Jahon
October 3, 2020

Boris Oleynik (1935-2017)

Boris Oleynik (Boris Іllіch Olіynik; 22 oktyabr 1935 — 30 aprel 2017, Kiyev) — ukrain shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ukraina Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi. SSSR Davlat mukofoti laureati (1975). Ukraina Qahramoni (2005).

* * *

Ajab emas, bir kuni
yoring qilsa xiyonat,
Yo pand bersa miltig‘ing.
otilmasdan nogahon.
Xotiraga ishongin,
xotiraga sen faqat,
Xotirani sotgan ko‘p,
u — sotmagan, hech qachon!

Aldash mumkin oynani
qiyshiq garchi basharang,
Gunoh emas o‘limga
chap berib ketsang, hatto.
Faqat yurakka ishon
rayi-ro‘yiga qara,
Yurakni sen aldashing
mumkin, yurak-chi — aslo!

Kulsang, yig‘lasang bo‘lar
Niqob tortib yuzingga,
Kimligingni bilolmas
balki teng-to‘sh, ulfating.
O‘tolmaysan yashirib
o‘zligingni o‘zingdan,
Sen bilan ular doim —
baxting yoki kulfating.

Sim-sim sanchadi yurak,
xotira turar ezib…
Yanglishar undan qochib
qutulmoqchi bo‘lganlar.
Jamiki Magellanlar
jahonni kezib-kezib,
Begona joyda emas,
yurtlarida o‘lganlar!

Ruschadan Muhammad Rahmon tarjimasi.

"Yosh kitobxon" kitoblari