Meri Greyvit

Meri Greyvit (Mary Gravitt) — Amerika shoirasi.
Filadelfiyaning Pensilvaniya shahrida tug‘ilgan. U 1989 yilda Ayova universitetiga o‘qishga kiradi. Mazkur dargohdagi ta’lim jarayoni unga Xalqaro Yozuvchilar Dasturi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Dastur va uning tashkilotchilari yordamida Merining dunyoqarashi kengaydi va o‘zi uchun jahon adabiyotini va dunyo yozuvchilarini kashf etdi. 1999 yilda uning hayotida ajoyib hodisa yuz berdi, unda Saudiya Arabistoniga borish imkoni paydo bo‘ldi. Bu uning xorijga ilk safari edi. Ushbu safar unga ko‘p narsalarni o‘rgatdi, ijodiy kamolotida muhim ahamiyat kasb etdi.

Urushga sababchi bo‘lgan «Litel» shubhalanmoqdaUydirmalar Qudratlilar fikru-zikrida: Falluja

Fallujada
(Urush – osoyishtalik: osoyishtalik – urush)

Yuvaman qonga botgan boshimni –

(Urush – osoyishtalik: osoyishtalik – urush)

Ibodat qilaman kunda 5 mahal
(Urush – osoyishtalik: osoyishtalik – urush)

Muhtaram Zotlardan Jabroil va Mikoil yordamga keldi –
U kunlarning so‘nggi qismida – murosasiz yo‘llarimdan qaytarmoq uchun.

(Urush – osoyishtalik: osoyishtalik – urush)

Singlim kabi Quddus –

Dushmanlarim atrofimni o‘rashni buyurishdi, Meni qamrab olib, har tomondan kelishdi siqib – Men va Bolalarimni yer bilan bitta qilmoqni istashdi ular! Notinchlik — mo‘l-ko‘l.
(Urush – osoyishtalik: osoyishtalik – urush)

Assalomu alaykum

Ismim – Falluja: Navuxodnazarning qiziman.
Qachonlardir Malikasi bo‘lgan Ifritning –

Ey, tinchlik, xavfsizlik va umidsizlik keltiruvchi
Qudratlilar –
Menga boqing –
Nima qilmoqdasiz, aytingiz, axir,
Haybatli inqiroz yallig‘i aro
Behudud va taqir –
Yolg‘iz va tep-tekis qumliklar
Cho‘zilar yiroq –
Urush – Tinchlik, Tinchlik – Urush bo‘lgan o‘lkaga.

"Yosh kitobxon" kitoblari