Rafiq Durbosh (1944)
Shoir, jurnalist va yozuvchi Rafiq Durbosh (Refik Durbaş) 1944 yilda Erzurumda tug‘ilgan. Ilk kitobi «Qush to‘foni» nomi bilan 1971 yilda nashr etilgan. Turk postmodern she’riyati namoyondalaridan biri.
TO‘G‘RI BIR IShQ ShE’RI
Seni ilk ko‘rganim kun
kabi turar ko‘k yuzi
ikki qoshing orasida
Ayon emasmi?
So‘z uchini yo‘qotgan qo‘rquvlar
kunduz bilan kechaning soyasi
sochlaringni sovurgan shamol
bir-da qo‘lingning qo‘limga tegishi
ikki qoshing orasida
qanchalar tez va ko‘p unutarding
Yurganing yo‘l ichganing suv
tushlaringga urgan oy nuri
sen uchun ulg‘aytganim zaqqum
ko‘z-ko‘zga tushishning g‘amzasi
ikki qoshing orasida
Ayon emasmi?
Seni ilk ko‘rganim kun
kabi turar ko‘k yuzi
ikki qoshing orasida
Ayon emasmi?
Xotirlanmas bo‘lasan sen hatto
ikki qoshing orasida
javobi yo‘q-sa
na ishq na ishqning she’ri
She’rmi?
QORA YoZ
Umrimning erta damida savdoli
Kech paytida yoshligimning: Unutma
Sevsaydim seni sevardim sevgilim.
MANZIL
Kunning quyoshi ursin yuzingga
bunday bo‘yni egik turma: Hijron
faqat sendami ayriliqning manzili.
JIM BO‘LGANI
Bu qo‘shiq ham unutilar: Otim kabi
Kecha aylanar bo‘ynimda: Otim kabi
Jim bo‘lgani qayerda ko‘rilgan she’rning?
1
Olib boshin ketmoqdadir oy
tog‘-la yulduzlar ham
oy nuri birga
Har ne mumkin bu kecha
2
Ismi sharifi yetar
manzili kerakmas xotiralarning
3
Bu so‘nggisi bo‘lsin ketganim ayriliq
Turkchadan Shermurod Subhon tarjimasi