Rauf Parfi (1943-2005)
Rauf Parfi (taxallusi; asl ism-sharifi Tursunali Parfiyev; 1943.27.9, Toshkent viloyati Sho‘ralisoy qishlog‘i — 2005) — shoir va tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri (1999).
ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). Turli yillarda Kinematografiya davlat qo‘mitasi, «Oydin» gazetasi, Fafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at hamda «Yozuvchi» nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan.
Birinchi she’ri 1957 yilda e’lon qilingan. «Karvon yo‘li» (1968), «Aks-sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1991), «Tavba» (2001) she’riy to‘plamlari bor.
Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi she’rlari bilan tanilgan. Shoir so‘zning rang va ohanglaridan, she’riy tasvir vositalaridan o‘ziga xos uslubda foydalanadi. She’rlari bir necha xorijiy tillarga tarjima kilingan.
Rauf Parfi Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli» va boshqa jahon she’riyati klassiklarining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.