Jahon
October 4, 2020

Chjan Syan

* * *

Piyongulning nafis bargida
Shudring yonar marvarid misol.
Gulni yulib olib sho‘x go‘zal
Derazaga qo‘yibdi alhol.

So‘ng ko‘zida kulib karashma
Qallig‘iga savol berar qiz:
“ Gul go‘zalmi yoki men go‘zal,
Ayt, maftunkor qaysi birimiz?”

O‘kinchini yashirmay sira
Shu ondayoq javob berar ul:
“Tinglay desang agar rost so‘zni
Go‘zalroqdir sendan piyongul…”

Sanam deydi: “ E’tirozim yo‘q,
Go‘zal bo‘lsin piyongul, ammo,
Zabonsizdir gullarning bari,
Sen-la suhbat qurolmas aslo!”

Ruschadan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari