Ogden Nesh (1902-1971)

Ogden Frederik Nesh (Ogden Nash; 19 avgust, 1902, Ray, Nyu-York — 19 may, 1971, Baltimor, Merilend) — amerikalik shoir.

MIKROB

Mikrob juda quv, ayyor,
Moyil turar kir-chirga.
Isqirt bo‘lsa kimda-kim,
Darrov olar asirga.

Mikrob har yerda hozir,
O‘z ishini biladi.
Hayvonlarga joylashib,
Tekinxo‘rlik qiladi.

Tumov, yo‘tal, boshog‘riq,
Azob berar bemorga.
Kim mikrobni yuqtirsa,
Jonni qo‘yar ozorga.

Qo‘g‘irchog‘im turdingmi,
Yuz-qo‘lingni yuvdingmi?
Kir-chir yurgandan tulki,
Mikrobga bo‘ldi kulgi.

Bo‘lsang toza-ozoda,
Mikrob sendan qochadi.
Kimki yuvinmay yursa,
Shunga quchoq ochadi!

"Yosh kitobxon" kitoblari