
Oning uchundir muqarrab kechdi abror ustina.
Usmonlichadan Davronbek Tojialiyev tabdil qildi