Shoir va nosir Omon Muxtor 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, O‘zbekiston radio va televideniye Davlat Qo‘mitasi, «O‘zbekfilm» hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Farhod Musajonov — ko‘p qirrali ijodkor. U nosir, dramaturg va kinostsenaristdir. 1933 yilning 19 dekabrida Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. Respublika radiosi, televideniyesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan. «O‘zbekfilm» (1967) studiyasida xizmat qilgan. 1968—1970 yillarda Moskvada stsenaristlar Oliy kursida o‘qigan. 1976 yillari «O‘zbekfilm»da turli lavozimlarda, «O‘zbekkino» aktsionerlik kompaniyasida xizmat qilgan.
Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmilarida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqin original asarlar bo‘lib, qolganlari tarjima kitoblardir. U 1929 yil 10 iyunda Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qoriz qishlog‘ida tavallud topdi.
O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Qo‘rg‘ontepa mahallasida kulol oilasida dunyoga kelgan. Maktabni bitirib, 1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirdi. O‘kishni tugatib (1941), maktab-maorif ishlarida, Respublikadagi yetakchi gazeta va jurnallarda, radioda mas’ul vazifalarda xizmat qildi. Xususan, «Sharq yulduzi» jurnalida yigirma yil, «Mushtum» jurnalida esa qariyb o‘n yil bosh muharrir bo‘lib ishladi.
Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O‘zbekiston» gazetalarining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960—1965), O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnaliga, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati»...
Iste’dodli shoir, dramaturg va nosir Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), so‘ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universiteti qoshidagi aspiranturada o‘qigan. U turli gazeta va jurnallarda, badiiy adabiyot nashriyotlarida ishladi, o‘qituvchilik ham qildi. O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘ldi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969), O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1979), Respublika va sobiq Ittifoq Davlat mukofotlari sovrindori Hamid G‘ulom yetuk shoir, nosir va dramaturgdir. H. G‘ulom 1919 yil 25 aprelda toshkentlik musiqa muallimi oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, O‘rta Osiyo industrial instituti (1935—1937) va Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika instituti (1938—1941) da tahsil oldi. 1954 yilda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining yo‘llanmasi bilan Moskvaga, M. Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga bordi. So‘ng «Literaturnaya gazeta»ning O‘zbekistondagi maxsus muxbiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi (1958—1971), «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri va G‘. G‘ulom...
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir, nosir va dramaturg Shuhrat (G‘ulom Alimov) 1918 yil 19 aprelda Toshkentning Hazrati Imom (Xastimom) mahallasida hunarmand oilasida tug‘ildi. Eskicha va yangicha maktabda tahsil olgach, transport texnikumida o‘qiydi. Bu yerda Yunus Latif ta’sirida she’rlar yoza boshlaydi. So‘ng Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oladi (1936—1940).
Bolalar va kattalarning ardoqli shoiri Tolib Yo‘ldosh 1919 yili Toshkentning Chilonzor ota mavzesi, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilasida dunyoga kelgan. U turmush tashvishlari bilan bo‘lib, ilm-bilim degan narsalarni qirq yoshidan so‘ng egalladi. Tayyorlov va kechki kurslarda o‘qidi. Ammo shoirning «Saylayman» degan birinchi she’ri 1937 yilda — 18 yoshida e’lon qilindi. Tolib Yo‘ldoshning birinchi she’riy to‘plami «Bo‘ri bilan chol» esa 1943 yilda chop etilgan.
Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘la 1918 yil 24 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1933—1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki bo‘limida tahsil oldi. Shu bilan birga, «Yosh kuch» jurnali, «Yosh leninchi» gazetalarida ishladi. So‘ngra O‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Radiosida bo‘lim boshqaruvchisi, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida adabiy bo‘lim mudiri, Respublika kinochilar uyushmasi kotibi, San’at ishlari boshqarmasining boshlig‘i, Hamza nomidagi Akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot targ‘iboti markazining rahbari kabi bir qancha mas’ul...